81
3-SEMESTR
1-AMALIY MASHG’ULOT.
MAVZU.
INSON
VA
TEXNOLOGIYA.
TEXNOLOGIK
VOSITALAR.
“DARAXTLARNING
KUZGI
KO‘RINISHI”
MAVZUSIDA
HAJMDOR
APPLIKATSIYA TAYYORLASH. “KUZGI GULAR” URUG’LARDAN GULLAR
SHAKLINI YASASH.
Amaliy mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
O‘quv soati: 2 soat
talabalar soni: 30 ta
O‘quv mashg‘uloti shakli
Amaliy mashg‘ulot.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1. Inson va texologiya
2. Texnologik vositalar haqida ma’lumot berish.
3.Texnologiya haqida ma’lumot berish
4. Inson va texnologiyaning o‘zaro bog‘liqligi
Amaliy mashg‘uloti maqsadi:
Texnologiya va texnologik vositalar xaqida
ma’lumot berish. Texnologik vositalar haqida
tushuntirish.
Pedagogik vazifalar:
Texnologiya va ularning turlari
xaqidagi
bilimlarini aniqlash;
Texnologik vositalar haqida
tushunchalar berish;
Inson va texnologiyaning o’zaro
aloqadorligini
tushuntirish;
Amaliy ish natijalari ko‘radi, xato va
kamchiliklarni ko‘rsatadi, baholaydi.
Talabaning amaliy faoliyati natijalari:
Inson va texnologiya haqida bilganlarini gapiradi;
Texnologik vositalar haqida bilimlarni o‘rganadi;
Texnoloya haqida kerakli bilimlarni o‘rganadi;
Amaliy ishini taqdimot qiladi, xato va
kamchiliklarni to‘g‘irlaydi,
baholanadi;
Ta’lim usullari
Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, amaliy ish
taqdimoti.
Ta’lim vositalari
Metodik qo‘llanmalar, slaydlar,
tabriknoma
turlaridan namunalar, kviling usulida shakllar
yasash bosqichlari, rangli qog‘oz, rangli karton,
qaychi, chizg‘ich, qalam, yelim.
O‘qitish shakllari
Yakka tartibda, kichik guruhlarda ishlash.
O‘qitish shart-sharoiti
Texnik vositalardan
foydalanishga va guruhlarda
ishlashga mo‘ljallangan auditoriya
Nazorat va baholash
Savol-javob va amaliy ish
Sana:
Fan: Texnologiya
Mavzu: Texnologik vositalar.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: texnologiya, ish anjomlari,
texnologik vositalar,
Soatlar soni: 45 daqiqa.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Texnologik vositalar haqida tushuncha berish, o’yinchoqlar
tayyorlashda amaliy- birlamchi kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirish
Maqsad: a) Ta’limiy - Texnologik vositalar haqida tushuncha berish, ish anjomlaridan
foydalanish qoidalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish va
mustahkamlash.
b) Tarbiyaviy - O`quvchilarni ilm olishga qiziqtirish.
Mehnatsevarlik, halollik va
tejamkorlikka o'rgatish. Ish anjomlaridan foydalanishda texnika qoidalariga rioya qilish.
82
d) Rivojlantiruvchi - O`quvchilarni guruhda ishlash va ish anjomlaridan foydalanishda
texnika qoidalariga rioya qilish ko’nikmalarini rivojlantirish va shakllantirish.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi dars
Dars turi: Amaliy
Dars metodi: Og’zaki, ko’rgazmali, amaliy
Dars jihozi: Darslik, qaychi, qog’oz turlari, chizg’ich, akvarel, mo’yqalam, yelim.
Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash.
O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish.
c) Dars boshida o’quvchilar kitobga berilgan rasmlarni diqqat bilan kuzatib,
rasmlar
asosida suhbat olib boriladi. O’quvchilarga texnologik vositalar bajaradigan ishlar bilan tanishib,
bizga nima uchun kerakligi tushuntiriladi. O`qituvchi bugungi dars mashg’ulot mavzusini e`lon
qiladi. O`quvchilar darsga tayyorlanib kelishgan bo`ladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifani tekshirish. O’tilgan mavzu: Inson va texnologiya
O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda (o’quvchilar 3
guruhga bo’lingan bo’ladi) qog’ozdan origami usulida harakatli o’yinchoqlar yasash topshirig’i
beriladi. Guruhlar rag’batlantiriladi.
Yangi mavzuga zamin hozirlash.
“Quvnoq daqiqa” metodi orqali yangi mavzuga zamin tayyorlash. (Bu metodda sinf 3
guruhga bo’linadi.
guruh: Tikuvchilikda ishlatiladigan ish anjomlari.
guruh: Duradgorlikda ishlatiladigan ish anjomlari.
guruh: Shifokorlikda ishlatiladigan ish anjomlari rasmlari kartochka sifatida qirqilgan
bo’ladi. Bunda o’quvchilar o’zlariga berilgan yo’nalish bo’yicha berilgan rasmlarni
joylashtirishadi.)
Yangi mavzu bayoni.
ISH ANJOMLARIDAN FOYDALANISH
QOIDALARI
QAYCHIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
Qaychining uchini yuqoriga qaratib ushlamang.
Qaychini ishlatib bo‘lgandan so‘ng, ochiq holda qoldirmang.
Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.
Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingizga uzating. Qaychini
ishlatayotganda qirqish chizig‘i yo‘nalishini hamda materialni ushlab turgan chap qo‘l
barmoqlarini kuzatib turing.
Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchingizga topshiring.
BIGIZDAN FOYDALANISH QOIDALARI
Bigiz bilan ishlaganingizda ustozingiz yoki ota-onangiz ko‘magiga tayaning.
Bigizni o‘rinsiz ishlatmang.
Sirti silliq va sirpanchiq bo‘lgan qattiq buyumlarni bigiz bilan teshmang.
Teshiladigan buyumni qo‘lingizda ushlamang,uni stol, taglik ustiga qo‘yib teshing.
MAXSUS ISH PICHOG‘I BILAN ISHLASH QOIDALARI
Maxsus pichoqdan o‘qituvchingiz yordamida foydalaning.
Maxsus pichoqni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlating, kesayotganda qattiq bosmang.
IGNA BILAN ISHLASH QOIDALARI
1. Ignani ishlatib bo‘lgach, maxsus yostiqchaga sanchib qo‘ying.
2. Ignani hech qachon og‘zingizga solmang.
3. Ortiqcha ignalarni maxsus igna idishda saqlang.
YELIM BILAN ISHLASH QOIDALARI
83
Yelimning og'zini tepaga qaratib qo'ying.
Yelimning og'zini yopiq holda saqlang.
Yelimdan foydalanayotganda maxsus mo'yqalamdan (kistochka) foydalaning.
Yelimlayotgan narsaning chetlariga yelim chiqib ketsa, uni maxsus lattacha bilan arting.
Yelim bilan ishlab bo'lgach, qo'lni sovunlab yuvish kerak.