• 1.3.Metallarga qo‘lda ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
  • Masshtabli metall chizg‘ich




    Download 5,9 Mb.
    bet12/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,9 Mb.
    #246034
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

    Masshtabli metall chizg‘ich. Zagotovka va buyumlarning chiziqli о‘lchamlarini о‘lchash, tayyor detallar о‘lchamlarini tekshirishda ishlatiladi. Uzunligi 150 mm dan 1000 mm gacha, eni 11 mm dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3 mm dan 1,5 mm gacha bо‘ladi.


    Chilangarlik gо‘niyalari Oddiy kundalik chizg‘ich (chertilka). Tо‘g‘ri burchakli reja chiziqlari chizishda, tayyor buyum va detallarning tо‘g‘ri burchakliligini tekshirishda ishlatiladigan о‘lchash va rejalash asbobidir. Ular har xil konstruksiyada tayyorlanadi. Masalan, lekal, kundali, oddiy, yostiqli gо‘niya turlari bor.


    Omburlar. Ombur – mix sugʻurish, narsalarni qisib ushlash, egish, qirqish uchun ishlatiladigan ikki jag'li asbob hisoblanadi.





    1.3.Metallarga qo‘lda ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
    Metallarga qo‘lda ishlov berishda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi:

    • O‘quvchilarlarning sochlari uni qoplab turuvchi bosh kiyim tagida bo‘lishi kerak.

    • Faqatgina o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni, zarur tartibga rioya qilgan holda bajaring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.

    • O‘qituvchi ruhsatisiz stanokda ishlamang, ularning siz uchun notanish bo‘lgan qurilmalariga tegmang. Faqat o‘qituvchi tomonidan ish bajarish tartibi tushuntirilgan asbob-uskunalardan foydalaning.

    • Faqat soz holatdagi asbob-uskunalardan foydalaning, ularni belgilangan vazifasiga ko‘ra ishlating. Asbob-uskunalarni o‘z ishingizni tashkil qilish qulayligini ta’minlagan holda joylashtiring.

    • Ish joyidagi qirindi, chang va chiqitlarni faqat ilgak, shotka va boshqa yordamchi vositalar bilan tozalang.

    • Ish vaqtida chalg‘imang, o‘rtoqlaringizning vazifani bajarishiga halaqit bermang.

    Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
    Texnologik xaritada belgilangan texnologik jarayonga qat’iy rioya qilish texnologik intizom deb ataladi. Texnologik intizomga rioya qilish ishlab chiqarishning normal borishini, mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini, katta mehnat unumdorligini, sifatsiz mahsulot ko‘payishi va buyum tannarxining kamayishini ta’minlaydi. Metallarga ishlov berish ustaxonasida ishlarni bajarishda intizomga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish belgilangan. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
    1. Mehnat intizomini saqlang, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qiling. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnini tashlab ketmang. Uskunalarga ortiqcha teginmang, o‘quv mashg‘ulotida boshqalarga xalaqit bermang.
    2. Metallga ishlov berish ustaxonasiga kirganda maxsus ish kiyimida bo‘lish, kiyimning barcha tugmalari qadalishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l uchini siqib turishi yoki tugmasi qadalgan bo‘lishi kerak. Galstuk va sharflar osilib qolmasligi, sochlaringizni bosh kiyimi to‘liq yopib turishi lozim.
    3. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni belgilangan tartibga rioya qilgan holda bajaring. Ishni texnologik xarita asosida yoki ko‘rsatilgan usullar bilan olib boring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.
    4. Metallga ishlov berishda tiskilar ishga yaroqli bo‘lishi, unga qistiriladigan buyumlarni mahkam tutib turishi, dastgohlarga puxta o‘rnatilishi kerak. Tiskilarning jag‘lari nosoz bo‘lmasligi shart.
    5. Tiskilarga detallarni o‘rnatishda ularni qotirishni faqat qo‘l kuchi bilan bajaring. Detalni tiskidan chiqarib olishda uni chap qo‘lda tutib, tiskini ohista bo‘shating.
    6. Bolg‘a, bosqon, yog‘och to‘qmoq kabi zarb beruvchi asboblarning dastalari pishiq yog‘ochlardan tayyorlanishi va ular puxta o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
    7. Zubilo, kreysmeysel, chekich, sumba kabi zarb ta’sir etuvchi asboblarning kallaklari ezilmagan bo‘lishi kerak. Ezilgan kallakli asboblardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
    8. Chilangarlik dastgohida ishlaganda ehtiyot to‘sqichi mustahkamligini tekshirib oling.
    9. Mo‘rt metallarga ishlov berishda ulardan uchib chiqqan metall kukunlari ko‘zga tushmasligi uchun ehtiyot ko‘zoynagini taqib oling.
    10. Ish o‘rnini tartibli va toza tuting. Ish joyini metall parchalari va kukunlardan faqat cho‘tka yordamida tozalang.
    11. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinmaganda yoki shikastlanish holati ro'y berganda darhol o'qituvchiga murojaat qiling. Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya qilish zarur. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak.
    12. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida o‘quv qurollaridan kundalik daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart. Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim u yerdan ketmasligi kerak. Asboblar, moslamalar va uskunalarni ehtiyotlab saqlash, xomashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat-e’tibor bilan tinglash kerak.
    13. Tanaffus vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng ustaxonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin har kim o‘zining ish o‘rniga keladi va ishlashni davom ettiradi.
    14. Ish tugagach asboblar, moslamalar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga qo‘yiladi, ish o‘rni yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum topshiriladi, kiyimlar tozalanadi va qo‘llar yuviladi. O‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin.
    Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda ish xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya etish kerak. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
    1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatning qo‘l va old tugmalari qadalgan bo‘lishi kerak), bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish;
    2. Ish o‘rnini, asboblarni ko‘zdan kechirish va ishlatishga tayyorligini tekshirish.
    3. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik;
    4. Asboblar va xomashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish;
    5. O‘qituvchining ruxsatisiz dastgohlarda ishlamaslik, tuzilishi o‘rganilgan uskunalardangina foydalanish;
    6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish, asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay holatda joylashtirish;
    7. Ish yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish, nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchini ogohlantirish;
    8. Ish o‘rnini payraxa va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash;
    9. Mehnatda xavfsizlik qoidalari buzilgan yoki jarohatlanish yuz bergan hollarda darrov o‘qituvchiga xabar qilish;
    Texnalogiya mashg‘ulоtlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ustaхоnalarida tashkil etiladi. Bu yerda o‘quvchilar uchun alоhida jihоzlangan ish o‘rinlari ajratilgan. O‘quv ustaxonasida sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika xavfsizligi talablari Texnologiya ta’limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha shart-sharoitlarni inobatga olish zarur. O‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga javob berishi lozim:
    1. Ustaxonalar uchun mo‘ljallangan bino o‘quv-pedagogika, sanitariya-gigiyena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak.
    2. O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak kasb madaniyatiga muvofiq kelishi hamda ularda texnologiya ta’limi dasturining barcha mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
    3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv ishlab chiqarish ishlari uchun ham shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
    4. Har bir o‘quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
    5. O‘qituvchi uchun na’munaviy ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol ustidan 250-300 mm balandlikda bo‘lishi kerak.
    6. Ustaxonalarda o‘quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz mehnat qilishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
    7. O‘quv ustaxonalari hajmdor yassi ko‘rsatma qo‘llanmalar bilan shuningdek, ta’limning texnikaviy vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
    8. Yordamchi xizmat xonalari (asboblar saqlanadigan xona va omborxonalar) o‘quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bo‘lishi kerak.
    9. Ustaxonalarda o‘quvchilarning diqqatini ishdan chalg‘ituvchi va mehnat jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
    O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta’lim muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun maktabning asosiy binosidan biroz nariroqda quriladi. O‘quv ustaxonalari materiallar, yarimfabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo‘ladi.
    Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi me’yorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-16°C, yoz davrida esa 20°C dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin va shifti oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta‘minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’yektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi.
    Ustaxonalardagi shovqin hamda tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan eng to‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak.
    Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali tartib-intizom bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir. o‘qituvchining 5,5-7 m2 ga teng ish o'rnidan) kelib chiqib tanlanadi.



    Download 5,9 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 5,9 Mb.