• Muammoli topshiriq
  • 20-§. METALLGA ISHLOV BERISH TURLARI (REjALASH, KESISH, TO‘G‘RILASH, BUKISH)
  • 6-amaliy mashg‘ulot. Yupqa metallarni rejalash, kesish, to‘g‘ ri lash, bu- kish ni o‘rganish. jihozlar
  • Ishni bajarish tartibi: Birinchi bosqich.
  • Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/148
    Sana01.10.2024
    Hajmi33,06 Mb.
    #273065
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   148
    Bog'liq
    5-texnologiya

    73-rasm.
    Jilvir qog‘oz.
    74-rasm. 
    Metall buyumlarni jilvirlash uskunalari.
    Mustahkamlash uchun savollar
    1. Sizningcha yog‘och materiallarini о‘lchash va rejalash metall materiallarini 
    о‘lchash va rejalashdan farq qiladimi? Javobingizni misollar bilan tushuntiring.
    2. Asbob-uskuna, moslama va stanoklarning ishlatilish sohasiga ko‘ra qanday 
    turlarini bilasiz?
    3. Nima uchun metallarni rejalashda qalam yoki markerdan foyda lanilmaydi?
    Muammoli topshiriq
    Yog‘och va metallni о‘lchash va rejalashda ishlatiladigan о‘lchash va 
    rejalash asbob lari rо‘yxatini tuzib chiqing. Tuzilgan rо‘yxatdan bir xil vazifalarni 
    bajaradigan о‘lchash va rejalash asboblarini chiqarib tashlang. Shunda qaysi о‘lchash va 
    rejalash asboblari qoladi? Ular ning sababini misollar bilan tushuntirib bering.


    63
    63
    20-§.
    METALLGA ISHLOV BERISH TURLARI
    (REjALASH, KESISH, TO‘G‘RILASH, BUKISH)
    Metallga ishlov berishda yupqa metallarni (tunuka va list) rejalash, kesish, to‘ g‘-
    rilash, bukish ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlarni baja rishni о‘rganish metallarga 
    ishlov berishning dastlabki bosqichi hisob lanib, barcha turdagi buyumlarni yasashda 
    keng foydalaniladi.
    6-amaliy mashg‘ulot.
    Yupqa metallarni rejalash, kesish, to‘g‘ ri lash, bu-
    kish ni o‘rganish.
    jihozlar: 
    chilangarlik dastgohi, asbob-uskuna va moslamalar, bо‘r, grafitli 
    qalam, yupqa metall (tunuka va list), namunalar, ko‘rgazmali qurollar. 
    Ishni bajarish tartibi:
    Birinchi bosqich.
    Yupqa metallni (tunuka va list) masshtabli metall chiz-
    gich yoki chilangarlik gо‘niyasidan foydalanib rejalab oling. Bunda: 
    1. Chizg‘ichni zagotovkaning rejalanadigan qismiga qо‘yib, chap qо‘l bilan unga 
    jipslab bosing.
    2. Chizgich (chertilka)ni о‘ng qо‘lda tutib, chizg‘ichga nisbatan ma’lum burchak 
    ostida jipslab tortib reja chizig‘ini chizing (75-rasm).
    Chizgichni bir joyda qayta­qayta yurgizish yaramaydi. Bu hol reja chizig‘ining 
    yо‘g‘onlashishiga, qо‘shaloq chiziqlar hosil bо‘lishiga, о‘lchamning о‘zgarishiga 
    sabab bо‘ladi.

    Download 33,06 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   148




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish