• Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 6,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/77
    Sana04.12.2023
    Hajmi6,04 Mb.
    #111019
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
    Bog'liq
    MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

     
    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
    1. Ta’lim usuli deganda nima nazarda tutiladi? 
    2. Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta’limi mavzulari o`zaro aloqador degan fikr 
    mohiyatini izohlang. 
    3. Sizningcha, texnologiya ta’limi asoslari qaysi davrlardan boshlangan? 
    4. Boshlang`ich sinflarda texnologiya darsining olib borilishi kelajak uchun nima beradi? 
    5. Ta’limda «Eskini tubdan buzib tamoman yangini bunyod qilish» rejasi asosida qaysi 
    mafkura ish ko`rdi vа nega? 
    6. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari 
    nimalardan iborat?


    28 
    7. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi tuzilishining o`ziga xos mazmunini misollar 
    asosida izohlang. 
    8. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi materiallarini o`rganishdagi uzviylikning boisi 
    nimada? 
     
     
    4-MA’RUZA. 
    MAVZU: TEXNOLOGIYA TA’LIMINING SHAKL VA METODLARI. 
    BOSHLANG’ICH TEXNOLOGIYA DARSLARINING INTEGRATSIYALASHUVI.
     
    Reja: 
    1.Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va usullari.
    2.Metod tushunchalari, uning turlari.
    3.O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik.
    4.O‘quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishning shakl va usullari, didaktik materiallardan 
    foydalanish metodlari. 
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
    Boshlang`ich sinfda mehnat shakl va usullari, metod, metod turlari, boshlang`ich sinfda 
    mehnatga o`rgatish metodlari, o`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi, metodlararo 
    bog`liqlik, o`quvchilarni mustaqil ishlarga o`rgatish, didaktik ko`rgazmalar yasash metodlari. 
    Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari o’sishi va yoshlarning fan-texnikaning jo’shqin 
    rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim mazmunini emas, balki o’qitish jarayonining 
    usul va shaklini to’g’ri tashkil etilishini, o’qishga qiziqishni, ijodiy qobiliyatni, egallangan 
    bilimlarni amalda ijodiy qo’llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida yanada takomillashtirishni 
    ham talab qiladi. “Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg`otish, ijodiy 
    qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirish, ijodiy 
    masalalarni mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi”. 
    Boshlang`ich sinfda mehnat shakli turli-tuman bo’lib, ularni shartli ravishda boshlang’ich 
    mehnat shaklining quyidagi shakllariga ajratish mumkin: 
    turli mаtеriаllarni to`plаsh, ularga ishlov berish 
    vа sаqlаshga oid mehnat 
    qog’oz, karton, tolali materiallar plastik massa, 
    lentalar 
    tеvаrak-аtrоfni muhоfаzа qilishga oid mehnat 
    sinf burchagida “jonli tabiat” yaratish, ekinzor 
    tashkil etish, sabzavotlar o’stirish, gulxona 
    yaratish 
    turli tаbiiy mаtеriаllargа аsbоblar va ish 
    qurollari bilan ishlоv bеrishga oid mehnat 
    daraxt barglari, novda, qamish, poxol, g’o’za 
    chanoqlari, yong’oq qumni to’plash.
    mustаqil ravishda ijоdkоrlik qоbiliyatlarini 
    o`stirishga oid mehnat 
    o’z uyida gullar parvarishlash, mevali daraxtlar 
    ekish, 
    turli 
    hunarmandchilik 
    sirlarini 
    o’zlashtirish. 
    obrаzlar, pеrsоnаjlar, o`yinchоqlarni yarаtishga 
    oid mehnat.
    tabiiy va sun’iy tolalarda o’yinchoqlar tikish,
    “pape mashe” qog’ozlar vositasida yasash. 
    Mazkur shakllar o’quvchilarda mehnatning : 
    1. Qоg`оz vа kаrtоn bilаn ishlаsh; 
    2. Gаzlаmа bilаn ishlаsh; 
    3. Turli mаtеriаllar bilаn ishlаsh
    4. Tехnik mоdеllаshtirish; 
    5. Qishlоq хo`jаligi mеhnаti turlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikma hosil qilishga 
    da’vat etadi 


    29 
    Boshlang’ich sinflarda texnologiya fanini amalga oshirib borishda boshqa predmetlarni 
    o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, o’qitishning xilma-xil 
    metodlari qo’llanilib, o’quvchilarning texnologiyaga bo’lgan qiziquvchanligini va ziyrakligini 
    oshirib boradi. Ma’lum mavzu doirasadagi bilimlarini amalga qo’llay olish usullarini o’rgatadi. 
    O’qitish metodi qisqa vaqt mobaynida o’quvchilarga ko’proq bilim berishni o’ziga maqsad qilib 
    oladi. 
    O’qitish metodlari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qiishi kerakki, unda 
    o’quvchilar o’qituvchining berayotgan ko’rsatmalari asosida o’zlarining ijodkorliklari, 
    fantaziyalarini ishlata olish, olingan bilimlarini shu ko’rsatmalar asosida amalda ochib bera 
    olishi kerak. Albattaki, har bir metodni o’z o’rnida qo’llash kerak, oddiy chizma chizishni butun 
    sinfga barobar o’rgatishda frontal, amaliy ish bajarishda yakka shakldan foydalaniladi.
    Bitta darsning o’zida o’qitishning turli usullari qo’llanishi mumkin. O`qituvchining 
    intilishi, xatti-harakati darsda o’quvchilarning diqqat-e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarining 
    jamlangan bo’lishiga, ularning charchamasliklari va zerikmasliklariga yo’llangan bo’lishi kerak. 
    Didaktik jarayon tuzilmasiga ko’ra ta’lim metodlari 3 guruhga bo’linadi: 
    1. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari
    2. O’quv- bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari; 
    3. Nazorat va o’z-o’zini nazorat (boshqarish) qilish metodlari. 

    Download 6,04 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




    Download 6,04 Mb.
    Pdf ko'rish