25-§. pOLIMER LOYDAN SUVENIR YASASH Polimer loyni, birinchi navbatda, hammamizga bolalikdan tanish bo‘lgan plastilin
bilan solishtirish mumkin. Hozirgi kunda polimer loyini kerakli mahsulotlar asosida
tayyorlash va tayyor holda ham sotib olish mumkin (100-rasm).
Kraxmal
(1 stakan (200 gramm) Limon sharbati
(1 oshqoshiq (15 ml) PVA yelimi
(200 gramm) Makkajo‘xori uni
(1 stakan) Rang beruvchi
qo‘shimchalar
Qo‘l kremi
(me’yorga ko‘ra) Glitserin
(2 tomchi) Mineral moy
(me’yorga ko‘ra) 100-rasm. Polimer loyini tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar.
polimer loyini tayyorlash ketma-ketligi: 1. Polimer loyini tayyorlash uchun sirli idishga PVA yelimi va suv quyib ilitiladi.
2. Kraxmal, makkajo‘xori uni solib, yog‘och qoshiq bilan aralash tiriladi.
3. Quyuq massaga keltirilgach, ustidan mineral moy, limon sharbati, glitserin
qo‘shib, yana bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi.
4. Tayyor bo‘lgan massa yaxshi ishlanishi uchun qo‘l kremi solinadi va ara-
lashtirish davom ettiriladi.
5. Polimer loyi yaxshi turishi uchun yelim xaltada saqlanadi.
Eslatma Ish vaqtida qo‘lqopdan foydalanishni unutmang!
84
84
Ish uchun taglik
Jo‘va
Qoliplar
Shaklli tayoqchalar
Polimer pistolet
Drel
Maxsus mashinka
Mikroto‘lqinli pech
Polimer materiallariga ishlov berishda turli asbob-uskuna va moslamalardan
foydalaniladi (102-rasm).