• Q i z i q a r l i m a ʼ l u m o t
  • Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
  • Kiyim tikishda ketma-ketlik qoidasi




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/146
    Sana01.03.2023
    Hajmi33.06 Mb.
    #43888
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   146
    Bog'liq
    5-texnologiya
    7-sinf ish reja, R2iXRw3B2b3FMyc4WBSrurz07GdKMOMkGnUZauVx (3), МЕТАЛЛ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ, 1665744834, QarshiDU 2021 Konferensiya to\'plami, 1.-Anketa--talabalar-, ko161118a, Provodkalar, ekologik-global-muammolar-va-orol-dengizi-muammosi- (1), Abdujalil.moilya, 843-Article Text-2655-1-10-20210331 (1), Mustaqil ta lim uchun, Bahodirov Amirbek MISH, Igamberdiyeva Sohiba
    Kiyim tikishda ketma-ketlik qoidasi
    1. Kiyim turi, yosh xususiyati, faslga moslab gazlama va fason tan lanadi.
    2. Maqsad aniqlab olingach, gavdadan o‘lchov olinadi.
    3. Olingan o‘lchov bo‘yicha hisoblash formulasi tayyorlanadi. 
    4. Hisoblash formulasi asosida andaza tayyorlanadi.
    5. Andaza eskizidan foydalanib modellashtiriladi.
    6. Asosiy andaza bo‘yicha modellashtiriladi.
    7. Tanlangan gazlamaning xossalari o‘rganiladi.
    8. Gazlama ustiga andaza joylashtiriladi.
    9. Buyum bichiladi va tartib bo‘yicha tikiladi.
    10. Tayyor buyum pardozlanadi.
    Q i z i q a r l i m a ʼ l u m o t 
    Ishlab chiqarish korxonalarida bi-
    chish jara yonini zamonaviy avto mat-
    lash tirilgan kompleks mashina amalga 
    oshi radi. Bichish jarayoni vakuum 
    ostida gaz lamalarni bir necha qatlab 
    bajariladi. Bu jarayonni xalq tilida 
    “Qatlama xa mir” deb ham atashadi. 
    25–30 qavatdan iborat gazlamaning 
    qalinligi 5 cm, aniq bichimi 1 cm ga-
    cha bo‘ladi.
    11 – Texnologiya, 5-sinf


    162
    162
    Tikish. Fason bo‘yicha bichilgan kiyimni tikish uchun jarayonga mas’uliyat 
    bilan yondashish talab qilinadi. Bichilgan kiyimni to‘g‘ridan to‘g‘ri tikib tu-
    gatmasdan, kiydirib ko‘rish jarayonlarini ham o‘tkazish lozim. Kiydirib 
    ko‘rish ja ra yonida gavdadagi tabiiy kamchiliklarni yopib ketish uchun biroz 
    kashfiyotchilik mahoratini ko‘rsata olish, ya’ni qo‘l ishlaridan foydalanish 
    mumkin bo‘ladi. Bu insonning yuzidagi, yurish-turishidagi kayfiyatini 
    ko‘tarishga, atrofdagilardan maqtov eshitishiga sabab bo‘ladi. Ishda erishilgan 
    muvaffaqiyat ma’naviy dunyomizni boyitadi. Qolaversa, dizayner-tikuvchi 
    kasbiga ham mehr uyg‘otadi.
    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
    1. Kiyim va uning turlari haqida gapirib bering.
    2. Kiyimni bichish qanday jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi?
    3. Kiyimni kiydirib ko‘rish orqali nimalarni aniqlaymiz?
    4. Sizda ushbu mavzu bilan aloqador qaysi kasbga qiziqish bor?
    Bichish­tikish jarayoni. Bichiq detallarga ishlov berish.


    163
    163
    Kiyimni tikishdan oldin aniq muhandislik hisobi bo‘lishi lozim. Bu faqat ishlab 
    chiqarish korxonalari uchun emas, balki o‘zingiz, oddiy uy sharoitida tikiladigan kiyim-
    kechak uchun ham kerak.
    Buning uchun santimetrli tasma 
    yordamida kiyim tikilayotgan ki-
    shining o‘lchovi olinadi. Bu ishni 
    bajarayotganda u tovonlarini yerga 
    qo‘yib, oyoqlarini juftlab, gavdani 
    tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, tinch 
    turishi kerak. Bunda o‘lchov aniq 
    bo‘lishi uchun u imkon qadar tanaga 
    yopishib turadigan kiyimda bo‘lishi 
    kerak. Gavdadan o‘lchov olishdan 
    avval bel chizig‘i va boshqa asosiy 
    nuqtalar belgilab olinadi. Bitta 
    rezinka belga gorizontal qilib, ik-
    kinchisi esa yelkadan tushi riladi. 
    Rezinka o‘rniga tasma, chilvir 
    ish latsa ham bo‘ladi. O‘lcha na-
    yotganda san ti metrli tasmani tort-
    may, bo‘ shashtirmay, old to mondan 
    tu tash ti riladi. Yelka, yeng, kiyim 
    uzunligi o‘ng tomondan o‘lchanadi. 
    Aylana o‘lchovlari to‘liq o‘lchanib, gavda o‘lchamining teng yarmi yoziladi. Uzunlik 
    o‘lchovlari, yelka kengligi, bilak manjet aylanasi to‘liq yoziladi. Kiyim yelka chokining 
    bo‘yin asosi nuqtasiga, qo‘l tanaga ulanadigan joydagi yelka nuqtasiga alohida ahamiyat 
    berish kerak. Chunki ko‘p o‘lchamlar shu nuqtadan 
    boshlanib, shu nuqtada tugallanadi. Bu nuqtalarning 
    o‘rni o‘zgarmas bo‘lsagina kiyim bexato chiqadi.

    Download 33.06 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   146




    Download 33.06 Mb.
    Pdf ko'rish