Mavzu yuzasidan savol va topshirilar:
1. O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar ta’limotining ahamiyati qanday
rol o’ynaydi? Misollarda izohlang.
2. Kasb-hunar haqida ma’lumot bering.
3. Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid qarashlari, fikrlarini misollarda tushuntirib bering.
4. Kasb-hunar haqida qanday tadbirlar mavjud?
5. An’anaviy kasb-hunarlar deganda nimalar nazarda tutiladi?
6. Kasb-hunar haqidagi o’yinlar va ularni o’ynash usullarini izolab bering
2-MA’RUZA.
MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA STAYM TA’LIMI. TEXNOLOGIYA
TA’LIMIDA DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA TA’LIMIDAN AMALIY ISHLAR.
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN O’RNI.
TEXNOLOGIYA
DARSLARIDA
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARNING
QO’LLANILISHI.
Reja:
1.Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi
2.Texnologiya ta’limining ahamiyati va mohiyati
3.Modulli ta’lim tizimining mohiyati
4.Zamonaviy ta’lim shakllari: masofali o’qitish,mahorat darslari , vebinar va evristik metodlar.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: STEAM texnologiyasi, amaliy mashg’ulotlar, fanlar
integratsiyasi, fanga oid kompetensiyalar. Self-Direkted (o‘zini boshqaruvchi), Motivated
(Motivatsiya) ADAptive (Adaptatsiya) Resource-enriched (variator) Technological (texnologiya)
–SMART. Smart ta’lim konsepsiyasi- STK. Tabiy fanlar, Texnologiya, muxandislik ishi,
matematika – STEM. Rejalashtirish, baholash va siyosatni ishlab chiqish boshqarmasi –
RBSIChB. Maxsus ta’lim va
reabilizatsiya xizmatlari idorasi – MTRXI
43
Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning
rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik
fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir.
STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga
to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar
S – science - tabiiy fanlar
T – technology - texnologiya
E – engineering – muhandislik
A – art - san’at
M – math. – matematika.
Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotgan tizimdir. Shuning
uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.
STEAM ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha beshta sohani
yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.
STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro
mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart fikrlash,
muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu
uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi.
Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabning ta’lim jarayonida ham STEAM texnologiyasidan
keng foydalanib kelinadi. Bundan asosiy maqsad, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini
amaliyotda qo’llash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.
Maktabda robototexnika , sexmatexnika xonalari bilan bir qatorda STEAM xonasi ham
mavjud bo’lib , u zamonaviy interaktiv platforma, ish qurollari, tikuv mashinalari, to’quv
moslamalari , Arduino platformalari va 5 xil turdagi kesish va randalash uskunalaridan iborat.
Qizig’i shundaki, bu uskunalar o’quvchilar tomonidan qayta yasalib , boshqa ko’rinish va
vazifani bajarish imkonini beradi. Maktabda STEAM va robototexnika darslari o’zaro
uyg’unlikda olib boriladi.
Texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda robototexnika istiqbolli sohalardan biri
hisoblanadi. Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabda ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilgan.
Robototexnika darslari orqali o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib
kelmoqdalar:
– C dasturlash tili
– Elektronika asoslari
– Sodda va murakkab sxemalar yasash
– 3D dizayn va 3D modellashtirish
– 3D printerdan 3D modellarni chiqarish
– Arduino dasturlash
– Tranzistor va mikrochiplar bilan ishlash
– Qo’shimcha modul va sensorlar bilan ishlash (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID)
– Mustaqil ravishda turli xildagi Arduino proyektlar yasash
Barcha sinf o’quvchilarining robototexnika faniga katta qiziqish bilan qatnashadilar va ular
hozirga qadar bir qancha loyihalarni ishlab chiqishdi va kelgusi loyihalar ustida izlanishlar olib
borishmoqda.
Bugungi kunda dunyoda to‘rtinchi texnologik inqilob mavjud, tezkor axborot oqimlari,
yuqori texnologiyali innovatsiyalar va rivojlanishlar hayotimizning barcha sohalarini o‘zgartirib
bormoqda. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan farmon va qonunlarda, xalq ta’limi
tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalar, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni, jumladan ta’lim berishning inno vasion usulllarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-
uslubiy adabiyotlarni yangi avlodlarini joriy etish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish
belgilangan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini tako millashtirish va shu bilan birga STEAM metodlarini bosqichma-bosqich amalga
oshirish belgilangan. Shu bilan birgalikda, jamiyatning talablari, shaxsning man faatlari ham
44
shunga ko‘ra o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda o‘quvchilarni robo totexnika, 3D dizayn,
modellashtirish, dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bor moqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga
chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash emas, balki
tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. Bunda STEM (Sciyence, technology, engineyering and
mathematics) – bir vaqtning o‘zida fan, texnologiya, matematika va muhandislik sohalarini bir
so‘z bilan birlashtirish mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim yondoshuvi muhim ahamiyat
kasb etadi.
STEM integratsiyalashgan ta’lim yondoshuvi jahon ta’limidagi asosiy tenden siyalardan
biridir. U o‘z ichiga matematika, texnologiya, ijodkorlik, muhandislik san’ati va tabiiy fanlarni
o‘rganishni qamrab oladi. Integratsiyalashgan ta’lim jarayo ni muhandislik, dizayn va
modellashtirish sohasida talab qilinadigan mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. STEM –
real hayot talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida
integratsiyalashgan holda o‘qitishdir. Fanlarni o‘qitish metodikasi maktabda barcha fanlarni
o‘qitishga oid masalalarni: o‘qitishning g‘oyaviy yo‘nalganligini, o‘qitishning mazmuni bilan
metodlarning bir ligini, o‘quv ishlarining shakllari o‘rtasidagi izchillikni va barcha ta’lim
elementlari ning yaxlitligini, hamda rivojlanishini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, fanlarni o’qitish
jarayonlariga STEAM ta’limiy yondashuvni jalb qilish mezonlarini aniqlaydi. Bugungi kunda
deyarli har bir kishi smartfonlardan foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz
tasavvur etishning iloji yo‘q. Bundan keyin ham texnologik rivojlanish davom etadi va STEAM
ko‘nikmalari bu rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi. STEAM o‘quvchilarni ilhomlantiradi.
O‘quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, texnologiyalarning
imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, rassomlar sifatida ijod qilishadi,
matematiklar kabi fikrlashadi va, albatta, bolalar zavqlanib o‘ynashadi. STEAM – o‘quvchining
intellektual qobiliyatlarini ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan
rivojlantiradi. U o‘quvchilarning aniq, tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlanishiga
qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEAM – olti bosqichdan iborat: savol, muhokama,
dizayn, tuzilish, test, rivojlanish. Ushbu bosqichlar loyihaning asosi hisoblanadi. O‘z navbatida
o‘quvchilar bir jamoa sifatida barcha imkoniyatlardan foydalanish, birgalikda harakat qilish,
undan foydalanish ijodkorlik va innovatsiyalarning asosidir. Shunday qilib, ilm-fan va
texnologiyalarni bir vaqtning o‘zida o‘rganish va uni qo‘llash ko‘plab yangi innovatsion
loyihalarni yaratishga yordam beradi. Bu loyihalarni amalga oshirishda kim uchunligi va bajarish
muddatlari muhim rol uynaydi.
STEАM texnologiyasini joriy etish shartlari:
1.Iqtidorli bolalarni qidirish, qo‘llab-quvvatlash va buning uchun keng qamrovli tizimni
yaratish kerak;
2. Har bir umumta’lim maktabida iqtidorli bolalarni aniqlash uchun ijodiy muhitni
rivojlantirish zarur. 3. Shu bilan birga, shakllangan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini
rivojlantirish kerak. Bu birinchi navbatda, 24 soat davom etadigan ta’lim muassasasalarini o‘z
ichiga oladi. Bunda iqtidorli bolalarning tadqiqotlari uchun shart sharoitlar yaratilishi lozim.
4. Yuqori natijaga erishgan o‘quvchilarning o‘qituvchilarini ham rag‘batlantirish lozim.
5. Iqtidorli yoshlarni o‘qituvchilik kasbiga jalb qilish lozim. Shuni ta’kidlash joizki,
maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish va laboratoriyalarini tashkil etish uchun IT-
kompaniyalari taqdim etadigan professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir:
1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va
dasturlanadigan elektron modullar;
2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;
3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;
4. Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyihalar hamda videokamera bilan
gologrammali ekranlar zarur bo‘ladi. STEAM –ta’limi quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib
turadi. - ta’lim berishda o‘quv fanlari bo‘yicha emas, mavzular bo‘yicha integratsiyalab berib
borish. - ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llashni bilish. Bunda o‘quvchilar muhandislik
bilimini oshiradi va ko‘rgan narsasini prototipini yaratishga harakat qiladi. - tanqidiy tafakkur
45
ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal qilishga o‘rgatish. Bunda kundalik hayotda
duch keladigan qiyinchiliklar bartaraf etishda olgan bilimlari yordam beradi. - o‘z kuchiga
ishonish hissining hosil bo‘lishi. O‘quvchilar turli xil mashina va buyumlar yasashga
kirishganlarida maqsad sari intiladilar va o‘ziga bo‘lgan ishonch ortib borishiga yordam beradi. -
faol kommunikasiya va komandada ishlash. O‘quvchilarni erkin fikrlashga, birbiri bilan muloqat
qilishga, taqdimotlarini bayon etishga o‘rgatadi. - texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini
rivojlantirish. STEAM-ta’limining vazifasi, o‘quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga bo‘lgan
qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. - loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv.
STEAM-ta’limolti 6 ta bos qichdan iborat bo‘lib, bular savollar, muhokama, dizayn,
qurish, sinovdan o‘t kazish va rivojlantirishdan iborat. - o‘quvchilarga ta’lim olishlari, hamda
karyera qilishlari uchun zamin yaratadi. Bu kelajakda kasb tanlashiga ham yordam beradi. -
o‘quvchilarni texnologik yangiliklar yaratishga, ya’ni fan-texnika rivojlanayot gan bir paytda
zamon bilan birgalikda hamnafas bo‘lib, o‘rganishiga asos bo‘ladi. - STEAM- maktab
dasturining o‘zgarishiga ham ta’sir etadi. Bunda o‘quvchi larga xalqaro standartlarga mos
ravishda ta’lim bergan bo‘lamiz. Bu vazifalarni oshirishda albatta o‘qituvchilardan juda katta
ma’suliyatni, ijodkorlikni, zamon bilan hamnafas bo‘lib yashashga undaydi. Demak,
integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad - bu ta’lim, jamiyat, ish va
dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatishdan iborat ekan.
STEAM ta’limi texnologiyasi - nazariya va amaliyotning birlashtirilgan natijasidir. Bu ta’limiy
yondashuv umumiy o’rta mak tablarida o’qitilayotgan texnologiya ta’limini o’qitish jarayoniga
jalb qilishni jurib chiqamiz. Yuqorida ta’kidlaganidek, STEAM fanni integraditsiyalash emas,
mavzu larni integratsiyalashni nazarda tutgan holda fan ichiga kirib, har bir mavzuni
integraditsiyalash kerak bo’ladi.
STEAM mashg‘ulotlari tashkil etish, o‘qituvchilarga yo‘nalishlar berish, semi narlar
tashkil etish maqsadga muvofiqdir, chunki mamalakatimizning yuksalishi uchun ta’limning sifat
samaradorligini yanada oshirish uchun eskicha an’anaviy me todlardan voz kechib, xalqaro
metodlardan foydalanib darslar tashkil etish joizdir. Ta’limdagi yuksalish uchun, avvalo bugungi
xalqaro standart talablarga javob bera oladigan dasturlardan, zamonaviy dizayn va mazmunga
ega darsliklardan foydalanishimiz kerak. Texnologiya fani fan bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi
amaliy fan bo’lib, tabiiy fundamental fanlarning amaliy qismlari hisobiga tashkil topgan fan
hisoblanadi. Texnologiya fanini mavzular tuplamini uslubiy tahlil qilsak, deyzrli barcha mav
zularni integrataiyalashga moneligini kurishimiz mumkin. Texnologiya fanini texnologiya va
dizayn, servis xizmat ko’rsatish yo’nalishlarda yog’och, metal, polimer va gazlama
materiallariga ishlov berib, mahsulot yaratish texnologiyalarini, qishloq xujalik asoslari yunalishi
buyicha esa tuproqqa ishlov berib, mahsulot yetishtirishni qamraydigan va keng diapozonda
boshqa fanlardan amaliy bilimlar talab qiladigan mavzulardan iborat bo’ladi. Shunday qilib,
deyarli barcha yo’nalishlarni barcha mavzulari xom ashyoni moslashtirish va tanlash, o’lchash-
rejalash, o’lchov andaza olish, bo’laklarga bo’lish, alohida bo’laklarga ishlov berish, ishlov
berilgan bo’laklarni yig’ish, oxirgi ishlov berish, ekish, parvarishlash, yig’ishtirib olish kabi
mahsulot yaratishga xizmat qiladigan keng qamrovli bilim ko’nikmalarni talab qiladi. O’z-
o’zidan ko’rinadiki, o’qitilishga mo’ljallangan barcha mavzularni o’qitish integratsiya talab
qiladi. Istagan yo’nalishda istagan mavzuni o’qitishda qaysi fanlar asosida integratsiyalashni
bilish kerak bo’lar ekan.
STEAM taʼlim texnologiyasi maktab oʻquvchilarini yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib,
anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi.U oʻquvchilarni bir vaqtning
oʻzida toʻrtta – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy
sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas,
balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir.STEAM taʼlimi amaliy
mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash tushuniladi. Prezident
maktablarida “STEAM” taʼlim dasturi asosida oʻqish tashkil qilinishi, 9-11-sinflarda oʻquvchilar
oʻzlarining qiziqishiga qarab ayrim fanlarni tanlash orqali individual bilim olish imkoniyatiga
ham ega boʻlishi bilan umumtaʼlim maktablaridan tubdan farq qiladi. Chunki Prezident
46
maktablarining asosiy vazifalaridan biri – tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning
innovatsion bilimlarni oʻzlashtirishi, ularning intellektual, ilmiy-ijodiy salohiyatlarini ochib
berish va rivojlantirishdan iborat. STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni
alohida emas, o’zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart
fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu
uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi.. Bundan asosiy maqsad, o’quvchilarning darsda
olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash va hayotga tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.
Maktabda robototexnika , sexmatexnika xonalari bilan bir qatorda STEAM xonasi ham mavjud
bo’lib , u zamonaviy interaktiv platforma, ish qurollari, tikuv mashinalari, to’quv moslamalari ,
Arduino platformalari va 5 xil turdagi kesish va randalash uskunalaridan iborat. Qizig’i
shundaki, bu uskunalar o’quvchilar tomonidan qayta yasalib , boshqa ko’rinish va vazifani
bajarish imkonini beradi. STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo‘ladilar va darhol undan
foydalanishni o‘rganadilar. Shuning uchun, ular o‘sib ulg‘ayganlarida va hayotiy muammolarga
duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o’zgarishi bo’ladimi, bunday
murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib va birgalikda ishlash orqali hal
qilish mumkinligini tushunadilar.
STEAM yondashuvi bizning ta’lim va ta’limga bo’lgan qarashimizni o’zgartirmoqda.
Amaliy qobiliyatga e’tibor berib, o’quvchilar o’zlarining irodasini, ijodkorligini,
moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o’rganadi. Ushbu
ko’nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil etadi. Biologiya darslarida STEAM
dasturidan foydalanish bu bolalarning mustaqil va ijodiy fikrlashlarida juda asosiy tizim
hisoblanadi. Bunda matematika, tabiat, kompyuter savodxonligi, texnologiya kabi fanlarning
integratsiyasini ko’rishimiz mumkin. Masalan, berilgan masalaning yechimini topish jarayonida
bolalar o’sha masalada keltirilgan predmetlar maketini yasashlari, yoki kompyuter grafikasi
asosida chizishlari mumkin bo’ladi. Bunda esa ularning fikrlash qobiliyatlari rivojlanib boradi.
An’anaviy o’qitish uslublari bilan taqqoslaganda, o’rta maktabdagi STEAM yondashuvi
bolalarni tajribalar o’tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar 62
yaratishga, o’z g’oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi.
Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko’nikmalarni samarali tarzda
birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirish va keyingi o’qishni. STEAM ta`lim
texnologiyasi asosida o’rganiladigan barcha narsalar zamonaviy hayotimizda o’z aksini topgan.
Bu odatdagi ta’limdan farqli o’laroq bilimlarni alohida emas, o’zaro mutanosib holda beradi.
Bola o’zida nostandart muammolarni yechish, imkoniyatlar yaratish va ijodkorlik qobiliyatlarini
shakllantiradi va bu kelgusida uning hayotida juda qo’l keladi. STEAM yondashuvi o’quv
samaradorligiga qanday ta’sir qiladi? Uning asosiy g’oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy
bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o’rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo’limiz
bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida o’rganish tez o’zgaruvchan dunyo bilan
hamqadam emas.
STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli
o’rganish uchun ham miyani, ham qo’llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o’zlari uqib
oladilar. Ta’limga ushbu yangi yondashuv qanday paydo bo’ldi? Bu nazariya va amaliyotni
birlashtirishning mantiqiy natijasidir. STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi maktablar
bitiruvchilarning martabalarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika
kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika,
muhandislik va matematika). Keyinchalik bu erda Art qo’shildi va endi STEAM oxirigacha
shakllandi. O’qituvchilar ushbu mavzular, aniqrog’i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda
talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi.
Oxir oqibat, bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qo’llashadi. So’nggi
o’n yilliklardagi o’zgarishlar yoqimli, ammo shu bilan birga bizni havotirlantiradi. Ushbu yangi
narsalarning ixtiro qilinishi bilan odamlar ilgari duch kelmagan ko’plab yangi muammolar
mavjud. Har kuni yangi ish turlari va hattoki butun kasbiy sohalar paydo bo’ladi, shuning uchun
zamonaviy o’qituvchilar o’qitadigan bilimlari va mahoratlari vaqt talablariga javob beradimi
47
yoki yo’qmi deb o’ylashlari kerak. O’zingizning g’oyangizni topishga bilim yordam beradi,
ammo haqiqiy ish bu g’oyani haqiqatga aylantiradi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy
maqsadi bilimlarni o’rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb
aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko’nikmalar bilan birlashtirishga
o’rgatadi. Bu maktab o’quvchilariga nafaqat ba’zi bir g’oyalarga ega bo’lish, balki ularni amalda
qo’llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. O’sha. haqiqatda ishlatilishi mumkin bo’lgan
bilimgina haqiqatan ham qadrlidir. Yaqin kelajakda dunyoda va shuning uchun O’zbekistonda
muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori
bo’ladi.Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kasblarga ega bo’lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya
mutaxassislariga katta talab bo’ladi. Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning
turli sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo’ladi. Integratsiyalashgan ta’lim bu
ta’lim tizimi va fanlarni o’qitishning an’anaviy usuli o’rtasidagi farq nima? STEAM-ta’lim
o’quvchilar ilmiy usullarni amalda qanday qo’llashni tushunishga kirishadigan aralash muhitni
nazarda tutadi. Ushbu dastur bo’yicha talabalar, matematika va fizika bilan bir qatorda, o’z
robotlarini ishlab chiqadigan va ishlab chiqaradigan robotlarni o’rganadilar.
Darslarda maxsus texnologik uskunalar ishlatiladi. An’anaviy o’qitish uslublari bilan
taqqoslaganda, o’rta maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o’tkazishga, modellar
tuzishga, mustaqil ravishda 63 musiqa va filmlar yaratishga, o’z g’oyalarini haqiqatga
aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga
nazariya va amaliy ko’nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga
kirish va keyingi o’qishni osonlashtiradi. STEAM ta'limi dunyoning barcha qatlamlari
talabalarini yigirma birinchi asr jamiyatining muammolarini hal qilishda hal qiluvchi mahorat va
bilimlarga ega. STEAMni o'rganish orqali siz ko'plab ishonchli, to'liq va yaxshi maoshli kasblar
eshigini ochasiz.Odatda, STEAM-dagi ishlarga tayyor bo'lish va dunyoning boshqa qismlaridan
kelgan talabalar bilan raqobatlashish uchun amerikalik talabalar ilm-fan, texnologiya,
muhandislik va matematik ko'nikmalarini o'zlashtirishlari kerak deb ishonishadi. Ammo yaqinda
o'tkazilgan statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, Amerika Qo'shma Shtatlari STEAM ta'limi
bo'yicha ko'plab boshqa mamlakatlarni ortda qoldirmoqda. Bundan tashqari, bir qator martaba
bo'yicha STEAM mutaxassislariga talab katta bo'lsa-da, ushbu ish joylarini to'ldirish uchun
STEAM sohalarida qiziqish va mukammallikni ko'rsatadigan talabalar etarli emas. Buning
o'rnini qoplash uchun AQSh ta'lim tizimi so'nggi yillarda STEAM ta'limiga katta e'tibor
qaratmoqda. STEAM ta’lim muhitida o‘quvchilar egallagan bilimlaridan o‘sha zahotiyoq amalda
foydalanishlari sababli ular ulg‘ayib, voyaga yetgach, real hayotda uchraydigan turli
muammolarga duch kelishganida, masalan, atrofmuhit ifloslanishi bo‘ladimi, iqlim o‘zgarishimi,
shu kabi murakkab muammmolarni yechish uchun faqatgina turli fan sohalari bo‘yicha egallagan
o‘z bilimlariga suyanishlari va hamkorlikda ishlashlari zarurligini tushunishadi. Bunda bitta fan
doirasidagi bilimlargagina tayanish yetarli bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, STEAM yondashuvi
fikrlash uslubi hamdir.
STEAM ta’limida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor
berilishi natijasida ularning hamkorlikda ishlash, ijodiy qobiliyati rivojlanadi, irodasi
mustahkamlanadi. Aynan shunday bilim va ko‘nikmalar o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lib,
butun o‘qitish tizimi shunga intiladi. Xulosa qilib aytganda, STEAM o‘quvchilarni tajribalar
o‘tkazish, modellarni konstruksiyalash, musiqa va filmlarni mustaqil yaratish, o‘z g‘oyalarini
amalga oshirish va mahsulot yaratishni rag‘batlantiradi. O‘qitishga bunday yondashuv bolalarga
nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini samarali chog‘ishtirish imkonini beradi. O‘quvchilarning
ijodkorligini oshiradi, yuqori malakali, zamon talabiga mos kadrlar tayyorlashda mustahkam
poydevor bo‘ladi.
|