• Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi Reja: 1.Mutafakkirlar merosida mehnat
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 6,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/77
    Sana04.12.2023
    Hajmi6,04 Mb.
    #111019
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
    Bog'liq
    MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

     
    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
    1. O`quvchilarni 
    texnologiya 
    darslariga 
    qiziqtirishda 
    siz 
    qanday 
    usullardan 
    foydalanardingiz? 
    2. Xalq merosida mehnat an`analarining o`rni haqida gapirib bering. 
    3. Mehnat an`analarining vazifasi nimadan iborat? 
    4. Texnologiya darslarida mehnat an`analaridan qanday shakllaridan foydalaniladi? 
    5. Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar qaysilar? 
    Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi 
    Reja: 
     
    1.Mutafakkirlar merosida mehnat  tarbiyasining targ‘ib etilishi.
    2.Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari.
    3.Kasb-hunarga yo‘naltirishga oid o‘yin va tadbir turlari. 
     
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi, kasb-
    hunarga oid fikrlari kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari.
    O’tmishda yashab, ijod etgan mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va 
    ma’rifatparvar shoirlar mehnatning o’ziga xos xususiyatlari, uning inson uchun qadr-qimmati, 
    kasb-hunar egallashning mazmun-mohiyati, mehnatning tarbiyaviy imkoniyatlari to’g’risida 
    qimmatli fikrlar bildirib o’zlaridan juda katta ilmiy meros qoldirgan. Shu ilmiy merosning biz 


    37 
    uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida 
    tarbiyalashda, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. O’tmish 
    tarixida qayd etilib o’tilganidek, o’zbek xalqining qadimiy madaniyatida mehnat bilan 
    shug’ullanish shon-sharaf hisoblangan, kasb-korining asosiy mazmunini esa dehqonchilik, 
    chorvachilik va hunarmandchilikni tashkil etgan. Zamonlar o’tib milliy madaniyat rivojlanib 
    borgan, insonlar ongi o’sib borishi natijasida esa ularning turmush tarzi, yashash sharoitlari
    ham ijobiy tomonlarga o’zgarib kelgan. Asrlar osha shakllanib borgan kasb-hunar davr o’tib 
    borishi bilan ularning har biri o’z ichida o’nlab tarmoqlarni hosil qilgan. Xalq ichidan har bir 
    sohani yaxshi tushunadigan, o’z ishini a’lo darajada bajaradigan ustalar, bilimli kishilar, 
    mutafakkir allomalar kamol topgan. O’rta Osiyoda tug’ilib kamol topgan mutafakkirlar 
    mehnatning, turli kasb-korlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunib o’zlarining oltinga teng ilmiy 
    merosini qoldirgan. Ularning kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari biz uchun milliy 
    merosdir. Mutafakkirlar ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish, ularga kasb-hunar 
    o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy an’analarimizga binoan hunarmand va kosib, 
    me’mor va naqqosh, dehqon va chorvodor, to’quvchi va nonvoy uztoz-shogird munosabatlarini 
    amalga oshirib kelmoqdolar. Xalqimizning buyuk farzandi, o’zining ilmiy qarashlari bilan 
    ulug’ mutafakkirga aylanganlardan biri - Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-
    850)dir. Uning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o’z 
    ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham 
    mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
    U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar 
    odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar 
    qurish, kanallar ochish shunday paydo bo’lgan, deydi.
    X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik vakillaridan yana 
    biri Abu Nasr Al-Farobiy (870-950) hisoblanadi. Al-Farobiyning o’z davri uchun juda katta 
    xizmatlar qilgan. Uning buyuk xizmatlaridan biri - insonlarni ilm-ma’rifatli bo’lishga, mehnat 
    qilishga va kasb-hunar egallashga da’vat qilishi bo’lgan.Farobiy kasb-hunar to’g’risida ilk 
    fikrlarni bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta’lim–so’z va ko’nikmalar majmuyi, 
    tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, muayyan kasb-hunarga berilgan, u 
    bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytrgan. Bu 
    mulohazalardan anglanib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan zarur hayotiy vosita 
    bo’lib kelgan.
    Al-Farobiy kasb-hunar va xalqoniy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash, mashq 
    qilish yo’li bilan paydo bo’lishini uqtiradi. U insonning kasb-hunar egallashi bilan bir qatorda 
    ma’naviy madaniyatli bo’lishini e’tirof etadi. Mutafakkir bu borada, har bir kishi o’zi yoqtirgan 
    kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va 
    o’z “kasb-hunarini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq- atvor 
    fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak” deb ta’kidlaydi. Xalqimizning yana bir mutafakkiri - Abu 
    Rayon Beruniy (978-1048) dir. Beruniy mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati 
    va kamoloti, uning halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb biladi. U kasb-
    hunarga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan 
    davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli m’alumotlar berilgan. 
    Beruniy mehnatni ulug’aydi. Ayniqsa, olimlar mehnati tufayli ilmiy yodgorliklar bunyod 
    etilishini tasavvur qilgan mutafakkir sifatida alohida ko’zga tashlanadi. U “har bir kishining 
    qadr- qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida” deb biladi. 
    Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim 
    fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat 
    sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli 
    – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, xayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat 
    tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir mehnat 
    qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini 
    rag’batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi 


    38 
    kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb 
    ta’kidlaydi. 
    Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, 
    bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr 
    tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Beruniyning «Mineralogiya» asarida 
    faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash 
    jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda 
    hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish 
    jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani 
    shogirdlarning malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Abu Rayhon 
    Beruniyning zamondoshi, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning ilmiy faoliyatida ham
    mehnatga bo’lgan ilmiy qarashlarni ko’rishimiz mumkin. Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, 
    mehnat xalqning qadr-qiymati ekanligini, uning manfaati uchun esa astoydil kurashish 
    kerakligini Ibn Sino asarlarida uchratamiz. Mutafakkirning ilmiy qarashlaridan birini - “Odam 
    ijtimoiy jondir” degan fikridan anglash mumkin. Bu fikrning ilgari surilishi shundan dalolat 
    beradiki, Ibn Sino odamning yaxshi yashashi, sog’lom turmush tarziga erishishi uchun eng zarur 
    narsa foydali mehnat ekanligini muhim deb biladi. 
    Olimning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Jumladan, u har 
    bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror hunarni o’rgansa, unu hayotga 
    tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo’lsagina, otasi uni uylantirib 
    qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi.
    Olim ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga 
    o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy 
    ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini 
    ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham 
    jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.O’tmishda O’rta Osiyoda 
    juda ko’plab shoirlar ijod qilib o’tgan. Ular o’z asarlarida mehnat tariyasini, ijtimoiy foydali 
    mehnatning inson hayotidagi o’rni va ahamiyatini ko’p bora qayd etganlar. Masalan, O’rta 
    Osiyodagi juda ko’plab shoirlar ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020) o’zining 
    “Shohnoma” asarida mehnatni ulug’lab o’tgan. Asarda o’z xalqiga mehr-muhabbat bilan 
    yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bag’ishlangan misralarni ko’plab uchratish 
    mumkin: 
    Hunar bilan aqling birikkan hamon 
    Har ish bu jahonda yurishgay ravon 
    Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj 
    Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj 
    Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan biri Nosir Xisrav (1004-1088), dunyodagi 
    eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlar ekanligi, bunday insonlar sirasiga jamiyat 
    uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlar ekanligini o’z 
    asarlarida juda ajoyib misralar bilan bitgan:
    Kasbdan shod-u xurram yo’q jahonda, 
    Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda. 
    Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay, 
    Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay. 
    Arzir uning bo’lsa boshi osmonda, 
    Usiz yashay olmas shoh ham jahonda. 
    Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb-hunar tarbiyasi 
    borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan, o’z hayoti 
    mobaynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak, buning uchun esa mehnatga oshna 
    bo’lmog’i darkor, shundagina mehnat hayot chirog’iga yog’ quyib turadi. Mutafakkir Unsurul 
    Maoliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning 
    ham zarurligini ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunari 


    39 
    bo’lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur. Kasb-hunar o’rganishni bilim olish 
    bilan qo’shib olib borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada deb qaraydi. 
    Dehqonchilik ilmini egallash, mazkur ishda erni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli bo’lishni 
    ta’kidlaydi. Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni, mehnatkash insonga hurmat tuyg’usini 
    tarbiyalaydi, jismoniy mehnat bilan ham aqliy mehnat kabi shug’ullanish lozimligini bayon 
    etadi. Muslihiddin Sa’diy ham bilim olishning afzalliklarini yoritib berish bilan birga ma’lum 
    hunar sirlarini egallashning inson hayotidagi ahamiyatini ko’rsatib berishga urinadi. Allomaning 
    qayd etishicha, muayyan hunarning egasi bo’lgan inson eng mashaqqatli damlarda ham 
    o’zgalarning yordami va madadiga muhtoj bo’lmaydi, balki o’z hunarining sharofati bilan 
    muammolarni hal eta oladi.
    Mutafakkir ta’kidlab o’tganidek, “Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Agar hunarmand 
    molidan mahrum bo’lsa, qayg’usi yo’qdir, chunki hunarning o’zi davlatdir. Hunarmand qayerga 
    borsa, qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, 
    tilanchilik qiladi”: 
    Istar esang otangdan meros, 
    Bog’la otang ilmiga ixlos . 
    Ne nafi bor otang boyligin, 
    Bir kun tugatursan necha oyligin. 
    Mehnat, kasb-hunar haqida mutafakkir Mirzo Ulug’bekning ham o’ziga xos qarashlari 
    bor. U bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni 
    hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” 
    ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish 
    maqsadida biz kecha-yu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha, biz 
    o’zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab 
    tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik” 
    Mirzo Ulug’bek kabi davlat arbobi bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy 
    faoliyatida ham mehnat tarbiyasi haqida qarashlari beqiyos. Bobur mehnat haqida o’z farzandlari 
    va yaqin birodarlariga ko’p marotaba gapirgan. U o’zining dunyoga mashhur “Boburnoma” 
    asarida chin ma’noda mehnatni va mehnat qilgan jamoani qadrlash muhimligi to’g’risida yozadi. 
    Mutafakkir alloma Abdurahmon Jomiy esa hunarni e’zozlagan rahbarning o’z xalqi hurmat-
    e’tiboriga sazovor bo’lishi hamda rahbar qachonki, elning ehtiromiga muyassar bo’lar ekan, ana 
    shundagina mamlakat gullab- yashnashi mumkinligini ta’kidlaydi. U hunar sirlarini o’zlashtirish 
    foydadan holi bo’lmasligini uqtiradi. Ayni o’rinda insonning qadr-qiymati uning mol-u mulki 
    bilan emas, aksincha, u tomonidan egallangan hunarning kishilar maishiy hayotini farovonligini 
    ta’minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishiga urg’u berib o’tadi.
    Odamning qiymati emas sim-u zar,
    Odamning qiymati bilim ham hunar. 
    Nazar sol, dunyoda hunar tufayli, 
    Xojasidan qadri ortiq ko’p qullar. 
    Qanchalab xojalar hunarsiz uchun, 
    Qullari oldida beo’q, besipar. 
    Mutafakkir bilim hamda hunarsiz kishini o’tindan boshqa narsaga yaramaydigan mevasiz 
    daraxtga o’xshatadi. U har bir yoshni ilm-u hunar sirlarini o’rganishga, bu yo’lda sabrli, 
    matonatli bo’lishga undaydi. Insonga baxtli turmush baxsh etuvchi vosita - mehnat, har bir inson 
    o’z halol mehnati bilan yashamog’i lozimligini ta’kidlaydi. 
    Mehnating bo’lsin doim yo’ldoshing 
    O’zga minnatidan og’ritma boshing. 
    Ulug’ alloma, o’zbek she’riyatining sultoni, mir Alisher Navoiy asarlarida mehnatning 
    ulug’vorligi, egallangan kasb-hunarni avaylab- asrab faoliyat yuritish kerakligini guvohi 
    bo’lamiz:
    Hunarni asrabon netkumdir oxir, 
    Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.


    40 
    Mutafakkirlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariydir. U ixlos bilan qilingan mehnatning 
    zoye emasligi, kishilarni birlashib mehnat qilishga chorlaydi. Qoshg’ariy har bir ishda boshqalar 
    maslahati, kengash bilan ish yuritish, olim va tajribali insonlar fikriga tayanish yaxshi fazilat 
    ekanligini ta’kidlaydi.
    Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma ijodiyot avloddan avlodga 
    o’tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan 
    yoshlarni qurollantirish lozim. Zero, inson halol mehnati bilan ulug’ savoblar vaqtida qilingan 
    darajalarga erishish mumkin.
    Atoqli shoir Nizomiy Ganjaviyning: “O’qib-o’rganilgan har bitta hunar hunarmandga bir 
    kun foyda keltirar”, - deb yozgani o’ziga xos ilmiy asosga ega. Biror kasb-hunari bor kishi,
    albatta, hayotda o’z o’rnini topadi. “Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, 
    dunyoda hech bir xavf-xatari bo’lmaydi. Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i 
    kerak”, degan hikmatli so’zni Ganjaviy o’z o’rnida juda to’g’ri ifodalagan. 
    XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab o’tgan taniqli olim va ma’rifatparvar Aliy 
    Nazimoning Markaziy Osiyoda katta shuhrat qozongan va maktab-madrasalarda darslik sifatida 
    o’qitilgan “Ta’limi banot” (“Qizlar tarbiyasi”) kitobida: “Yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berishda 
    ular uchun nihoyatda kerakli, o’rganmaslikning aslo iloji bo’lmagan fandir” degan jumlalarni 
    o’qiymiz. Zero, mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, yaxshi mehnat 
    qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Birinchisi, moddiy ehtiyoj, ikkinchisi, 
    ma’naviy ehtiyoji, uchinchisi esa mehnat ehtiyojini qondirishdir. 
    Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma`naviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi. 
    O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, nafaqat mehnatni sevishga, balki u bilan shunday 
    uyg’unlashishiga ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib ketsin. Ularni kasb-hunarga 
    yo’naltirish orqali biror kasb egasi bo’lishida, mehnatsiz biror – bir narsaga erisha olmasliklarini 
    o’quvchilar tushunib yetsinlar. Andre Maruo aytganidek: “Agar inson biror kasbni mukammal 
    egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi”. Shu o’rinda Naqshbandiya 
    ta’limotining ahamiyatli tomonlariga ham e’tibor qaratish lozim. Naqshbandiya halol mehnat 
    qilish orqali kun kechirish g’oyasini targ’ib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari 
    surilgan “Dil ba yoru, dast ba kor” (Dil Allohda, qo’l ish (mehnat)da) shiori fikrimizning yorqin 
    isbotidir. Shuning uchun ham Naqshbandiya ta’limotiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga 
    hayot kechirar edilar. Tun-u kun toat-ibodat bilan shug’ullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark 
    etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. 
    Ushbu talab hadislar mazmunida olg’a surilgan g’oyalarga to’la mos tushadi. Bahouddin 
    Naqshbandning o’zi ham oddiy, pok inson bo’lib, mehnat qilish evaziga kun kechirgan. 
    Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o’tmish merosimiz Sharq allomalarining 
    bebaho asarlaridan to’g’ri foydalana olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni 
    yuksaltiradi, balki komil inson shaxsini shakllantirishda ham muhim hissa qo’shadi. Chunki 
    inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan 
    yaxshilik, adolat, do’stlik, tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona, 
    keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy fazilatlar 
    keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib qolgan. Mutafakkirlar 
    ta’limotining sarchashmalarini XIX asrning ikkichi yarmi va XX asr boshlarida Turkiston 
    o’lkasida ta’lim-tarbiyaning rivojlantirishga asos solgan bir qator pedagog-olimlar faoliyatida
    ko’rish mumkin. Masalan, Abduqodir Shakuriy Samarqand maktablariga birinchi bo’lib mehnat 
    va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xo’jalik va bog’dorchilik ishlari bilan 
    tanishtirishdan tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham o’rgatgan, 
    bu mashg’ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan. 
    Abdulla Avloniy o’tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunar egallashga 
    chaqiradi. Adib boylik ketidan o’quvchilarni, ularning odamgarchilikka to’g’ri kelmaydigan 
    ishlar bilan shug’ullanayotganini ko’rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni boylikka ruju 
    qo’ymaslikka undaydi. Boylikni o’tkinchi bulutga o’xshatadi. Abdulla Avloniy mehnatsiz kun 
    kechirishni barcha yomon sifatlarning ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, mehnatni 


    41 
    ulug’laydi, mehnat kishining eng go’zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan uning «Aqlli bog’bon» 
    hikoyasi xarakterlidir. Hikoyada aytilishicha: «bir bog’bonning uch o’g’li bo’lib, ular dangasa va 
    ishyoqmas bo’lganlar. Otada ularga meros qoladigan tangatillo yo’q. Ota umri tugayotganini 
    sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O’ylab-o’ylab shunday yo’l tutadi. Har uchchala 
    o’g’lini yoniga chorlaydi. «Ko’zim ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay, mehnat-u 
    mashaqqat ila bir ko’za oltin yiqqanman. Uni mana shu bog’ga, toklarning birini tagiga 
    ko’mganman. U-sizlarniki. Biroq bu ishga ko’p yil bo’ldi. Harchand urinsam ham ko’milgan 
    joyni xotirlay olmadim. Uni o’zlaringiz izlab topinglar va o’zaro bo’lishib olinglar», deydi. Bir 
    ko’za tilla daragini eshitib uch ishyoqmas uni izlashga tushib ketadi. Bog’ning hamma yerini 
    kovlab chiqishadi. Sirli ko’za chiqmaydi. Yana erinmay kovlashga tushadilar. Kutilgan natija esa 
    hamon yo’q. Shu taxlit bog’ ichi bir necha qayta ag’dar-to’ntar qilinadi. Yerlar qazilaverib, 
    tuprog’i upaga aylanib ketadi hamki, oltinli ko’za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning 
    eng chuqur ildizlarigacha ochib ko’riladi. Bog’da o’sha yili chunonam hosil bo’ladiki, undan bir 
    necha ko’zani to’ldirgulik oltin oladilar. Uch dangasa o’g’illar ota gaplarining asl ma’nosini, 
    oltin — mehnatda ekanligini tushunib yetadilar.
    Adib o’sha hikoyasi bilan mehnatni ulug’laydi, o’quvchi qalbida mehnatga muhabbat 
    uyg’otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat orqaligina yetishishini uqtiradi. 
    Mehnat tarbiyasi masalasi ma’rifatparvarlar ijodida hamisha faxrli o’rin tutgan. Ular 
    yoshlarni jamiyat manfaati uchun ishlashga chaqirish bilan birga, ustozlar va ota-onalarning 
    mehnat tarbiyasi sohasidagi vazifalari nimalardan iborat ekanligini ham ko’rsatganlar. 
    Xalqimizda ajoyib odat bor: kishilarning bir-biri bilan tanishuvi, hol-ahvol so’rashuvidan, 
    muomala maromidan boshlanib, kasb-hunar, kasb-korini aniqlash istagi bilan tugaydi. Shu 
    boisdan har bir fuqaro bir kun kelib o’z-o'ziga: ”Dunyoda qay ahvolda yashadim, qanday 
    g’aroyib ishlarni amalga oshirdim, o’z taqdirimdan xursandmanmi, oldimda turgan vazifalarni 
    amalga oshira oldimmi, ko’zlagan maqsadimga erisha oldimmi?” kabi savollarni berishi tabiiy 
    hol. Shuning ushun ham har bir inson mutaffakir Jaloliddin Rumiyning ”Sen hamma narsani 
    unutishing mumkin, yolg’iz bir narsani – nechun dunyoga kelgansan, shuni unutmasang bas. 
    O’zingni arzon arzon sotmagaysan, illo bahoying baland”. Ushbu jumlalarda tafakkur 
    qiluvchilar, bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchilar uchun yetarli ma’lumot bo'lishi kerak, deb 
    o’ylash mumkin.
    Shu o’rinda Nosir Xisravning quyidagi fikrlari ilm o’rganuvchilar uchun ibratlidir. 
    Ilm qidirishga urdim boshimni,
    Bekorga o’tkazmadim umrimni bir dam,
    Qaydaki eshitsam ilm-u donishni,
    Eshigin oldida o’ltirdim mahkam.
    Hunaringdan bir kun etarsan baxtga,
    Hunarsiz kim etar toj ila taxtga.
    Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunar bilan tarbiyalashda ulug’ 
    mutafakkirlarimizning asarlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
    Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z 
    qorachig’iday saqlash kerak.
    Kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari 
    Milliy qadriyatlarimizdan mia’lumki, o’yinlar, jumladan, kasb-hunarga yo’naltirishga oid 
    o’yinlar bolalar tomonidan azaldan o’ynalib kelingan. O’yin – bolalarda unga nisbatan mas’ullik 
    tuyg’usini, o’yin qoidalariga qat’iy rioya qilish burchini shakllantirib borish bilan bir qatorda 
    mehnatga bo’lgan hissiyotini o’stiradi. Bolalar o’yin sujetiga muvofiq kerakli narsalarni o’z 
    qo’llari bilan tayyorlaydilar, materiallar to’playdilar. Bu jihatlar harakatni predmet 
    boshqaradigan o’yin turlarda namoyon bo’ladi. Bolalar o’yinlarni o’ynash uchun tuproq, loy, 
    ro’molcha, lanka, chillak, turli qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar, parraklar, varraklar, soqollar, 
    g’altakcha va boshqa narsalarni o’z qo’llari bilan tayyorlaydilar, tikadilar, yasaydilar. O’yinga 
    mos toshchalar, tanga, hanguz, oshiq, koptok, yong’oqlarni to’playdilar. Bular bolalarda 
    ijodkorlik malakasini shakllantirishda xizmat qiladi va o’z navbatida o’yinni tashkil etuvchi 


    42 
    topqirlikka o’rgatadi. Masalan, qizlar qo’g’irchoq yasamoqchi bo’lishsa, bir tugma, ozgina ip va 
    mato, ikkita cho’pchak topishsa bo’ldi, ular uni tayyorlaverishadi.
    Bolalar kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib, ular obrazini yaratishga harakat 
    qiladilar. Masalan, “Bo’yoq sotuvchi” o’yinida sotuvchining do’konda o’tirib savdo qilish 
    harakatini, pul va xaridor bilan muomalasini, savdo-sotiqni tashkil qilish, molni maqtash, narxni 
    oshirishga intilish kabi shu kasbgagina aloqador nozik holatlarni o’ynab turib aks ettirshga 
    intiladilar. Shu orqali bolalarda sotuvchilik kasbiga oid ko’nikma va malaka hosil bo’la boradi. 
    “Kadi pishdi” o’yini dehqon bilan xaridor dialogi asosida tashkil etiladi. Unda dehqon 
    obrazini haqiqiy dehqonlardek tutishga harakat qiladi. Buning uchun u taqliddan dehqon kabi yer 
    hadayotgandek, hosil ekayotgandek, hosil parvarish qilayotgandek va nihoyat hosilni avaylab 
    yig’ishtirib olayotgandek harakatlarni bajarib ko’rsatadi.
    Kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib ko’rsatishga molik yana juda ko’p 
    o’yinlarni bolalar katta qiqish bilan o’ynaydilar. “Bog’bon va gullar”, “Cho’pon va shog’ol”, 
    “Milissioner”, “Samolyotlar”, “Ot ustida sakrash” va boshqa o’yinlar kasb-hunar egalari 
    faoliyatini taqlid qilib ko’rsatishga molik o’yin turlariga misol bo’ladi. 
    Maktablarda sahna ko’rinishidagi turli-tuman tadbirlar, jismoniy mehnat, bayram 
    tadbirlari, kasbga bag’ishlangan kechalar muntazam o’tkazib kelinadi. Shu tariqa o’quvchilar 
    zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblari, xo’jalik turlari, kasbning rivojlanishi, kasblarni 
    o’zlashtirishning shakllari va shartlari, mehnat faoliyati jarayonida kasbiy malaka usullari bilan 
    tanishib, o’rganib boradilar. 

    Download 6,04 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




    Download 6,04 Mb.
    Pdf ko'rish