Metallarga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari




Download 5,9 Mb.
bet17/18
Sana20.05.2024
Hajmi5,9 Mb.
#246034
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
7-sinf texnologiya yoʻnalishi boʻyicha metallarga ishlov berishni oʻrgatish uslubini ishlab chiqish

Metallarga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Mehnat xavfsizligi qoidalari buzilganligi yoki shikastlanish holatlarida tezlik bilan o‘qituvchiga xabar qiling. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari Texnologik xaritada belgilangan texnologik jarayonga qat’iy rioya qilish texnologik intizom deb ataladi. Texnologik intizomga rioya qilish ishlab chiqarishning normal borishini, mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini, katta mehnat unumdorligini, sifatsiz mahsulot ko‘payishi va buyum tannarxining kamayishini ta’minlaydi. Metallarga ishlov berish ustaxonasida ishlarni bajarishda intizomga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish belgilangan. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Mehnat intizomini saqlang, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qiling. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnini tashlab ketmang. Uskunalarga ortiqcha teginmang, o‘quv mashg‘ulotida boshqalarga xalaqit bermang.
2. Metallga ishlov berish ustaxonasiga kirganda maxsus ish kiyimida bo‘lish, kiyimning barcha tugmalari qadalishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l uchini siqib turishi yoki tugmasi qadalgan bo‘lishi kerak. Galstuk va sharflar osilib qolmasligi, sochlaringizni bosh kiyimi to‘liq yopib turishi lozim.
3. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni belgilangan tartibga rioya qilgan holda bajaring. Ishni texnologik xarita asosida yoki ko‘rsatilgan usullar bilan olib boring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g‘ri saqlashga e’tibor bering.
4. Metallga ishlov berishda tiskilar ishga yaroqli bo‘lishi, unga qistiriladigan buyumlarni mahkam tutib turishi, dastgohlarga puxta o‘rnatilishi kerak. Tiskilarning jag‘lari nosoz bo‘lmasligi shart.
5. Tiskilarga detallarni o‘rnatishda ularni qotirishni faqat qo‘l kuchi bilan bajaring.
Detalni tiskidan chiqarib olishda uni chap qo‘lda tutib, tiskini ohista bo‘shating.
6. Bolg‘a, bosqon, yog‘och to‘qmoq kabi zarb beruvchi asboblarning dastalari pishiq yog‘ochlardan tayyorlanishi va ular puxta o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
7. Zubilo, kreysmeysel, chekich, sumba kabi zarb ta’sir etuvchi asboblarning kallaklari ezilmagan bo‘lishi kerak. Ezilgan kallakli asboblardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
8. Mo‘rt metallarga ishlov berishda ulardan uchib chiqqan metall kukunlari ko‘zga
tushmasligi uchun ehtiyot ko‘zoynagini taqib oling.
9. Ish o‘rnini tartibli va toza tuting. Ish joyini metall parchalari va kukunlardan
faqat cho‘tka yordamida tozalang.
Dars maqsadi va vazifalarini yana bir bor eslatib o‘tish va unga qanchalik erishilganligini birgalikda aniqlash. Mavzu bo‘yicha tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlik-larini aniqlash hamda mashg‘ulot davomida faol qatnashgan tinglovchilarning familiyasini aytish va ularga minnatdorchilik izhor etish, kelgusi mavzular uchun topshiriqlar berish.


XULOSA

Uzluksiz ta’lim tizimini barcha bosqichlarida ta’limning sifati va natijalari, davlat ta’lim standartlari talablariga mosligi tajriba- sinov ishlariga qo'yilgan mezonlarning bajarilishi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning joriy ikkinchi bosqichi to'laqonli amalga oshirilishini, uchinchi bоsqichgа esа sаmаrаli qаdаm qo’yishi, pirovardida uni ro'yobga chiqarishdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi.


Ushbu kurs ishini bajarish davomida ya’ni o‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatishning pedagogik – psixologik tahlili o’rganildi va shu jumladan :
- metallarga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi, ahamiyati;
-metallarga qo‘lda ishlov berish asboblari, konstruksiyalash elementlari;
-metallarga qo‘lda ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va shu kabilar tahlil qilindi. Metallarga ishlov berishda ularning qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo’rtlik kabi mexanik xossalarini bilim olishimiz muhim ahamyatga ega. Metallning qattiqligi uning boshqa narsalar, ya’ni qattiqroq jismlar ta’sirida qarshilk qobiliyati bilan belgilaymiz. Agar po’latni plastinka ustida qo’yilgan kemerga bo’lgan bolg’a bilan urilsa, plastinkaga kichkinagina chuqurcha hosil bo’ladi. Bordyu bu ish plastinka bilan qilinganda chuqurcha kattaroq bo’ladi. Bundan po’lat misga nisbatan qattiqligini anglashimiz mumkin. Metallning plastikligi deganda esa agar metal tashqi kuch ta’sirida o’z shaklini o’zgartirsa ammo sinmassa, ya’ni plastic metal deyiladi. Metallning mana shu xossasida uni tekislashda, bukishda, yoyishda va shtampovkalashda keng foydalaniladi
O‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish metodikasi shakllantirildi va shu jumladan:
-o‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalar;
-o‘quvchilarga metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlarini o‘rgatishning na’munali dars ishlanmasi tayyorlandi.



Download 5,9 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 5,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallarga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari

Download 5,9 Mb.