Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/77
Sana04.12.2023
Hajmi6,04 Mb.
#111019
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.Plastillinning xususiyatilari haqida nimalarni bilasiz?
2. Plastillinning tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
3.Plastillindan qachon, qayerda va nima maqsadda foydalaniladi?
4. Plastillin ishlatish usullari haqida ma’lumot bering. 
5.Loy qanday xususiyatlarga ega?
 
Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 
Reja: 
 
1.Gazlama va ip turlari.
2.Gazlamaning xususiyatlari.
3.Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi.
4.Gazlama bilan ishlash metodikasi.
5.Gazlamaga ishlov berish (o‘lchash, andoza olish va qirqish) metodikasi.
6.Gazlama bilan ishlashda ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talablari. 
 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar. Gazlama va ip turlari, gazlamaning xususiyatlari, 
gazlamaga ishlov berish metodikasi, andoza olish, o`lchash va qirqish, gazlama ishlab chiqarish. 
Bolalar birinchi sinfga o’qishga kelgunga qadar qanday gazlamalar va iplar bo`lishi, 
ulardan inson qayerda va qanday foydalanishi, ular qanday foyda keltirishi to`g`risida ba‘zi 
tasavvurlarga ega bo`ladilar. Ulardagi bu tasavvurlar aniq va to’liq bo’lmaydi, shu sababli ham
bir tizimga solinmagan bo`ladi. Qizlar va o`g`illarda bu tasavvurlar hajmi, to`liqligi va sifati 
bo`yicha turlicha bo`ladi. Gazlamalar va trikotaj mahsulotlardan foydalanishda bolalar ko`pincha 
ongsiz, noto`g`ri ish tutadilar, natijada matqriallarning buzilishiga yoki xizmat muddatlarining 
qisqarishiga olib keladi. 
Birinchi sinfdagi gazlama va tolali materiallar bilan ishlash bo’limi, asosan suhbatlar va 
chok tikish ilk mashklari o’tkaziladi. Gazlama va tolali materiallarning tayyorlanishi; Paxta 
kanop tolalari, junning qayerlarda yetishtirilishi; Dehqonlar va chorvadorlar mehnati haqida 
tushuncha beriladi. Paxtani qanday etishtirish toladan tashqari hayotga kerakli yana qanday 
narsalar olishni tushuntiriladi. Gazlamaning turlari haqida gapirib gazlamalar namunalari 
ko’rsatiladi. 


68 
Birinchi sinf mehnat darslarida o’quvchilarga mato turlari, iplarning turlari, kelib 
chgiqishi, tabiiy va kimyoviy tolalar haqida rasmlar va ko’rgazmali vositalar yordamida to’liq 
ma’lumot berish lozim. 
Birinchi sinfda kashta tikish turlari bilan tanishtirilgandan boshlab, milliy maktab kiyimi 
uchun yoqa, manjet tikish, nonushta xaltachasi tishkish, kiyim kechaklarni tartibga solish 
mavzularida ish olib boradilar. Biz birinchi sinfda gazlamaning turlari xossasi, ishlatish o’rnini 
suhbat asosida o’quvchiga tushuntirar ekanmiz, xom-ashyo, gazlama bo’lib kelgunga qadar 
mehnatkashlarning qo’lidan o’tishi, ularning ko’p mehnati singanligi, shuning uchun 
gazlamlardan bo’lgan kiyim-kechagimizni asrab avaylashimiz, qadrlashimiz, bu bilan ota-
onalarimiz mehnatini ham qadrlagan bo’lishimizni uqtiramiz. Ikkinchi sinfda esa birinchi 
sinfdagi mehnat malakasi davom ettiriladi. O’qituvchi ip gazlama bilan tanishtirish, gazlama 
turlarini tanlash, shakl uchun yoqa va manjet tikish, gazlama bilan ishlashda asboblardan
foydalanish ko’nikmasini hosil qilish, oddiy chok va operatsiyalarni qo’llab tikishning asosiy 
usullari, oralatib tikish, bahya chok kabilar bilan tanishtirish, nonushta xaltachasi tikish, kashta 
bilan bezashni, kiyimlarni yamash, tugmalarni qadashni o’rgatadi.
Uchinchi sinfda asosan uchinchi chorakda gazlama va tolali matolar bilan ishlash darslari 
o’tiladi. Bunda to’r tukish, ro’molcha solinadigan xaltacha tayyorlash, fartuk tikish, ularni 
naqshli kashtalar bilan bezash mavzulari o’tiladi. Endi o’quvchilarni tikish malakalari ancha 
rivojlangan, bemalol igna bilan ishlay oladilar. To’rtinchi sinfda endi birinchi chorakning 
boshidanoq ish fartuklari, salfektkalar tikish, sanitar sumkachasi tikish, to’r xalta tikish ishlarini
bajaradilar. Endi o’qituvchi o’quvchilardan bu mehnatni o’zlari mustakil bajarishlarini talab
qilishi kerak. O’quvchi bu harakatlarni o’zi bajarishi unda o’lchov bo’yicha 
bichish,"andoza"ga qarab, gazlamalarni rejalash, qismlarini bir biriga choklab birlashtirib olish, 
tepchima choklar bilan tikish, ayri choklar bilan bezash, gazlamlar ipini so’gurish usullarini 
bilish, chizmaga qarab mustaqil rejalash, aplikatsiya usuli bilan chetlarini merjka choki bilan 
bezash malakalarini hosil qilgan bo’ladilar. To’rtinchi sinf o'quvchilarini mahalliy 
seleksionerlar mehnat faoliyati bilan tanishtirish, kichik ekskursiyalar uyushtirish maqsadga 
muvofiq. Gazlama- arqoq va tanda iplarining o’rilishidan hosil bo’ladigan pardozlangan va 
ishlatishga tayyor mato. O’lchab – gazlab sotilgani uchun shunday nomlangan. Gazlama 
qadimda daraxt po’stloqlaridan qo’lda, keyinchalik tolalardan yog’och dastgohlarda, to’quv 
dastgohlarida to’qilgan, hozirda avtomat stanoklarda to’qiladi. IV sinf Texnologiya darsligida 
“Gazlamadan gul pannosi yasash” mavzusi o’tiladi.
Gazlamalar va tolali materiallar bilan ishlash darslarini samaradorligini oshirish uchun
quyidagilarga e`tibor berishli lozim buladi: 
1. 
Gazlama va tolali materiallar haqida o’quvchilarga unumli tushuncha berish, 
ularning turlaridan namunalar ko’rsatish;
2. Gazlamalarning asosan nimalarga muljallanganligini o’quvchilar bilishi va u bilan 
ularni tanishtirish, kiyim-kechak, turmushda buyumlardan namunalar ko’rsatish; 


69 
3. Buyumlarni tayyorlashda, bajarishda foydalaniladigan asbob uskunalardan qanday 
foydalanish kerakligini o’quvchilarga amaliy ko’rsatish bilan birga texnika xavfsizligiga rioya 
qilishni tushuntirish; 
4. Tayyor mahsulotni andozalar yordamida bichish, kiyib olish va tikish usullarini
o’qtirish; 
5. Tayyor bichilgan qismlarni tikib biriktirish, chok usullarini amaliy ko’rsatish; 
6. O’quvchilar gazlamlar bilan ishlash , bichish, tikish tartib va uslublarini puxta 
o’rganganlaridan so’gina amaliy bajarishga o’tish. 
Mehnat ta`limi darslarida sanchiluvchi, qirkuvchi asbob-uskuna borligini, hisobga 
olib, albatta, mehnat xaltasi tashkil qilishi kerakligini unutmaslik kerak. Chunki, birinchidan, 
mehnat xaltasiga maxsus cho’ntakchalarni, ignadonni, qaychidonni, turli iplar, gazlamalarni 
solib qo’yish imkoniyati bo’ladi. Ikkinchidan, mehnat darsiga kerak bo’ladigan narsalar har 
joga sochilmay , bir joyda, o’qituvchi shkafida saqlanadi. Uchinchidan, o’quvchi mehnat
darsiga to’la qatnashish imkoniga ega bo’ladi. Ba`zilari ko’tarib kelishgandan chuchibmi, unutib 
qoldirishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini oladi.
Ma’lumki, birinchi sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligida o`z hayot tajribalarini ishga 
solib, gazlamalardan ichki kiyim, ko`ylaklar, palto va kostyumlar, turli bosh kiyimlari, dasturxon 
va yostiqlar, pardalar, sochiqlar va dastro`mollar, parashyutlar, divan, stullar uchun qoplamalar, 
poyabzal astarlari, bayroqlar, sumkalar tikilishini aniqlaydilar. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o`qituvchining eng oddiy tajriba ishlaridan asta-sekin 
ravishda to`qimachilik tolalari, undan tayyorlanuvchi iplar va gazlamalar, turli gazlamalarning 
tayyorlanish xususiyatlari to`g`risida ko`p yangi va foydali ma‘lumotlarni o’rganadilar. Shu 
tariqa o’quvchilarda to`qimachilik materiallari, ularning asosiy xususiyatlari va ishlov berish 
usullari to`g`risidagi bilimlar sayqal topa boshlaydi. Bular o’z navbatida esa bolalarda 
materiallarni bir-biridan farqlash, ulardan to`g`ri foydalanish va ishlov berish malakalari 
shakllanib boradi. 
II sinfning dastlabki texnologiya darslaridan e’tiboran bolalarda gazlamalarning tuzilishi 
va tayyorlash usullari bo`yicha ma’lumotlarga asta-sekin ega bo’lib boorish ehtiyojlari sezila 
boshlanadi. Eng oddiy mahsulotlarda gazlamalar va iplardan foydalanishning elementar 
masalalarni amaliy hal etishdayoq to`qimachilik tolalari va gazlamalar, ularning texnika, ishlab 
chiqarish va ayniqsa turmushda, kundalik hayotda qo`llanishi to`g`risida bo`lgan bilimlarni 
aniqlash va umumlashtirish zarurati paydo bo`ladi. 
O`quv dasturi o’quvchilarning xotirasini ikkinchi darajali ma‘lumotlar bilan to`ldirish 
emas, balki, ularga tolali materiallardan tayyorlangan gazlamalar to`g`risidagi bilimni to`ldirish 
va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirib borish kerak. Bunda to`qimachilik materiallari (tolalar, 
iplar, gazlamalar va trikotaj), ulardan foydalanish to`g`risidagi ba‘zi ma‘lumotlarni, o`quvchilar 
uyda olishini hisobga olish va esda tutish kerak. Qiz bolalar boshlang’ich ta’limdan keyingi 
sinflarda ham to`qimachilik materiallari bilan nazariy va amaliy tanishuvni davom ettirishi, 
o`g`illar esa bu materiallar bilan ishlashni III sinfda tugatishni aytish o’rinlidir.
O’quvchilar to`qimachilik materiallari namunalarini ko`rib, ularning sifat xususiyatlari va 
ishlov berish hamda pardozlashning o`ziga xosligini aniqlashi muhim. Shuning uchun ham oddiy 
kuzatishlar va tajribalarni tashkil etilish maqsadli bo’ladi. Qaysiki bunday kuzatishlar va 
tajribalar o`quvchilarni bu materiallarni qog`oz, karton, fanera, metallik folga, plastmassa 
plyonkalar bilan taqqoslashga yo`naltirish uchun foydali bo’ladi. O`quvchilar e`tiborini u yoki 
bu materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning qo`llanish sohasi va sharoitlariga 
qaratish lozim.Birinchi sinf o`quvchilariga kiyim tayyorlash uchun materiallarni tanlash misolida 
gazlamalarning alohida xususiyatlariga asosiy talablardagi farqlarni ko`rsatish mumkin. Bu 
kiyimlarning, mavsumiy (yozgi, qishki va mavsumaro), uy kiyimi, ustki va ichki, sport kiyimi va 
hokazo bo`lishi, har bir gazlamalarni issiqlik himoyalash xususiyatlari, qalinligi, mustahkamligi, 
rangi va, albatta, narxi bo`yicha tanlay olish kerakligi o’quvchilarga tushuntirilishi lozim. Yozgi 
ko`ylak uchun engil mato, qishki palto uchun qalin va mustahkam mato talab etilishi, ichki kiyim 
uchun esa yengil va arzon oq ip-gazlama mato, ko’cha, ish, to’y-tomoshalar, bayramlarga 


70 
kiyiladigan kiyimlar uchun ancha qimmat va chiroyli, ipak yoki jun mato olishi kerakligi 
aytilishi lozim.Tikish bo`yicha amaliy ishlarni boshlashda o`qituvchi o`quvchilar bilan ip, 
gazlama, trikotaj, to`qilgan mahsulotlarning tayyorlanishida foydalaniladigan tolali materiallar 
to`g`risida qisqacha suhbat o`tkazadi. Bolalarga tipik, yaxshi tanish bo`lgan narsalarni ko`rsatib, 
ularning bu mahsulotlar o`rtasidagi umumiy, ularni birlashtiruvchi narsani tushunishlariga 
harakat qiladi: ularning hammasi tolalardan tuzilgan, tolali tuzilishga ega materiallardan 
tayyorlangan, deb aytadi.
Materiallarning tolalardan tuzilganligini: kir osadigan arqonni ochib ko’rsatish, gazlama 
bo`lagidan tortib chiqarilgan ipni yoki eski qo`lqopdan tortib chiqarilgan ipni yoki g’altakda 
o’ralgan tikuvchilik ipini misol tariqasida bolalarga ko`rsatish mumkin. O`quvchilarga bu tolalar 
turli narsalardan olinishi mumkinligini ko`rsatish ham muhim. 
II-sinf o’quvchilariga to`qimachilik tolalari haqida to’liq ma’lumot berish, ularning tabiiy, 
sun`iy, sintetik va mineral turlarga ajratilishini ko`rsatishning hojati yo`q. II-sinfda tikuvchilik 
bo`yicha o`z amaliy ishlarida o`simlikdan olinuvchi tolali gazlamalardan foydalanishlarini aytish 
kifoya. 
O`simlikdan olinuvchi eng ko`p tarqalgan tolali materiallar – paxta (hech bo`lmaganda 
oddiy momiq), zig`irtola, paklyani o’quvchilarga ko’rsatish darkor. O’qituvchi paxta yoki paklya 
bo`lagidan yakka tolalarni qanday tortib olishni, bu tolalarni oddiy o`rganilishini – ko`rish, 
ushlab ko`rish, uzunligini, egiluvchanligini, mustahkamligini, rangini qanday aniqlashni 
ko`rsatib berishi maqsadga muvofiq. 
Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va o`rnatish.
O`quvchilar to`qimachilik tolalari va materiallari to`g`risida dastlabki tasavvurlarga ega 
bo’lishlari 
uchun shu materiallardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish kerak. O`quvchilarga 
darslarda va sinfdan tashqari mashg`ulotlar davomida texsanoat korxonalari tomonidan 
chiqariluvchi materiallar to`plami, ularga qo`lda ishlov berish usullarini ko`rsatuvchi asosiy 
jarayonlarni ko`rgazmali tarza ko`rsatilishi ahamiyatli bo’ladi. Shuningdek, materiallar va 
ularning muhim xususiyatlarini o`rganish uchun qo`lbola ko`rgazmalarni tayyorlash bo`yicha 
o`quvchilarning mustaqil amaliy ishi alohida ahami ham bo’ladi. 
O`quvchilarning materiallar to`plash va to`plam tuzish ishini I sinfdan boshlab, keyin III 
va IV sinflarda materiallarning yangi turlarini o`rganib borib davom ettirishlarini hisobga olish 
zarur. Birinchi sinf o`quvchilari o`simlikdan olinuvchi tolalar to`g`risida bilimlarni o`zlashtirib 
borishlari uchun tolalardan tayyorlangan iplar va gazlamalar bilan amaliy tanishib borishi kerak.
Boshlang`ich sinflarda o’quvchilar, odatda, to`plamlar uchun materiallarni tanlashda 
elementar, ya’ni to`plangan materiallar namunalarini ongli tasniflashga yo’naltirilgan 
izlanishlarni o`tkazish ishlariga bog`liq bo’ladi. Bunday izlanishlar o’quvchilarga mavjud 
to`plamni, yoki oldindan tanlangan va mantiqan asoslangan tasnifiy belgi bo`yicha to`ldirishga 
imkon beradi. Bu maqsadda o`quvchilar materiallar sifat xususiyatlarini aniqlashning oddiy 
izlanishlarini amalga oshiradilar, to`plam namunalari joylashuvi sxemasini tuzadilar, ular usti va 
ostidagi yozuvlar mazmuni va ifodalanishini belgilaydilar, bezatish masalasini hal etadilar.
O`quv maqsadlarida o`quvchilar to`plamlaridan foydalanish qulay bo`lishi uchun ular 
daftarlarida gazlama namunalarini shunday o`rnatadilarki, har bir namunani nafaqat o`ng, balki 
teskari tomonidan ham ko`rib, taqqoslab bo`lsin, ularni ushlab ko`rish, gazlama qalinligi, rangi, 
yuzasining silliqligini va hokazo aniqlab bo`lsin.
II-sinfda bolalar amaliy ishlari jarayonida o`zlari foydalanadigan eng ko`p tarqalgan ip-
gazlama matolarni tanlaydilar, o`rganadilar, to`plamlariga o`rnatadilar. O`simlik tolalaridan 
tayyorlanuvchi iplar – tikuvchilik, yamoqchilik, kashtachilik iplarining kichik to`plamini 
o`quvchilar alohida joylashtiradilar. Shu to`plamning o`zida turli qalinlik, turli ranglar bilan 
farqlanuvchi iplar namunasini ham ko`rsatadilar. 
Brinchi sinf o`quvchilarining iplar va gazlamalar namunalarini to`plash, to`plamlarni 
tuzish va joylashtirish ishlari bo’yicha oladigan bilimlari o`quv dasturida ko`zda tutilgan 
«Qanday gazlamalarni bilamiz», «Gazlamadan nimalar tayyorlanadi», «Qanday iplarni bilamiz» 


71 
mavzularidagi suhbatlarni o`tkazish uchun asos, ko`rgazmali material bo`lib xizmat qilishi 
lozim. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra taqqoslashni 
bilishlari kerak. O`qituvchi o’quvchilar bilan «Qanday iplarni bilamiz» mavzusida suhbat 
o`tkazishi orqali o`quvchilarning iplar to`g`risida nimalarni bilishini, ularni vazifasiga ko`ra 
farqlay olishi, ulardan o`z amaliy zaruratlarida foydalana olishini aniqlaydi. 
O’qituvchining iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra taqqoslash ishlariga oid suhbat 
va u bilan bog`liq ko`rsatishlari birinchi sinf o`quvchilarining ko`p qo`llanuvchi iplarning 
vazifasi, qalinligi, rangiga ko`ra havlari to`g`risidagi tasavvurlarini umumlashtiradi. 
O’qituvchining oddiy tikuvchilik iplari o`ramini o’quvchilarga ko`rsatib berishi va qator savollar 
beriv o`quvchilar bilmini oshirishi natijasida: tikuvchilik iplari, ulardan kiyimlar, bosh 
kiyimlari, yostiq anjomlari, pardalar, xaltalar va ko`pgina boshqa narsalarni tikish uchun 
foydalanilish mumkinligini o’quvchilar tushunib olishga da’vat etadi. Shuninglek, o`qituvchi oq 
va qora ip o`ramini ko`rsatib, ulardan qayerda foydalanilishini so`rashi ham ahamiyatlii. Oq 
ipdan oq matodan detallarni tikish, qora ipdan - qora matolardan detallarni tikishda 
foydalaniladi. Oq tugmalar oq ip bilan qadaladi. Rangli gazlamalardan narsa tikish kerak bo`lsa-
chi? Ranggi gazlama rangiga mos tanlanuvchi rangli iplardan foydalaniladi va hokazo. 
O`qituvchi o’quvchilarga bir xil rangli, biroq tusi farqlanuvchi bir necha ip o`ramlarini, 
masalan, to`q qizil, och qizil, qip-qizil iplarni ko`rsatadi. Keyin esa nima uchun turli qalinlikdagi 
iplar ishlab chiqarilib, sotuvga chiqarilishini o`quvchilarga tushuntirib beradi va yupqa 
gazlamalar yupqa iplar bilan, qalinlarini qalin va mustahkam iplar bilan tikilishiga aniqliklar 
kiritadi. Shu o’rinda o`qituvchi tajriba o’tkazib, bir xil rangdagi, lekin turli qalinlikdagi ip-
gazlama iplarning bir necha o`ramini ko`rsatib, bu iplar qalinligini birgalikda aniqlashni taklif 
qiladi (iplarni ko`rinishi bo`yicha va ushlab ko`rib taqqoslash mumkin). Ip qalinligini aniq bilish 
uchun har bir o`ramda bo`luvchi etiketkaga qarash kerak: masalan, 10, 40, 50 raqami iplar 
qalinligini ko`rsatadi. G`altakli tikuvchilik iplarining yog`och g`altagi turli o`lchamda ekanligi, 
iplar qanchalik qalin bo`lsa, g`altak shunchalik kattaligiga qaratish kerakligini o’rgatadi. 
Boshlang’ich sinf texnologiya fani dasturi talablariga muvofiq o`quvchilarga arqoq va 
tanda iplarning polotno (tasma) o`ralishi, gazlama namunalarini o`rganish hazarda tutiladi. 
Mazkur masalalar II sinf o’quvchilariga qanday usul va shakllarda o’rgatish mumkinligini bir 
qator misolidan bilish mumkin.
Ma’lumki, o`quvchilar arqoq va tanda iplarning polotno o`ralishiga oid matolar 
namunalari: doka, xaltalik, astarlik gazlamalarni ko`rib chiqib, gazlamalar o`zaro o`ralgan 
iplardan iborat degan xulosaga keladilar. O`qituvchi iplarning bu usulda o`ralishi eng oddiy 
ekanligini aytadi. Bu o`ralish polotno o`ralish deb ataladi (1-rasm). Bu o`ralishli turlidam: 
polotno, doka, astarlik, chit, bo`z va boshqa matolar chiqariladi.
1-rasm. Oddiy karton to`quv romchalaridan foydalanib tanda va arqoq iplari polotno 
o`ralishi xususiyatlarini o`rganish 
O`quvchilar oddiy karton to`quv romchalaridan foydalanib tanda va arqoq iplarining 
polotno o`ralishi xususiyatlarini o`rganishlari orqali matoda iplar ikki o`zaro perpendikulyar 
yo`nalishlarda, bir-biriga to`g`ri burchak ostida joylashishini aniqlaydilar. O`qituvchi katta mato 


72 
bo`lagini ko`rsatadi va ikkinchi sinf o`quvchilari bu bo`lakda iplarning biri bo`ylama (tanda 
iplari), boshqalari esa – ko`ndalang, bir chetdan ikkinchisigacha (arqon iplari) bo`lishini 
ko`radilar. Keyin esa o`quvchilar o`zlaridagi polotno o`ralishli mato namunalarini turish 
tomondan (o`ng va teskari) qarab chiqib, bu tomonlar bir xil ko`rinishga ega degan xulosa 
chiqaradilar. O`qituvchi gazlamalar maxsus to`quv dastgohlarida tayyorlanishini aytadi. Polotno 
o`ralishli gazlamada har bir arqoq ipi navbatma navbat har bir tanda ipi bilan o`raladi, deb 
tushuntiradi . 
Texnologiya darslari da o`quvchilarni to`qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishuv 
ishlari ham amalga oshiriladi. O`qituvchi III sinf o’quvchilarning politexnik tasavvurlarini 
kengaytirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. To`qimachilik hamda tikuvchilik sanoatlarida 
chiqariladigan mahsulot, to`quvchilik va tikuvchilikn bilan shug’ullanidganlarning ish 
faoliyatlari, kasb-kori to`g`risida o’quvchilarda umumiy tasavvur hosil qilish uchun bu sanoat 
sohalari tipik mahsulotlarini ko`rsatib suhbat o`tkazish foydali. Bunday ko`rsatishlar uchun 
o`qituvchi mahsulot namunalari (masalan, o`quvchilar kiyimi), rasmlar, suratlar, kitob va jurnal 
rasmlari, diafilmlar, slaydlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, gazlamalar, iplar, kiyim, uy-
ro`zg`or buyumlari bilan bir qatorda o`quvchilarga lentalar, tasmalar, to`rlar, trikotaj 
mahsulotlari, kashta uchun kanvani ko`rsatish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O`quvchilarni to`qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishtirishda ekskusiyaning 
ahamiyati katta. Bunday ekskusiyalarni korxonalar, tikuvchilik atel‘elari yoki gazlama va 
kiyimlar bilan savdo qiluvchi do`konlarga uyushtirish mumkin. Bolalarning to`qimachilik hamda 
tikuvchilik sanoatlari va ularning yetakchi kasblari to`g`risidagi umumiy tasavvurlari yanada 
yaqqolroq bo`ladi.
Gazlamani asosiy xususiyatlariga ko`ra qog`oz bilan taqqoslashni o’quvchilar bilishi kerak. 
O’quvchilarning to`qimachilik materiallarining asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan o`rganish 
ishlari III sinfda ham davom ettirriladi. Texnologiya darslari da ishlatiluvchi materiallarning 
muhim xususiyatlarini o`rganish uchun kuzatishlar va oddiy tajribalar katta politexnik 
ahamiyatga ega bo`lib, ular jarayonida bolalar qog`oz va gazlamaning tuzilishi, mustahkamligi, 
egiluvchanligini taqqoslaydilar.
Dastlab o`quvchilarga qog`oz va gazlamada nimalar umumiyligini aniqlashni o’rgatish 
zarur. Jumladan, o’quvshilar:
1) qog`oz va gazlama yupqa materialligi, ularning uzunligi va enini taqqoslashdagi 
qalinligi ahamiyatsizligini; 
2) qog`oz va gazlama tolalardan iborat materiallar bo`lib, bu tolalar qog`ozda 
chirmashtirilib, yelimlangan, gazlamalarda esa tolalar dastlab ip hosil qilish uchun yigirilgan, 
keyin esa to`qilganligini; 
3) qog`oz va gazlama tuzilishiga ko`ra turli yo`nalishlarda – bo`ylama va ko`ndalang – 
turlicha bo’lishini (gazlamalarda bu yo`nalishlarni ko`pincha tanda va arqoq yo`nalishlari deb 
atashadi). Shuning uchun qog`oz va gazlama xususiyatlari turli yo`nalishlarda turlichaligini 
(masalan, bu materiallar mustahkamligi va cho`zilishini solishtirish kifoya); 
4) qo`lda ishlov berishda qog`oz va gazlama bir xil asbob - qaychi bilan kesilishni; 
5) qog`oz va gazlamadan mahsulot detallari yelimlash yoki tikish orqali birlashtirilishini; 
6) qog`oz va gazlama, kerak bo`lsa, bo`yalishi, ularda rasmlar, bezaklar, naqshlar, yozuvlar 
bosmalanishini qayd etilishini o’rganib olishi kerak. 
O`qituvchi o`quvchilaga qog`oz va gazlamaning muhim xususiyatlardagi farqlarni 
o’rgatishi kerak. Buning uchun o’quvchilarga o`lchamlari bir xil bo`lgan qog`oz va gazlama 
berib ularni yo`llarni yirtishga harakat qildirish tajribasini o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar 
gazlamalar qog`ozga qaraganda yirtilishga nisbatan ancha ko`proq mustahkamlikka ega 
ekanligini tushunib oladilar. O`quvchilar qog`oz va gazlamani bukish va egishga harakat 
qiladilar. Ular qog`oz oson bukilishi va tekislanishi, uni hamma taxlamalar yaxshi saqlanib 
qolishida ishonch hosil qiladilar. Gazlamada taxlamalar uzoq saqlanib qolishi uchun ularni issiq 
dazmol bilan bosishga to`g`ri keladi (masalan, shimlar, yubkalarda va hokazo taxlamalar). 


73 
Qog`oz va gazlama namunalarini suv bilan ho`llab yoki oldin o`tkazgan tajribalarni 
eslab, o`quvchilar qog`oz namlanib mustahkamligi kamayishi, qog`oz buyumlar buzilishini qayd 
etadilar. Gazlamalar esa sifati buzilmay, ko`p martalab yuvilishni ko`taradi. 
Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalari o’quvchilarda 
shakllantirilishi kerak. II sinf texnologiya darslarida o`quvchilar gazlama iplardan tashqari 
hayvondan olinuvchi tolalardan tayyorlangan iplarning, tabiiy ipak va junning sifat 
xususiyatlarini o’rganishlari lozim. Buning uchun oddiy ko’rinishga ega bo’lgan amaliy 
ishlardan foydalanish mumkin. O`quvchilarga bu iplar ip-gazlama iplar bilan nimasi bilan 
o`xshash va nimasi bilan farqlanishini aniqlashga oid topshiriq beriladi. Bu topshiriq natijasida 
bolalar o`zlariga ma‘lum bo`lgan ip turlarini tola tuzilishi xususiyatlari, qatlar soni, 
mustahkamligi, yumshoqligi, qalinligini, etiketkalarini taqqoslaydilar, keyingilaridan iplarning 
aniq amaliy ishlarni bajarish uchun yaroqliligini aniqlashda foydalanishga o`rganadilar. 
Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalarining o’quvchilarda 
shakllanganlik darajasini bilish uchun tirish ularga quyidagi savollar bearish mumkin: Nima 
uchun paypoqlarni oddiy ip-gazlama tikuvchilik iplari bilan yamash mumkin emas? (Ular 
ko`proq eshilib, yelimlangan, shuning uchun ko`proq qattiqroq. Ular bilan yamoqlangan paypoq 
joyi oyoqni qavartiradi. Yamoqlash ipi yumshoq, g`ovak, elastik. Ularning mos rangini tanlash 
osonroq. Ular bilan yamoqlangan joy yaxshiroq ko`rinishga ega). Nima uchun tugmalarni yamoq 
qo`yish iplari yoki muline iplar bilan emas, tikuvchilik iplari bilan qadashadi? (Tikuvchilik iplari 
mustahkamroq). Nima uchun qo`lqoplar jun iplardan to`qiladi? (Ulardan to`qilgan qo`lqop va 
paypoqlar issiqroq). Qalinligi bir xil, lekin turli narsalardan olingan yoki turli vazifalardagi ikki 
ipning uzilishga mustahkamligini, masalan ip-gazlama va jun yoki kashtachilik va tikuvchilik 
iplarini, qanday oddiygina taqqoslash mumkin? (Bu ip bo`laklarini bog`lab, turli tomonga tortish 
mumkin. Mustahkamligi past ip uziladi). 
Tabiiy ipak va tabiiy jundan tayyorlangan gazlama va iplar to`plamini tuzish va bezash 
ishlari ham muhim bo’lib o’qituvchi o’quvchilarga turli (shu jumladan ipak va jun) iplar va 
gazlamalarni farqlash va to`g`ri ayta olishga o`rgatishi kerak. Buning uchun o`qituvchi 
o’quvchilarga to`plamlarini nomlash va har bir namuna ostiga uning nomini yozishni topshiradi. 
O`quvchilarga iplar namunasi yoniga mos etiketkalarni yopishtirishni taklif etish foydali, bu 
etiketkalarni bolalar ip g`altaklari, o`ramlaridan ehtiyotkorona olishadi. O`quvchilariga uyda 
kattalar yordamida tabiiy jun va tabiiy ipak tolalardan tayyorlangan mato bo`laklarini topish 
vazifasini berish lozim.
Iplar tasnifi bilan tanishish. II va III sinflarda texnologiya darslari da o`quvchilar 
to`qimachilik materiallari – tolalar, ularning muhim xususiyatlari to`g`risida asta-sekin bilimlar 
to`playdilar. Joriy amaliy ish uchun zarur bilimlar uchun o`quvchilarni qurollantirish maqsadida 
ko`rsatishlar, kuzatishlar va oddiy tajribalar qatori o`tkaziladi. IV sinfda o`quvchilarda iplar 
tasnifi, ularning ishlab chiqarilishi, muhim xususiyatlari, mehnatda qo`llanishi to`g`risidagi 
mavjud bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish maqsadida suhbatlar, ko`rsatishlar, kuzatishlar 
va tajribalar o`tkazish foydali. 
Sinf o`quvchilari iplar to`plami, o`quv to`plamlarini diqqat bilan qarab chiqib, hamda ish 
stollarida bo`lgan turli iplar namunalarini o`rganib, g`altaklar va o`ramlardagi etiketkalarni 
o`qib, hamma iplarni amaliyot uchun muhim belgilar va xususiyatlar qatoriga qarab tasniflash 
mumkinligini birgalikda aniqlashlari ular uchun ancha foydali bo’ladi. O’quvchilar: 
1. Iplar tayyorlangan tolalarga qarab: ip-gazlama, zig`ir, jun, ipak (tabiiy va sun`iy 
toladan), sintetik va aralashdan (u yoki bu tolalarning turli kombinatsiyalaridan) iborat 
ekanligini; tolalarning o`simlik, hayvon, sun`iy, sintetik va mineraldan olinishini; 
2. Vazifasiga ko`ra iplar tikuvchilik, kashtachilik, yamash, to`qish va boshqalarga 
bo`linishini; 
3. Qalinligi bo`yicha iplar nomerlarga ko`ra bo`linishm, masalan, tikuvchilik iplarining 
metrik nomeri 1 g da necha metr ip borligini ko`rsatishi; Oddiy o`rganish orqali iplar qalinligi, 
eng avvalo ularning tayyorlanishi uchun foydalanilgan ip qalinligi va qavatlar soniga 
bog`liqligini; (2-rasm). 


74 
2-rasm. Tikuvchilik iplari, shpagat, tasmada iplar qatlami sonini aniqlash: 
1 – 2,3,4 va 6 qatli ip; 2 – ipda qatlar sonin aniqlash uchun ochish 
4. Rangiga ko`ra iplar oq, qora va rangli bo`linishi, ranglanmaydigan xom iplarni bilishi; 
5. Sifati va eng avvalo, mustahkamligini hamda pardoziga ko`ra iplar navlarga bo`linishini 
va iplar mustahkamligi tola turi va sifati, uning ipda eshilishi, hamda qatlar soniga bog`liqligini 
o’rganishi kerak. 
Kuzatishlar va oddiy o`rganishlar vaqtida o`qituvchi tolali materiallar va iplarning sinf 
to`plamni o’quvchilarga ko`rsatishi orqali ularning iplar to`g`risidagi bilimlarni umumlashga 
erishishi mumkin. O`quvchilar iste`molchilarga yetib kelgan har bir g`altak, o`ram, bobinalar, 
iplar solinadigan qutilarda bo`luvchi etiketkalar bo`yicha ish uchun zarur bo`lgan iplar 
to`g`risidagi ma‘lumotlarni qanday aniqlash kerakligini eslaydilar (3-rasm). 
3-rasm. Turli vazifali iplar to`plami: 
1 – tikuvchilik g`altak ipi; 2 – tikuvchilik ipi bobinasi;
3 – yamash ipi; 4 – muline (kashta tikish uchun rangli iplar);
5 – yamash ipi o`rami 
Tashqi ko`rinishiga qarab iplar rangi va pardozlanishini, qatlar soniniga qrab ip bo`lagini 
ochib aniqlash mumkinligi haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berish lozim. O’quvchilar 
etiketkalarda yozilgan ip to`g`risidagi ma‘lumotlar– ip navi, uning raqami, qatlar soni, metr 
uzunligi (jun ip o`ramlarida ularning og`irligi ko`rsatiladi) haqidagi ma’lumotlarni o`qib-
o’rganishiga alohida e’tibor qaratislishi ahamiyatli. O’quvchilar etiketka – bu ip g`altagi, 
o`ramining pasporti ekanligini albatta, bilishi shart. Etiketka haqida etarlicha ko`nikmalar 
bo`lgan o`quvchilar tikuvchilik ipi yorliq raqamini, ya‘ni ularning qalinligini ancha-muncha 
aniq aniqlay oladilar. Ipning kichik bo`lagidan uchinchi sinf o`quvchilari uning rangi, qatlar, 
sonini aniqlaydilar. 
Turli tolalardan tayyorlangan iplar mustahkamligini taqqoslashni bilish muhim 
hisoblanadi. IV sinfga kelib o`quvchilarda iplar, ular tayyorlanuvchi tolali materiallar, ularning 
assortimenti va qo`llanish sohasi to`g`risida bilimlar to`planadi. Bolalar to`plagan bilimlarni 
umumlashtirishga texnologiya darslari da tolali materiallar, iplar mustahkamligini o`rganish 
bo`yicha qator kuzatishlar va tajribalar yordam beradi. 


75 
O’qituvchi tolali materiallar, ularning kelib chiqishi, muhim xususiyatlari, tasnifi, ulardan 
turmush va texnikada foydalanish to`g`risida qisqa suhbat qilishi o’quvchilar ushun foydali 
bo’ladi. Shundan keyin o`quvchilarga tarqatma material sifatida bir bo`lak paxta, yamash ipi va 
bir bo`lak ip-gazlama tikuv ipi №10 tarqatiladi. O`qituvchi taklifiga ko`ra o`quvchilar bu 
materiallarni diqqat bilan ko`rib chiqadilar va ularning hammasi tolalardan iboratligini qayd 
etadilar. Paxtada tolalar tartibsiz chirmashgani, yamash ipida bir-biri bilan eshilgani, tikuv ipida 
ham tolalar eshilgani, biroq eshilish yamash ipidan ko`ra zichroq ekanligini bolalar birgalikda 
aniqlaydilar. Bolalar tikuv iplari sirti sal yaltirashi va ularda alohida tolalarning uchlari 
ko`rinmasligi, bu tolalar yelimlangandek ekanligini qayd etadilar.
O`quvchilar paxta bo`lagi va ip uchlaridan bir necha tolalani tortib oladilar va diqqat bilan 
o`rganadilar, ko`rib chiqadilar, uzunligini aniqlaydilar, uzilishga chidamliligini sinaydilar, rangi, 
yaltirashi va boshqa xususiyatlarini taqqoslaydilar. O`quvchilar bir bo`lak paxtani olib, uning 
qarama-qarshi tomonlaridan turli tomonga tortib ko’radilar va tolalar osongina bir-biridan 
ajralishi, ularda bog`lanish ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qiladilar. O`quvchilar xuddi 
shunday paxta bo`lagidan uni turli tomonga cho`zib, kichik qo`lbola ip eshadilar va uni uzishga 
harakat qiladilar. Buni qilish qiyinroq ekanligi va bir-biriga eshilish bilan bosilgan tolalar 
sirpanmasligi hamda birgalikda uzilishga to`sqinlik qilshini anglaydilar. O`quvchilar yamash va 
tikish ipi bilan ham xuddi shunday uzilishga sinashni bajaradilar. Bu materiallarning uzilishga 
qarshiligi yana ham ko`proq ekanligiga ishonch hosil qiladilar.. 
Keyingi texnologiya darslarining birida ip-gazlama iplarning sifat xususiyatlarini 
o`rganishni davom ettirish va keyingi amaliy ishlarda ahamiyatga ega bo`lgan jiddiyroq 
umumlashtirishlar va xulosalar chiqarish foydali. O`qituvchi bolalarga bir xil qalinlikdagi 
fabrikada ishlab chiqarilgan tikuv ipi yamash ipidan mustahkamroqligi, keyingisi esa, o`z 
navbatida, paxtadan eshilgan qo`lbola ipdan mustahkamroq ekanligini tushuntirish maqsadida 
tajriba ko’rsatadi: Buning uchun kichik karton qutichani avval paxtadan qilingan qo`lbola ipga 
osamiz. Qutichaga asta-sekin qum yoki kichik toshchalar solinsa, ip ko`tarolmay, uziladi. Yuk 
og`irligini o`zgartirmay, shu qutichaning o`zini boshqa ip – yamash ipi uchun ipga osamiz. Bu ip 
qo`lbola ipdan mustahkamroq bo`lib, yukni ko`taradi. Yamash ipi uzilmaguncha qutiga qum 
yoki toshchalar solaveramiz. Xuddi shu ishni tikish ipi bilan takrorlaymiz. U yana ham 
mustahkamroq ekanligi aniqlanadi.
Iplar «kuchi yetmagan» yuklar og`irligini solishtirib korish uchun tajriba o’tkaziladi: 
o`quvchilar qo`lbola ip, yamash uchun ip, tikish ipining teng uzunlik va bir xil qalinlikdagi 
bo`laklarini ketma-ket bog`laydilar. Keyin hosil bo`lgan ipning uchlaridan turli tomonga 
tortishadi. Uzilish qo`lbola ip joyida ro`y beradi: uning mustahkamligi eng kam. O`quvchilar 
qolgan ipni xuddi shu tarzda tortadilar. endi yamash ipi uziladi. Xulosa bitta: yamash ipining 
mustahkamligi tikish ipidan kamroq ekanligiga ishonch hosil boladi. (Bu tajribalar 4-rasmda 
ko`rsatilgan.) 
4-rasm. Bir xil qalinlikdagi ip-gazlama iplarning uzilishga mustahkamligini taqqoslash 
uchun tajribalar 
Oxirgi tajriba xulosalarining o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishini tekshirish uchun 
o`qituvchi ularga shunday savol berishi mumkin: oxigi tajribadagidek uch-to`rt bo`lak turli 




76 
qalinlikdagi iplarni (masalan, №10, 30 va 50) bog`lab, turli tomonlarga tortilsa, avval eng yupqa 
ip – elliginchi, keyin o`ttizinchi va hokazo uziladi. Bu ushbu iplar mustahkamligi turlicha 
ekanligini anglatadimi? (yo`q, albatta. Uzilishga mustahkamlikni tekshirish uchun bir xil raqamli 
iplarni tanlash kerak). 
Turli tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqish.
Ma’lumki, uchnchi sinf o`quvchilari uchun gazlamalarning ko`pchilik muhim 
xususiyatlarini aniqlash qiyinchilik tug`dirmaydi. Har bir namunani ko`rib, ushlab ko`rib, ular 
gazlama qalinligi va rangini uning pardozi xususiyatlarini, cho`ziluvchanligi, zichligi, mayda 
nuqsonlar borligi va hokazo aniqlaydilar. Olingan ma‘lumotlar va namunalarning sifat 
xususiyatlarini 
taqqoslash 
o`quvchilarga 
o`rganilayotgan 
gazlama 
qanday 
toladan 
tayyorlanganini, taxminan bo`lsa ham, aniqlashga yordam beradi. Keyinroq bajariluvchi 
qo`shimcha o`rganishlar natijasida uchinchi sinf o`quvchilari bu masalani aniqroq hal etadilar. 
To`rtinchi sinf o`quvchilariga tola turiga ko`ra gazlamalarning bo`linishini eslatish 
maqsadida o`tkazilgan qisqa suhbatdan keyin o`qituvchi o`quvchilarga sun`iy va sintetik 
tolalardan qilingan bir necha gazlama namunalarini tanlashni taklif qiladi. Bunda o`quvchilar 
sun`iy tolalar (viskoza) sellyulozadan, asosan yog`och sellyulozasidan, sintetik tolalar esa 
(kapron, lavsan, nitron va boshqalar) sun`iy smolalar eritmalaridan olinishini bilib oladilar. Sinf 
devoriy to`plamining ko`rsatilishi bu materialni qiziqarli yetkazib berish, o`quvchilarga sintetik 
tolalarning ajoyib xususiyatlari va olimlarning bunday tolalar hamda ular asosida gazlamalar 
yaratishdagi roli to`g`risida gapirib berishga yordam beradi. 
O`quvchilar sun`iy va sintetik tolalardan gazlama namunalarini to`plab, ular bilan o`z 
gazlama va iplar to`plamlarini to`ldiradilar. Ular turli tolalardan – o`simlik, hayvonlardan 
olingan, sun`iy va sintetik tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqib, gazlamalarning 
tashqi ko`rinishi, ularning qalinligi, yuza silliqligi, namlanishdagi holatini qayd etadilar. Ayni 
vaqtda bu tolalardan qilingan iplarni ham ko`rib chiqish foydali. Aniqlovchi sifatida gazlama va 
iplar to`plamidan foydalanib gazlama namunalarini aniqlash usullarini birgalikda belgilaydilar.
Texnologiya darslarida turli gazlamalarda iplar o`ralishi ham o’rganishi nazarda tutilgan. II 
sinfda o`quvchilar tanda va arqoq iplarining eng oddiy polotno o`ralishli gazlamalar bilan 
tanishib, bunday o`ralishning o`ziga xos maketini ular rangli qog`oz yo`llardan gilamcha 
«to`qiganda» tayyorlashgan. 
III sinfda esa gazlamalarda iplarning oddiy o`ralishni o`rganish davom etadi: polotno 
o`ralishga sarja, keyin esa satin (atlas) o`ralishlar qo`shiladi. O`quvchilar bu o`ralishlardagi tanda 
va arqoq iplari joylashuvi sxemasini yaxshiroq o`zlashtirib olishi uchun ko`rgazma materiali 
sifatida rangli qog`oz yo`llardan gilamchalardan foydalanish yaxshi. 
Sarja va satin o`ralishlarni bajarish usullarini ko`rsatish uchun kichik to`quvchilik 
romchasi – tanda iplari parallel tortilgan yog`och ramchadan foydalanish mumkin. Moki rolini 
katta igna bajaradi. Tanda va arqoq iplari, qalin va kontrast rangda tanlanadi (5-rasm). 
5-rasm. Gazlamlarda arqoq va tanda iplar o`ralishi: 
1 – sarja; 2 – satin 


77 
Gazlama bo`laklarini tanda va arqoq iplari bo`ylab aniq kesish hamda tanda va arqoq 
chekka iplarini katta igna yoki bigiz bilan ajratish maqsadga muvofiq. Gazlamalarda iplar 
o`ralishini ko`rib chiqishda uchinchi sinf o`quvchilarini lupalar bilan ta‘minlash foydali. 
O’quvchilar gazlamalarda tanda va arqoq iplari xususiyatlarini o`rganishda, avvalo,
gazlamalar nimadan va qanday tayyorlanishini bilish, biron-bir narsa tayyorlash kerak bo`lgan 
gazlamaning asosiy xususiyatlari va sifatini, gazlamada bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni 
aniqlay olish muhim. Buyumlar va alohida detallarni konstruktsiyalashtirish va tayyorlashda 
gazlamalardan to`g`ri foydalanishlari uchun o`quvchilar eng muhim, ko`p tarqalgan va ishlov 
berish oson gazlamalar bilan tanishishlari kerak. 
Gazlamalar tayyorlashda tanda va arqoq o`ralishlari to`g`risidagi oldingi bilimlarini 
o`quvchilar eslashlari uchun ularga to`quvchilik romchasi va unda eng oddiy o`ralishlar bilan 
qo`lbola gazlamaning tayyorlanishi jarayonini ko`rsatish foydali. 
Texnologiya darslarida kartondan oddiygina to`quvchilik romchasini tayyorlab, ochiq 
kontrast rangli qalin iplardan foydalanib polotno o`ralishli gazlamaning kichik bo`lagini to`qish 
maqsadga muvofiqdir. 
Gazlama bilan keyingi ishlash uchun uchinchi sinf o`quvchilariga o`zlari ishlatadigan 
gazlamalarda bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlashni o`rganib olish zarur. 
O`qituvchi ikkala milklari bo`lgan katta gazlama bo`lagini ko`rsatadi. Bu bo`lakda 
bo`ylama va ko`ndalang iplar qanday joylashishini ko`rsatib beradi: birinchilari – bo`lak bo`ylab, 
ya‘ni gazlama milklariga parallel, ikkinchilari – ko`ndalang, ya‘ni milkdan milkkacha o`tgan. Bu 
yo`nalishlarni gazlamaning kichik bo`lagida ham, u bo`ylama yo`nalishni ko`rsatib beruvchi 
milk bilan birga kesib olingan bo`lsa, aniqlash oson. 
Milk bo`lmagan kichik gazlama bo`lagi bilan ishlashga to`g`ri kelsachi? Bu holda tanda va 
arqoq iplari yo`nalishini qanday aniqlash kerak? O`qituvchi o`quvchilardan stollari ustida yotgan 
gazlama bo`laklarini diqqat bilan qarab chiqishni so`raydi. Bularning qaysi birida milkli gazlama 
bo`laklari bo`lsa, ularga oddiy o`rganish taklif etiladi – gazlamani avval milkka parallel 
yo`nalishda, keyin esa – ko`ndalang yo`nalishda tortish. O`quvchilar tanda iplari yo`nalishida 
gazlama arqoq iplari yo`nalishidagiga qaraganda kamroq cho`zilishini qayd etadilar. Xulosa 
chiqariladi: gazlamani ikki asosiy – bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishda cho`zilishi bo`yicha 
unda tanda va aqoq iplari qanday joylashganini aniqlash mumkin. Bu xulosadan foydalanib 
o`quvchilar o`z gazlama bo`laklarida tanda iplari joylashuvini aniqlab, ularning yo`nalishini 
qabul qilingan shartli belgi – uchlarida strelkali to`g`ri chiziq kesmasi bilan belgilaydilar. 
O`qituvchi taklifi bo`yicha o`quvchilar igna yordamida o`z bo`laklari chetlaridan bo`ylama 
va ko`ndalang iplarni tortib chiqaradilar, ularning tashqi ko`rinishi va cho`zilishga qarshiligini 
taqqoslaydilar. Birgalikda xulosa chiqariladi: bo`ylama iplar (tanda iplari) ko`ndalang iplarga 
qaraganda deyarli cho`zilmaydi va ancha mustahkamroq. Ular ko`proq eshilgan bo`lib, yuzasi 
arqoq ipidek unchalik paxmoq emas, ancha silliq bo`ladi. 
Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash. II va III sinf o`quvchilari texnologiya 
darslari dagi tikish ishlarini bajarishda turli sifat xususiyatlariga ega bo`lgan gazlamalar bilan 
ishlaydilar. Bu xususiyatlarni farqlashni ular asta-sekin, kerakli bilimlarni to`plab borib 
o`rganadilar. Masalan, o`quvchilar o`zlari ishlatadigan gazlamalarning o`ng va teskari 
tomonlarini aniqlash uchun zarur ma‘lumotlarni darrov o`zlashtira olmaydilar. O`qituvchi 
boshida gazlamaning qaysi tomoni o`ng yuza ekanligini ko`rsatib beradi. Ba‘zi hollarda buni 
aniqlash oson, masalan, bosma rasmli yoki patli (chit, flanel) gazlamalar bilan ishlashda. 
III sinfga kelib o`quvchilarda texnologiya darslari va sinfdan tashqari ishlarda keng 
ishlatiluvchi gazlamalarning o`ng va teskari yuzalarini mustaqil aniqlashni o`rganish va 
tizimlashtirish uchun yetarlicha bilim va amaliy tajriba to`planadi. Bu maqsadda o`quvchilar 
gazlamalarning o`ng va teskari yuzalarini aniqlashning ratsional tartib va usullarini 
o`zlashtirishlari uchun avval ba‘zi gazlama namunalarini ko`rsatish foydali. Keyin esa 
gazlamaning o`ng va teskarisini aniqlash maqsadida namunalarni o`rganish bo`yicha ish amalga 
oshiriladi. 


78 
O`quvchilar o`qituvchi topshirig`i bilan va uning rahbarligi ostida tolalar turi, vazifasi va 
pardozi bo`yicha farq qiluvchi gazlama parchalarini tanlaydilar. Gazlamalarni o`rganish va 
ularning o`ng va teskari tomonini aniqlash bo`yicha keyingi birgalikdagi ish qulayligi uchun 
o`quvchilar hamma namunalarni bir tartibda joylashtiradilar: ip-gazlama (chit, bumazeya), zig`ir 
tolali (polotno), jun (movut, yaxshisi patli), ipak (tabiiy ipak) va sintetik gazlama. 
Bu ish bajarilib, birgalikda tekshirilgach, o`qituvchi yangi topshiriq beradi: tanlab olingan 
namunalarda gazlamaning o`ng va teskari tomonini aniqlash va uni asoslab berish. 
Namunalarning o`ng va teskari tomonlari tashqi ko`rinishini taqqoslashning natijalarini 
birgalikda muhokama qilishdan so`ng o`quvchilar xulosalar chiqarishadi:
Kuzatishlarini xulosalab o`quvchilar gazlamalar o`ng va teskari yuzalarini farqlay olish 
zarur bo`lgan hollarni eslab misollar keltiradilar. 
Gazlamalarning turmush va texnikada qanday ahamiyat kasb etishini o’rganish 
ahamiyatlidir. IV sinfga kelib odatda o`quvchilarda gazlamalar, ularning turli turlari va navlari 
to`g`risida ko`pgina alohida tasavvurlar to`planadi. Dasturda ko`zda tutilgan «Turmush va 
texnikada gazlamalar» suhbatining o`tkazilishi bu alohida tasavvurlarni umumlashtirish, 
o`quvchilar bilimlarini tizimga solishga yordam beradi. 
Bu suhbatga tayyorlanish jarayonida o`quvchilar material to`plash, rasmlar tanlash, 
to`plamlar tuzish bo`yicha ta‘limiy jihatdan qiziqarli mustaqil ishni amalga oshirishlari mumkin. 
Suhbat o`tkazilishidan bir hafta oldin o`quvchilarga uning mavzusini e‘lon qilish, uning 
maqsadlarini tushuntirib, o`quvchilarga unga tayyorlanishni topshirish foydalidir. 
O`qituvchi tomonidan suhbat jarayonida qo`yiluvchi asosiy masalalarni aytish va 
o`quvchilarga o`z savollarini tayyorlashni topshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Maktab yoki 
shahar bolalar kutubxonasidan gazlamalar, ularning ishlab chiqarilishi, turmush va texnikada 
foydalinishi to`g`risida hikoya qilinuvchi kitoblarni olishni maslahat berish mumkin. 
Masalan, uchinchi sinf o`quvchilariga suhbat uchun materiallarni to`plashning yana bir 
yo`lini tavsiya qilish mumkin – uyda kattalar bilan suhbatlashish, ular yordamida gazlamalardan 
foydalanishning qiziqarli hollarini yaqqol ko`rsatuvchi materiallar va gazlama namunalarini 
tayyorlash. O`quvchilardan birontasi sinfga fazogirlar suratini olib kelib, insonning fazoga 
uchishi uchun skafandrlar gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishi mumkin. Boshqasi 
parashyutchi suratini ko`rsatib, parashyut ipak gazlamadan tikilishini aytadi. 
Uchinchi o`quvchi esa o`rtoqlariga bir parcha sun`iy charm yoki mo`ynani ko`rsatib, bu 
matolar asosini gazlama tashkil etishini isbotlab beradi. Ota-onasi bayroqlar suratini ko`rsatib, 
ular ham gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishni maslahat bergan bola ham topiladi. 
Tekstolit (plastmassa) – asosi maxsus smola bilan shimdirilib, ko`p qatlamdan tuzilgan va 
yuqori haroratda presslangan gazlamadan iborat plastik massadan kichik detal – shesterenkaning 
ko`rsatilishi o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. 
Gazlamalardan turmushda foydalanish: 
1. Kiyim (uy, ish, chiqish, yozgi, qishki, mavsumaro, o`quvchilar formasi va hokazo); 
2. Ichki kiyim (ayollar, erkaklar, bolalar ichki kiyimi); 
3. Yostiq anjomlari; 
4. Sochiqlar; 
5. Oshxona anjomlari (dasturxon, sochiqlar); 
6. Bosh kiyimlar; 
7. Poyabzal; 
8. Yumshoq va yarimyumshoq mebellarni qoplash; 
9. Uy anjomlari (pardalar); 
10. O`yinchoqlar (yumshoq o`yinchoqlar, qo`g`irchoq kiyimlari); 
11. Xo`jalik anjomlari (sumkalar, xaltalar, chang artish, pol yuvish uchun lattalar va 
hokazo). 
Gazlamalardan texnika va ishlab chiqarishda foydalanish: 
1. Maxsus ishlab chiqarish kiyimi; 
2. O`rash materiallari (doka, kolenkor, lederin); 


79 
3. Parashyutlar; 
4. Fazogirlar skafandrlari; 
5. Changyutgich filtrlari; 
6. Metro, avtobus, samolyot o`tirg`ichlari qoplami (sun`iy charm asosi – gazlama); 
7. Kinoteatr ekranlari; 
8. Sayyohlar palatkasi va yotoq xaltalar; 
9. Plastmassa – tekstolit. 
Gazlamadan detallarni yopishtirish. Gazlamadan tayyorlangan buyum detallari odatda ip 
bilan tikiladi. Keyingi yillarda tikuvchilik ishlab chiqarishida detallarni yopishtirishdan ko`proq 
foydalanib, buning uchun maxsus yelim va moslamalardan foydalaniladi. Karton va muqovalar 
ishlab chiqarishida ham gazlamani qog`oz va karton bilan yyelimlanishini kuzatish mumkin. 
Bunda maxsus muqovalash gazlamalari – kolenkor, lederin, granitoldan keng foydalaniladi. Bu 
matolar oddiy ip-gazlama matolardan, tanda va arqoq iplari orasidagi hamma g`ovak va 
oraliqlarni to`ldiruvchi maxsus tarkiblar bilan shimdirilgani bilan farq qiladi. Shuning uchun bu 
gazlamalarning teskari tomoniga yelim tarkibi surtilganda, yelim o`ng yuzaga o`tmaydi va uning 
ko`rinishini buzmaydi. Yelim tarkiblar bilan ishlov berilgan gazlamalar deyarli cho`zilmaydi, 
namlanishda shakli buzilmaydi. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari texnologiya fani darslarida gazlamalarni yelimlash hamda 
gazlamadan detallarni qog`oz va kartonga yopishtirish xususiyatlari to`g`risida dastlabki 
tushunchalarga ega bo`ladilar. Ba‘zi o`quv buyumlarni tayyorlashda o`quvchilar gazlamadan 
detallarni qog`oz va kartonga yopishtiradilar, masalan, gazlama to`plamlarini tuzish va 
joylashtirish, gazlamadan applikatsiyalarni o`rnatish, kitob muqovalarini tayyorlash, qo`g`irchoq 
teatri personajlarini tayyorlash va hokazolarda. 
Bu amaliy masalalarni o`quvchilar ongli hal etishlari, ularga kerakli ahamiyat berishlari 
uchun ular gazlamadan detallarni boshqa materiallarga yelimlash jarayonida nima ro`y berishini 
aniq tasavvur etishlari kerak. 

Download 6,04 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish