321
TEXNOLOGIYA FANIDA ROBOTOTEXNIKA O’QITISHNING
AHAMIYATI
Otajonova Shohista Azimboy qizi
Urganch Davlat Pedagogika Instituti magistranti
Annotatsiya.
Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darsi va
sinfdan tashqari mashg’ulotlarda robototexnikani o’qitish asosida o’quvchilarning
ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasidagi mulohazalar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim standarti, muloqot qobiliyatlari, robototexnika, dasturlash,
sinfdan tashqari mashg'ulotlar.
Аннотация.
В статье рассматривается развитие творческих способностей
учащихся через обучение робототехнике в общеобразовательных школах на
уроках технологии и внеучебной деятельности.
Ключевые слова:
образовательный стандарт, коммуникативные навыки,
робототехника, программирование, внеклассная деятельность.
Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bilan uzviy
bog'liqdir.
Axborot-kommunikatsiya
va
muhandislik
texnologiyalari
ta'lim
faoliyatining ajralmas qismiga aylanib, ularning samaradorligini sezilarli darajada
oshirib, o'quvchilarning intellektual, hissiy va shaxsiy qobiliyatlarini har tomonlama
rivojlantirishga maksimal darajada hissa qo’shmoqda. Bu esa texnik ijodkorlikning
innovatsion yo’nalishi - robototexnikani rivojlantirish uchun qulay muhit
shakllantiradi. Yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning texnik
tayyorgarligini takomillashtirish g‘oyasi muhim vazihalardan biri hisoblanadi. Yangi
davlat ta’lim standartlari kontseptsiyasi o’quvchilarning ijodiy salohiyatini
rivojlantirish va shaxsiy rivojlanish traektoriyasida kognitiv qobiliyatlarni
shakllantirishga e’tibor qaratgan holda ishlab chiqilgan. Ta’lim robototexnika
asoslarini o’qitilishi o’quvchi va yoshlarning o’z taqdirini o'zi belgilashini
shakllantirib, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ustida ishlashning muhim
elementi va vositalariga aylanib bormoqda va texnik va muhandislik tafakkurini
shakllantirishni ta’minlamoqda.
Asosiy umumiy o’rta ta’lim maktablari davlat ta'lim standarti biz o’qituvchilarga
yuqori texnologiyali muhandislik va dasturlash bilan bog’liq mavzularni
rivojlantirishga,
robototexnikani
darsda
va
darsdan
tashqari
tadbirlarga
integratsiyalashga turtki berdi.
322
Robototexnika maktab ta’limiga jadallik bilan kirib kelmoqda. Robototexnikani
ta’lim jarayoniga joriy etish “Texnologik ta’lim”ni amalga oshirishning asosiy
vositalaridan biri bo‘lib, jahon texnologik taraqqiyotining zamonaviy talablariga mos
keladigan ilmiy-texnik salohiyatni shakllantiradi.
Robototexnikaga oid mashg‘ulotlarni o‘quv jarayoniga joriy etish natijasida
o‘quvchilarda konstruktorlik, texnik ijodkorlik, tahlil qilish, tanqidiy fikrlash,
qismlardan bir butun tizim hosil qilish xususiyatlari shakllanadi. Robototexnika
o‘quvchilarning ijodkorlik kompetensiyasini shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega,
u o‘quvchilarga yuqori motivatsion impuls beradi. Maktablarda texnologiya darslarida
robototexnika yo‘nalishidagi mavzularni tushuntira oladigan mutaxassislar kam. Dars
soatlari esa mashg‘ulotni o‘zlashtirishlari uchun yetarli emas.
Dars soatlarini ko‘paytirish bilangina natijaga erishib bo‘lmaydi. Informatika
fani chuqur o‘rgatilib, nazariyada olingan bilimlar amaliy bajarilmasa natija yaxshi
samara bermaydi. Informatika darslaridan olingan bilimlarni amaliyotga bog‘lovchi fan
bu texnologiyadir. Axborot texnologiyalarining dolzarbligi oshib borayotgan ekan,
demak, maktab dasturlarida shunga muvofiq o‘zgartirishlar kiritish davri keldi. Hozirda
bolalar maktab, balki bog‘cha yoshidanoq texnik qurilmalarni ishlata oladi. Ular
raqamli savodxonlikka tayyor.
Yangi fan bolalar yoshiga moslashtirilgan holda o‘tiladi. Dars qiziqarli
ma’lumotlar va o‘yinlar tarzida o‘tilib, ortiqcha bosimning oldi olinadi. Endi maktabga
qadam qo‘ygan o‘quvchiga texnikadan foydalanish, texnika xavfsizligiga rioya etish
asta-sekin o‘rgatiladi. O‘quvchilar axborot texnologiyalarini qulay hayot va yuqori
daromadga yetaklaydigan yo‘l ekanini tushunib yetishadi.
Robototexnika - bu robotlarni qurish, ulardan foydalanish va ulardan
foydalanish, shuningdek ularni boshqarish, sezish va ma’lumotlarni qayta ishlash bilan
shug‘ullanadigan mexanika, elektrotexnika va elektron muhandislik va informatika
fanining birlashtirilgan sohasi. Robototexnika - avtomatlashtirilgan texnik tizimlar va
ishlab chiqarish jarayonlarining so‘nggi texnik tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va
qo‘llashni o‘rganadi. Avtomatlashtirilgan mashinalar, robotlar odamlar o‘rniga xavfli
joylarda yoki zavodda yig‘ish jarayonida ishlashi mumkin. Robotlar tashqi ko‘rinishi,
xulq-atvori va idrokida odamlarga juda o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda olimlar gumanoid robotlarni odamga o‘xshatishga harakat
qilmoqda. Avtonom robotlar haqida ma’lumot qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib,
323
ammo bu mavzu bo‘yicha tadqiqotlar yigirmanchi asrda boshlangan. Bugungi kunda
robototexnika jadal rivojlanayotgan soha. Texnologiya rivojlanib borishi bilan
robototexnika ham rivojlanib bormoqda, chunki robototexnika texnologiyalar bilan
chambarchas bog‘liqdir. Texnologiya rivojlanib borishi bilan tadqiqotlar va ishlab
chiqishlar o‘zgaradi, shuningdek robotlardan foydalanish o‘zgaradi. Robotlar uy
sharoitida, biznesda va armiyada qo‘llaniladi. Ko‘pgina robotlar odamlarga bevosita
ta’sir ko‘rsatadigan vaziyatlarda, masalan, minalar va bombalarni zararsizlantirishda
ishlatiladi.
To‘liq avtonom robotlar faqat XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi.
Dastlabki raqamli boshqariladigan dasturlash roboti Unimate edi. Ushbu robot eritish
mashinasidan issiq temir qismlarni ko‘tarish va yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Bugungi
kunda savdo va sanoat robotlari keng tarqalgan. Ushbu robotlar odamlarga qaraganda
arzonroq, ixchamroq va mustahkamroq. Ushbu sohada ishlatiladigan ba’zi robotlar
iflos, xavfli va odamlar uchun zerikarli. Robotlar yig‘ish, yetkazib berish, yer va
kosmik tadqiqotlar, tibbiy operatsiyalar, qurol, laboratoriya tadqiqotlari, xavfsizlik
sifatida keng qo‘llaniladi.
Maktablarda robototexnika asoslarining o’qitilishi dolzarbligi texnik ijodkorlikni
rivojlantirishning yangi vazifalari bilan belgilanadi, zamonaviy fan amaliy faoliyatda
texnik va axborot bilimlarini uyg’unlashtira oladigan mutaxassislarga bo’lgan
talabning yuqoriligidan kelib chiqadi.Har bir o'quvchining qobiliyatini ochib berish,
yuqori texnologiyali, raqobatbardosh dunyoda hayotga tayyor shaxsni tarbiyalash -
davlat ta'lim standartida zamonaviy ta'limning maqsadlari sifatida belgilangan.
Robototexnikani ta’lim jarayoniga joriy etish “Texnologik ta’lim”ni amalga
oshirishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, jahon texnologik taraqqiyotining
zamonviy talablariga mos keladigan ilmiy-texnik salohiyatni shakllantiradi.Sinfdan
tashqari mashg'ulotlarning asosiy afzalligi o'quvchilarga ularni rivojlantirish va doimiy
o'zgaruvchan individual ijtimoiy-madaniy va ma'rifiy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan
keng
ko'lamli
faoliyatni
amalga
oshirish
imkoniyatini
berishdir.Robototexnikani maktabning sinfdan tashqari faoliyatiga joriy etishdan
maqsad shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish:
intellektual rivojlanish, o'quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va iste'dodlariga
javob berish, ularning o'z-o'zini tarbiyalashi, kasbiy o'zini o'zi belgilashi.
324
Maktabda texnologiya darslarirda robototexnika majmualaridan quyidagi
yo'nalishlarda foydalanish mumkin:
- namoyish qilish;
-frontal laboratoriya ishlari va tajribalar;
-tadqiqot loyihasi faoliyati.
Sinfdan tashqari robototexnika darslarini tashkil etish shakllari orasida
quyidagilar mavjud:
-ustaxona;
-maslahatlashuv;
-rolli o’yin;
-musobaqa;
-ko’rgazma;
-o’rganish.
Shu o‘rinda maktab dasturidagi texnologiya darslari tarkibida robototexnika
soatlari uchun keng o‘rin ajratilishini masalaga yechim sifatida taklif etmoqchiman.
Yoki bo‘lmasa, maktablarda texnologiya fani o‘qituvchilari tegishli malaka oshirish
soatlarini o‘tagan holda robototexnika to‘garak mashg‘ulotlarini muntazam o‘tishini
yo‘lga qo‘yish zarur. Robototexnika darslari amaliy faoliyatni taqozo etgani tufayli,
maktab moddiy-texnik bazasini shu yo‘nalishdagi asbob-uskunalar bilan jihozlash
muammosi ko‘ndalang bo‘lishi tabiiy. Chunki robototexnika uskunalari va
jihozlarining kamyobligi va qimmatligi bor gap. Yasash va yaratish jarayonlarinitashkil
etish bo‘yicha metodik ma’lumotlar bazasi ham yaratilishi zarur. Biroq o‘quv
markazlaridagi robototexnika mashg‘ulotlari ham yuqori texnologik jihozlanganligini
uchratmadik. Shunday ekan, o‘quvchiga robototexnika sirlarini o‘rganish imkoniyatini
maktabda yaratish davri kelganligini yana bir bor ta’kidlayman.
|