Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Applikatsiya ishlari haqida ma’lumot bering.
2.Mozaika ishlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Darslarni to`g`ri tashkil etish haqida tushuncha bering.
4.Applikatsiya va mozaika ishlarining maqsadi deganda nimalar nazarda tutiladi?
5. Applikatsiya va mozayka ishlarining tarbiyaviy ahamiyati nimalarda seziladi?
6. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish deganda nimalar nazarda tutiladi?
4-MA’RUZA.
MAVZU.
PLASTILINDAN
AMALIY
DARSLARNI
TASHKIL
ETISH
METODIKASI.
GAZLAMADAN
AMALIY
DARSLARNI
TASHKIL
ETISH
METODIKASI. RABOTATEXNIK DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI. IP
TURLARIDAN AMALIY DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI. TEXNIK
LOYIHALASH DARSLARINI TASHKIL ETISH. LEGO KONSTRUKSIYASIDAN
AMALIY DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI.
Reja:
1.Kulolchilik va haykaltaroshlik ishlari haqida ma’lumot.
2.Plastilin va loyning tarkibi va xususiyatlari.
3.Plastilin va loyga ishlov berish usullari.
4.Plastilin va loy bilan ishlash darslarida ish o‘rnini tashkil etish talablari.
5.Plastilin va loy bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi.
6.Plastilin va loy bilan ishlashda sanitariya-gigienik talablar.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Kulolchilik va haykaltaroshlik, plastillin va loy,
plastillin va loyning tarkibi, xususiyatlarii, , plastillin va loyning ishlatish usullari, plastilin va
loy bilan ishlash darslari, sanitariya-gigienik talablar
Boshlang’ich sinflarda loy va plastilin bilan ishlash mashg’ulotlarining maqsadi va
vazifasi bolalarning haykaltoroshlikning elementar asoslari bilan tanishtirish va amaliy ishlashga
o’rgatish ularda bu qadimiy hunarga qiziqishlarini oshirish nazarda tutadi. Bunday
mashg’ulotlarni yuksak saviyada tashkil etish va o’tkazish har bir o’qituvchidan mazkur soha
bo’yicha ma`lum tayyorgarlikka ega bo’lishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchilar o’z
ustlarida ko’proq ishlashlari, xaykaltoroshlik va kulolchilik asoslarini yaxshi bilib olishlari kerak
bo’ladi.
Haykaltaroshlik tasviriy san’at ichida eng qadimgi san’atdir. San'atning haykaltaroshlik
turining xususiyati tasvirning hajmli plastik formasidir. Odamlar hali yozish va surat solishni
bilmagan chog’lardayoq yopishqoq materiallardan odam va hayvon gavdasiga o’xshash
shakllarni yasashga
harakat qilganlar.
Haykaltaroshlikning bosh obyekti – odamdir. Haykaltaroshlik odamni turli-tuman
kayfiyatda ifodalay oladi: odamning figurasini, chehrasini, murakkab kechinmalarini, kayfiyat,
xarakterni ko’rsatishi, odamning ichki dunyosi, intilishi, ehtirosi va umidlarini hikoya qilishi
mumkin.
63
Haykaltarosh o’z g’oyasini avval qog’ozda aniqlab oladi: suratini chizadi, qismlar
joylashishini tuzadi, massa va hajmlar nisbatini qidiradi. So’ngra esa yasay boshlaydi. Metalldan
ishlangan qattiq plastinka (karkas) ustiga to kerakli tasvir paydo bo’lmaguncha gil yoki plastilin
chaplaveradi. Bunda hajm doim kattalashaveradi, haykalraroshlar tili bilan aytganda,
“o’saveradi”. Shu sababli haykaltaroshlikni plastic san’at deb ataladi (grekcha “plastika”
so’zidan, ya’ni “yasamoq” demakdir).
Haykalni toshdan yoki yog’ochdan ishlansa, uni yopishtirib yasamaydilar, tarashlab yoki
chopib yasaydilar. Shu sababdan haykaltaroshlikni ba’zan o’ymakorlik deb ham ataydilar.
Haykaltarosh odam obrazini yaratar ekan, odamning tana tuzulishini kuzatadi, materialning
yuzasiga shunday ishlov beradi, hajmini shunday yasaydiki, har bir muskul, tananing har bir
qismi boshqalari bilan garmonik suratda uyg’un bo’ladi. Shu tariqa haykaltarosh o’z ijodiga ko’p
bilim, aql, ko’pgina his-tuyg’u, mehnat sarflaydi.
Mo'ljallanishiga ko'ra xaykaltaroshlik monumental, monumental dekorativ hamda stanokli
turlarga bo'linadi. Monumental haykaltaroshlik asarlari haykallar, monumentlar va byust-
monumentlardir. Ular jamoat joylarida va asosan ochiq havoga o'rnatiladi. Monumental-
dekorativ haykaltaroshlik shaxarlar, istirohat bog'lari arxitekturasini, turar joy va idora binolari
inter'erini bezaydi. Xotira taxtalari, xotira komplekslari hamda istiroxat bog'i haykallari statuylar,
byustlar, favvoralar, dekorativ guldon kabilar ham shu bo'limga taalluqlidir. Stanok
haykaltaroshligida odatda intererni bezaydigan cho'yan, yog'och, bronza, chinnidan yasalgan
kichik statuetkalar yasaladi. Material asarning nimaga mo'l-jallanganligi hamda yaratilayotgan
obrazga ko'ra tanlanadi. Plastik tasvirlar orasida aylana haykaltaroshlik yolg'iz tur emas. Undan
tashqari, barelef va gorelef xam mavjud. Relef aylana haykaltaroshlikdan farq qilib, yassi satxda
aks etadi. Barelef o'z hajmining yarmidan kamrog'iga, gorelef esa yarmidan ko'progiga bo'rtib
chikadi. Bu haykaltaroshlik formalaridan idish-tovoq sathini, binolarning old tomoni, intsreri va
shu kabilarni bezashda foydalaniladi.
Kulolchilik- hunarmandlikning loydan turli buyumlar tayyorlaydigan turi kulolchilikda
asosiy xomashyo- tuproq. Loy qancha ko'p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo'ladi.
Kulolchilikda asosiy qurol kulolchilik charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl
beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga qarab
xumdonlar ham turlicha (katta-kichik) bo'lishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlangandan so'ng
yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar ma'lum idishlar ishlab chiqarish bo'yicha
ixtisoslashgan bo'ladilar.
Kulolchilik O'zbekistonning hamma joyida uchraydi. Ammo badiiy buyumlar yaratishda
eng yirik markazlardan Rishton, G'jduvon, Shahrisabz, Xiva, Xonqa, Samarqand, Toshkent
qadimdan mashhur bo'lgan. Masalan, G'ijduvon sopol idishlari o'zining rang-barangligi,
pishiqligi va qatlamliligi bilan ko'zga tashlanadi. Ularda xatlami uslubida to'q jigar rang, fonida
yashil, to'q sariq, to'q ko'k va qizil g'isht rangli naqshlar bir necha qatlamda berilgan bo'lib,
bo'rtirilgandek seziladi.
Rishton kulollari yaratgan sirli idish va sopol buyumlar o'zining nozik va murakkab
naqshlari, bo'yoqlar koloriti, ayniqsa, och ko'k kobalti va feruza rangli bir necha ohangligi bilan
ajralib turadi. Hozirgi Rishton buyumlaridagi qalami uslubida yaratilgani naqshlar yirik va
dekorativ xildagi ornamentli.
Plastilin – narsalar yasashda qo’llaniladigan materialdir. U sun`iy plastik massa bo’lib,
loydan hech qachon qurimasligi va doimo ishlatishga tayyorligi bilan farqlanadi. Plastilinning
har xil – oddiy va murakkab turlari bo’lib uni tayyorlashni bir nechta usullari bor.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo’shib bir turli massa hosil bo’lguncha
aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanadigan massa qo’lga yopishmaydigan holatga kelguncha
qo’shiladi.
Ikkinchi variant – quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin qo’shib, qo’lga
yopishmaydigan quyuq massa hosil bo’lgancha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq
bo’yoq massasini qo’shib va puxta aralashtirib bo’yash mumkin.
64
Uchinchi variant - 1 qism tuprog’iga 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin qo’lga
yopishmaydigan
darajaga
yetguncha
glitserin
qo’shib
aralashtiriladi
Loy va plastilin ham turli narsalar yasash uchun juda qulay bo’lib, ayrim xususiyatlariga
ko’ra, bir-biridan ajralib turadi. Masalan plastilin rang-barangligi va doimo ishga tayyor holda
ekanligi bilan ajralib turadi. Lekin asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez erib ketadi va
o’zining qayishqoqlik xususiyatini yo’qotadi. Bundan tashqari plastilindan ishlangan
haykalchalarni ochiq joyda saqlash juda qiyin. Undan asosan kichik modellarni yasashda
foydalaniladi. U sun’iy plastik massa bo’lib, loydan hech qachon qurimasligi bilan farqlanadi.
Texnologiya darslarida loy, plastilin, mum kabi materiallardan foydalanib, ulardan turli
o`yinchoqlar, jonivorlar, qushlar, ertak qaxromonlari yasaladi. O`yinchoq – dekorativ sa’natning
eng qadimiy turlaridan biri bo’lib, qadim asarlarda loydan yasalgan narsalar bizgacha yetib
kelgan. Mamlakatimizda sanoat va madaniyatning rivojlanib borishiga ko’ra o`yinchoqlarni
assortimenti, ularning obrazlari yildan-yilga boyib bormoqda. O`yinchoqlar yasaladigan
materiallar xilma-xildir. Biroq afzallik loyga beriladi. Loy narsalar yasashda asosiy material
hisoblanadi. Chunki u istalgan joyda topiladi, arzon va qayishqoqdir. Narsalar yasaladigan
materialda chet predmetlar, tosh, qum va shu kabilar bo’lmasligi kerak. Chunki ish qo’lda
bajariladi. Shuning uchun ish boshlashdan oldin loyni tayyorlash kerak, topilgan matni narsalar
yasashga yaroqli yoki yo’qligini oldindan tekshirish kerak. Loy shirali va shirasiz bo’ladi.
Shirasiz loy tarkibida qum ko’p bo’lib, unda yopishqoqlik xususiyati ko`ngildagidek bo’lmaydi.
Plastilin va loy bilan tanishtirish ishlari dastlab 1-sinfdanoq boshlanadi. Bunda plastilin va
loyning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari aytib o’tiladi. Hozir 1- sinf Texnologiya
darsligida berilgan “Plastilin va loy bilan ishlash qoidalari” mavzusini ko’rishimiz mumkin(1-
rasm).
1 – rasm
Plastilindan turli hayvonlar, buyumlar yasashni 4 – sinf Texnologiya darsligida ham
ko’rishimiz mumkin (2-rasm)
65
2 – rasm .
Loy tayyorlashda tabiatda uchraydigan soz tuproqdan foydaniladi. Soz tuproqdan odatda
kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, uy devorlarini pardozlashda ham undan foydaniladi. Ana shu
tuproqni har xil aralashmalardan tozalab, ozgina ishlov berish orqali loy holida tasviriy faoliyat
mashg'ulotlarida ishlatish mumkin. Buning uchun tuproq tarkibidagi kesaklar yaxshilab
maydalanadi va yirik ko'zli elakdan o'tkaziladi. Ustiga suv qo'yib, 5-6 soat saqlanadi, so'ngra
suvini to'kib, qo'lga yopishmaydigan quyuqroq xamir holatiga kelguncha yaxshilab ishlanadi.
