96
96
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA
ISHLOV
BERISH TEXNOLOGIYASI
b
o
b
-
1-§.
1.1. OVQATLANISH MADANIYATI
OVQATLANISHNING INSON HAYOTIDAGI
AHAMIYATI. DASTURXON TUZASH
Taomning inson organizmi uchun ahamiyati qanday?
p
azandachilik – amaliy san’at sohasida ham, fan sohalari rivojlanishida
ham o‘ziga xos o‘rin va ahamiyatga ega.
Pa zan da chilik nafaqat
texnologiya, balki tarix, kimyo, biolo giya,
fizika fanlari bilan ham
chambarchas bog‘liq. Dasturxonga torti la digan taom ilmiy asosda tayyorlanishi,
nafosat bilan bezatilishi lozim. Masalliqni lazzatli va
foydali taomga aylantirish
pa zandaning mahoratiga bog‘liq. Taom tayyorlashda pazandachilik san’ati
ro‘yobga chiqadi. Uni tayyorlash ilmining o‘ziga xos texnologiyasi mavjud.
Pazandachilik san’ati insoniyatning eng qadimgi faoliyatlaridan biri bo‘lib,
uning rivojlanishi har doim jamiyatning iqtisodiy rav naqiga aloqador bo‘lgan.
Ovqatlanish inson hayot kechirishining mu him vositasi, sihat-salomatligi va uzoq
umr ko‘rishining garovidir.
Ovqatlanish inson organizmi uchun juda katta ahamiyatga ega. Odam ov-
qatlanishga muntazam ehtiyoj sezadi. Kam ovqat yeyish ham, ko‘p ovqat yeyish
ham organizmda turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri
ovqatlanish tartibiga rioya qilish esa salomatlik uchun juda muhim. Ovqat tarkibida
inson organizmiga foydali turli moddalar bor. Yog‘, oqsil, uglevod va vitaminlar
shular jumlasiga kiradi.
Inson doimiy harakat natijasida kerakli miqdorda energiya sarflaydi.
Sarflangan
energiya o‘rnini esa oziq-ovqat mahsulotlari egallaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini
to‘g‘ri isteʼmol qilish orqali organizm oziqlanadi hamda sog‘lom rivojlanadi. Bir
maromda bir xil ovqatlanish organizm uchun zarardir. Kunlik ovqatlanish ratsionini
turli foydali vitaminlar bilan boyitib borish hamda bir kunda besh marta: ertalabki
nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik, tushdan keyingi yengil ovqatlanish, kechki taom
bilan belgilash tavsiya etiladi.