Mavzuga oid tayanch tushunchalar




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/77
Sana04.12.2023
Hajmi6,04 Mb.
#111019
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
MAJMUA TEXNOLOGIYA TA\'LIMI VA UNI O\'QITISH METODIKASI

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ta’lim, ta’lim-tarbiya, mehnat tarbiyasi
texnologiya ta’limi maqsad va vazifalari, texnologiya ta’limi va jamiyat, o`qitishning metodik 
tizimi, o`qitishning shakl va turlari, boshlang’ich texnologiya elementlari.
 
Texnologiya haqida tushuncha, metodologiya, o’qitish tamoyillari, mehnat tarbiyasi. 
Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining alohida o’rni bor. Ushbu o’quv 
fani o’quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat jarayonlari haqida keng tushuncha 
hosil qilish, mehnatga oid ko’nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga 
xizmat qiladi. Maktabdagi texnologiya ta`limi va tarbiyasining maqsadi: o’quvchilarga 
mеhnatga muhabbat va mеhnat ahliga hurmat tuyg’usini singdirishdan; o’quvchilarni hozirgi 
zamon sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, qurilish, transport, xizmat ko’rsatish sohalari 
asoslari va texnologik jarayonlar bilan tanishtirishdan; o’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida 
ularda mеhnat ko’nikmalari va mahoratini hosil qilishdan; ongli ravishda kasb tanlashga va 
boshlang’ich hunar ta`limini olishga undashdan iborat. I.A.Mannopova, R.A.Mavlonova, 
N.R.Ibragimovalarning umumiy o’rta ta’lim maktablari 4-sinf Texnologiya darsligida 
texnologiya so’ziga quyidagicha ta’rif berilgan: “Texnologiya” (yunoncha, teche – mahorat, 
san’at, logos –ta’limot) xom-ashyo va materiallarga tegishli ishlab chiqarish qurollari yordamida 
ishlov berish yo’llari haqidagi fan . 
Texnologiya fani va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktabda butun ta`lim-
tarbiya tizimi hamda barcha o’quv prеdmеtlari yordamida hal еtiladi. Bu o’z navbatida, oliy 
ta’lim tizimida o’qitiladigan texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani oldida muhim maqsad 
va vazifalarni qo’yadi.
Jumladan, mazkur fanni o’qitishdan asosiy maqsad: talabalarni boshlang’ich sinflarda
texnologiya fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish 
va ularni darslarda, shuningdek, sinfdan tashqari texnologiya fanini o’qitish jarayonida nazariy 
hamda amaliy tatbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir. 
Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o’rgatish, ijtimoiy hayotda ularning 
ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari (texnologiyasi) haqida bilim hosil qilish hamda maktab 
davridan bolada kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limi o’qituvchilarning asosiy 
vazifasiga kiradi. Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda texnologiya fanining asosiy maqsad va
vazifalari: mеhnatga axloqiy va psixologik tayyorlash, o’quvchilarni boshlang’ich politеxnik 
bilim bilan qurollantirish, texnologiya faniga amaliy tayyorlash, texnologik operatsiyalarining 



malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish, o’quvchilarni texnologiya fani jarayonida har 
tomonlama o’stirishni tarkib toptirishdan iborat. 
Shu boisdan texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani tarkibiga: bo’lajak 
o’qituvchilarga har tomonlama nazariy va amaliy bilim berish, umumta’lim maktablarining 
boshlang’ich sinflarida kasblar haqida ma’lumot berish izchilligini takomillashtirish, Davlat 
ta’lim standartlari talabi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish vazifalari kiradi. 
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani ta’lim metodikalari kursi fani hisoblanib, 
fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or pedagogik tajribalar bilan 
boyitilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan materiallar asosida yoritib boriladi. 
O’quvchilarni amaliy texnologik jarayonlarga tayyorlash va ularni boshlang’ich texnologik 
operatsiyalari malaka va ko’nikmalarini egallashlarini ta’minlaydi. 
Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati ham muhim hisoblanadi. U o’quvchilarda 
mehnat turlari haqidagi tushunchalarni shakllantiradi, mehnatga bo’lgan qiziqishni hosil qilib, 
mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi hamda jamoatchilik hissini tarbiyalashda 
muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, o’quvchilarning aqliy jihatdan kamol topib borishlarida zamin 
yaratadi. Iroda va axloqiy sifatlarni rivojlantirishda ko’maklashadi. O’quvchilarda mehnatga 
bo’lgan his-tuyg’uning hosil bo’lishi ularda do’stlik, birodarlik, bir-biriga ko’maklashish, 
jamoatchilik, hurmat-izzatda bo’lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalardan o’rinli foydalanib, ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni talab etadi. 
Maktabda o’quvchilar texnologiya fanini qunt bilan o’zlashtirib borishlari uchun darsliklar, 
o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalardan foydalanish kerak. Zamonaviy axborot 
texnologiyalarida foydalanish, interfaol usullarni qo’llash, ta’limiy vositalarni va ta’limiy 
o’yinlarni ta’lim jarayonida tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bular haqida keyingi 
mavzularda to’liqroq to’xtalamiz .
Hаr bir dаrs jarayonida o`quvchilarda bilim vа mаlаkа dоirаlarini kеngаytirish hаmdа 
mustаhkаmlаsh, ulardа bаrqаrоr ijоbiy ko`nikmа vа оdаtlar hоsil qilishni nazarda tutish bilan bir 
qatorda, ularni mehnatga axloqiy jihatdan to’g’ri tarbiyalab borish o’ta muhim hisoblanadi. 
Ya’ni, dаrs vаzifаsini fаqаt bilim bеrish vа ko`nikmа hоsil qilishdаn ibоrаt qilib qo`ymаslik, 
bаlki aqliy tаrbiya bеrish vа kаmоl tоptirish vаzifаlari bilаn hamjihatlikda bоg`lаb borish hаm 
zаrur. Shuning uchun hаm o`qituvchi birоr mаvzugа tаyyorlаna turib, mаzkur dаrs mаtеriаli 
аsоsidа o`quvchilarni аxlоqiylikning qаndаy g`оyalarni аnglаshgа оlib kеlishini, diqqаt, fikrlаsh, 
хоtirа, tаsаvvur, irоdаsini rivоjlаntirish vа bоshqа shular qatorida shахs sifаtini qаndаy kаmоl 
tоptirishgа erishishni аniq tаsаvvur qilmоg`i lоzim. 

Download 6,04 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Download 6,04 Mb.
Pdf ko'rish