• Uchinchi bosqich.
  • Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/148
    Sana01.10.2024
    Hajmi33,06 Mb.
    #273065
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   148
    Bog'liq
    5-texnologiya

    Ikkinchi bosqich.
    Rejalangan yupqa metallni kesishni bajaring. Bunda:
    1. Yupqa metall rejalab olingandan keyin, dastaki metall qaychini о‘ng qо‘lda tutib, 
    kesish ishlarini bajaring (76-rasm, a, b).
    Eslatma: 
    Agar ishlarni chap qо‘lda bajarish Siz uchun qulay bо‘lsa, unda chapaqay 
    qaychidan foydalanishingiz mumkin (76-rasm, d).
    75-rasm.
    Chizg‘ich, sirkul, gо‘niya va chizgich (chertilka) bilan rejalash.
    15-20
    °


    64
    64
    Bunda bosh barmoq bilan yuqorigi dasta, kо‘rsatkich va о‘rta barmoqlar bilan 
    pastki dastadan tutiladi. Jimjiloq dastalar orasida bo‘ladi. U kesish vaqtida dasta larni 
    kerish va qaychini surish uchun xizmat qiladi.
    2. Kesiladigan yupqa metallni (tunuka va list) chap qо‘lda tuting.
    3. Dastaki qaychi bilan qо‘lda kesish qiyin bо‘lgan hollarda uning pastki dastasini 
    tiskiga qistirib olib bajarish ham mumkin (76-rasm, e). Bu esa qisqa о‘lchamli tunuka-
    larni kesishda qulay hisoblanadi.
    Uchinchi bosqich.
    Kerakli о‘lchamda kesib olingan yupqa metallni tо‘g‘rilash 
    ishlarini bajaring. Bunda:
    1. Yupqa metallni sandon (plita)ga qо‘yib, chizg‘ich yordamida qavariqlikni 
    aniqlang, uning chegaralarini bо‘r yoki grafitli qalam bilan belgilab chiqing.
    2. Qavariqlar soni va ularning joylashishiga qarab zarb berish ketma-ketligini 
    aniqlang:
    – agar zagotovkada yupqa metallning о‘rtasida bitta qavariq bо‘l sa, u holda zarb 
    yupqa metallning chetidan boshlab qavariq tomon berib boriladi (77­rasm, a);
    – agar qavariqlar yupqa metallning chetlarida joylashgan bо‘lsa, zarblarni yupqa 
    metallning о‘rtasidan chetlariga qarab berib borish kerak (77-rasm, b);
    – bir nechta qavarig‘i bor yupqa metallarda zarb qavariqlar ora siga beriladi, 
    shundan keyin har qaysi qavariq alohida tо‘g‘rilanadi (77-rasm, d).
    e) dastaki qaychini tiskiga 
    о‘rnatib kesish
    a) qaychini tutish
    b) о‘naqay 
    qaychida
    d) chapaqay 
    qaychida
    76-rasm.
    Kesish usullari.
    d) bir nechta 
    qavariqlar
    a) qavariqlik yupqa metallning 
    о‘rtasida
    b) qavariqlik yupqa metallning 
    chetlarida
    77-rasm. 
    Yupqa metallni tо‘g‘rilash usullari.


    65
    65
    3. Yupqa metall yuzida to‘lqinsimon joylar yо‘qotilganidan keyin uni ag‘darish va 
    yengil zarblar berib tо‘g‘ri chiziqlilikni tiklashda:
    – 
    yupqa metallni maxsus plita ustiga qо‘ying, uni chap qо‘l bilan ushlab turib, о‘ng 
    qо‘l bilan bolg‘acha yordamida kerakli zarblarni bering;
    – zarblar tez-tez, ammo kuchli bо‘lmasligi lozim, qavariq chega rasiga yaqinlash-
    gan sari zarblar tez­tez va kuchsiz berilishiga e’tibor qarating.

    Download 33,06 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   148




    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik

    Download 33,06 Mb.
    Pdf ko'rish