-§.  ASBOB-USKUNA VA MOSLAMALAR. XAVFSIZLIK TEXNIKASI




Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/148
Sana01.10.2024
Hajmi33,06 Mb.
#273065
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya

24-§.
 ASBOB-USKUNA VA MOSLAMALAR. XAVFSIZLIK TEXNIKASI
QOIDALARI
Siz yog‘och va metallar bilan ishlashda foydalaniladigan asbob-uskuna va mos-
lamalar bilan tanishgansiz. Kompozit materiallarga ishlov berishda ham shu kabi 
asbob-uskuna va moslamalardan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish 
sanoatida kompozit materiallarga ishlov berish va ulardan turli buyumlar tayyorlash 
bosim bilan ishlov berish turlari asosida amalga oshiriladi.
Hozirda yog‘och, metall va polimer asosidagi yuqori mustahkam kompozit ma-
teriallar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Ularni afzallik jihatlari shundaki, turli usullar 
asosida istalgan shaklda tayyorlash imkoniyatining mavjudligidir.
Yog‘ochga ishlov berishda chiqadigan yog‘och qipiqlarini yoki metallga ishlov 
berishda anchagina metallni qirindiga aylanishini ko‘rgansiz. Ko‘p hollarda dastlabki 
materialning 70–80 foizini chiqin dilar tashkil qiladi. Xuddi shu sababli, xususan, 
duradgorlik va mashinasozlikda yog‘och hamda metallarni qirqish bilan ishlash 
o‘rniga chiqindisiz va kam chiqindili texnologik usullarni qo‘llash nihoyatda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Yog‘ochlarga qo‘shimcha ishlov berish va ularning chiqindilaridan unumli 
foydalanish, undagi mavjud kamchiliklarini (chirish, yonish) yo‘qotib, turli polimer 
yoki metall bog‘lovchilar asosida hozirgi zamon talablariga javob beradigan kompozit 
materiallar ishlab chiqarish imkonini (DVP, DSP, MDF) beradi. Bu esa, o‘z navbatida, 
ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini yanada oshiradi.
DVP (yog‘och tolali) – maydalangan yog‘och tolalarini va issiq holda presslab 
olinadi. 
presslash deb
materiallarni bosim ostida zichlash va muayyan shakl berish 
maqsadida qayta ishlash usuliga aytiladi.
Bunda quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Daraxt shoxlari, yog‘och va yog‘och chiqindilari maydalanadi. 
2. Maydalangan massa elanadi, bug‘lanadi va ezib tolali massa oli nadi. 

Download 33,06 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148




Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§.  ASBOB-USKUNA VA MOSLAMALAR. XAVFSIZLIK TEXNIKASI

Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish