77
77
3. Tolali massa smola, antiseptiklar va antipirenlar bilan aralash tiriladi.
4. Hosil bo‘lgan aralashmadan ortiqcha suvlar siqib chiqarilib,
plita shakliga
keltiriladi.
5. Ko‘p qavatli presslarda issiq holda presslanadi.
6. 110–120 gradus haroratda maxsus kameralarda 5–7 soat quritilib, so‘ngra
7–8 % gacha namlanadi.
7. Chetlari qirqib tekislanadi.
DSP (yog‘och payrahalik (qipiqlik) plita) – tolalik massa o‘rniga payraha, arra-
to‘pon va boshqa yog‘och chiqindilarini maydalab elakdan o‘tkazilgach, DVP kabi
tayyorlanadi.
Metall asosli kompozit materiallarni tayyorlashda bosim bilan ishlov berishning
barcha turlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, kukunli (poroshokli deb ham ataladi)
metallurgiya usulidan ham foydalanish o‘ta samarali hisoblanadi.
Metall va nometall materiallar kukunlaridan turli xil detallar tayyorlash usuli
kukunli metallurgiya
deyiladi.
Bu usulda tayyorlangan detallar geometrik shaklining aniqligi, yuza g‘adir-bu-
durligining
kichikligi, yeyilishga chidamliligi, metall tejalishi, metall kesib ish-
lovchi stanok va keskichlarga zaruriyat yo‘qligi, malakali ishchilar talab etmas li-
gi, ish unumining yuqoriligi, maxsus xossali detallar tayyorlanishi va boshqa ko‘r-
satkichlarga ko‘ra mashinasozlikda tobora keng qo‘llanilmoqda. Masalan,
kukun
materiallaridan avtomobil hamda traktorlarning moy nasosi, shesternalari, paxta
terish mashinalarining shpindellari, sirpanish podshipniklari,
kirya asboblar, turli
keskichlar kallaklariga kavsharlanadigan qattiq qotishma plastinka va boshqalar
tayyorlanadi.
Bu usulda kompozit material detallarini tayyorlashda asosiy xomashyo metall va
nometall materiallar kukunlaridir. Metall va nometall materiallar kukunlarini olishda
shar tegirmonlardan foydalaniladi.
Kukun materiallardan kompozit material detallarini tayyorlash texnologiyasi
quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Kukun materiallarni tayyorlash.
2. Kukunlardan kutilgan tarkibli kukun olish.
3. Ma’lum miqdordagi kukunni qolipga kiritib presslash.
4. Olingan buyumga zarur xossalar berish uchun ularni termik ishlash.
5. Zaruratga ko‘ra turli (masalan, podshipniklar, kirya asboblarga qo‘shimcha
(kalibrlash, g‘ovaklarini moyga to‘ldirish va boshqa)) ishlovlar berish.
Kukunlarni biriktirishda kukun qolipga kiritilib, puanson bilan presslanib, ma’lum
vaqtdan so‘ng ajratib olinadi (93-rasm).
Kukunli metallurgiya usulida detallarni tayyorlashga ilgari minutlar, ba’zan
soatlar sarflangan bo‘lsa, hozirda aniq forma va o‘lchamlar asosida bu ish sekundlarda
amalga oshirilmoqda. Ana shu usulda metall kukuni po‘lat
press-qolipga solinadi va
katta bosim bilan presslanadi. Shunda metall zarralari bir-biriga jipslashadi, natijada
geometrik parametrlari bo‘yicha tayyor detalga mos zagotovka hosil bo‘ladi.
78
78
Keyin zagotovkani maxsus pechlarda juda yuqori haroratda qizdiriladi – metall
zarralari birlashib, jips bir jinsli detalga aylanadi.
Bu usul bilan tayyorlanadigan detallar uchun kerakli asbob-uskunalar ayrim
hollarda odatdagi metall qirqish stanoklariga qaraganda
soddaroq va arzonroq
bo‘ladi. Bu usuldan issiqqa, korroziyaga chidamli yangi materiallar olishda ham keng
foydalaniladi.
Polimer kompozit materiallar tayyorlash texnologiyasi ularning tarkibi,
bog‘lovchining turi va ishlatish sohasi bilan belgilanadi. Polimer materiallar va
buyumlar olish texnologiyasi nozik hisoblanib, jarayonlarning borishi o‘ta aniqlikda
bo‘lishi talab etiladi.
Polimer kompozit materiallar olishda presslash, shtamplash, quyish, surkash,
shimdirish, sepish, payvandlash, yelimlash va boshqa usullardan keng foydalaniladi.
Jumladan, presslash usulida plastmassa ishchi organi
qizdiriladigan presslarda
tayyorlanadi. Press-qoliplarda press kukunlar issiq holatda presslanib yoki ko‘p
qatlamli press qoliplarda listlar, plitalar va panellar bir nechtasi presslanib olinishi
mumkin (94-rasm). Ko‘p qavatli presslarda yog‘och tolali va yog‘och payrahali
plitalar, qog‘oz qatlamli plastiklar, uch qatlamli yelimlangan panellar va boshqa
kompozit polimer qatlamli buyumlar tayyorlanadi.
94-rasm
. Press-qoliplash (shtamplash) sxemasi.
a) pressmaterial solish; b) qolipni yopish va presslash; v) buyumni chiqarib olish;
1– pressmaterial; 2 – pressqolipning isitiladigan matritsasi; 3 – isitiladigan puanson;
4 – press polzuni; 5 – elektr isitkich; 6 – buyum; 7 – buyumni chiqaruvchi moslama.