Elektron tijorat tizimini texnologiyalar yordamida globallashuvining asosiy ko‘rinishlari va ularning qo‘llanilish ko‘lami




Download 96,51 Kb.
bet2/6
Sana20.05.2024
Hajmi96,51 Kb.
#245426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ULUG\'BEK

1.2 Elektron tijorat tizimini texnologiyalar yordamida globallashuvining asosiy ko‘rinishlari va ularning qo‘llanilish ko‘lami

Elektron tijorat tushunchasining paydo bo’lishi 1948 yilda G’arbiy Berlinni kerakli material-texnik xom ashyo bilan ta‘minlash uchun G’arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan havo (avia) ko’prikni tashkillashgirish ishlarida qo’llanilgan amaliyot bilan bog’lanadi. Ushbu ko’prik deyarli 11 oy faoliyat ko’rsatib, shahar ehtiyojlari to’g’risida juda tez va aniq ma‘lumotlar uzatilishini talab qilgan. Agar Berlin avia ko’prigini elektron tijoratning paydo bo’lish nuqtasi yoki alohida epizodi hisobida ko’rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g’oyasi AT&T korporatsiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan abonentlar shaharlararo so’zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu o’z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bo’ldi. AQSHda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi. So’ngi yillar hisob-kitoblariga ko’ra, AQSHda elektron tijorat hajmi 170 milliard dollardan oshib ketgan. Evropada esa bu ko’rsatkich 140 milliard dollarga etganligi taxmin qilinmoqda. Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali unchalik katta emas. Ekspertlarning baholashicha, so’ngi yillarda u 17 milliard dollarga tenglashgan bo’lsa-da, o’sish sur‘ati yiliga 40-60 foizni tashkil etmoqda. Internet tarmog’i paydo bo’lguncha bir necha yillar davomida elektron tijorat turli xil ma‘lumotlarni uzatish elektron tizimlariga asoslangan. EDI (Elestronic Data Interchange - ma‘lumotlar elektron almashinuvi), EFT (Electronic Funds Transferfondlarning elektron almashinuvi), E -Mail (Elestronic Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir qatorida yuqoridagi ma‘lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi. Internet elektron tijoratning butun dunyo bo’yicha tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bo’lishiga qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik o’rnini egallay olmaydi. Biroq aynan global tarmoq elektron tijoratning rivojlanishiga qattiq turtki berdi va u katta korporatsiyalargagina emas, balki kichik va o’rta tadbirkorlarga hamda alohida shaxslarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Bu bilan mahsulot etkazib beruvchilar va iste‘molchilarning tobora kengroq doirasini elektron tijoratga jalb etish mumkin bo’ldi.


Elektron tijorat kundan kunga tovar va 21 xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga birlashtirib, hamkorlarning o’zaro ta‘siri axborot va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida samarali va to’siqlarsiz kelishuvlarga erishishiga imkon berdi.
Elektron tijorat o’z - o’zidan mahsulot sotish va xizmat ko’rsatish va etkazib berish shartnomalarini tuzishda iikita: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog’liq:
Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta‘minot, bino loyihalari va b.) ni to’g’ridan - to’g’ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va h.k buyurtmasi)ning to’g’ridan - to’g’ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, etkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni etkazib berishni axborot va telekommunikatsion qo’llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba‘zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat ko’rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi. Elektron tijorat yuritishning andozalari. Hozirgi elektron tijorat yuritishning turli xil andozalari qariyb barcha mamlakatlarda, iqtisodiyotning turli sohalarida, turli xil hajmdagi korxonalarda shuningdek davlat muassasalari va turli darajadagi vakolatli qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu andozalarning umumiy -qabul qilingan tasnifi asosiga shartli ravishda mahsulot etkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin bo’lgan elektron tijoratning o’zaro aloqador tomonlari turlari qo’yilgan. Bu tavsifning mazmuni shundan iboratki, elektron tijoratni yuritish andozalari mahsulot etkazib beruvchi va xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi. Mahsulot (tovar) etkazib beruvchi va xaridorlar turkumiga quyidagilar kiradi: Davlat (Government). Korxona (Business). Mijoz, iste‘molchi (Consumer). Hamkor (Partner). Korxona xodimi (Executive, emploee). Andoza belgilanishi mahsulot etkazib beruvchi va xaridor nomlanishidan tuziladi. Misol: Ingliz tilida (Business to business) yoki o’zbek tilida (korxonakorxona) Business to consumer-korxona-iste‘molchi. Andozaning qisqartirilgan belgilanishi sotuvchi va xaridorning ingliz tilidagi nomlari bosh xarfidan tuziladi va ular o’rtasida ―2‖ raqam qo’yiladi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatda turli xil darajada quyidagi andozalardan foydalaniladi. Iqtisodning korporativ (xususiy) sektori: Yirik biznes; B2B; V2R; V2E; B2S. SHimoliy Amerika, G’arbiy Evropa va Rossiya mamlakatlarida hozirgi paytda eng keng tarqalgan elektron tijorat yuritish andozalari quyidagilar: B2B - korxona - korxona B2S - korxona - iste‘molchi S2S - iste‘molchi - iste‘molchi S2B - iste‘molchi -korxona "Korxona -korxona" andozasi xususiyatlari. "Ideal" holatda B2B andoza bo’yicha elektron tijorat yuritish tadbirkorlarning avtomatik o’zaro aloqadorligini ko’zda tutadi. Xorijda B2B andozasi 40 yil oldin paydo bo’lgan va keng tarqalgan. B2B andozasidan foydalanishning ikki ko’rinishi bor: Birinchidan: ikki yoki undan ortiq korxonalar o’zaro turli xil shartnomalar tuzadi. Misol: korxonalar Internet orqali shartnoma tuzishda o’z takliflarini yuborishlari, hisob varaqalarini qabul qilishlari va to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ikkinchidan: B2B sektorida elektron tijorat yuritishning rivojlangan tizimlarining o’ziga xos xususiyati bo’lib, korporativ axborot tizimlari bilan integratsiya hisoblanadi. SHunday qilib, istiqbolda, nafaqat xarid va sotuv jarayonining avtomatlashuvi, balki korxona boshqaruvining kompleks avtomatlashuvi masalalari echimi ham ta‘minlanadi.

Download 96,51 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 96,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijorat tizimini texnologiyalar yordamida globallashuvining asosiy ko‘rinishlari va ularning qo‘llanilish ko‘lami

Download 96,51 Kb.