1.3 Elektron tijorat tizimidan foydalanishning afzallik va kamchiliklari
Muammolar shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning to’gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani.
Quyida bir nechta misollar keltiramiz: internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir. Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin. Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog’ida yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir. To’rtinchidan, mavjud internet-do’konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Kompyuter va elektron-mayishiy texnika mahsulotlarini sotishga bo’yicha8, sovg’a va gullar bo’yicha-4, raqamli tovarlar bo’yicha, iste’mol va ma’ishiy tovarlar bo’yicha-3, kitob, musiqa va kompakt diskda filmlar sotishga mo’ljallangan3 do’kon mavjud. Bu veb-saytlarning 4-ishlov berilish jarayonida, 4-to’lovni xalqaro to’lov tizimidagi plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirish imkonini yaratadi, 12-WM Transfer to’lov tizimidan foydalanadi. Qolgan do’kon naqdsiz to’lovni amalga oshirishni imkonini, yozma shartnoma imzolanganidan so’ng, yaratadi.
Qishloq yerlarida yashovchilar yirik shaharlarda yashovchilar bilan birdek tovar, xizmat va axborotdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega. Elektron tijorat tizimida mavjud imkoniyatlar turlicha bo‘lishiga qaramay, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Raqobatning oshishi va xizmat sifatining ortishi, xizmatning ommaviy ravishdan yakka tartibda olib borilishiga o‘tishi, qisqa vaqt va masofalarda xaridorga yetkazib berish sarf harajatlarni kamaytiradi, bu o‘z navbatida, mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. Elektron tijoratda real mahsulot bilan elektron mahsulot ma’lumoti materiali o‘rtasida farq bor. Elektron material savdosida (dasturiy ta’minot, tijorat ma’lumotlari, axborot xizmati, video, ovozli mahsulotlar, grafiklar, o‘yinlar, multimedia ilovalari va boshqalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq tijorat kelishuvi bosqichi amalga oshirilishi mumkin. Ushbu holatda mahsulot va xizmat o‘rtasidagi farqni aniqlash muammo. Agar kompakt diskka musiqa yozib, pochta orqali yuborilsa,u tovar-mahsulot ko‘rinishiga ega bo‘ladi va mahsulotni sotish hisoblanadi. Agar musiqani raqam ko‘rinishida xaridorga uzatilsa bu mahsulot bo‘ladimi yoki xizmat, degan savol yuzaga keladi. Shuning uchun ham elektron mahsulot almashinuvida elektron mahsulot deb yuritish, yangi elektron bozorni tashkil etadi, jumladan, nashriyotlardagi elektron kitob bunga misol bo‘ladi. Bunday elektron tijoratning ko‘rinishi raqobatni yuzaga keltirib, yangi ish joylarini tashkil etilishiga olib keladi.
2.1 Elektron tijoratning texnologik jihatdan ijtimoiylashuvi.
Hozirgi kunda elektron tijoratning eng asosiy tamoyillaridan biri shundaki, ikki tomon qo‘llayotgan shartnoma elektron yo‘li bilan amalga oshirilayotganligi uchungina, uning qonuniyligi va haqiqatan ham mavjudligini shubha ostiga qo‘yishga haqli emaslar. Tamoyilning amalga oshirilishi har doim ham kafolatlanmaydi, shuning uchun ham ba’zi yuridik qiyinchiliklar vujudga keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda faqatgina ikki tomonning shaxsiy imzolari qo‘yilgan shartnomalargina tan olingani uchun, bunday holatlarda shartnoma yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun elektron tijorat qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishga qurbi yetmaydi.
Bu qonun o‘zida shartnomalarning yuridik kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan, shartnoma originali va nusxalari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish modelini aks etadi. Qonunda ko‘rilgan, berilganlarning elektron almashuvining huquqiy rejimi funksional ekvivalent nomli tamoyilga asoslanadi. Davlat qonunchiligiga bu qonunning joriy etilishi, tomonlarning elektron almashuvi vositasini tanlaganida, ular uchun huquqiy muhitni yaratishi ko‘zda tutiladi. Bu qonun qabul qilingandan keyin elektron tijorat jarayonlarini oldindan aytib berishni osonlashtiruvchi va shu bilan birga elektron tijoratning butun dunyoda rivojlanishiga turtki bo‘ladigan me’yor va qoidalar ustidagi ish olib borish yuzasidan rozilikka erishilgan. Bunday qonunlar orasida elektron raqamli imzoning munosabatini yo‘lga soladigan holatlar sanab o‘tilgan. Bu savolning bunchalik dolzarb bo‘lishiga, Internet va boshqa tarmoqlar orqali qo‘llanadigan shartnomalar sonining tez o‘sishi sabab bo‘lgan. Bu elektron tijorat sohasidagi Yevropa va xalqaro huquqlarning shakllanishidagi navbatdagi qadam bo‘ldi, chunki u elektron tijorat sohasidagi kelajakdagi rivojlanishi va mukammallashuvining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston uchun Yevropaning huquqiy tartibotidagi tajribasi kerak bo‘ladi. Direktivada raqamli imzoni yaratish uchun ishlatiladigan belgilarga bo‘lgan talablar shakllantirilgan. Bundan tashqari shartnomani qo‘llagan tomonning imzosi va uning elektron nusxasining muvofiq kelish - kelmasligini aniqlashga yordam beruvchi sertifikat nomli hujjat ko‘zda tutiladi. Bu sertifikatdan tashqari yana shunday bir tushuncha mavjudki, uning nomi malakali sertifikat, uning farqi faqatgina imzolarni solishtirishda emas, qator talablarga javob berish majburiyligidadir. AQSh va Kanadada supermagistral, ya’ni har bir insonga o‘z ta’bi bo‘yicha istaganini topish texnologik vositasining qurilishiga ko‘ra olingan. G‘arbiy Yevropada asosiy jamiyat jahon texnologik inqilobning navbatdagi qadamiga ijtimoiy tomondan yondashiladi. Elektron imzoning huquqiy aktlaridagi tamoyillarining O‘zbekiston qonunchiligida joriy etish yetarli potensialga ega bo‘ladi deb tasavvur etiladi. O‘zbekistonda hozircha elektron tijoratni tartibga soluvchi qonunchilikning ma’lum bir sohasi yo‘q, shunga muvofiq holda davlatning bu ishda faolligi va sud amaliyoti mavjud emas. O‘zbekistonda elektron tijoratning yuridik amaliyotida oxirgi ishlar "elektron hujjat", "shartnomaning elektron shakli", "elektron raqamli imzo", "elektron hisoblar", “elektron hukumat” kabi tushunchalar shakllandi. Ba’zi O‘zbekiston qonunchiligida o‘z imzosi bilan qo‘llangan hujjatlarning qo‘llanishi hamon saqlanib kelmoqda. Bundan tashqari, hududiy me’yorlarning umumiy rivojlanmaganini hisobga olish lozim. Xalqaro darajada bo‘lganidek, bu, O‘zbekistondagi elektron tijorat va unga global elektron bozoriga chiqishi uchun yuridik to‘siq bo‘ladi. Bunday to‘siqlardan xoli bo‘lish uchun elektron tijorat sohasidagi bo‘layotgan jarayonlarni ko‘proq holatiy aks ettirish kerak bo‘ladi. Buni yana bir qator qonunlar qabul etish bilan birga hal etsa bo‘ladi. Avval ta’kidlanganidek, alohida urg‘u O‘zbekistonning elektron imzolar to‘g‘risidagi qonuniga beriladi. AQSh da, Italiya va Germaniyada bu qonunlar amalda qo‘llanilmoqda. 29 Elektron tijoratning davlat chegarasi mavjud emas va uning yordamida realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlarning turliligi shunchalik xilma-xilki, ba’zida iste’molchi ularning xalqaro me’yor va qoidalarga to‘g‘ri kelish - kelmasligiga ikkilanadi. Ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilar o‘zlarining mahsulotlarini alohida chet el standartiga dekloratsiya qiladilar, tabiiy hol, bu haqdagi axborot mijozda bo‘lmaydi. Buning natijasida, masalan, Internetda, sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shni asbob-uskunalarga zarar yetkazadigan elektromagnit to‘lqinli qurilmalarni qo‘lga kiritish mumkin. Iste’molchini sifatsiz mahsulotdan himoya qilish maqsadida sertifikatlashtirish va litsenziyalash davlat darajasida turadi. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari. Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir Axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan keng ko‘lamli foydalanish tufayli jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida axborot va bilimlardan foydalanish samaradorligi oshdi.Buning natijasida fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilib, axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tarmoqlari va tizimlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ehtiyojlari qondiriladi. Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini inobatga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 25-dekabrdagi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga 30 ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, kodeks oltita moddadan iborat yangi mazmundagi “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan XX bob bilan to‘ldirilgan. Ushbu bobda axborotlashtirish qoidalarini buzish; kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish; kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish; kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish; kompyuter sabotaji va zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga “Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish” nomli modda kiritilib, unda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda 2014-yil 5- mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning axborot olishga oid konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini mustahkamladi. Shuningdek, mazkur huquqiy hujjat axborotni, avvalo, fuqarolarning bevosita huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni olish mexanizmlarini aniq belgilab berdi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22- noyabrdagi”Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 256-sonli qarori “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash, axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot tizimini barpo etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan. Unda Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi va Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlar tasdiqlangan hamda birinchi Nizomning ilovasida Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar berilgan. Mamlakatimizda elektron biznes yo’lga qo’yish, yuritish va uni yanada rivojlantirish buyicha qabul qilingan qonunlar jumlasiga quyidagilarni asosiylari sifatida kiritishimiz mumkin:
Elektron tijorat to’g’risidagi qonun (2004 va 2015 yillar.)
Axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni (2003y.)
Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonun (2003y.)
Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun (2004y.)
Elektron to’lovlar to’g’risidagi qonun (2005y.) O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi 31 axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashqiliy ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashqiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari,
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O’zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog’idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o’zaro aloqada ishlashini ta’minlash; axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashqil 32 etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko’maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag’batlantirish;
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish.
|