Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari qaysilar?
2. Metod va uning turlari haqida ma’lumot bering.
3. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodilari orasidagi bog`liqlikni izohlang.
4. Ta’lim maqsadi va mazmunining o`zaro mutanosibligi ta’minlashda ta’lim vositalarining
roli nimalardan iborat?
5. Ta’lim vositalarining texnologiya fani maqsadi bilan aloqadorligini isbotlang.
4-SEMESTR
3 - MODUL
1-MA’RUZA.
MAVZU. TEXNOLOGIYA DARSLARIDA MEHNAT AN’ANALARININING
O’RNI. MUTAFAKKIRLAR MEROSIDA MEHNAT TARBIYASI. BOSHLANG’ICH
TA’LIMDA MEHNAT TARBIYASI VA KASB-HUNAR TA’LIMI METODOLOGIYASI.
MEHNAT TARBIYASIDA XALQ OG’ZAKI IJODINING O’RNI. TEXNOLOGIYA
DARSLARIDA
O’QUVCHILARNI
KASB-HUNARGA
YUNALTIRISH
TEXNOLOGIYALARI.
TEXNOLOGIYA
DARSLARIDA
XORIJIY
TA’LIM
TIZIMIDAN FOYDALANISH.
Reja:
1. Xalq merosida mehnat an‘analarining o‘rni.
2. Mehnat an’analarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
3. Texnologiya darslarida mehnat an‘analaridan foydalanishning shakllari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Xalq merosi, mehnat an`analari, texnologiya
darslarida mehnat an`analari, Boshlang‘ich sinflarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy
vazifalari, mehnat madaniyati.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Respublika
Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo
etish, shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga
ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallashga yo`naltirilgan ezgu maqsadlarni
amalga oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi tahrir ostidagi O'zbekiston Respublikasi
33
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmunida barkamol shaxs
va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib
berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim jarayonini
samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta'limi darajasiga
yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. O`sib kelayotgan yosh avlodni
xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik tarbiyalashda mamlakatning
milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda avlod - ajdodlarimizning turmush tarzi
an’analari, urf-odatlari hamda tajribalarini hisobga olgan holda rivojlantirish muhim
masalalaridan hisoblanadi. Bu esa, o’z-o’zidan ma’lumki, Respublikamizning milliy davlat
sifatida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini, milliy
istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ongiga singdirish zaruriyatini taqozo etadi.
Kadrlarga bo’lgan hozirgi zamon talabi ham Prezidentimiz aytganlaridek, “Ertangi kun yangicha
fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni talab etadi.”
O’zbekistondagi tub o’zgarishlarni oily maqsadi – an’analarini, urf-odatlarini, milliy
qadriyatlarini qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash va yanada rivojlantirish uchun
shart-sharoit yaratishdan iborat. Shunga ko’ra, mustaqillik ta’lim-tarbiya sohalarida ham,
umuman jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotida tub burilish davrini boshlab berdi. Bizning mavzu
milliylik haqida borar ekan, bu jumlaning mohiyatini anglovchi, ochib beruvchi bir qancha
tushunchalar mavjud, ya’ni bular urf-odat, qadriyat, marosim, bayram, an’ana kabi
tushunchalardir.
Urf-odat, marosim, qadriyat, bayram, an’ana kabi tushunchalar har bir xalqqa xos bo’lib va
albatta, har bir xalqning o’ziga xosligini, milliyligini, tarixiy kelib chiqishini, boshqa xalqqa xos
bo’lmagan qirralarini ko’rsatib beradi. Jamiyatning har bir a’zosi o’zining kelib chiqishi tarixini
bilishi, qadriyat, marosim, bayram, an’analarini hurmat qilishi va o’z navbatida farzandlarini
ham milliy ruhda tarbiyalashi lozim. Farzandlarimiz go’zal axloq egasi bo’lishi uchun, ularning
ongiga avloddan avlodga o’tib kelayotgan an’analarimizni turmushimizda amal qilgan holda
singdirishimiz lozim. Albatta, bu o’z ijobiy samarasini beradi va bu odatlar turmushimizda
takrorlanib turishi natijasida ixtiyorsiz ravishda o’z-o’zidan bolalar ongiga singib boradi hamda
ularning tarbiyasiga, xulq-atvorini shakllantirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Boshlang‘ich maktablarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy vazifalari o‘quvchilarni
mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb
tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda
o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil
topgan. Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob
va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘gri jihozlashga,
materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarini me’yori va sifatiga, ish
ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya
qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda eng avvalo, mehnatga ongli munosabatni
shakllantirish tushuniladi. Shu o‘rinda buyuk allomalarning hadislari-yu ilm, mehnat va hunar
haqidagi fikrlaridan foydalanamiz:
1. Ey o‘g‘il! Qaysi fan bo‘lmasin, to uni mukammal egallamaguningcha harakatni
to‘xtatma, bir ilm ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yo‘l
berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab qo‘yma! (A. Sheroziy).
2. Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir (Alisher Navoiy).
3. Aziz do‘stlar, oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-hushi va
kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir (Abdulla Avloniy).
4. Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir (Abu Rayxon Beruniy).
5. Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z xulqingni mehnat tumori
bilan beza (Alisher Navoiy). 6. Sen avvalo mehnatni qadrla va o‘zgalar qilgan mehnatni ham
qadriga yet, shunda sen o‘zingni haqiqiy mehnatsevar deb bilursan (Imom al-Buxoriy).
34
7. O‘z mehnating bo‘lsin doim yo‘ldoshing, O‘zga minnatidan og‘ritma boshing.
Kunlaring o‘tarkan terib dur-hikmat, Kunlaring to‘liqdir bo‘lsa hur mehnat (Abdurahmon
Jomiy).
Agarda boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga tatbiqan gapiradigan bo‘lsak, ularning bu
yoshidan mehnatni sevish, shu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi.
Mehnatga munosabat shu mehnatning muhimligi va zarurligini tushunish, bunday mehnatda
jonbozlik ko‘rsatish, ishga shaxsan mas’uliyatni his qilgan holda yondashish ijtimoiy mulkka
tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mehnatga axloqiy tayyorlash — bolalarga
jamoada ishlashni, do‘stona o‘zaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini
namoyish qilish va mehnatda xatti-harakat normalarini o‘rgatishdan iborat.Mehnatga ruhiy
jihatdan tayyorlash. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko‘p
qirrali jarayon bo‘lib, u butun texnologiya fani va tarbiyasiga singib ketgandir. U garchi o‘ziga
xos xususiyatlarga ega bo‘lsada, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Bolani mehnatga
ruhiy jihatdan tayyorlash — bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli
va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni egallashga
qiziqishni shakllantirish demakdir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab
mehnat — bu har bir kishining vijdoni va burchi ekanligini, inson o‘z mehnati bilan
sharaflanishini, faqat Vatan farovonligi yo‘lida qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi
sifatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligini anglashlariga yordam berishdir.
Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi jamiyatning hayoti va faoliyati, uning farovonligi
uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini anglashlari juda
muhimdir. Shuningdek, bolalar jamiyatda kishi mehnatsiz yashay olmasligini ham uqib olishlari
kerak. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va
takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, emotsional idrok, diqqat, xotira, tafakkur
va shu kabi jarayonlardir. Boshqacha qilib aytganda, ular mehnatning psixologik tarkiblari
deyiladi.
Mehnatga o‘rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini
takomillashtirish zarur. Ma’lumki, mehnat faoliyati, texnologiya fani uchun ham turli sezgilar
yig‘indisining (ko‘rish, eshitish, his etish, ta’m bilish, teri, muskul harakati) namoyon bo‘lishi
xarakterlidir. Shuning uchun o‘qituvchilar quyi sinf o‘quvchilariga yangi materialni yoki asbobni
tanishtirayotganlarida bolalardagi sezgining barcha turlarini faollashtiradilar: bolalar qog‘ozni
ushlaydilar, silaydilar, aylantirib ko‘rib chiqadilar, uning qanday shitirlashiga quloq soladilar.
Sezgilarning bunday faollashuvi ma’lumot haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishga yordam
beribgina qolmay, balki bu psixologik jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi. Mehnatga
tayyorlashning yanada muvaffaqiyatliroq bo‘lishi uchun bolalarning xotiralarini o‘stirish vazifasi
ham albatta amalga oshiriladi. Texnologiya fani bo‘yicha o‘quv materiallarini eslab qolish
boshqa buyumlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega.
Texnologiya fanini o’rganish jarayonida o’quvchilar xalqimiz ruhiyatini, yashash tarzini,
an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida xalq hunarmandchiligining kiritilishi milliy
qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko’p qirralari boy merosini o’rganish,
o’zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo’llash vazifasini hal etadilar. Texnologiya fanining
amaliy va ishlab chiqarish mazmunidagi an’anaviy sinf-dars mashg’ulotlariga nisbatan shogird-
ustoz tizimi tarbiyaviy mahsuldorligi, samaraliligi, bo’lg’usi hunarmandning shaxsiy xislatlarini
shakllanishida, ularning oilalarini moddiy ta’minlanishida hamda tarixiy qadriyatlarning yanada
boyishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. “Ustoz-shogird” tizimi mashg’ulotlarini tashkil etishni oliy
o’quv yurtlaridagi musiqa ta’limida talabalar bilan o’qituvchilarning yakka tartibdagi
mashg’ulotlar o’tkazishi bilan taqqoslash mumkin.
Texnologiya
fanida
elektron
hisoblash
texnikasi,
mexanizasiyalashtirilgan
va
elektrlashtirilgan qurilmalar va avtomatikaning qo’llanilishini o’rganish, o’quvchilarning hozirgi
zamon ishlab chiqarishidagi avtomatik va dasturli boshqarish tizimlari, robot texnika va ishlab
chiqarish texnikasini, texnologiyasini ta’limning davr talablari darajasi va jahon andozasiga mos
holda o’rganilishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda kam e’tibor berilayotgan, hatto yo’qolib
35
borayotgan turli xildagi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar: o’quvchilar ishlab chiqarish jamoalari,
maktablararo o’quv ishlab chiqarish markazlari, o’quvchilar mehnat jamoalari, mavsumiy
ishlarida va otaliq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida qatnashishlari va boshqalar
mazmunan va shaklan qayta ko’rib chiqilib, qayta ishlab, zamon ruhiga moslashtirilishi va ta’lim
tizimi amaliyotiga qo’llanilishi, texnologiya fanining maqsad, vazifalarini amalga oshirishda
asosiy shartsharoitlardan hisoblanadi. Texnologiya fanini amalga oshirishda maktablar,
maktabdan tashqari tarbiyaviy muassasalar, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish korxonalari, xalq
hunarmandlarining tajribalari hamda o’zaro hamkorlikdagi munosabatlari tiklanib, o’quv
jarayonida foydali mahsulot–tovar moddiy ne’matlar yetishtirilib, ta’lim muassasalarining bozor
iqtisodiyotini amalga oshirishda qatnashishida erishish ham dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Texnologiya fanini amalga oshirishda ta’limning quyidagi tamoyillariga rioya etish talab
etiladi:
I.Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar:
-nazariy ta’limni unumli mehnat bilan qo’shib olib borilishi;
-ta’limning politexnizm asosida qurilishi;
-ta’limning kasbiy yo’naltirilganligi;
-ijodiy rivojlantirishga yo’naltirilganligi.
II.Umumdidaktik tamoyillar:
- amaliyligi; ilmiyligi; tarbiyaviyligi;
- ijodiyligi; -ko’rgazmaliligi;
- moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi;
- izchilligi;
- uzviyligi va boshqalar.
Ta’lim tarbiyasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan
tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo‘Iib yetishishi, kasb-hunar
o‘rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug‘lashi masalalariga alohida
e’tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar
va xalq og‘zaki ijodi namunalari: topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va
dostonlarda ko‘ramiz. Ularda mehnat va kasb-hunar odohi, axloqi va qoidalarini o‘zlashtirish
muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil
odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Geodeziya”, “Minerologiya”, Mahmud
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher
Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-
hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. O‘quvchilarning kasb-hunarga
qiziqishini tarbiyalashda insoniyat mehnat faoliyati tarixini o‘rgatuvchi omillarga tayanib,
o‘quvchilarni kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi. O’quvchilarni mehnat turlariga qiziqishini oshirish, kasb tanlash va o'zlashtirishni
shakllantirib borish uchun pedagoglar zimmasiga o‘quvchilarga yoshligidan boshlab ta’lim,
tarbiya berish bilan birga kasb-hunarga qiziqishishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda quyidagi
shartlarga amal qilish lozim:
• boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasb-hunar to‘g‘risidagi tushunchalami singdirish;
• о‘quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-hunar tanlashida ularga pedagogik-psixologik
yondashish;
• kasb-hunarga qiziqtirishda o‘quvchilarning yoshi va qobiliyatlarini hisobga olish;
• mahalla oqsoqollari, mehnat faxriylar bilan muntazam aloqalar o‘rnatish;
• mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish;
• darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib, kasb-hunarga oid fikrlari bilan tanishtirish
O‘tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va ma’rifatparvar shoirlarning,
mehnat, kasb-hunar to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarining biz uchun ahamiyatli tomoni shundan
iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning
vositasi sifatida foydalanish mumkin. Bizga ma’lumki, o‘zbek xalqining qadimiy kasb-kori
36
asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo’lgan. Ushbu kasblar yuzlab yillar
davomida shakllanib har biri o‘z ichida o‘nlab tarmoqlarga ajratilgan va gullab yashnagan.
Muqaddas kitob “Avesto”da ham mehnat moddiy boyliklar manbayi bo‘lgani uchun emas,
balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, yaxshilik manbayi deb bilganligi uchun insonlarcha
mehnat qilishga chaqiradi. Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga
o‘yib yozilgan naqshdir”, deb ta’kidlanadi. “Farzandlarga odob-hunar o‘rgatmak merosdur”, -
deb nasihat qilinadi “Qobusnomada”. - “Sen odob, hunar va donishni o‘zingdan meros qilgin,
toki uning haqqini bajo kelturmish bo'lgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va
hunardan yaxshiroq meros yo‘qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha
(kasb) din yaxshiroq meros yo‘qdir. Agar xos odamlaming farzandlari yuz hunar bilsa va lekin
hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak, albatta hunar
o‘rganmoq zarurdir. Hunarning nechog‘lik zarur ekanligi qator rivoyatlar, naqllar, ertak,
dostonlarda ham o‘z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”,
“Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar, “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi
dostonlar shular jumlasidandir. Hunar egallash ham bir fazilat, mahoratdir. Hunar egallashda
halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehhnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o‘ynaydi.
Ota-bobolarimiz ham hunar o'rganishni asosiy vazifa ekanligini o‘rgatib kelganlar. Aburayhon
Beruniy mehnat va hunar avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchiklab o‘rgangan va
hunarni yuqori baholagan. U hunarmandchilikda, mehnatda to‘liq ustozlik san’atini egallab olish
kerak, degan fikrni aytadi. Odatda, o‘sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda
o‘rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. Shogird tushish, tanilgan usta qo‘lida yakka shogird bo‘lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o'rganish.
Xalqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz izidan
borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga
tayyorlashni o‘zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. Tanlangan usta-hunarmandlar uyida
yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga ta’alluqli bo‘lmagan yumushlarni ham
bajarib yuraverganlar.
|