• MAVZU : Zamonaviy raqamli texnologiyalarning elektron tijorat samaradorligini oshirishdagi o‘rni va imkoniyatlari 120-guruh talabasi
  • KIRISH……………………………………… 4 I
  • I BOB Zamonaviy texnologiyalarning samaradorlikni oshirishga ta’siri...................................
  • III BOB Elektron tijoratning rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillar.......................……………………………
  • Xulosa……………………………………… 36 Foydalanilgan adabiyotlar
  • Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xoraxmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 96,51 Kb.
    bet1/6
    Sana20.05.2024
    Hajmi96,51 Kb.
    #245426
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ULUG\'BEK


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
    TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAXMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    AKTSIM FAKULTETI
    MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI
    ELEKTRON TIJORAT” YO‘NALISHI


    INDIVIDUAL LOYIHA №2

    MAVZU : Zamonaviy raqamli texnologiyalarning elektron tijorat samaradorligini oshirishdagi o‘rni va imkoniyatlari


    120-guruh talabasi:
    Muhammadqulov U.U
    Ilmiy rahbar:Nosirova.Z.X
    Komissiya a’zolari: Djalalov J.M
    Usmonxodjayeva S.M


    Toshkent-2024
    MUNDARIJA:

    KIRISH………………………………………

    4

    I BOB. ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISH STRUKTURALARI




    1.1

    Elektron tijoratning maqsadi va vazifalari.............

    6

    1.2

    Elektron tijorat tizimini texnologiyalar yordamida globallashuvining asosiy ko‘rinishlari va ularning qo‘llanilish ko‘lami……………………………………

    8

    1.3

    Elektron tijorat tizimidan foydalanishning afzallik va kamchiliklari. …………………………

    11

    I BOB Zamonaviy texnologiyalarning samaradorlikni oshirishga ta’siri...................................







    2.1Elektron tijoratning texnologik jihatdan ijtimoiylashuvi...................................................

    18




    2.2Zamonaviy texnologiyalarning tijorat bilan o’zaro aloqadorligi.………………………………...................

    21

    III BOB Elektron tijoratning rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillar.......................……………………………







    3.1 Zamonaviy texnologiyalarning muammolari...........

    33




    3.2 Elektron tijorat samaradorligida muammolar tavsifi.............................................................................

    35

    Xulosa………………………………………

    36

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……….

    40



    KIRISH
    Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat‘iy ta‘rif berish bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat mahsulotlarni Internet orqali sotib olish, deya ta‘riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda elektron tijoratning juda ko’p ta‘riflari keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u yoki bu hususiyati, qirralari qayd etiladi. Umumiy holda bu erda "elektron" va "tijorat" so’zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan qanday ma‘no anglatishini bilib olish lozim. SHundan kelib chiqqan holda, elektron tijorat tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz1.
    Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to’lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o’z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiqssiklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o’tkazilib, egalik qilish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o’tishi ta‘minlanadi. Keltirilgan ta‘rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so’zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo’lgan maqsadni o’zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat takomillashgan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to’liq jarayonlarini (operatsiyalar) elektron yo’l bilan amalga oshirlishini ta‘minlaydi.
    Keyinchalik biz shunga amin bo’lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi amallar 20 (operatsiyalar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan, tovar va xizmatlar to’lovini o’z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta‘rifda "savdo" va "Internet" so’zlari yo’q bo’lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bo’yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90-yillardan faol ishlatila boshlandi. Elektron tijoratning o’zi esa bundan uzunroq tarixga ega.
    Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o’rinlarini yaratadi.
    O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo’lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.• Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi.
    Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z aksini topadi.

    1.1. Elektron tijoratning maqsadi va vazifalari.


    Elektron tijorat (inglizcha, “electronic commerce” yoki “e-commerce”) – bu,iqtisodiyotning zamonaviy sohasi bo‘lib, u Internet va boshqa turdagi kompyuter tarmoqlari kabi elektron tizimlar orqali mahsulotlar yoki xizmatlarni sotish hamda sotib olishni o‘z ichiga oladi. Elektron tijoratni amalga oshirishda elektron kapital harakati (electronic funds transfer, EFT), ta’minot zanjirini boshqarish (supply chain management), internet-marketing, tranzaksiyalarni onlayn rejimida qayta ishlash (online transaction processing), elektron axborot almashinuvi (electronic data interchange, EDI), moddiy-texnikaviy resurslarni boshqarish hamda ma’lumotlarni avtomatik ravishda yig‘ish tizimlari kabi texnologiyalardan foydalaniladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat‘iy ta‘rif berish bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat mahsulotlarni Internet orqali sotib olish, deya ta‘riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda elektron tijoratning juda ko’p ta‘riflari keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u yoki bu hususiyati, qirralari qayd etiladi. Umumiy holda bu erda "elektron" va "tijorat" so’zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan qanday ma‘no anglatishini bilib olish lozim. SHundan kelib chiqqan holda, elektron tijorat tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to’lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o’z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiqssiklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o’tkazilib, egalik qilish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o’tishi ta‘minlanadi. Keltirilgan ta‘rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so’zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo’lgan maqsadni o’zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat takomillashgan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to’liq jarayonlarini (operatsiyalar) elektron yo’l bilan amalga oshirlishini ta‘minlaydi. Keyinchalik biz shunga amin bo’lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi amallar (operatsiyalar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan, tovar va xizmatlar to’lovini o’z ichiga oladi.
    Yuqorida keltirilgan ta‘rifda "savdo" va "Internet" so’zlari yo’q bo’lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bo’yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90-yillardan faol ishlatila boshlandi. Elektron tijoratning o’zi esa bundan uzunroq tarixga ega.


    Download 96,51 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 96,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xoraxmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 96,51 Kb.