9
yoki asbobni tanishtirayotganlarida bolalardagi sezgining barcha turlarini faollashtiradilar:
bolalar qog`ozni ushlaydilar, silaydilar, aylantirib ko’rib
chiqadilar, uning qanday shitirlashiga
quloq soladilar. Sezgilarning bunday faollashuvi material haqida to’liqroq tasavvurga ega
bo’lishiga
yordam beribgina qolmay, balki bu psixologik jarayonni rivojlantiradi,
takomillashtiradi.
Texnologik operatsiyalarni bajarishda shaxsning qiziqish,
qobiliyat, temperament kabi
individual psixologik xususiyatlari shakllanadi. Texnologik operatsiyalarni bajarishga psixologik
va axloqiy tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir.
Agarda bola mehnat qilishga o’rgatilmagan bo’lsa, uning uchun mehnat faoliyati maqbul
mashg`ulotga aylanmaydi, unda kerakli ijobiy emotsiyalarni va boshqa psixologik ko’rinishlarni
keltirib chiqara olmaydi.
Texnologik operatsiya mаlаkаlari ko`p mаrоtаbа tаkrоrlаnаdigаn mаshqlar nаtijаsidа hоsil
bo`lishi sababli hаr bir mаshq jаrаyonigа o’quvchini aqliy yondashtirsh, buning uchun esa ish-
hаrаkаti izchilligini tizimlilik sur’аtidа tushuntirib bеrish talab etiladi.