Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana04.12.2023
Hajmi6,04 Mb.
#111019
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

 
Bilimlarni yetkazish shakliga ko’ra: 
• Og’zaki bayon qilish metodlari 
• Ko’rgazmali metodlar 
• Amaliy metodlar 
Og’zaki metod: Ta’lim metodlari tizimida muhim o’rin tutadigan metod bo’lib, o’zi 
ham quyidagi turlarga bo’linadi: 
• hikoya 
• suhbat 
• tushuntirish 
• ma’ruza 
Ko’rgazmali metod: samarali metodlardan biri hisoblanib, zamonaviy ta’limning 
asosini tashkil etadi. 
Ko’rgazmali metod 5 turga bo’linadi: 
• Namoyish 
• Tasvirlash 
• Sayohat 
• Kino 
• Grafik ishlar 
Amaliy ishlar metodi: Nazariy bilimlarimizni amalda tatbiq etish uchun eng zarur metod 
hisoblanadi. 
• Mashq 
• Laboratoriya 
• Amaliy ishlar 
Og`zaki bayon qilish metodi ikki formada mavjud bo’lishi mumkin: 
1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o’qituvchi gapiradi, o’quvchilar esa uning nutqini 
idrok etib, anglab oladilar. Qo’l mehnati darslarida tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj 
ko’rinishida bo’ladi. 2. Dialogik bayon bo’lib bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro 
suhbatidir. 
Hikoya qilish – bu programma materialini jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu holda yangi 
bilimni o’qituvchining o’zi beradi. Ba’zan suhbat davomida o’quvchilar tushuntirilayotgan 
narsalarni qanchalik o’zlashtirayotganliklarini aniqlash maqsadida ularga savollar bilan murojaat 


30 
etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agarda bajarilgan ishlar, natural namunalar, rasmlar, 
fotosuratlar va shu kabilarni ko’rsatib qilinsa, anchagina tushunarliroq bo’ladi. Bu o’rinda 
tushuntirayotganingda – ko’rsat, ko’rsat va tushuntir degan qoida bajariladi. Yangi materialni 
bayon qilishda o’quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim.
O`qituvchi hikoyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
U mazmuniga ko’ra – programmada nazarda tutilgan barcha o’quv materialini aniq va 
to’liq qamrab olishi kerak; 
Bayon etilish shakliga ko’ra – aniq, tushunarli, mantiqiy, iboralari sodda bo’lishi zarur; 
Material qiziqarli va o’quvchilarning fikrini aktivlashtiradigan, diqqatini yangilikning 
asosiy elementlariga jalb qiladigan bo’lishi lozim; 
Hikoyada o’qituvchi o’quvchilarbop fakt va tushunchalarga asoslanishi lozim. Nutq sodda 
va aniq bo’lmasa o’quvchilarning hikoyaga, keyinchalik predmetga bo’lgan qiziqishi so’nishi 
mumkin. O`qituvchi hikoyasida o’quvchilarning nutqini yangi so’zlar bilan boyituvchi atamalar 
bo’lishi, ularning ma’nosini shu vaqtning o’zida tushuntirmog`i shart; 
Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi 
har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, asosiy tushunchalarga alohida urg’u berib, 
hikoyani qisqa va o’quvchilarda his-hayajon, mavzuga qiziqishini uyg’otib borishi lozim, 
o’qituvchida albatta aktyorlik qobiliyati bo’lishi, hikoyani obrazga kirib, o’quvchilar e’tiborini 
jalb qila olish malakasi mukammal bo’lishi kerak. 
Instruktaj – texnologiya fanining samarali metodlaridan biridir. Instruktajning maqsadi 
o’quvchilarning amaliy faoliyatlarini uyushtirish va yo’naltirish orqali ularning amaliy bilim, 
ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini hamda ularda mehnatga ongli ijodiy yondashishni 
tarbiyalashni ta’minlashdir. Instruktaj olgan o’quvchiga ishning maqsadi va usullari ravshan 
bo’lishi kerak. Instruktajning vazifasi o’quvchilarga texnologik jarayonni ongli va to’g`ri 
rejalashtirishni o’rgatishdan iboratdir. 
Instruktaj olgan o’quvchilar: ishni ratsional usullarda va to’g`ri izchillikda bajara bilishlari, 
mehnatni tashkil etishning belgilangan formalari va xavfsizlik texnikasi qoidalarini amalga 
oshirishlari, yo’l qo’yilgan xatolarni ish jarayonida tuzatishlari va ularning paydo bo’lish 
sabablarini bartaraf eta bilishlari kerak. 
Og`zaki instruktaj suhbat yoki hikoya qilish metodi orqali berilishi mumkin. Suhbat va 
hikoya qilish jarayonida ham predmetlar yoki ish usullari namoyish etilishi mumkin. Grafik 
ishlar texnik mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning chizmasini 
chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. Shuning uchun texnik texnologiya 
darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma 
asosida chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish lozim. 
Chizmani tayyorlashga kirishishdan oldin masshtabning qanday belgilanishini chizg’ichlar 
yordamida amalga oshirish zarur. Chizmalar daftarda emas, balki chizmachilikka mo’ljallangan 
albomda bajariladi. Chizmaning butun texnik texnologiya fani darslarida bitta albomda 
bajarilgani qulay, maqsadga muvofiqdir. O`quvchilarning chizmalarini muntazam tekshirish va 
baholab borish kerak. Chizmalarni qoralama qog`ozlarga chizish tavsiya etilmaydi. Chizmani 
bevosita albomga toza qilib chizishga odatlantirish kerak. O`qituvchi o’quvchilardan chizma va 
yozuvlarni aniq, ravshan va tartibli bajarishlarini talab qilishi lozim. Chizmani aniq bajarmay 
turib, o’quvchilarga chizmani materialga to’g`ri ko’chirishga, chizmani o’qishga o’rgatib 
bo’lmaydi; qo’l mehnati darslarining asosiy vazifasi esa ana shundan iboratdir. 
O`qituvchi ish sifatini o’quvchilarning albomlarni qanday tutganligi bilan baholashi 
mumkin. 
Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishda yordam 
beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’limiy-
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham 
amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. 


31 
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin. Laboratoriya 
ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni 
mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. 
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi mumkin. Ushbu 
jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. 
Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol va turli texnikaviy qoliplardan 
foydalangan holda tajribalar o’tkazish metodli hisoblanadi. Amaliy ishlarning laboratoriyalardan 
farqi shundaki, nazariy bilimlar majmuyini amalda qo’llash faoliyatini tashkil etadi, olingan 
bilimlar chuqurlashtiriladi, nazorat qilinadi, kamchiliklar tuzatiladi. 
Amaliy mashg’ulot quyidagi 5 bosqich asosida tashkil etadi. 
1. O’qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash; 
2. Ko’rsatma va yo’l-yo’riq berish; 
3. Tajribani tashkil etish: (bunda 2-3 nafar o’quvchi amalda bajaradi, qolganlari bu 
faoliyatni kuzatib boradi); 
4. Faoliyatni tashkil etish: (topshiriq mustaqil bajariladi, qiynalgan o’quvchilarga e’tibor 
qaratiladi); 
5. Nazorat (o’qituvchi tomonidan ishning sifati kuzatilib, baholanadi). 
Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan 
maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini 
qo’llab hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, 
topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar. 
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, o’quvchilar qo’l 
mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar o’rtasida uzviy aloqa bo’lishi 
kerakligini his etsinlar. O`quvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda 
bo’lmasligi kerak. 
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z 
kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar. 
Mustaqil ishlarning keng qo’llanilishi o’quvchilarda ishga ijodiy yondashishni, ulardagi 
bilishga, qiziqishlarni, olingan bilimlarni amalda qo’llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi. 

Download 6,04 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish