• 44-rasm. Qirgich turlari. 40 40 pemza
  • 3. Lok va bо‘yoqlar.
  • Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/148
    Sana27.05.2024
    Hajmi33,06 Mb.
    #254829
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148
    Bog'liq
    5-texnologiya (2)

    gruntovkalash
    deyiladi. 
    Duradgorlik pardoz ishlarida moyli, lokli va 
    nitrolokli grunt lar ish latiladi. 
    2. Sirtlarni silliqlovchi asboblar.
    Sirtlarni 
    silliqlash ishlari sirtlarga shpak 
    lovka surtish, 
    gruntovka qilishdan oldin va keyin bajarilishi 
    mumkin. Shpaklovka surtish va gruntovka qilishdan 
    oldin olib boriladigan silliqlash ishlari mushranda bilan randa langan sirtlarni qirgich 
    yoki jilvir qog‘oz yordamida qirishdan iborat.
    Sirtlarni qirish qirgich yordamida bajariladi (44-rasm). Qirish yo g‘och tola-
    larining о‘sish yо‘nalishi bо‘yicha olib boriladi. Aks holda qirgich yog‘och 
    tolalarini kо‘chirib chiqaradi va sirtning silliqligini buzadi.
    Oddiy qirgich Elektr qirgich
    Ish jarayoni
    44-rasm.
    Qirgich turlari.


    40
    40
    pemza
    – och sariq rangli, yengil, g‘ovak, qattiq toshdir. Pemza shpaklovkalangan 
    va bо‘yalgan sirtlarni quruqligicha va namlab silliqlash uchun ishlatiladi (45-rasm).
    3. Lok va bо‘yoqlar.
    Pardozlashning sо‘nggi bosqichi loklash va bо‘yashdan 
    ibo rat. Bu yо‘l bilan pardozlash materialining tiniqligi, jilolanishi, yog‘ochning 
    tabiiy gulini о‘zgartirishiga qarab ikki turga bо‘linadi: 
    – yog‘ochning tabiiy rangi va gulini o‘zgartirmaydigan tiniq duradgorlik 
    pardozi;
    – yog‘ochning tabiiy rangi hamda gulini yo‘qotib, sidirg‘a ko‘rinishiga kel-
    tiradigan tiniqmas bo‘yoqchilik pardozi.
    Bо‘yoqlar
    suvda, spirt yoki moyda eriydigan va yog‘ochning tabiiy gulini 
    yо‘qotmagan holda rang berish xususiyatiga ega bо‘lgan moddalardir. 
    Bо‘yoqlar о‘simlik bо‘yog‘i va sun’iy bо‘yoqlarga bо‘linadi. 
    О‘simlik bо‘yoqlari ayrim daraxt va о‘simliklardan olinadi. Sariq bо‘yoq 
    (rang) – zanjabildan, qora bо‘yoq – zirkdan, jigarrang – olma daraxti pо‘stlog‘idan, 
    kо‘k rang – bug‘doydan olinadi.
    Sun’iy bо‘yoqlar toshkо‘mirni qayta ishlash natijasida oqsil bо‘lgan mah-
    sulotlardan olinadi. Ular yog‘ochning tabiiy go‘zalligini va dekorativ kо‘rinishini 
    oshirishga imkon beradi.
    Loklar
    tiniq pardozlashda ishlatilib, yog‘ochning tabiiy gulini о‘zgar tir-
    magan holda uning jilolanishini, namga, haroratning о‘zgarishiga, yorug‘lik 
    ta’ siriga chidamliligini oshiradi.
    Loklar erituvchining turiga qarab spirtli, moyli va nitroloklarga bо‘linadi (46-rasm).

    Download 33,06 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish