Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Turli xil materiallar turlarini ayting.
2. Yog’ochning qanday turlarini bilasiz?
3.Turli xil materiallar bilan ishlashda qanday texnika xavfsizligi qoidalari mavjud?
48
Texnologiya ta’limida darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil etish.
Reja:
1. Maktab sharoitida to‘garaklar tashkil qilish
2. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo‘yilgan pedagogik talablar.
3. Maktabdan tashqari to‘garaklarga jalb qilish
4. Fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Sinfdan tashqari ishlar mazmuni, to‘garaklar turlari,
tarbiyaviy ishlar vazifalari, tashkilotchilik faoliyati, og‘zaki ish usullari, amaliy ish usullari,
ko‘rgazmali ish usullari, tarbiyavish ishlarga qo‘yiladigan metodik talablar, tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirishning asosiy omillari, fan olimpiadalari.
Maktab sharoitida to‘garaklar tashkil qilish. Maktabning o‘quvchilar bilan olib boradigan
o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini
olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’limtarbiya jarayonining tarkibiy qismi o‘quvchilarning
bo’shvaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har
tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega.
Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi.
O‘quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni
tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va sinfdan tashqari
muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning
barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs
kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni
ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim: -
pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga
xos an’ana vositalariga tayanish; - ulg‘atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb
tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy
huquqini e’tiborda tutish zarur.
Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha xilda bo‘lishi mumkin:
a) fan to‘garaklari;
b) mohir qo‘llar to‘garaklari;
v) duradgorlik to‘garaklari;
g) sport to‘garagi;
d) badiiy havaskorlik to‘garagi.
O‘rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi
uyushtiradi. Sinf rahbari to‘garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari
bir xil bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka a‘zo bo‘lishga chorlaydi. Sinfdan tashqari
tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularni dunyo
qarashini to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni
amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan tashqari
ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: - darsdan tashqari tarbiyaviy
ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; - o‘quvchilarning sinfdan tashqari ko‘p
qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish;
- sinfdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf
rahbarlari, ota-onalar, o‘quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish; -
umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; 229 -
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda
jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy
tomonini ko‘rish mumkin: Tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy. Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy
bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir
qator ishlarni kiritish mumkin: - tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni
49
tahlil qilish; - tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; - tarbiyaviy, ommaviy-
siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash; - sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. Maktabda
tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan,
ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari
ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko‘p darajada o‘quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda
o‘quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo‘lga qo‘yishga bog‘liqdir. Sinfdan tashqari
faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o‘quvchilarni ihtiyoriy
ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi,
ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy
faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu
faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o‘tkaziladigan
kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat
mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechlari
va ertaliklari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi
2 . O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyat va
munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan 230 tashqari ishlarda olingan axborot idrok
etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O‘quvchilar sinfdan tashqari
ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch
keladilar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil
bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma‘naviy o‘sishi
samarali bo‘ladi. Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoada ishlashni
o‘rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar,
jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Sinfdan
tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma‘naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh
xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta‘lim olayotgan maktabning sharoiti ham
ta‘sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo‘lsada, o‘sha
maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda
yaqqol ko‘rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan
tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Og‘zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig‘inlar, ma‘ruzalar,
kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og‘zaki gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari. Turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada,
iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to‘garaklari, shanbaliklar.
3. Ko‘rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi,
yangi kitoblar ko‘rgazmalari. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni,
tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon
Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga
erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi, xalq xo‘jaligining
turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi
bilan borliq jarayonini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda, fan va
madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga
tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini
yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi farmonida ko‘rsatilganidek,
jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish,
yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat,
Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
2. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo‘yilgan pedagogik talablar Tarbiya
jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma’naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod,
intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistoning, istiqlol va
50
istiqboli uchun fidoiylik ko‘rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter
kasb etmoqda: - fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; - vatanini
har doim turli oqimlardan himoya etuvchi; - diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish; -
davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo‘lish; - o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; -
yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; - maqsadni aniqligi va uni to‘g‘ri
yo‘naltirish madaniyati; - tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati; - o‘zini
anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik. Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun
yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari
dasturi”dagi g‘oyalarni bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ravishda singdiradi. -
Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni
tarbiyalash. Yurt 232 tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
Mehrlimuruvvatli va bag‘ri kenglik. Ayniqsa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning
ta’limiytarbiyaviy faoliyatlari o‘ziga xos xususiyatga ega: o‘quvchilarda hayotiy tajribalarning
kamligi, o‘quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, “yaxshi”, “yomon” harakatlarga chuqur
munosabat bildira olmasligi kabilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars va darsdan tashqari
tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga egadir:
1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o‘rganish.
2. O‘quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini
qanday his etishi.
3. Kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati.
4. O‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.
5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning
ijodiyotidan namuna bilishlari.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:
1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
3. Ma’naviy tarbiya (axloq va odob).
4. Iqtisodiy tarbiya.
5. Ekologik tarbiya.
6. Go‘zallik tarbiyasi.
7. Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).
8. Ota-onalar bilan ishlash. Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular
quyidagi talablarga tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy
tushuncha va tamoiyllari” dasturi. O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot ijtimoiy harakati” dasturi
mos qilib olindi. O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini
oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va
maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to‘ldiradi.
Ularning dunyoqarashi, to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy
bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan
tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
2. O‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni o‘quvchilar
tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda
o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘satish.
4. Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda
qatnashish.
5. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari
hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy
51
tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma‘muriy. Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy
bog‘langan holda namoyon bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritishmumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va
usullarini aniqlash.
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning
mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. O‘quvchilarning
sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi
hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu
asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli
kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun
ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, ularning
munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma‘naviy o‘sishi samarali bo‘ladi.
Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoadagi ishlarni o‘rganadilar. Ijtimoiy
mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar. Jamoatchilik fikriga
bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun
qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlar metodikasi kursi bir-biriga bog‘liq va uning davomiyligidir. Sinfdan va
maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh xususiyatlariga, maktabning joylashgan
shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, ilmiy markazlar bilan o‘zaro aloqasi kabi ishlarni
inobatga oladi. Direktor o‘rinbosarining faoliyati, o‘z ifodasini topgan xujjatlar ro‘yxati, xalq
ta‘limi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.
Maktabdan tashqari to‘garaklarga jalb qilish. Sinfdan tashqari ishlar kontseptsiyasi xalq
vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan.Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan
holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi ta’siri ostidagi
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va
uyda yakka tartibdagi reja asosida o‘tkaziladigan mustaqil mashg‘ulotlar yetakchi shaklga
aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta‘limning moddiy bazasi: qo‘shimcha va
ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik
materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko‘zda tutiladi. Ular o‘z ichiga
quyidagilarni oladi: - darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini
olgan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi; - tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni
bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan
mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha xilda bo‘lishi mumkin:
To‘garak turlari:
1. Fan to‘garaklari.
2. Mohir qo‘llar.
3. Duradgorlik.
4. Sport musobaqalari.
5. Badiiy havaskorlik. Ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar
davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Tarbiyaning
bosh maqsadi yosh avlodni ma‘naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy
an’analarga, urfodatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda
ishlab chiqishdir. Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy
sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning birbiriga bo’lgan muomala
madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘stlari orasida
o‘rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilish mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala-
madaniyatni shakllantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini
52
e‘tiborini o‘rganishi kerak. O‘quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o‘qituvchi
talabiga ham javob berishi lozim. O‘qituvchi talablariga:
1. Darslarga to‘liq qatnashish.
2. O‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi.
3. O‘qituvchini diqqat bilan eshitish.
4. Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.
5. Tashkiliy ishlarga faol qatnashish.
6. Sinf intizomiga rioya qilish.
7. Tozalikka rioya qilish. To‘garaklarni tashkil tish va o‘tkazishda tarbiyachi eng muhim
vazifa o‘quvchilarni o‘quv vazifalarini hal etishga o‘rgatishdan, buning uchun harakat usullarini
to‘g‘ri tanlashdan, o‘z hattiharakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish
ko‘nikmalarini boshqa muhim xayotiy vaziyatlarga o‘tkazishdan kelib chiqishdan lozim
ekanligini nazarda tutish lozim. Maktabdan tashqari to‘garak ishlarida o‘quvchilarni ayrim
ko‘nikmalarga o‘rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. O‘zo‘zini tekshirish, o‘zaro
tekshirish usullariga o‘rgatish o‘qituvchining o‘quvchilar bilan shunday aloqasini talab etadiki,
bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘rta umumta’lim
maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi
uyushtiradi. Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar xayotidagi
tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga va axloqiy kamol
topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarishbilan bog‘lanishaga zamin
yaratadi.
Fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish. Akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiada bosqichlarini
o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazining 2009 yil 1 maydagi 18 Q/Q, 20, 13 Q/Q-sonli qo‘shma qarorlar bilan tasdiqlangan
hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2009 yil 2 iyun 1962-son bilan davlat
ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari
o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro
fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risida Nizom” asosida ishlab chiqilgan. Fan
olimpiadalari to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: Fan olimpiadalarini o‘tkazish kuni, olimpiada turlarini
o‘tkazish ketma ketligi tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi va tasdiqlangan maxsus jadval
asosida tashkil etiladi. O‘quvchilar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarga
ajratiladigan vaqt va ularga qo‘yiladigan ballar fanlar bo‘yicha tayyorlangan baholash mezonlari
asosida amalga oshiriladi. Olimpiada o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha baholash mezonlari
Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va qo‘shma buyruq bilan tasdiqlanadi.
Barcha fanlar bo‘yicha g‘oliblar baholash mezonlari asosida aniqlanadi.
G‘oliblikka da‘vogar o‘quvchilarning umumiy to‘plagan ballar yig‘indisi teng bo‘lib
qolganda, ularga qo‘shimcha 5 tadan test topshiriqlari beriladi. Mazkur 5 tatest savollariga
berilgan javoblar ballari teng bo‘lsa, g‘olib aniqlangunga qadar test-sinovi davom ettiriladi. Ota-
onalar vakillari qur‘a tashlash yo‘li bilan auditoriyaga taqsimlanadi. Ishtirokchi o‘quvchi va
uning ota-onasini bir auditoriyada bo‘lishi taqiqlanadi. Olimpiada sinoviga belgilangan vaqtdan
kechikib kelgan ishtirokchi o‘quvchilar auditoriyaga kiritilmaydi. Fan olimpiadasi jarayonida
belgilangan tartib va qoidalarga amal qilmagan o‘quvchi auditoriya rahbari va nazoratchilar
dalolatnomasi asosida olimpiadadan chetlashtiriladi. Bu haqida tegishli dalolatnoma tuzilib, uni
auditoriya rahbari va nazoratchilar imzolaydilar. Ushbu dalolatnomalar hakamlar hay‘ati raisiga
topshiriladi. Eslatma: o‘quvchilar olimpiada boshlanishi oldidan zaruriy hojat ishlarini
bajarishlari haqida ogohlantiriladi. Yozma ish va test paytida o‘quvchilarning auditoriyadan
chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqan o‘quvchi qayta test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Yozma ishlar va test sinovi davomida o‘quvchilarning bir-birlari bilan gaplashishi,
javoblarni bir-biriga ko‘rsatishi, kitoblardan, kalkulyatorlardan, uyali telefon aloqa vositalaridan
foydalanishi va boshqalarga ko‘maklashishi taqiqlanadi. a) Fan olimpiadalarining birinchi
53
bosqichini o‘tkazish tartibi Fan olimpiadasining birinchi bosqichini o‘tkazish mas‘uliyati
akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari direktorlari zimmasiga
yuklanadi. Mazkur bosqichda matematika, informatika, tarix, huquqshunoslik, iqtisodiy bilim
asoslari, geografiya va chizmachilik fanidan olimpiada ikki turda (test sinovi, amaliy ish), ona
tili va adabiyot, o‘zbek tili (ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan guruhlarda), rus tili va
adabiyoti (o‘zbek va boshqa tillarda o‘qitiladigan guruhlarda), rus tili va adabiyoti (rus
guruhlarida), ingliz, nemis, franstuz, qozoq va tojik tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari
uch turda (test sinovi, og‘zaki va yozma), fizika, biologiya, kimyo fanlaridan uch turda (yozma
ish, laboratoriya ishi, test sinovlari) o‘tkaziladi. Fan olimpiadasining birinchi bosqichida
yoshidan qat’iy nazar qatnashish istagini bildirgan akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining I-
III bosqich o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadaning birinchi bosqichida
o‘quvchilarga bir yoki ikki fandan o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari uchun sharoit yaratiladi.
Olimpiadaning qolgan bosqichlarida har bir o‘quvchi o‘zi istagan va eng yaxshi natijalarga
erishgan faqat bitta fan bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ko‘mita
tuziladi. Tashkiliy qo‘mitaga akademik litsey, kasb-hunar kolleji, direktorlari raislik qiladi.
Qo‘mita a’zolari 5-7 kishidan iborat bo‘ladi. Hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirishda qo‘shni
akademik litsey, kasbhunar kolleji umumta‘lim maktabi bilan o‘zaro mutaxassis almashish
tajribasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunda hakamlar hay‘ati a‘zolari soni 3-5 nafarni
tashkil etishi kerak. Akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘tkaziladigan olimpiada jadvali
tasdiqlanib, ko‘rinarli joyga olimpiada o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin osib o‘yiladi. Jadval
nusxasi nazorat uchun o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi boshqarmasiga topshiriladi. O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining I-III kurs o‘quvchilari uchun test sinovi, yozma ish
va amaliy topshiriqlar mos ravishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi bilan
hamkorlikda ishlab chiqiladi. Ushbu ateriallar tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanib,
maxfiyligi ta’minlanadi va joylarga fan olimpiadalarini o‘tkazish kuni etkaziladi. Fan
olimpiadalarining birinchi bosqich natijalari ta’lim muassasasining pedagogika kengashlarida
muhokama etiladi, g‘oliblarning olimpiadaning II tuman (shahar) bosqichida qatnashishi
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va 1-2-3-o‘rinni egallagan g‘oliblarning II-bosqichda ishtirok
etishi haqidagi buyurtmalari olimpiadaning ikkinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.
Birinchi bosqich g‘olib o‘quvchilari akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari
ma’muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi. b) Fan olimpiadalarining ikkinchi bosqichiini
o‘tkazish tartibi Fan olimpiadasinining ikkinchi bosqichini o‘tkazish mas’uliyati O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari rahbarlarining
zimmasiga yuklanadi. Mazkur bosqichda olimpiada matematika, informatika, tarix,
huquqshunoslik, iqtisodiy bilim asoslari, geografiya va chizmachilik fanidan ikki turda (test
sinovi, amaliy ish), ona tili va adabiyot, o‘zbek tili (ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan
guruhlarda), rus tili va adabiyoti (o‘zbek va boshqa tillarda o‘qitiladigan guruhlarda), rus tili va
adabiyoti (rus guruhlarida), ingliz, nemis, franstuz, qozoq va tojik tillari hamda qoraqalpoq tili va
adabiyoti fanlaridan uch turda (test sinovi, og‘zaki va yozma ish), fizika, biologiya, kimyo
fanlaridan uch turda (test sinovi, yozma ish, laboratoriya ishi) o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining II-III kurs va o‘quvchilari ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich uchun test sinovi, yozma ish va amaliy topshiriqlar o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi metodika kabinetlari,
viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari bilan hamkorlikda ishlab
chiqiladi. Ushbu materiallar tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
tomonidan tasdiqlanib, maxfiyligi ta’minlanadi va joylarga fan olimpiadalarini o‘tkazish kuni
etkaziladi.
Fan olimpiadalarining ikkinchi bosqich natijalari tuman tashkiliy ko‘mitasida muhokama
etiladi, g‘oliblarning III viloyat olimpiadasida qatnashishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va
olimpiada o‘tkaziladigan fanlardan I-II-III o‘rinni egallagan g‘oliblarning uchinchi bosqichda
54
ishtirok etishi haqidagi buyurtmalar olimpiadaning III-bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. Ikkinchi bosqich g‘olib o‘quvchilari o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan
rag‘batlantiriladi. c) Fan olimpiadalarining uchinchi bosqichini o‘tkazish tartibi Fan
olimpiadalarining uchinchi bosqichini tashkil etish O‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi markazi
hamda Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Fan
olimpiadalarining uchinchi bosqichi ikki turda (yozma (amaliy) ish va test sinovi ko‘rinishida)
o‘tkaziladi. Uchinchi bosqichda qatnashgan o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar viloyat
tashkiliy qo’mitasi tomonidan chuqur tahlil etiladi. Fanlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan
o‘quvchilarning bajargan test topshiriqlari, yozma (amaliy) ish topshiriqlari hamda tavsiya
etilgan boshqa hujjatlar behato rasmiylashtirilgan holda bevosita Respublika tashkiliy
qo‘mitasining vakiliga olimpiada tugagan kunning ertasiga viloyat tashkiliy qo‘mitasi raisi yoki
mas’ul kotibi tomonidan shaxsan topshiriladi. Hujjatlari o‘z vaqtida topshirilmagan jamoa a’zosi
to‘rtinchi bosqich olimpiadalarida qatnashish huquqidan mahrum etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va Xalq
ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi
hududiy boshqarmalari, olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni
Respublika bosqichiga uyushqoqlik bilan tayyorlash maqsadida barcha tashkiliy choralarni
ko‘radi. Fan olimpiadalarining III bosqichida test-sinovlari, yozma (amaliy) ishlardan jami 76-
100 ball oralig‘ida ball to‘plab 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
muassasalarining III-kurs o‘quvchilari hamda umumta‘lim maktablari (shu jumladan ayrim
fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar)ning 11- sinf
o‘quvchilari fan olimpiadalarining IV bosqichiga qo‘yiladi. d) Fan olimpiadalarining to‘rtinchi
bosqichini o‘tkazish tartibi Fan olimpiadalarining IV bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
mas‘uliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Xalq
ta’limi vazirligiga yuklanadi. Fan olimpiadalarining to‘rtinchi bosqichi ikki turda (yozma ish va
test sinovi ko‘rinishda) o‘tkaziladi. Tayyorlangan topshiriqlar o‘quvchilarning umumta’lim
fanlaridan olgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari, imlo savodxonligi darajasi, misol
va masalalarni echa olish mahoratini aniqlashga yordam berishi lozim.
Har bir o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlari test va yozma (amaliy) topshiriqlarini
tuzishda hamda olimpiadalarni o‘tkazishda inobatga olinadi. e) Yozma va amaliy ish Ko‘p
variantlilik asosida tayyorlangan yozma (amaliy) ish topshiriqlari maxfiyligi saqlangan holda
muhrlangan konvertda Respublika tashkiliy qo‘mita a’zosi (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi va Xalq ta’limi vazirligidan mas’ul vakillar) tomonidan olimpiada o‘tkaziladigan joyga
8.00 da olib kelinadi. Muhrlangan konvertlar hakamlar hay’ati, Respublika tashkiliy qo‘mita
a’zolari va auditoriya rahbarlari ishtirokida ochiladi. So‘ngra hakamlar hay‘ati a‘zolari
tomonidan konvertlardagi savollar ekspertizadan o‘tkazilib bitta variant shakllantiriladi. Mazkur
variantdan olimpiadada foydalanish mumkinligi haqida hakamlar hay’ati tomonidan dalolatnoma
tuziladi va imzolanadi. Yozma (amaliy) ishlarning Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda,
mazmunan to‘g‘ri va xatolarsiz tayyorlanganligi mas’uliyati to‘liq hakamlar hay’ati zimmasida
bo‘ladi. Hakamlar hay’atining o‘zlari bilan olib kelgan topshiriqlarini olimpiada materiallariga
kiritish taqiqlanadi. Ekspertizada ishtirok etgan hakamlar hay’ati a‘zolarining olimpiada
boshlangunga qadar ekspertiza o‘tayotgan xonadan chiqishlari taqiqlanadi. Auditoriya rahbari,
hakamlar hay’ati raisi ekspertizadan o‘tkazilgan yozma (amaliy) ish variantini nusxa ko‘paytirish
moslamasi yordamida o‘quvchilar soniga teng miqdorda ko‘paytiradi.
Auditoriya rahbari boshchiligida hakamlar hay’ati a‘zolari olimpiada materiallarini
olimpiada ishtirokchilari o‘tirgan xonaga olib boradi. Hakamlar hay’ati a‘zolari ko‘paytirilgan
materiallarni ishtirokchilarga tarqatib, tushuntirishlar beradi. Jarayon boshlangandan so‘ng,
hakamlar hay’ati xonani tark etadi. Auditoriyada auditoriya rahbari, nazoratchi va ota-onalardan
vakil qoladi. Doskaga yozma ish boshlangan va tugallanish vaqtlari yozib qo‘yiladi. Belgilangan
vaqt tugaganidan so‘ng qatnashchilarning ishlari auditoriya rahbari tomonidan yig‘ib olinadi.
55
Auditoriya rahbari xonadan chiqmagan holda yozma ishlarning jildiga va har bir sahifasiga shifr
belgisini qo‘yadi. So‘ngra uni tekshirish uchun jildi olingan holda hakamlar hay’ati raisiga
topshiradi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga yozma ish natijasini e’lon qilish muddati aytilib,
ularga javob beriladi. Auditoriyaga taklif etilgan hakamlar hay’ati a’zolari shu auditoriyada
ishlarni tekshiradi. Yozma (amaliy) ishlar har bir hakamlar hay‘ati a‘zosi tomonidan alohida
tekshiriladi, har bir masala, topshiriq uchun qo‘yilgan ballar jadvalga tushiriladi, taqriz yoziladi
hamda imzolanadi. Hakamlar hay‘ati raisi yakuniy bahoni o‘rtacha arifmetik qiymat sifatida
aniqlaydi, qaydnomaga ko‘chirib qo‘yadi hamda shu kunning o‘zida olimpiada qatnashchilariga
yozma (amaliy) ish natijalarini e’lon qiladi. O‘quvchilarning yozma (amaliy) ishlarini
baholashda hakamlar hay’ati a’zolari ularning imlo savodxonligi, o‘z fikrini adabiy til qonun-
qoidalari asosida to‘g‘ri ifodalay bilishlarini ham inobatga olishlari lozim. Auditoriyaga taklif
qilingan olimpiada ishtirokchilariga ularning yozma (amaliy) ishlari 5 daqiqa davomida tanishib
chiqish uchun tarqatiladi. Zarur xollarda hakamlar hay’ati a‘zolari yozma (amaliy) ish natijalari
yuzasidan tushuntirishlar beradi. Yozma (amaliy) ish natijasi bo‘yicha og‘zaki tushuntirishdan
qoniqmagan o‘quvchilar yozma (amaliy) ish natijalari e’lon qilingan xonadan chiqmasdan turib
appelyastiya komissiyasi raisi nomiga yozma ravishda ariza berishlari mumkin. Barcha fanlardan
o‘quvchilarga qoralama uchun shtampli qog‘oz beriladi.
Xonadan chiqishda bu ishchi qog‘ozlar qoldiriladi. Qoralama qog‘ozlar hujjat deb
hisoblanmaydi va undagi yozuvlar yozma (amaliy) ishlarni baholashda hisobga olinmaydi. Fan
olimpiadalarining barcha bosqichlarida o‘quvchilarning yozma (amaliy) ishlari bilan tashkiliy
qo‘mita va hakamlar hay‘ati a‘zolaridan tashqari shaxslarning tanishib chiqishi, g‘olib bo‘lgan
o‘quvchi va boshqa ishtirokchi o‘quvchilar o‘rtasida yakkama-yakka savol-javoblar o‘tkazish
taqiqlanadi. Ishtirokchilarga tushuntirishlar berilib, olimpiada boshlangan vaqt doskaga yozib
qo‘yiladi. Belgilangan vaqt tugagach, hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ishtirokchi bilan
birgalikda ishtirokchi tuzgan dastur kompyuterda tekshiriladi va natijasi printerda qog‘ozga ikki
nusxada chiqariladi. Ishtirokchi imzo qo‘ygan natijani hakamlar hay’ati olib qoladi, ikkinchi
nusxasi ishtirokchiga beriladi. k) Test sinovlari Fan olimpiadalari ishtirokchilariga birinchi va
ikkinchi bosqichlarda 25 tadan, uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarda 40 tadan test savollari
beriladi. Uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarda test savollarining 30 tasi javoblari tanlanadigan, 10
tasi javoblari yoziladigan holda tuziladi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘p variantlilik asosida
tayyorlangan test topshiriqlari hakamlar hay‘ati tomonidan olimpiada o‘tkaziladigan kuni ertalab
ekspertizadan o‘tkaziladi, zarurat tug‘ilganda, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ekspertizadan o‘tkazilgan test savollari asosida bitta variant tuziladi.
Mazkur variantdan olimpiadada foydalanish mumkinligi haqida hakamlar hay’ati
tomonidan dalolatnoma tuziladi va imzolanadi. Test savollarining Davlat ta’lim standartlariga
mos ravishda, mazmunan to‘g‘ri va xatolarsiz tayyorlanganligi mas‘uliyati to‘liq hakamlar
hay‘ati zimmasida bo‘ladi. Auditoriya rahbari, hakamlar hay’ati raisi tayyorlangan test
topshiriqlari variantini nusxa ko‘paytirish moslamasi yordamida o‘quvchilar soniga teng
miqdorda ko‘paytiradi. Ko‘paytirish jarayonida hakamlar hay’ati a‘zolarining olimpiada
boshlangunga qadar xonadan chiqishlari taqiqlanadi. Ko‘paytirilgan variant papkalarga solinib
skochlanadi va auditoriya rahbari boshchiligida hakamlar hay’ati a‘zolari ularni ishtirokchilar
o‘tirgan xonaga olib borishadi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, hakamlar hay’ati tomonidan
imzolanadi. Hakamlar hay’ati a’zolari materiallarni ishtirokchilarga tarqatib, ularga: - har bir test
savoliga A, V, S, D javob berilgan bo‘lib, o‘quvchilar ulardan faqat bitta to‘g‘risini topishi va
belgilashi kerakligi; - qatnashchining ismi, familiyasini sarvaraqqa qayd etish lozimligi; - javobi
yoziladigan testlarning javobi ruchka bilan yozib qo‘yish kerakligi to‘g‘risida tushuntirishlarni
beradi. Jarayon boshlanganidan so‘ng hakamlar hay‘ati xonani tark etishadi.
Auditoriyada nazoratchilar hamda ota-onalardan vakil qoladi. Respublika olimpiadasining
IV bosqichida test savollari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan
tuziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni ertalab hakamlar hay’ati a’zolari test savollarini
ekspertizadan o‘tkazadi. Ekspertizadan o‘tgan test savollaridan test topshiriqlari variantlari
generastiya qilinadi. Tuzilgan variant nusxa ko‘paytirish moslamasi yordamida o‘quvchilar
56
soniga teng miqdorda ko‘paytiriladi. Fan olimpiadalarining IV bosqichida test sinovlari Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. Test topshiriqlarini bajarishda
fizika, matematika, kimyo, informatika, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chizmachilik
fanlaridan bitta test savoliga javob berish uchun 3 daqiqa, qolgan barcha fanlardan 2 daqiqadan
vaqt belgilanadi. Javoblar varaqasini to‘ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoridan
ortiqcha 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Barcha tushuntirishlar tugaganidan keyin, test sinovining
boshlanish va tugash vaqti doskaga yozib qo‘yiladi.
Belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng qatnashchilarning ishlari auditoriya rahbari tomonidan
javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilganligi, barcha test savollariga javob berilganligi tekshirib yig‘ib
olinadi. Agar javoblar varaqasida bitta test savoliga ikkita va undan ortiq javoblar belgilangan
bo‘lsa, yoki test savoliga javob belgilanmagan bo‘lsa, auditoriya rahbari bu haqda dalolatnoma
tuzadi va uni hakamlar hay‘ati raisiga topshiradi. Ushbu test savollariga berilgan javoblarga ball
berilmaydi. Auditoriya rahbari xonadan chiqmagan holda test sinovi ishlarining jildiga va har bir
sahifasiga shifr belgisini qo‘yadi, ikki nafar o‘quvchi ishtirokida javoblar varaqasi va jildlarni
alohida paketlarga soladi va muhrlaydi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga test sinovi natijasini
e’lon qilish vaqti aytilib, ularga xonadan chiqishga ruxsat beriladi. So‘ngra javoblar varaqasi
solingan paket tekshirish uchun hakamlar hay’ati raisiga topshiradi. Hakamlar hay’ati raisi test
savollari bo‘yicha to‘g‘ri javoblar kalitini (shablon) tashkiliy ko‘mitadan oladi.
Qatnashchilarning javoblar varaqasi test sinovlari o‘tkazilgan auditoriyada tekshirilib, natijalar
qaydnomaga o‘quvchilarning shifrlari asosida kiritiladi. Ushbu qaydnoma shifrlarga mos
ravishda o‘quvchilar familiyalarini kiritish uchun auditoriya rahbariga topshiriladi. Qaydnomaga
o‘quvchilar familiyalari kiritilganidan so‘ng, test sinovlari natijalari hakamlar hay’ati raisi
tomonidan o‘quvchilarga e’lon qilinadi.
|