70
70
23-§.
2.3. KOMpOZIT MATERIALLAR
KOMpOZIT MATERIALLAR VA ULARNING TURLARI.
KOMpOZIT MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Kompozit materiallarni ishlab chiqarishdan maqsad nima?
Ishlab chiqarishda keng foydalanilayotgan metall va metallmas
materiallardan chiqindi sifatida ajralib qolayotgan turli qismlardan
(kukun, tola, qirindi, payraha va boshqa) kam chiqindi chiqadigan hamda
chiqindi chiqmaydigan zamonaviy mahsulotlar yaratishdir.
Fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi natijasida metall va metallmas mahsu-
lotlarning sifatini va assortimentini yaxshilash, yangi konstruksion materiallar, metall
va metallmas materiallar kukunlari asosida tayyorlanadigan qoplama va buyumlar
ishlab chiqarishni ko‘paytirish, talab etilgan xossalarga ega bo‘lgan yangi polimer va
kompozitsion materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirish, kam chiqindi chiqadigan,
chiqindi chiqmaydigan va kam operatsiyali texnologik jarayonlarni keng qo‘llash,
ishlov berishning yuqori samarali usullaridan foydalanishga xizmat qilmoqda.
Odamlar oddiy narsalardan elektron moslamalarga qadar har bir narsani
qurish uchun ming yillar davomida turli kompozitsiyalar yaratganlar. Birinchi
kompozitsiyalar loy va somon kabi tabiiy materiallardan tayyorlangan bo‘lsa-da,
bugungi kompozitlar sintetik moddalardan laboratoriya sharoitida yaratilmoqda.
Siz kompozit materiallar va ularning turlari haqida eshitgan dirsiz. Bu turli
materiallarning har xil usullarda birikishi (kompozi tsiyasi)dan iborat bo‘ladi.