Texnologiya ta`limi va uni o`qitish metodikasi fanidan




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/77
Sana04.12.2023
Hajmi6,04 Mb.
#111019
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini 
singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda 
ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida 
o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan 
oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol – javoblar o’tkazish 
lozim.
Har bir o’quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, o’qitishda individual 
yondashishni amalga oshirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi 
o’quvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir. 
Darsni to’g`ri tashkil etishda har xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashning oldindan 
o’ylab qo’yilgan sistemasi bo’lishi muhimdir. Darsning samaradorlik darajasini oshirish uchun 
turli tarqatma materiallar, rasmlar, andozalar, o’lchamlar, asbob-uskunalarda o’rinli 
foydalanilishi lozim. Bular o’quvchilarda ko’rish, tasavvur hosil qilish, diqqatni jamlab qunt 
bilan ishlash, chiroyli va shinam shakllar yaritishga da’vat etadi. Shuning uchun ham bo’sh 
o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham oldindan alohida 
kartochka-topshiriqlar tayyorlab qo’yish kerak. 
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo’lgan ekskursiyani ta’limning biror bo’limi 
boshlanishidan oldin o’tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bag’ishlangan ekskursiyalarni dasturdagi 
biror mavzuni o’tishdan keyin yoki avval o’tkazilgani maqul. Ekskursiya 15-20 o’quvchidan 
iborat bo’lib, frontal o’tkaziladi. Mehnat o’qituvchisi rahbarligida ularning ishlash tamoyiliga va 
mahsulot ishlash texnologiyasiga, mehnatni tashkil etishga qaratiladi. Obyektiv ravishda mavjud 
bo’lgan munosabatlarni aniqlash va taqqoslash yo’li bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni 
o’rganadi. 


32 
Har qanday ekskursiyaning mazmuni 3 bosqichda amalga oshirilishi lozim: 
1. Kuzatuv ob’yektini oldindan tanlash, maqsad va vazifalarini aniqlash, ekskursiyaning 
o’tkazilish tartibi, berilgan topshiriq va hisobotlarning shakllarini tayyorlashdan iborat bo’lgan 
tayyorgarlik davri. 
2. Tayyorgarlik bosqichidagi barcha talablar nazorat qilinadi: Ekskursiyada o’zini tutish 
qoidalari, turli xil ma’lumot olish uchun suhbatlar uyushtiriladi. 
3. Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya jarayonida paydo bo’ladigan masalalarni hal 
qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat. 
O`quvchilarning qiziqish va o’zlashtirishlari turlichaligini bilgan o’qituvchi ularning 
qo’llaridan keladigan topshiriqlarni oldindan o’ylab qo’yadi. Shu orqali u faqat yaxshi 
o’zlashtiradiganlarninggina emas, balki bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarning ham bilish 
faolligini rivojlantiradi. Topshiriqlar albatta muammo xarakteriga ega bo’lishi kerak. 
Kuzatishlar o’quvchilarni predmetga diqqat bilan qarashga, uning xarakterli xususiyatlarini 
sezishga odatlantiradi. O`quvchilarga bilimlarni hayotdan olishni ham o’rgatish kerak. Agarda 
o’qituvchi topshiriqqa kuzatilayotgan faktlarni kuzatuvchining qo’lidan keladigan tahlil va 
umumlashtirishlarni kiritsa, kuzatishlarning samaradorligi yanada ortadi.

Download 6,04 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya ta`limi va uni o`qitish metodikasi fanidan

Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish