kamchiliklariga ruchka va uning materiali tannarxining yuqoriligi kiradi.
Issiq va sovuq 3D ruchkalar orqali Siz ajoyib ijodkorlik namunalarini yaratish
imkoniyatiga ega bо‘lasiz. Masalan, zargarlik buyumlari, me’moriy modellar, turli xil
muhandislik
loyihalari uchun qismlar, haqiqiy obyekt maketlari, uy-rо‘zg‘or buyumlari
va ularning buzilgan qismlarini tuzatish, turli aksessuarlar, buyum va о‘yinchoqlar
ustiga gul shakllari va boshqalar.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari 1. 3D tipidagi ruchkalardan foydalanishdan oldin berilgan kо‘rsat ma larni о‘rganib
chiqish va unga amal qilish.
2. 3D tipidagi ruchkalardan о‘qituvchi ruxsati bilan uning nazorati ostida foy-
dalanish.
3. Issiq 3D ruchka issiqlik elementlariga ega bо‘lganligi sababli, ular bilan
ishlaganda niqob taqish va tez-tez xonani shamollatib turish lozim.
4. Sovuq 3D ruchkadan foydalanganda kо‘zlarni ultrabinafsha nurlanishidan
himoya qiluvchi maxsus kо‘zoynak taqish shart.
10-amaliy mashg‘ulot. 3D ruchkadan foydalanib turli geometrik shakllar
yasash.
jihozlar: issiq 3D ruchka, ABS yoki PLA plastik, chizg‘ich, qalam,
geometrik shakl namunalari.
Ishni bajarish tartibi: 1. Turli geometrik shakllardan birini ixtiyoriy tanlab oling. Masalan,
konus yoki kub shakllaridan birini (107-rasm).
2. Tanlagan geometrik shakl tuzilishining murakkab tomonlarini о‘rganib chiqing.
3. Tanlagan geometrik shaklni taxminiy о‘lchamlarini belgilab, tо‘liq holdagi
variantini oq qog‘ozga chizing. Agar shakl murakkab bо‘lsa, uning о‘xshash
tomonlaridan bittasini chizib oling.
4. 3D ruchkadan foydalanib, tanlangan geometrik shakl tomonlarini yasang.
Yasalgan tomonlarni о‘zaro birlashtirib chiqing.
94
94
5. Geometrik shakl atroflarini ruchka yordamida tо‘ldiring.
6. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda ishlarni bajaring.
Konus shakli
Ko‘pburchaklar
Kо‘pburchakli charxpalak
Kub shakli