Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Boshlang’ich texnologiya fani DTS mazmunini yoritib bering.
2. O’quv fani dasturi qanday hujjat va u qanday mazmunga ega?
3. O’quv dasturi mazmunini yoritishda qanday talablar qo’yilgan?
4. Mеhnatning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish turi qanday tashkil qilinadi?
5. Tabiat quchog’idagi mеhnat turlari va ularni qanday tashkil qilish mumkin?
6. Qo’l mеhnatining turlarini aytib bеring.
2 - MODUL
3-MA’RUZA
MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARINING
KOMPETENSIYALARI. TEXNOLOGIYA TA’LIMI VA TEXNOLOGIK VOSITALAR
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darsi mavzulariga qo‘yilgan talablar.
2. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limi tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlari va
mazmuni.
3. Barcha materiallarni o‘rganishdagi uzviylik va uzluksizlik.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Boshlang`ich sinfda texnologiya darsi, texnologiya kursining tuzilishi, o`ziga xos
xususiyatlari, mazmuni, mavzulararo uzviylik va uzluksizlik, ko`rgazmalilik, nazariy
bilim,texnologiya darsida kompetension yondashuv.
Boshlang`ich sinfda o’tiladigan har bir texnologiya darsi ta’limiy va tarbiyaviy xarakterga
egadir. Ta’lim jarayoni o’z navbatida o’quvchilarga axloqiy, ma’naviy, g`oyaviy-siyosiy,
texnologiya, estetik, iqtisodiy, ekologik va jismoniy tarbiyani ham berib boradi. Tajribalardan
ma’lumki, pedagogik talablar asosida tashkil topgan har qanday yaxshi dars o’quvchilarni
mazmunli va samarali bilimga ega bo’lishlarini, e’tiqod va amaliy harakatlar birikmasi sifatida
esa vatanparvarlik g`oyalarini, ularning hayotiy nuqtayi nazarini, ishiga cheksiz sadoqatini
shakllantiradi. Pedagogik talablar asosida o’qitiladigan texnologiya darslarining ahamiyati yana
shundaki, dars davomida o’quvchilarda puxta bilim hosil bo’ladi, texnologiyaga ijobiy
munosabat tarbiyalanadi va ularga texnologiya ko’nikmalari hamda malakalari singdiriladi.
O’quvchilar tomonidan egallangan bilimlar, shakllangan malakalar va hosil bo’lgan
ko’nikmamalar ularni moddiy ishlab chiqarish sohasidagi amaliy faoliyatga va kasbni ongli
tanlashga tayyorlaydi.
Texnologiya darsining xususiyatli tomonlaridan biri shundaki, o’qitish vazifasi faqat
uyg’un birlikdan tashkil topgan ta’limni emas, balki mazkur sinfni, umuman har bir
25
o’quvchining alohida xususiyatlarini nazarda tutuvchi eng yuqori aniqlilik ham bo’lishi kerak.
Ma’lumki, boshlang`ich sinfda ta’lim oluvchi o’quvchilar yosh xususiyati, idrok etish qobiliyati,
xotiralashi, texnologiya sohasida tayyorgarliklari, tengdoshlari bilan munosabati, qiziqishlarining
har xilligi, xatti-harakatidagi madaniyat shakllari, tartib-intizomiga ko’ra bir-birlaridan
farqlanadilar. Shu bois, har bir dars tuzilishi o’quv materialining maqsadi va mazmuni, o’quv
faoliyatining tashkil etilishiga qarab aniqlanadi. Zamonaviy texnologiya darslari mazmuni, o’quv
faoliyatini tashkil etish usul va shakllari qanday talablarga javob berishi kerak?
Bu borada ta’kidlash joiz, texnologiya darslari mazmuniga qo’yiladigan eng muhim talab -
o`quvchilar faolligini oshirish maqsadiga qaratilgan bo’lishi kerak. Talabning bunday qo’yilishi
o’quv jarayoni davomida o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Bu o’z navbatida, o’quvchilarda kundalik xatti-harakatning asosi sifatida keng dunyoqarash va
axloq asoslarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligidan dalolat
beradi.
Texnologiya dars mazmunining ilmiy asosda bo’lishi eng muhim talablardan hisoblanadi.
Zamonaviy boshlang`ich sinf texnologiya ta’limi boshqa predmetlar ta’limi singari
o’quvchilarni nafaqat nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish va bunday bilimlardan faqat
hodisalar o’rtasidagi mavjud aloqalarni tushuntirishda doimo foydalanib qolishgina emas, balki
texnologiya turlari bo’yicha puxta bilim berib o’quvchilarda texnologiya qilish malakalarini
shakllantirib borish xarakterli bo’lib borshi kerak.
Texnologiya darsi mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan biri - darsning hayot,
o’quvchilarning shaxsiy tajribasi, texnologiya bilan chambarchas aloqador bo’lmog`idir. Ilg’or
o’qituvchilar o’quvchilarga nazariy materialni o’rgatishda ularning shaxsiy tajribasi va
kuzatishlari bilan uzviy bog`lab dars o’tadilar. Berilyotgan yangi ma’lumot va shu ma’lumot
bilan bog’liq boshqa materiallar aloqalari o’quvchilarning boshlang`ich tasavvurlar tiziniga
mantiqan qo’shiladi. Bu usul pedagogika va psixologiya ta’limi talabiga ko’ra, predmet
nazariyasini ongli o’zlashtirish shart ekanligini bildiradi.
Texnologiya darslarida o’rgatiladigan o`quv materialining o’quvchilarga tushunarliligi va
ularga nisbatan ko’nikma va malaka hosil qilinishi dars mazmunining asosiy yutug`idir.
Amaliyotlarda buning aksi ham tez-tez ko’zga tashlanib qoladi. O’qituvchining o’quv materialini
tushunarsiz tarzda bayon etishi, aniq misollarda tushuntira olmasligi natijasida o’quvchilarni
mexanik xotirlab qolishga, qiziqishining pasayishiga, ularning umumiy rivojlanishining
sustlashuviga olib keladi.
Ma’lumki, o’quvchining o’quv faoliyati undan faol fikr yuritib ishlashni talab qiladigan
etib tashkil etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Texnologiya ta’limida ham shunday yo’l
tutulishi zarur. Zero, bunday ta’lim o’quvchining texnologiya haqida, texnologiyaga nisbatan
to’g’ri munosabatda bo’lishga oid aqliy qobiliyatlarini har kuni mashq qildiradigan, texnologiya
bilan muntazam shug’ullanib turish jarayoniga aylanadi. Texnologiya bolalarni mantiqiy
fikrlarning xilma-xil shakllari, xulosalar va isbotlar bilan ta’minlab turadi. Texnologiyani to’g’ri
anglatish aqlan faol faoliyatga asoslangan har ishdan bolalar katta qoniqish hissiyotga ega
bo’lishlariga olib keladi, albatta. Ular texnologiyalari evaziga o’zlari yaratgan «kashfiyot»lardan
quvonadilar va faxrlanadilar, o’zlarining ijodiy tashabbus va fantaziyasini namoyon qilishga
harakat qiladilar. Bundan zamonaviy darsga qo’yiladigan muhim talab o’quvchilarning bilish va
ijodiy faoliyatlarini faollashtirishdir degan xulosa kelib chiqadi.
Pedagogika o’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini quyidagi usullar vositasida
faollashtirisni nazarda tutadi:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda har bir o’quvchining iloji boricha
mustaqil ishlash hissasini maksimal ta’minlash;
2. Bu maqsadda o’qitishning alohida va umumiy shakllarini biriktirish usullari bilan birga
maxsus didaktik tarqatma materiallardan foydalanish;
3. Faoliyat turlarining o’rganilayotgan material bilan to’g`ri munosabatini ta’minlash;
4. Dastur materiallari asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu kabilarni tekshirish
hamda shakllantirish maqsadida o’ziga xos konkurslar o’tkazish.
26
Bu usullarni texnologiya darslari jarayonida ham tatbiq qilish maqsadga muvofiq. Bolalar
darslar davomida texnologiya va politexnik bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lsin. Xilma-
xil amaliy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va odatda ijtimoiy foydali ahamiyatga ega
bo’lgan predmetlar yasashni o’rganib borsinlar.
O’qituvchining asosiy vazifasi o’quv yili davomida darslar mazmuni, o’quvchilarga
tushuntirish shakl va usullari, amaliy ishlarni bajarish yo’llarini aniq reja asosida ishlab
chiqishidir.
O’qituvchi ish rejasida bo’lishi kerak:
- bolalarning predmetlarni yasash va bolalar kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan ishlarni
bajarish;
- jamoa birligini, sinfdagi tartib va tozalikni yo’lga qo’yish;
- tabiatdagi mashg’ulotlar, matematika, ona tili darslaridagi o’quv ishlari;
- bayramlar o’tkazish, bolalarning texnik ijodiy konstruksiyalash, qo’l texnologiyasining
har xil turlariga bo’lgan qiziqishlarini qondirish va rivojlantirishda egallagan bilim, ko’nikma,
malakalarini kengaytirish va takomillashtirishni izchil biriktirishni ta’minlasin.
O`qituvchi har qanday, hatto eng oddiy predmetni yasash jarayonida ham o’quvchilarga
qiyin va politexnik bilim hamda ko’nikmalarning butun bir majmuasini berishni nazarda tutishi
lozim.
I. Detallarni belgilab olish va tayyor qilishga kirishishdan oldin bolalarga narsalarni yasash
yoki biror ishni bajarish bo’yicha o’z texnologiya faoliyatlarini oldindan rejalashtirishni
o’rgatish va singdirish lozim. Bu:
a) darsda hal etilishi lozim bo’lgan vazifani va uning ahamiyatini yaxshi tushunish;
b)ishning xarakterini, mahsulot konstrukstiyasini-qism yoki detallar sonini, ularni
mahsulotga biriktirish usullarini, kerakli materiallar, o’lchamlar, shakl, mahsulot va detallar
proporsiyasini aniq tasavvur qilish;
v)detallarni yasash va ularga ishlov berish usullari; o’lchash va hisoblash, materialda
razmetka qilish tartibi, ishlov berish, detallarni yig`ish, yakuniy bezak berish va ishni umumiy
baholash tartibini aniqlash;
g) texnologiyani qanday tashkil etishni, ish joyini tayyorlashni, ishni kichik jamoa
o’rtasida taqsimlashni aniqlash demakdir.
Oldindan rejalashtirish bosqichi texnologiya jarayonida bolalarning bilish faolliklarini
rivojlantirish, ularning aqliy ko’nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish manbayiga aylanishi
uchun juda muhimdir. Oldindan rejalashtirish texnologiya ta’limi dasturuning asosiy talablaridan
biri hisoblanadi.
II. Texnologiya darslarida bolalar detallarni belgilab olish bo’yicha tayyor qilish, namuna,
chizma, berilgan texnik shart va o’lchamlar asosida to’gri hamda aniqligini tekshirishni,
detallarni bir-biri bilan va mustahkamlash usuli turlicha bo’lgan mahsulotda biriktirishni, tayyor
mahsulotni bezashni mustaqil bajaradilar.
III. Texnologiya faoliyatining barcha bosqichlarida ham bolalar oldiga ijodiy, hatto eng
oddiy bo’lsa-da, xarakterli topshiriqlar qo’yilishiga alohida e’tibor berish zarur. Ba’zi hollarda
bu mavjud tajriba, bilim, ko’nikmalarni yangi sharoitlarda qo’llashni talab qiluvchi topshiriq
bo’lishi mumkin. Boshqa hollarda esa, bolalarga ular uchun yangi, ilgarigi tajribalarida
uchramagan topshiriq, ya’ni predmet ayrim elementlarining yechimini topishni talab etuvchi
topshiriq beriladi. Bolalarga oddiy konstrukstiyaga ega bo’lgan predmetlarning texnik shartlarini
tuzishni, o’lchamlarini aniqlashni, chizma yoki belgilab olingan(razmetkas)ini bajarishni ham
topshiriq qilib bersa bo’ladi.
IV. O`quvchilar:
- ish joyini to’g`ri tayyorlashlari va ish vaqtida uni tartibli saqlashlari;
- to’g`ri ish qomatini egallab, uni ish davomida saqlashlari;
- asboblar, detallarni tayyorlash va mustahkamlashda ishlatiladigan materiallardan turli,
tartibli, ehtiyotkorlik bilan foydalanish usullarini egallashlari;
27
- materiallarni tejamkorlik bilan sarflab, shaxsiy gigiyena hamda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
V. Texnologiya darslarida bajarilgan har bir ish va predmetdan bolalarning politexnik
bilim doiralarini kengaytirishda foydalanish zarur. Bu:
- bolalarni umumta’lim predmetlari darslarida egallagan bilim va ko’nikmalarini
texnologiya jarayonida qo’llashga o’rgatish;
- turli materiallarning xususiyatlari, ularning kelib chiqishi, nimalarga mo’ljallanganligi
hayotda qo’llanishi haqidagi bilimlarni egallashlariga yordam berish;
- oddiy asboblarning ish prinsiplari bilan tanishtirish;
- texnologiyada egallangan bilim, ko’nikmalarni umumta’lim predmetlari darslarida
qo’llashga o’rgatish demakdir.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining texnologiya darslarida bajaradigan ishlarning to’g’ri,
sifatli va mazmunli bo’lishi ko’p jihatdan ular tomonidan egallangan nazariy bilimlar natijalariga
bog’liq. Nazariy bilimi yaxshi bo’lgan o`quvchilar amaliy masalalarni hal etish uchun muhim
bo`lgan turli materiallarning xususiyati va sifati (yumshoq-qattiq; yengil-og`ir; zich-g`ovak;
mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), shuningdek, har bir materialning ishlov
berishdagi qarshilik xususiyatlarini to`g`ri tushunb ishni sifatli va mazmunli bajaradi.
Texnologiya darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi – ularning o`rganilayotgan
obyekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini avvalo, nazariy jihatdan tushunib olishi,
ularni mustaqil aniqlash malakasiga ega bo’lishi, darsdan darsga yanada aniqroq va kengroq
nazariy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Masalan, darsda o`qituvchi o`quvchilar qog`oz turlari va
ularni bir-biridan farqlash haqida, qog`ozning ko`pgina vazifaga ega material ekanligini,
qog’ozning umumiy xususiyatlari, qo`llanish va undan foydalanilishining cheksiz
imkoniyatlarini ta’riflab, tushuntirib beradi. Amaliy ishlarda qog’ozdan foydalanish
texnologiyalarini o’rgatadi.
O`quvchilar shu tariqa qog’oz xususiyatlarini farqlash, boshqa materiallarga o`xshash
xususiyatlarni izlash va topish, ularning aniq amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asta-sekin
o`rganib boradilar. Bularning barchasi bolalarda buyumni konstruksiyalashtirish va uni to`g`ri
bajara olish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Mеhnat darslarida
o’quvchilarga nazariy bilim berishda buyum, material, ulardan foydalanish, tayorlash
texnologiyalarini ko’rsatib izohlanishi amaliy ishlarni bajarishda yaxshi natija beradi. Bu buyum-
narsani xuddi namunadagidеk yasash uchun namuna bo’ladi. Bolalar o’qituvchining nazariy
ta’riflashini tinglaydi va amaliy ko’rsatib borishini sinchiklab qarab, buyumni yasash yo’llarini
qunt bilan izlaydilar. Masalan, birinchi sinf mеhnat darslarida, odatda tayyorlanishi kеrak
bo’lgan buyum-narsaning namunasi ko’rsatiladi. Bunda birinchi sinf o’quvchilari uchun rеal,
buyum-narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, bolalar unga qarab, mazkur
buyum-narsa qanday qilinganligini, qanday qilib xuddi mana shunday qilinganligini, qanday
qilib xuddi namunadagidek tayyorlash mumkinligi o’ylaydilar.
Mеhnat mahsuloti muayyan buyum-narsalar tayyorlangandan kеyin u qanday bo’lishi,
tayyor buyum holidagina еmas, balki qismlarga bo’lingan holda qanday qismlardan iboratligini,
qanday birikkanligini ham, tasavvur еta olish malakasini tarkib toptirish muhimdir
|