Mehnatga munosabatni shakllantirish




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana04.12.2023
Hajmi6,04 Mb.
#111019
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

Mehnatga munosabatni shakllantirish. Bu jarayon texnologiya fanining muhim 
qirralaridan biri hisoblanadi. Mehnatga munosabatni shakllantirish va tayyorlashning 


11 
muvaffaqiyatliroq bo’lishi uchun bolalarning xotiralarini o’stirish vazifasi muhim rol o’ynaydi. 
Chunki texnologiya darslarida o’quv materiallarini eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan 
o’ziga xos xususiyatga ega. Boshlang`ich sinf o’quvchilari barcha yangi asboblar, materiallar, 
operatsiyalarning nomini, predmetni ko’rib idrok etish bilan birga ularni fikran biriktirib, tinglab 
fahmlashlari kerak. Buning uchun o`qituvchi mehnat darsida faqat tushuntiribgina qolmay, balki, 
asosan, material va buyumlar namunasini, asboblarni, materialga ishlov berish usullarini, ope-
rastiyalarning izchilligini ko’rsatishi lozim. O’quvchida mehnatga munosabatni turg’un 
shakklanishi uchun berilayotgan ta’lim mazmunini bilishi, ma’lumotlarni qunt bilan eshitishi, 
ko’rishi kerak. Texnologiya darsidan keyingi texnologiya darsigacha yangidan yangi bilim va 
ko’nikmalarning o’quvchilar ongida mujassamlashib borishi, ularning xotirlash doirasini 
kengayib borishiga da’vat etadi va mehnat turlariga bo’lgan munosabatlarni yanada oshiradi. 
Mehnatga munosabatni shakllantirishda emostional jarayonlar ham xarakterlidir. Bolalarni 
qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qat’iyat bilan 
kirishishga, boshlagan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu 
o’rinda ijobiy emotsiyalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining 
namoyon bo’lishi juda muhimdir. Mehnatda turli psixologik holatlar: faollik, diqqatning 
jamlanishi, qiziqish, mustaqil fikr yuritish, qoniqmaslik kabi tuyg`ular namoyon bo’ladi. 
 
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo’lib, u turli 
fanlar bilan, shu jumladan, mehnat bilan ham qadim-qadim zamonlardan boshlab bog’liqlikda 
rivojlanib kelgan.
Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham eng muhim, bosh masala 
inson, uni mehnat orqali barkamol etib tarbiyalash bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Eng 
qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ham 
mehnatga oid nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson shaxsini 
ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo bo’lgan. Yusuf Xos Hojibning 
"Qutadg’u bilig" asaridan boshlab Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat 
ul-haqoyiq", Sa’diyning "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla 
Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" va boshqa juda ko’p didaktik asarlarning har birini 
ta’lim-tarbiyaga oid darslik desak yangilishmagan bo’lamiz. Mazkur ta'limiy- axloqiy asoslarni 
insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishini ilm-fanni egallashi 
asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya ilgari suradi. 
Xususan A.Avloniy o'z asarlarda shunday fikrlarni bildirgan edi: “Bolaning salomatligi va 
saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi xulqni o’rgatmoq, yomon xulqdan saqlab o’stirmoq 
va mehnat qilishga undamoq yaxshidir. 
Tarbiya qiluvchi inson – tabibdir. Tabib xastaning kasaligiga da’vo qilsa, tarbiyachi – 
boladagi yaxshi xulqni, poklikni, mehnatga layoqatni davolaydi.” 
Xalq og’zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari taraqqiyot jarayonida paydo 
bo’lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga ko’tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy 
mehnat faoliyatida o’z ifodasini topgan va ularni har tomonlama rivovlantirilishida katta 
ahamiyat kasb etgan. Xalq og’zaki ijodiyotida mehnatga oid shakllantirilgan juda ko’p maqollar 
va iboralar namunalariga guvoh bo’lamiz: “Mehnat - mehnatning tagi rohat”, “Mehnat qilgan xor 
bo’lmas”, “Yozgi mehnat – qishki rohat”, “Bir yigitga yetmish hunar oz”, “Hunarli kishi xor 
bo’lmas”, “Ustozidan o’tmagan shogird – shogird emas”.
Texnologiya fani pedagogika fanining metodologiyasiga tayanib faoliyat yuritadi. 
Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy mutafakkirlar va mashhur 
pedagoglarning o’rni diqqatga sazovordir. Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, 
Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi Yan Amos Komenskiy, 
shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestaloststi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus 
pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini 
yaratdilar. Shularga ko’ra texnologiya fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, uslub va 
vositalari, har bir inson uchun zarur bo’lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi 
kerak. 


12 
Texnologiya fanining metodologik asosi, maqsad va vazifalari, yangi yo’nalishlari, 
texnologiya fani va tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa qator muammolari 
va ularga yangicha yondashuv milliy istiqlol g’oyalari va milliy mafkura asosida yaratilishi 
muhim. "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" texnologiya fanining 
metodologik asosi sanaladi. Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu 
tushuncha texnika taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki 
so’zdan – "texnos" – san’at, mahorat, hunar va "logos" – fan so’zlaridan tashkil topib "hunar 
fani" degani.
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’qitish metodologiyasi: sharq 
mutafakkirlarining ta’limotlari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini 
belgilab beruvchi direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta 
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan 
g’oyalardan iborat. 
 O’zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda texnologiya fani va 
uning metodologik asoslariga bevosita bog’langan holda har bir pedagog masalaga ijodiy, 
rivojlanuvchi nuqtayi nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda mazmunan yangilanayotgan 
zamon talablari asosida shakllanayotgan mehnatning yangicha ko’rinishlari-inson ruhiyatiga 
ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar asos bo’lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy 
tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar. 
O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardayoq 
Respublikada texnologiya fanini tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni 
yuksak darajada takomillashtirish va jahon texnologiya fani darajasiga ko’tarish kabi 
masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim sohasidagi, 
jumladan, texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari hamda texnologiya 
fanining O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo’nalish deb e’lon 
qilinganligi bilan belgilanadi. 
Texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi. 
Davlatimizda tashkil etilayotgan texnologiya fani va tarbiya jarayonida shaxs, uning qadr-
qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va qobiliyatini 
namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, mehnat turlariga bo’lgan xohish-istagi va 
ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi. 
2. Texnologiya fanining uzluksizligi va izchilligi. Ta’lim jarayonida didaktik xarakter kasb 
etib, o’quvchilarga texnologiya fani orqali berilayotgan bilim va shakllantirilayotgan ko’nikma 
hamda malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik 
mehnatga oid ma’lumotlar, ushbu fan asoslarini o’rganishning tartibga solinishini, avvalgi va 
keyingi materiallar o’rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o’quv fani singari 
texnologiya fani ham muayyan mantiqiy izchillikda o’qitilishi lozim. Mazkur prinsip shu holatni 
ifoda etishga xizmat qiladi. 
Ma’lumki, ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud:
- tarbiyalovchi tarbiya qonuni;
- har qanday ta’lim faqat o’qitayotgan, o’qiyotgan va o’rganayotgan obyektning ma’lum 
bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro ta’siri yordamida amalga oshiriladi;
- ta’lim faqatgina o’qituvchining faoliyatiga va o’y-fikrlariga muvofiq ravishda 
o’quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz beradi;
- o’quv jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchining maqsadlari muvofiq kelgan holda yuz 
beradi;
- alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyatni o’rganishga yo’llash uni ushbu faoliyatga jalb 
etish orqali erishiladi;


13 
- ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim metodlari orasida doimiy 
bog’liqlik mavjud bo’ladi;
- ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab beradi. 
Shunga ko’ra texnologiya fanining qonuniyatlari tarkibiy qism sifatida ta’lim jarayoniga 
kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib chiqadigan yaxlit pedagogik jarayon bilan keng ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil etishdan kelib chiqadi. 
Texnologiya fani tamoyillari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchining bilish faoliyati 
xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Texnologiya fani tamoyillari o’qituvchi va 
o’quvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda 
va har xil yo’sinda tashkil etiladigan texnologiya fanining samaradorligini belgilaydi. Shuning 
uchun texnologiya fani tamoyillari mehnatdan ta’lim berishning ma’lum obyektiv 
qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi. 
Texnologiya fani tamoyillari tizimiga: texnologiya fanining milliy yo’nalganligi, 
texnologiya fani va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, mehnat bo’yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, 
yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab qilayotgan 
uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar, texnologiya fanini o’qitish, bilim berish, ya’ni 
texnologiya fani jarayoniga samarali ta’sir ko’rsatadi. 
Texnologiya ta’limi tamoyillari maktab, o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar 
asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holda bir tizimni tashkil etadi, 
har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular texnologiya fani 
oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh 
qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchilarga mehnat texnologiya fanidan mustahkam bilim 
berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining 
mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir. 
Texnologiya sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog’lab 
olib borish mehnat ta’limining yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Texnologiya fani va tarbiya 
sohasidagi yutuqlar, eng avvalo, nazariya bilan amaliy ishlarning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. 
Shundagina o’quvchi o’rganayotgan o’quv materiallarning tub mohiyatini tushunib yetadi va 
mustaqil faoliyatda, amaliy ishlarda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim 
jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni 
ongli, tushunib o’zlashtirishga olib keladi.Texnologiya fanidagi onglilik va faollik 
o’quvchilardagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar 
chiqarishga undaydi. Mehnatga doir bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish o’qitish jarayonining 
psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi. Texnologiya fanining ilmiyligi tamoyili 
o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun 
to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. 
O’quvchi texnologiya fanida bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi 
va axloqiy sifatlari, iymon-e’tiqodi va qobiliyati ham o’sib rivojlanib boradi.
Texnologiya fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o’qituvchi avvalo, 
texnologiya darslarini uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishga, o’quv materiallarining mazmuni 
bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga 
bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar oldidagi obro’-e’tibori ham muhim 
tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
Texnologiya fani jarayonini ko’rgazmali tashkil qilish zarur. Ham eshitish, ham ko’rsatish 
orqali o’quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o’zlashtirish, bilimlarni 
turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning 
uchun ko’rgazmali materiallar o’rganilayotgan mavzuning mazmuniga mos kelishi, o’quvchining 
yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan bo’lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo’l 
va vositalar ishlab chiqilgan bo’lishi lozim. 
Texnologiya fanida bilimlar turli yo’l vositalari orqali puxta o’zlashtirgandagina, u 
mustahkam esda qoladi, bu esa o’quv materiallarini ongli o’zlashtirishga, nazariya bilan 
amaliyotni bog’lashga, ko’rsatmalikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali 


14 
mustahkamlashga bog’liqdir. Texnologiya fanining bosh maqsadi esa bilimlarni tizimli va puxta 
o’zlashtirishdir. 
Texnologiya fani va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli 
munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. 
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u 
o’quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini 
qamrab oladi.
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
- mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va 
jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish; 
- inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, 
asrab-avaylashga o’rgatish; 
- mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni uyg’otish; 
- o’quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish; 
- mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish; 
- mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish; 
- mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo’lish; 
- mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini 
shakllantirishni yuzaga keltirish; 
- o’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati samarasidan g’ururlanish 
tuyg’usini shakllantirish; 
- muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va hokazolar. 
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarida rivojlantiriladi va tarkib 
toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat 
faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirilishiga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari 
vujudga keltiriladi. 
O’quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy 
jamiyatda tutgan o’rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili ekanligini, shaxsni qobiliyati 
va iqtidorini mehnat jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib 
olishlari lozim. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda an’anaviy va 
noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda, xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish 
ko’rgazmalari, hashar, “mohir qo’llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi”, o’quv ishlab 
chiqarish kombinatlari brigadalari, yordamchi xo’jalik, “Yosh radio-texniklar stansiyasi” va 
ijodiy markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz-shogird an’analari asosida faoliyat olib boruvchi 
yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi va boshqalar. 
Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida o’quvchilar maktabga 
kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh va psixologik xususiyatlariga mos mehnat 
faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o’z-o’ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy 
yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o’quv qurollarini ta’mirlash, 
kitoblarni yelimlash, o’quv anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar). 
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, 
mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo’ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida 
shijoat, qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi. 
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish 
muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o’tkazilayotgan mehnat jarayonida 
o’quvchilarda do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan 
quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, 
mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish singari axloqiy 
sifatlarning shakllanishiga poydevor qo’yiladi. 
Mehnat jarayonida o’quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish 
muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda 


15 
bo’lish, uni ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli 
foydalanish), ish o’rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehtiyotkorona munosabatda 
bo’lish, boshlangan ishni natijalash, uning samarali bo’lishiga erishishga yo’naltirilgan faoliyat 
ko’rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o’zida yana o’quvchining mustaqil harakat olib 
borishini, mehnat qilishi va dam olishini to’g’ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi. 
Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib ko’rishmagan. Albatta, 
o’quv-tarbiya jarayonini, uni rivojlanishini ayricha ko’rib bo’lmaydi. Zeroki, Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda: 
"Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, 
sharqona hayot falsafasi." 
Hozirgi zamonda yetakchi olimlar, ilg’or pedagoglar tarbiya nazariyasidagi asosiy 
muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozimligini aytadilar: 
- tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash; 
- tarbiya istaklarini tasniflash; 
- o’quvchilarning ma’naviy ehtiyoji, talabi; 
- o’quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga olish; 
- o’quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o’sishi, tarbiyasiga ta’sirini aniqlash; 
- o’qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni 
tadqiq etish. 
Shunga ko’ra, texnologiya fani va tarbiya jarayonlarining ajralmas qismlaridan biri mehnat 
darsida o’rganiladigan ta’lim mazmuni shaxsiy xislatlarini tarbiyalashning katta imkoniyatlariga 
egaligidadir. 
Ayniqsa, bu mazmun shaxs tafakkurini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida 
uyg’unlashtirish va yanada yangi yuqori bosqichlarda rivojlantirish, axloqiy xislatlarni 
shakllantirish imkonini beradi. Bulardan tashqari, o’quv-tarbiya tizimidagi o’quv, ijtimoiy 
foydali va unumli mehnat, estetika, ta’lim vositalari mehnat, estetik va jismoniy tarbiyani amalga 
oshirish imkoniyatlarini berishini ham qayd etish joizdir.
O’qituvchilarning o’quvchi bilan mehnat turlariga oid muloqoti, o’quvchilarning dars 
jarayonida sub’yektiv sifatidagi aktiv faoliyati, o’qituvchining o’quvchilar shaxsini 
shakllanishiga ijobiy ta’sir eta olishi bunday imkoniyatlarning yana bir qirrasidir. Shakl va 
mazmun jihatlardan ta’lim va tarbiya metodlari chambarchas bog’lanib ketgan. 
Yuqorida keltirilgan dalillar yana bir marotaba ta’lim bilan tarbiyaning ajralmas jarayon 
ekanligini, o’quvchilarning atrof-muhitga, fan qonuniyatlariga, axloq, odob qoidalariga 
munosabati bevosita o’quv jarayonida boshlanib, darsdan va maktabdan tashqari faoliyatlarda 
davom etishini ko’rsatadi. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim 
xususiyati - aniq maqsadga yo’naltirilganligi. 
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik 
demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil 
etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsad unga erishish yo’li zamonaviy tarbiya 
jarayoni maqsadini tavsiflaydi. 

Download 6,04 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish