57
yopishtirib yoki tikib naqsh, gul hosil qilish usuli bo’lib, shu usulda hosil qilingan naqsh, gulga
aytiladi. Shuningdek, applikatsiya tasvirlash texnikasining turli shakllarini qirqish va ularni
fon(suratni orqa planida ko’rinib turadigan qismi) tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga
mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
«Applikatsiya» tushunchasi xususiyatlari va uslublariga ko’ra xilma-xil bo’lgan, lekin
ishning bajarilish usulining o’xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini o’z
ichiga oladi. Har bir material applikastiyasi bajarish ish usuliga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi
xususiyatlarga ega, masalan, qog’oz, limon, daraxtlar po’stloqlari
fonga turli yelimlar bilan
yopishtiriladi.
Applikatsiya tayyorlash jarayonida eng sodda va oson hisoblanib unga tabiiy buyumlar
bialn ishlov berish mumkin. Asosiy material qog’oz bo’lishiga qaramay, dazmollangan va
kraxmallangan gazlama bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu material bilan bir
qatorda quritilgan o’simliklar urug’i- danak, barglardan ham keng foydalaniladi. Qog’ozning
yaltiraydigan marmar, bosma gul tushurilgan-barxat, kumush va bronza, rasm solish va
chizmachilik kabi bir qator qog’oz navlari applikatsiya uchun foydalansa applikatsiya ishini
sifatli qiladi. Applikatsiya ustida ishlash jarayoni ma’lum izchillikda olib boriladi. Avval eskiz
chizilib, so’ngra kerakli detallar o’lchami va miqdori aniqlanadi, tayyor detallar ma’lum tartibda
joylashtirilib yopishtiriladi.
Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. Applikatsiya eng
yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dnyoda birinchi florist rassomlar jamiyati tashkil etiladi.
Dekorativ applikatsiya u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlardan tarkib
topuvchi
predmetli hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi
mumkin. Eng oddiy applikatsiyalar bu-geometrik figuralardan qilingan ornamental
applikatsiyalardir.
Applikastiya san’atida kartina, pano, naqshlarni yaratish shuningdek, ko’rgazmali qurollar,
turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar,
ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash maqsadlarida ham keng foydalaniladi.
Applikastiya san’atining manzarali bezash(dekorativ) turi naqsh, gullardan tashkil topib,
alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar) dan
tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvhi syujetdan iborat bo’lishi
mum¬kin.Dekorativ applikastiya o’zining naqshinligi, shaklining umumlashganligi, rangi bilan
ajralib turuvchi tasvirlardir. Qog’ozdan qilinadigan dekorativ apshshkatsiya keng qo’llaniladi.
Applikatsiyaning bu turi bilan tabrik telegrammalari, taklifnomalar,
albom va shu kabilar
bezatiladi. Gazlama applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini o’tovchi materialga
tikib naqsh yaratilshda foydalaniladi. Ayrim xalylar gazlamadan yasalgan applikastiya bilan
kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlarini bezatadilar.Qog’ozdan naqsh qirqish ap¬plikastiyasi
san’at turi sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar qirqishgan. Qog’ozdan
kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Polshada bezak sifati¬da qirqilgan naqshlar yangi
oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda – visinanki deb ataladi.
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga
ega. Applikatsiya ijodini rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi,
kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash
va rangni sezishni
o’stiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan
foydalanishda turli metod va usullardan unumli foydalansagina dars samaradorligini oshirishiga
imkon yaratilgan bo’ladi. Mozaika (koshin, naqsh) san’ati – qadama(terma) naqsh va shunday
ishlash san’atidir. Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va
turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqsh va rasmlariga ko’ra
ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo madrasalari, maschidlar,
hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental
san’atga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati
asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan foydalaniladi. Loyda rangli ko’zgu
58
parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo’shilib va porlab,
shodlik kayfiyatini yaratadi.
Keyingi yillarda yog’ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi.
Bu ish unchalik
murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida xam amalga oshirish mumkin. Buning uchun yupqa
yog’och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig’iladi va keyin ularni asosga yelimlab,
ustidan lak yoki politura beriladi. Mozaika bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va
ko’pchilik shu kabi narsalarni bezash mumkin
Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko’rinishiga qaratilishi kerak.
Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish
applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir.
Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar yordamida shakl va narsalarning holati aniqlanadi,
tasvirlangan hodisalarning uyg’unligiga erishiladi.
Tasvirning barcha detallari, hatto eng
kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. Tayyorlangan qisml(detal)lar
yelimlanadigan sath, yangi fonga joylashtiriladi va o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu
tasvir mahqul bo’lmasa qismlar boshqacha joylashtiriladi. Qismlarni yopishtirishda joyni
adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi. Misol tariqasida eng oddiy
geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda
joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o’qini o’tkazish va
elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi qog’oz
va fon
tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi.
Tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar,
ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element
asosiy tematik element bo’lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin(1-
rasm). Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar,
chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan ingichka oq va sariq to’g’ri
chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan
gullar turlicha bo’lishi mumkin. Novdalar ham qo’lda qirqiladi.
Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a masalasini eslatib
o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi
onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo’lishi mumkin.
Shundan keyin namuna ko’rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar
aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun qog’oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami
uzunasiga,
tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda
ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi uchun bukish chizig’ining chap
tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi
qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni shoxlarga o’zlari
mustaqil
joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha qirqadilar. Tabriknomaning
ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi yoziladi.
4-sinf Texnologiya darsligida “Tabiiy materiallardan applikatsiya usulida gul yasash”
mavzusi berilgan (2-rasm). Bunda o’quvchilar applikatsiya tayyorlashni bilishadi, faqat turli
tabiiy materiallar jamlanadi va ijodkorlik bilan applikatsiya tayyorlashadi. Masalan, turli