O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/77
Sana04.12.2023
Hajmi6,04 Mb.
#111019
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash. Amaliy tayyorlash texnologiya 
fanining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. U o’zaro bog`langan bir necha elementlardan: 
oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, kerakli operatsiyalarni to’g`ri va ratsional 
amalga oshira bilish, ya’ni u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera borish, yo’l 
qo’yilgan xatoni o`z vaqtida aniqlash va to’g`rilay olish kabilardan tarkib topadi. 
Jarayonga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U 
boshlang`ich maktabda boshlang`ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya fanining 
mazmuniga muvofiq o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda 
qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishlatishning amaliy malaka va ko’nikmalarini 
egallaydilar. Oddiy asbob moslamalar maxsus asbob va mashinalarning bosh asosi hisoblanadi. 
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini 
o’rgatish ham demakdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi 
xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish operatsiyalarining tipikligini sezib 
olish qiyin emas, ular: materialni o’lchash va belgilash; ularga egib, qirqib ishlov berish; 
qismlarini yelimlash, tikish, o’rish va bog`lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mustahkamlash; 
detallarni yig`ish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi operatsiya buyumni bezashdir. 
Boshlang`ich sinf o’quvchilarini mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarni shakllantirish 
ham taalluqlidir. 
O`quvchilardagi texnologiya fanining ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z 
vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg`ulotlarida takomillashtirishlariga 
yordam berish juda muhimdir. 
Tаjribа shuni ko`rsаtаdiki, bоlаlar butun buyumning tuzilishini yaхshi tаsаvvur etsаlarginа, 
ish turi, shakli, hajmi va boshqa xususiyatlar, shuningdek, mehnat qurollari bilаn ishlаsh 
usullarini tеzrоq vа puхtаrоq o`qib оlаdilar. Аyniqsа 1-sinf o`quvchilari o`qituvchigа tаqlid 
qilishgа intilаdilar. Shu sаbаbli o`qituvchi o’quvchilarni har bir mehnat turiga aqlan to’g’ri 
yondashtira olishi va berilgan topshiriqni bajarishda ruhan tayyorlab borishi kerak.  
O`quvchilarga texnologiya fanini o’qitish va tаrbiyalаsh ularni bo`lаjаk аmаliy fаоliyatgа 
tаyyorlаshdа mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlari kаttа rоl o`ynаydi. Quyi sinf o`quvchilarigа 
texnologiya fanini o’qitish vаzifаlaridаn biri ulardа bir qаtоr mеhnаt mаlаkаlari vа 
ko`nikmаlarini shаkllаntirishdir. Mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlari nаtijаsi bo`lib qоlmаy, bаlki 
o`quvchilarni mеhnаt fаоliyatigа, ijtimоiy fоydаli ishlаb chiqаrish mеhnаtini bаjаrishgа jаlb 
qilish shаrti hаmdir.
Kichik maktab o`quvchilarining texnologiya faniga amaliy tayyorlashda kuzatish 
qobiliyatini mashq qildirishning imkoniyatlari juda katta. Bular materialga ishlov berish 
jarayonida uning o`zgarishini kuzatish, turli asboblarning turli ishlab chiqarish hamda mehnat 
vaziyatlarida ish xususiyatini kuzatish, mehnat operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini 
amaliy aniqlashdir. O`zining hamda o`rtoqlarining ishini kuzatish orqali o`quvchilar 
konstruktorlik yechimlarini, tayyor buyum va ularning detallari pardozining bajarilish usullari va 


10 
sifatini taqqoslaydi, solishtiradi, baholaydi. yordamchi va ishlov berish operatsiyalari, mehnat 
usullarining sodda, qulay va osonligi, ishga sarflanuvchi vaqt miqdori kabi ko`rsatkichlar 
o`quvchilar nazaridan chetda qolmaydi. Bularning barchasi birgalikda faol fikrlash faoliyatini 
talab etadi va o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ko`maklashadi. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya darslarida bajariluvchi kuzatishlar 
va eng oddiy tajribalar barcha analizatorlarning, xususan, har bir o`quvchi harakat apparatining 
bir vaqtda birgalikda qo`llanishiga asoslangan. Bu kichik maktab o`quvchilariga amaliy 
masalalarni hal etish uchun muhim bo`lgan turli materiallarning xususiyati va sifati (yumshoq-
qattiq; yengil-og`ir; zich-g`ovak; mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), shuningdek, har 
bir materialning ishlov berishdagi qarshilik xususiyatlari to`g`risidagi savollarga yanada aniqroq 
va to`g`riroq javob berishga imkon beradi. 
Texnologiya darslarida turli mehnat faoliyati turlaridan foydalanish o`quvchilar 
tomonidan to`planuvchi tajribalarning texnologik operatsiyalarni bajarish sohasidagi bilim va 
malakalarining muhim asosini tashkil etadi. 
Texnologiya 
darslarida 
o`quvchilar 
faoliyatining 
muhim 
natijasi-bu 
ularning 
o`rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlash, 
darsdan darsga yanada aniqroq va tizimlashtirilib boruvchi xulosalarning chiqarilishidir. 
Masalan, darslarning birida o`qituvchi o`quvchilar oldiga qog`oz turlarini aniqlash, qog`ozning 
ko`pgina vazifaga ega material sifatida umumiy xususiyatlari, qo`llanish va foydalanilishining 
cheksiz imkoniyatlarini ta‘riflash vazifasini qo`yadi. 
O`quvchilar bu xususiyatlarni farqlash, boshqa materiallarga o`xshash xususiyatlarni izlash 
va topish, ularning aniq amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asoslab berishni asta-sekin o`rganib 
boradilar. Bularning barchasi bolalarda buyumni konstruksiyalashtirish va uni to`g`ri bajara olish 
ko`nikmalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Texnologiya darslari bir necha 
shakllarda tashkil etiladi. Jumladan, grafik ishlar texnik mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni 
egallaydi. Biror narsaning chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. 
Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, 
chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan 
elementlari bilan tanishtirish lozim. Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda 
qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish planini o’quvchilarning o’zlari 
mustaqil tuzishlari katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning 
o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan 
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. 
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin. Laboratoriya 
ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni 
mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. 
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi mumkin. Ushbu 
jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Mustaqil 
ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan maxsus ajratilgan 
vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llash hamda 
aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan 
maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar. 
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z 
kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar. 
Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini 
singdirish va hayotni bilishda muhim o’rin egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab 
chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida 
o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan 
oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yiladi va ekskursiyadan so’ng savol – javoblar 
o’tkaziladi.

Download 6,04 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash

Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish