Mozaika usulida amaliy darslarni tashkil etish metodikasi




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/77
Sana04.12.2023
Hajmi6,04 Mb.
#111019
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Bog'liq
MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

Mozaika usulida amaliy darslarni tashkil etish metodikasi. 
Reja: 
1. Mozaika san’ati haqida tushuncha.
2. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
3. Mozaika bilan ishlash darslarini to‘g‘ri tashkil etish talablari.
4. Mozaika ishlarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
5.Texnika xavsizligi qoidalari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
Applikatsiya, mozaika, applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi, mozaikaning 
tarbiyaviy ahamiyat. 
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, 
tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi bilan 
o’quvchilar 1-sinfdanoq tanishtiriladi. 1- sinf Texnologiya darsligida qog’ozlardan mozaika 
usulida mevalar shaklini yasash darsi berilgan( 3-rasm). 2- sinfga kelib o’quvchilar urug’lardan 
mozaika yasashni o’rganadilar ( 4-rasm)
Tuxum po’stidan mozaika tayyorlash texnologiyasi.(6-rasm)
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum po’sti 
mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi. 
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik 
bo’laklarga bo’linadi.
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari 
mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo’lmasligi kerak. 
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. 
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib siqiladi, 
keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun 
ustidan sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha 
murakkablashadi. 
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq tangalari, chig’anoq, 
mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin. 
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, 
tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir. 
Tuxum po’chog’ini maydalangan va butun holda saqlash mumkin. Tuxum pg’chog’ini butun 
saqlash uchun tuxumning ikki uchi teshiladi va unining ichidagilari puflab chiqariladi. Buning 
natijasida ichi bo’sh tuxum pg’chog’iga ega bo’linadi. Bunday po’chog’ni sinuvchan bo’lganligi 
uchun qutichalarda saqlash kerak. Tuxum po’chog’ini maydalanganligini har qanday xom va 
pishgan tuxumdan tayyorlash mumkin. Faqat ichki pardasi olib tashlanishi kerak. 
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo’ritilgan tuxum po’sti 
mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi. 
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik 
bo’laklarga bo’linadi.
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari 
mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo’lmasin. 
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. 
5. Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga tuxum po’sti terib siqiladi, keyin 
ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.


60 
6. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan 
sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha 
murakkablashadi. 
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq tangalari, chig’anoq, 
mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin(5-rasm). Bu ishlar 
o’quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. Bolalarda 
qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi, uyushqoqlik bilan 
ishlash, ko’rsatmalarga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. 
O’quvchilar tayyorlagan applikastiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik 
material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning predmetlar shakli, rangi, fazoda 
joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilish mumkin. Bunday applikastiyalar 
bilan ishlash o’quvchilarga stirkul bilan ishlashni, stirkul yordamida aylanani kismlarga 
ajratishni o’rgatadi. 
Tabiiy narsalar bilan ishlash metodikasi. Tabiiy material bilan ishlashda darsni tashkil 
etish va o‘tkazish metodikasi qolgan turlardan darsdan oldin tabiiy materialni to‘plash tashkil 
etilishi bilan farqlanadi. I sinfda odatda tabiiy material o‘qituvchi rahbarligida ekskursiyalarda 
to‘planadi. 
Dars temasi: «Quritilgan barglardan kapalak applikatsiyasi». 
I -sinfda ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. 
Bolalar uni diqqat bilan ko‘rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini 
aniqlaydilar. Shundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya plani tuziladi. Ekskursiya marshruti
alohida e’tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar, ninachi)lar 
aniqlanadi. O’quvchilarning e’tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektdan mehnat 
darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari, elementlari va 
xususiyatlarini ajratishga, to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savollar 
ro‘yxati tuziladi. 
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan 
qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go‘zalligini, 
uning ranglarini, to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining elastiklik xususiyatini yo‘qotganligini, 
qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan 
zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga 
karatiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli 
formada bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sharoitlarga moslashib, qishga tayyorgarlik 
ko‘ryapti. Barglarni to‘kish bu o‘ziga xos himoya turidir, chunki barglar suvni ko‘p buglantiradi, 
qishda esa tuproqdan namlik juda kam miqdorda keladi. 
Shundan keyin bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning 
asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar, ularning tuzilish formalari mehnat 
darslarida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to‘plangan barglar material 
xizmatini o‘tashi kerak. Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini 
qiyoslashni o‘rganadilar, bu ular-ning kuzatuvchanligi va e’tiborligini o‘stirishga yordam beradi. 
To‘plangan barglar oldindan tayyorlab quyilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan 
keyin o‘quvchilarga barglarning mehnat darslarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi 
uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada o‘quvchilarning 
e’tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga aloatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida unga 
yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, 
o‘kuvchilarga uylarida kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi 
va qanotlarining shakli, rangi qandayligiga alohida e’tibor berish topshiriladi. 
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi darsda bolalar applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq 
bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan 
materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars kuyidagi 
sxemaga ega bo‘lishi mumkin: 


61 
1.Dars temasi va maqsadini aytish. 
2.O`tkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat: 
a) ekskursiyada qaerda bo‘ldik? 
b) qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday? 
v) ularning barglarining shakli bir xilmi? 
g) qanday xasharotlarni ko‘rdnk? 
3. Namuna razbori: 
a) kapalak qanday qismlardan tashkil topgan? 
b) uning qismlari qanday joylashgan? 
v) uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan? 
4. Ishni bajarish tartibini aniklash: 
a) kapalakning ayrim qismlarn (tanasi, qanotlari)ning joylashishinn grafik tasvirlash
b) kapalakning tanasi va kanoatlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil bo‘lgan 
barglarni topish; 
v) ularni kog‘ozda joylashtirish; 
g) ishni amaliy bajarish. 
5. O‘qituvchining ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari. 
6. Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish: 
a) kapalakning ayrim qismlarini kog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash; 
b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash; 
v) yelimlash ishlarini tartibli bajarish; 
g) kapalakning ko‘z va mo‘ylarini to‘g‘ri tasvirlash; 
d) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning nomlarini 
yozish; 
7. Ishni baholash. 
Ijodiy xarakterdagi ishlar: Masalan: «Baliqlardan kompozitsiya tuzish». O‘qituvchi 
umumiy vazifa beradi, o‘quvchilar esa o‘qituvchi namunasi asosida o‘z variantlarini izlaydilar. 
O`qituvchi kelgusi darsda baliqlardan applikatsiya qilinishini aytib, uyda baliqlarning 
rasmlarini ko‘rish va kerakli materiallar (barg, urug‘, gul tojibarglari va shu kabilar)ni to‘lab olib 
kelishni topshiradi. Darsning sxemasi oldingisi bilan bir xil. Doksaga baliq rasmi tasvirlangan 
plakatni osib qo‘yib, bolalar bilan birgalikda baliq tanasi, baliqning boshi, kanotlari, dumining 
shakli razbor qilinadi. Baliq turiga ko‘ra baliqning tanasi, qanot va dumlari xar xil bo‘lishi 
mumkinligi aniqlanadi, shuning uchun bu nshda turli tabiiy materiallardan foydalanish mumkin 
bo‘ladi. 
Shundan so‘ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi. 
Avval baliq qismlari uchun material tanlash, uning umumiy konturini chizish kerak. 
SHundan keyin kaysi detalning qanday tartibda elimlanishini, detallarning joylarini aniqlash va 
so‘ngra ishga kirishish lozim. Bunday yumushlar bajarilayotgan ishga ijodiy yondoshishni 
o‘stirishga yordam beradi. Darsga yakun yasash va bajarilgan ishni baholashda o‘qituvchi 
foydalanilgan materiallar nomini so‘raydi. 
Bu tabiiy materiallar bilan ishlash darsining taxminiy tuzilishidir. Har bir dars 
kompozitsiyalar tuzish, tanlash, material, o‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga ko‘ra o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Yog’ochga qo’l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma’lum 
qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni 
ishlatayotgan har bir kishi unun majburiydir. 
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat’iy qoidalari: 
1. Ishni hech qachon o’qituvchining ruxsatisiz boshlama! 
2. Asboblarni faqat o’z o’rnida ishlat! 
3. Yaroqsiz asbob bilan ishlama! 
4.Ishni chet ishlarga chalg’imay bajar! 
5.Asbob-uskunalarni o’zi uchun belgilangan joyda saqla! 


62 
6. Uzun kiyimda bo’lma, engingni shimar, choklarini yig’! 
7.Materialni qo’lda yo’nma! 
8.Osilib turganda kesma! 
9. Pichoq bilan o’zing, o’rtoring tomonga qarab yo’nma! 
10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog’la. 

Download 6,04 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mozaika usulida amaliy darslarni tashkil etish metodikasi

Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish