|
Texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik Pdf ko'rish
|
bet | 46/148 | Sana | 01.10.2024 | Hajmi | 33,06 Mb. | | #273065 |
Bog'liq 5-texnologiyaTо‘rtinchi bosqich.
Tо‘g‘rilab olingan yupqa metallni tiskida bukish ishlarini
bajaring.
Metallarni tiskida bukish yо‘li bilan tomonlari bir-biriga nisbatan tо‘g‘ri,
о‘tkir va о‘tmas burchak tashkil etuvchi yassi sirtlar hosil qilinadi.
1. Metallarni tiskiga qistirib, tо‘g‘ri burchak hosil qilib bukish ishlarini bajarish
uchun:
– zagotovkaning bukiladigan qismini rejalab oling;
– zagotovka tiskiga qotiriladi. Bunda reja chizig‘i tiskining qо‘z g‘al mas jag‘iga
qaratilib, undan 0,5
mm
yuqoriroq qilib о‘rnatib, ishga tayyorlang (78-rasm, a);
– zagotovkani qо‘zg‘almas jag‘ tomonga qarab bolg‘alab, tо‘g‘ri burchak hosil qilib
bukiladi (78-rasm, b).
2. Metallarni о‘tkir burchak hosil qilib bukish ishlarini bajarish uchun:
– zagotovkaning bukiladigan qismini rejalab oling;
– zagotovkani о‘tkir burchakli moslama bilan birgalikda tiskiga qotiring. Bunda
moslama tiskining qо‘zg‘almas jag‘i tomonga о‘rna tilib, reja chizig‘ini unga qaratib,
undan 0,5
mm
yuqoriroq kо‘tarib qistiring;
– zagotovkani moslamaga bir tekis jips yotguncha bolg‘alang (78-rasm, d).
3. Metallarni ikki uchidan tо‘g‘ri burchak hosil qilib bukishda:
– zagotovkaning ikkala uchidan bukiladigan qismini rejalab oling;
– zagotovkaning birinchi uchini yuqorida kо‘rsatilgan tartibda tо‘g‘ri burchak hosil
qilib buking;
– zagotovkaning ikkinchi uchini bukishda kvadrat shaklidagi me tall moslamadan
foydalanib, bukish ishlarini bajaring (78-rasm, e).
Moslamaning eni bukish natijasida hosil bо‘ladigan novning ichki eniga teng
bо‘lib, balandligi va uzunligi nov tomonlari balandligi va uzunligidan ortiqroq
bо‘lishi kerak.
e) ikki uchini
bukish
a) zagotovkani
tiskiga о‘rnatib ishga
tayyorlash
b) tо‘g‘ri
burchak hosil
qilib bukish
d) zagotovkani
moslamaga bir tekis jips
yotguncha bolg‘alash
78-rasm.
Metallarni tiskida bukish.
5 – Texnologiya, 5-sinf
|
| |