Tayyor loy selofan yoki kleyonka qopchalarda saqlanadi va darsga foydalanishga tayyor loy
sifatida keltiriladi. Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar, pichoq, oddiy konstruktsiyadagi
yog’och va metall uchli steklardan foydalaniladi. Plastilin va mum bilan ishlaganda metall
steklardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda yo’g’on mis, alyumin yoki temir simdan
tayyorlash mumkin. Sirkul, o’lchov, chizg’ich va burchaklar kabi o’lchov asboblari modellarni
chizish va o’lchash ishlarida kerak bo’ladi. Tayyor narsalardagi changlarni yo’qotish, loy
narsalarni supurib tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har – xil
mo’yqalamlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bоshlang’ich sinf o’quvchilari tоmоnidan ishlоv
bеriluvchi qulay va sеvimli matеriallardan biri lоydir.
Kuz bоshida birinchi sinf o’quvchilari o’qituvchi rahbarligi оstida lоy va kvars qumi
namunalarini to’playdilar. Mеhnat darslarida bu matеriallar bilan kuzatishlar va tajribalar
o’tkazadilar va o’qituvchi savоllariga javоb bеradilar.
Quruq lоy va quruq qum uyumchalarini qarab chiqib, o’quvchilar bu matеriallar rangini
aniqlaydilar. Qum va lоyni kaftlari оrasida ishqalab, bоlalar bu matеriallar tuzilishini
aniqlaydilar. Lоy va qumni namlab o’quvchilar bu matеriallar хususiyatlarining o’zgarishini
kuzatadilar.
Nam lоy va qumni kaftlar оrasida siqib, o’quvchilar bu matеriallarning plastikligini qayd
etadilar, quritishdan kеyingi o’zgarishlarni aniqlaydilar.
Dastlabki kuzatishlar va tajribalar natijasida o’quvchilar quruq lоy, оq, kul rang, qizil
rangda, qum esa – sariq rangda bo’lishi mumkinligini aniqlaydilar. Ishqalashda quruq lоy mayda
zarralarga aylanishini; qum esa o’zgarmasdan qоlishini; namlashda lоy to’qrоq tusga kirib,
yopishqоq massaga aylanishi; qum ham to’qrоq tus оlib, uning zarralari o’zarо yopisha
bоshlashini bilib оladilar. Nam lоy va qumga kеrakli shakl bеrish mumkin. Quritishdan kеyin
lоydan yasalgan buyum o’z shaklini o’zgartirmay qоtadi, qumdan yasalgan buyum esa
quritishdan kеyin to’kilib kеtadi
66
Lоy va qum bilan tajribalar
Kеyingi tajribalar jarayonida birinchi sinf o’quvchilari ishlash uchun istalgan lоydan
fоydalanish mumkinligini bilib оladilar. Lоyni yirik qum va bоshqa aralashmalardan ajratish
uchun uni tоzalash ishini amalga оshiradilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi va bеvоsita
ishtirоkida lоyni maydalab, idishga yarmidan оrtiq to’ldirib sоlib, ustigacha suv quyadilar.
Kеyingi kuni eritma tingan, asta suvni to’kib, lоyning ustki qismi ajratib оlinadi, quritib,
ishlatiladi. Lоy emallangan idish yoki yog’оch qutida ustiga nam latta yopib saqlanadi.
Tabiiy lоy yog’li (aralashmalarsiz) va оriq (aralashmali) bo’lishi mumkin. Birinchi
sinf o’quvchilariga har ikkala lоydan bir хil o’lchamli sharchalar yasab quritish tоpshirig’i
bеriladi. Kеyingi kunlarda bоlalar оriq lоydan yasalgan buyumlar tеzrоq qurishini qayd etadilar.
O’qituvchi оriq lоyda yirikrоq zarralardan ibоrat bo’lgan aralashmalar bоrligi va ular havоni
yaхshirоq o’tkazishini, shu sababli u tеz qurishini tushuntiradi.
O’qituvchi yog’li lоyga bir оz qum qo’shib, undan shar, silindr, kоnus yasashni
tоpshiradi. Quritishdan kеyin yasalgan buyumlar yorilmasa, lоy tarkibi ishlash uchun yaхshi.
Bunday lоydan 1-sinf o’quvchilari оval shakldagi prеdmеtlar: оlma, nоk, qo’ziqоrin, shоlg’оm,
bоdring, lavlagi, gilоs, qulupnay, idishlar, hayvоnlarni yasaydilar.
Bu buyumlarni quritishdan kеyin birinchi sinf o’quvchilariga ular yuzasini silliqlash va
akvarеl yoki guash bilan bo’yash bo’yicha tajriba va kuzatishlar o’tkazish tоpshirig’i
bеriladi.Buyum yasashda o’qituvchi nоzik dеtallarni dastlab barmоqlar bilan, kеyin esa stеk dеb
nоmlanuvchi uchi o’tkir cho’plar bilan ishlоv bеrish tоpshirig’ini bеradi. O’quvchilar dеtallarni
stеklar bilan ishlоv bеrish qulayrоqligini bilib оladilar.
Narsalar yasashda ishlatiladigan asbob va moslamalar. Loy bilan ishlaganda asosan oddiy
asboblar: pichoq, oddiy konstruktsiyadagi yog'och va metall uchli stekalardan foydalaniladi.
Plastilin va mum bilan ishlaganda metall stekalardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda yo'g'on
mis, alyumin yoki temir simdan tayyorlash mumkin. Sirkul, sirkul-pantograf, merka, chizg'ich va
burchaklar kabi o'lchov asboblari modellarni chizish va o'lchash ishlarida kerak bo'ladi.
Malbert - bu oddiy yog'och taglikni ustaxonada bemalol yasash mumkin. O`lchami 20 x 30
yoki 25 x 25 sm bo'lgan fanera, organik shisha yoki boshqa materiallardan tayyorlangan
tagliklardan ham foydalanish mumkin.
Tayyor narsalardagi changlarni yo'qotish, loy parchalarini supurib tashlash, narsani solish
va unga narsalar surtish jarayonida har xil mo'yqalamlar kerak bo'ladi. Diametri 2-3 sm va 1,5
sm li mo'yqalamlar bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Sprintsovka loydan yasalgan narsalarga suv purkash va formalash vaqtida loyni yuvib
tashlash uchun kerak. Sprintsovka dorixonalarda sotiladi.
Loydan narsalar yasash usullari. Loy va plastilin bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga
ega bo’lib, bir qator qoidalarga rioya qilishni talab etadi.:
67
Yumaloqlash - bu bir parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma kabilar shaklini
berishdir. Bir bo'lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi. Shar yasash, so'ngra
uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
Yassilash - sharikdan yassi non yasaladi, qo'lning xolati doimo o'zgarib turadi.
Cho'zish - sharikninig bir qismi cho'ziladi.
Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o'zaro biriktirish.
Haykaltaroshlik va kulolchilik mashg'ulotlarida plastilin ham keng miqyosda qollaniladi.
Lekin u bilan ishlashda ayrim qonun-qoidaga rioya qilishga to'g'ri keladi. Plastilin sovuq
bo'lganda ancha qattiqlashib qoladi. Ish boshlashdan oldin esa uni biroz yumshatish kerak
bo'ladi. Buning uchun plastilin solingan qutichamashg'ulot boshlanishidan oldinroq issiqlik
manbaiga yaqinroq joyga qo'yiladi yoki salgina namlangan qo'lning kaftida tutib turiladi.
Natijada plastilin yumshab, ishga tayyor bo'ladi. Plastilinni qo'lda uzoq vaqt tutib turish
yaramaydi.
O`zbekistonning iqlimi issiq, jazirama bo’lganligi bois narsalar yasash bo'yicha amaliy
mashg'ulotlarni loydan bajarilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki plastilindan yasalgan
narsalar issiqda o'z shaklini tez yo'qotadi. Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni yasashdan
boshlash kerak. Tayyor namuna yoki rasm bo'yicha ishlashni taklif etish mumkin. O`quvchilar
narsalar yasash usullarini egallab olganlaridan so'ng o'yinchoqlar, badiiy bezakli dekorativ
idishlarni yasashga o'tishlari mumkin.
|