Zamonaviy texnologiyalarning tijorat bilan o’zaro aloqadorligi




Download 96,51 Kb.
bet4/6
Sana20.05.2024
Hajmi96,51 Kb.
#245426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ULUG\'BEK

2.2 Zamonaviy texnologiyalarning tijorat bilan o’zaro aloqadorligi
O’zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonuni 2003-yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 22 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: -elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos eluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natija; elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot. O’zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonuni 2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 19 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo’llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, 33 normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: Elektron hujjat - Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir. Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. Elektron hujjatning rekvizitlari - Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
 elektron raqamli imzo;
 elektron hujjatni jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
 elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili;
 hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining elektron tijorat to’g’risidagi qonuni 2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 14 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: Elektron tijorat - Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir. Elektron tijorat ishtirokchilari - Elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir. Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir. O’zbekiston Respublikasining elektron to’lovlar to’g’risidagi qonuni 2005 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi elektron to’lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar: Elektron to’lov - Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to’lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to’lovdir. Elektron to’lov to’lov tizimining sub’ektlari o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida to’lov 34 tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. To’lov tizimi va uning turlari - Elektron to’lovlar amalga oshirilayotganda to’lov tizimining sub’ektlari o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to’lov tizimidir. To’lov tizimining turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:  banklararo to’lov tizimi;
 bankning ichki to’lov tizimi;
 chakana to’lovlar tizilaridan iborat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari.
 Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida (2000 y.)
 Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida (2002 y.)
 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (2005 y.)
 O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashqil etish to’g’risida (2005 y.)
 Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashqil etish to’g’risida (2006 y.) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari va sohaga oid me’yoriy hujjatlari
 Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida (2002 y.)
 Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida (2005 y.)
 Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro aloqadorligini yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida (2007 y.)
 Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007 y.)
 Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to’g’risida (2009 y.) Shuni alohida ta’kidlash lozimki, zamonaviy global Internet tizimi bir vaqtning o`zida ham ommaviy axborot vositasi hamda electron-kommunikatsiya (elektron pochta, chatlar, ijtimoiy tarmoq, xizmatga oid kommunikatsiya dasturlari, Internettelefon-faks, tele-videokonferensiyalar) vositasidir. Internet global tarmog’i axborot zamonaviy virtual kompyuter tarmoqlarini yaratish imkonini beradi, shu bilan birga, Internet faqatgina kommunikatsiya vositasi bo`libgina qolmasdan, u haqiqiy vaqt 35 rejimida muloqot qilishga imkoniyat beradigan, audio va video ma`lumotlarni almashish orqali elektron ma’lumotlarni shakllantiradigan, sotuvchi va xaridor o`rtasidagi o’zaro muloqotni tashqillashtiruvchi interfaol muhit ham yaratadi.

3.1 Zamonaviy texnologiyalarning muammolari.


Axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi yutuqlar biznes boshqaruvining samarali va tezkor bo`lishini ta`minladi, internetda jadal iqtisodiy faoliyat yuritish uchun o’ziga hos bo’lgan muhit shakllantirdi. Bundan tashqari, biznesning “virtual elektron biznes” deb atalgan yangi shakllari paydo bo`ldi, uning xususiy ko’rinishi “elektron tijorat” deb nomlandi. Virtual elektron biznesni ma`lumot yetkazib berish, reklama, elektron kazino, katalog (narsalarning ma`lum tartibda tuzilgan ro`yxati)va do`konlarga ajratish mumkin.Global tizimdagi vositachilar haqida esa quyidagilarni aytishimiz mumkin. Bir tomondan, internet bir-biridan o`zaro kam xabardor bo`lgan sotuvchi va xaridorlardan foydalana olgan vositachilardan xalos bo`lishga ko`mak bergan bo`lsa, ikkinchi tomondan, axborot revolyusiyasi yuz bergan davrda ma`lumotlarning juda ko`pligi ularni qayta ishlash va tahlil qilishda bir qancha muammolar paydo bo`lishiga olib keldi. Shuning uchun ham vositachilarning o`rni nafaqat axborotni topish, balki ularni sifatli qayta ishlashda ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Axborot-kommunikatsion saytlar va elektron birjalarni savdo qilish bo`yicha hamkorlarni topishda yordam beruvchi vositachilar deb hisoblash mumkin. Biroq bular vositachilikning passiv shakllari hisoblanadi, chunki iste’molchi-foydalanuvchi faqatgina axborot zahirasidan foydalanadi. Vositachilar mijozlarni ularning o`zlari qidirishlari va qayta ishlashlari qiyin bo`lgan ma`lumotlar bilan yetarlicha ta`minlab, ish yuzasidan bo`ladigan uchrashuvlarni tashqillashtirish, ularni o`tkazish, bozorni shakllantirishga yaqindan yordam beradilar. Vositachilar mijozlarning haqiqiy ehtiyojlarini aniqlaydilar, kelgusidagi kelishuvlar haqida ma`lumotlar beradilar, hamkor tomonlar orsidagi o’zaro aloqani ta`minlab, kelishuvlarni tashqillashtirish bo`yicha tegishli operatsiyalarini bajaradilar. Savdo tranzaksiyalari qiymatining past darajada bo`lishi global axborot tarmog‘i – Internet qamrab olgan butun dunyo vositachilik bozorining keskin kengayishiga olib keladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsion vositachilari, misol uchun, buyurtmachilarga mo’ljallangan kataloglar yaratish, interfaol operatsiyali kichik bozorlarni tashqil etish, axborot tizimlari reytinglarini tuzish va interaktiv Web-aloqa 36 vositalaridagi reklama samaradorligini baholash bilan shug‘ullanishlari mumkin. Elektron biznes xizmatlariga bo`lgan ommaviy talab electron busines inkubatorlari paydo bo`lishiga olib keldi, ular nafaqat o`zlarining serverlarida joy ajratishni, balki savdo bo`g‘inini tashqillashtirishni qo`llab-quvvatlanishini ham taklif etdilar. Bepul servisli Freemarchent inkubatori reklamalarni ijaraga olingan saytlarga joylashtirishga ruxsat beradi va namoyish etishni tashqillashtirishga ko`maklashadi, bunda tizim ichidagi virtual do`konlar orasidan bannerlar almashinuvi rag‘batlantiriladi, reklamadan olingan daromadlarning yarmi esa virtual do`konlar egasi hisobiga o`tkaziladi. AQShda istiqomat qiluvchi istagan kishi birinchi milliy virtual bank (CompuBank)da hisob raqami ochib, o`z savdo hisob varag‘idan foydalanishi mumkin. Ushbu bank Freemerchantning hamkori hisoblanadi, bu esa to`lov va xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. Freemerchant funksiyalari yetakchi qidiruv tarmoqlarida avtomatik ravishda ro`yxatdan o`tish, elektron pochta orqali axborot byulletenlari, tovar kataloglari yuborilishini ta`minlaydi. eBay auksionlariga eBay Export va eBay Push funksiyalarini bajarish orqali tovarlarni olib chiqish ham mumkin bo`ladi. eCongo inkubatori, o`z biznes-inkubatorlarini mustaqil ravishda tashqillashtirishni istaganlar uchun Free Commerce Builder paketini taklif qiladi va bundan tashqari, 1000 tagacha foydalanuvchilarni saytda to`lovsiz qo`llab-quvvatlanishiga ruxsat beradi. Ko`pchilik hollarda internet – kompaniyalari faoliyati natijasida to`plangan va qayta ishlangan ma`lumotlardan dasturiy resurslardan yangi axborot mahsulotlari va texnologiyalari yaratilishida boshlang‘ich mahsulot sifatida foydalanish mumkin bo`ladi. Bu ma`lumot elektron e’lonlar doskasida joylashtirilishi, yaratiladigan sayt, yangi kataloglar tarkibiga kiritilishi mumkin. Bunda to`plangan ma`lumotlardan faqatgina axborot shaklida foydalanilish zarur deb qaralmaydi. Ularni masalan, qandaydir elektron kitob shaklida nashr qilish va to`plangan ushbu ma`lumot asosida yangi texnologik tizim yaratilishida ham foydalanish mumkin bo`ladi. Internet kompaniyalari tomonidan yangi biznes yo’nalishi vujudga kelishining boshqacha imkoniyatlari ham mavjud:
 saytda yaratilgan ma’lumotlarning axborotlashgan tuzilmasi asosida jug’rofiy jihatdan turli joylarda joylashgan virtual ishlab chiqaruvchilar jamoasini yaratish;
 axborotlarning kerakli hajmi to`planganda jarayonlar o`rtasida statistik jihatdan bog‘liqliklarni topish imkoniyatining paydo bo`lishi;
 uzoq muddat davomida to`plangan va qayta ishlangan ma`lumotlar asosida o`quv yoki ekspert dasturining yaratilishi;
 keng ko`lamli axborotlashgan tarmoqning yaratilishi “bosqichma- bosqich tijorat”ni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Bunda buyurtmachi-foydalanuvchi o`zining individual buyurtmasi bajarilishini kuzata olish, uning vaqt va makonda lokallashuvini ta`minlash kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Elektron biznesning yana 37 bir diqqatga sazovor bo’lgan jihatini, ya`ni offshor doiradagi faoliyat va uning bilan electron biznes o`rtasidagi o`xshashlikni ko’rsatish lozim. Ushbu ikki faoliyat turlarining umumiy qirralarini keltirib o`tamiz: ofis, shaxsiy hisob raqamidan ma`lum bir masofadan turib foydalana olish imkoniyati; biznesning shaffofsizligi va fiskal nazoratning sustligi; tranzaksiyalarni amalga oshirishda noananaviy vositalardan va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi, ya`ni bundadavlatlararo biznes yaratilishida ofis, ishlab chiqarish, bank, tovar yoki xizmatlar sotuvi Internet orqali butun dunyo bo`yicha taqsimlangandir. Elektron biznes jarayonini amalga oshiradigan internet kompaniyalar asosan offshor rejimida ishlaydilar, davlatning fiskal nazoratidagi tushunmovchiliklar, operatsiyalarning taqsimlanishi va vaziyatning noaniqligi ko`pgina ish tartiblarini chetlab o`tishga va soliq yukini biroz pasaytirishga imkon beradi. Masalaga boshqa tomondan yondoshganda, barcha offshor firmalar tranzaksiyalarni kamaytirish, operatsiyalarni amalga oshirish, “virtual idoralar” tashqil etish hisobiga vakillik xarajatlarini kamaytirish uchun internetdan faol foydalanadilar. Aytish lozimki, offshor kompaniyalar ko`pchilik hollarda internet makoniga jadallik bilan kirib bormoqda. Bunga eng asosiy sabab, bozor kon’yunkturasi yaxshilanayotgan dunyoning barcha nuqtalariga biznesni tezkor ravishda amalga oshirish, ta`sir ko’rsaish mintaqasini imkoniuat darajasida kengaytirish, mijozlar sonini ancha miqdorga ko`paytirishdan iboratdir. Bu muammo bilan uzviy bog’liq bo’lgan resurslarga masofadan turib kirishning afzalliklarini ko`rib o`tamiz.Agar barcha operatsiyalarni aloqa vositalari orqali amalga oshirishning imkoni bo`lsa va bu vositalar tranzaksiyalari qo`llabquvvatlansa, u holda agentlar va hamkorlarning joylashgan o`rni ahamiyatga ega bo`lmaydi. Bunday firma vakillarining ixtiyoriy va ko`pincha noaniq xattiharakatlari davlat soliq-byudjet organlarini ularning tartib va turli operatsiyalari, hisob varaqalari yo`llarini to`sib qo`yishlarini qiyinlashtiradi. Mobillik ham o`z navbatida, axborot tarmoqlariga kirish mumkin bo`lgan dunyoning istalgan nuqtasidan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Mahaliy kompaniyalar uchun internet to`lovlarini turli to`lov tizimlarining raqamli naqd pullarini qo`llab, offshor kompaniyalarning hisob varaqalari orqali o`tkazishi nisbatan xavfsiz hisoblanadi. Xuddi shuning uchun ham ko`pgina mahalliy ishbilarmonlar Amerika yoki Angliya banklarida SET (SET Secure Electronic Transaction) protokoli qo`llabquvvatlashi shart bo`lgan va birorta Internet to`lov tizimi bilan bitim bo`yicha kelishilgan hisob varaqalariga ega emaslar. SET protokoli kredit kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Ushbu protokol Visa, MasterCard, Microsoft va Netscape tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bu protokol yordamida to`lov bitimlari xavfsizlikka bo`lgan talab 38 darajasini ta`minlash imkonini beradi. Shunday qilib, barcha operatsiyalar bitimlar maxfiyligini oshirish maqsadida kriptografik shifrlangan shaklda tayyorlangan protokol orqali amalga oshiriladi. Bunda avvaldan mavjud bo`lgan va hozir ham saqlanib qolgan kata bir muammo – bu teskari aloqani tashqillashtirish, ya`ni bunda nafaqat boshqaruvchilarga faks, teleks, elektron pochtalarni jo`natish, balki ularning o`zlaridan ham javob, xabar, hisob raqamining so`rovi kabilarini maxfiylikni saqlagan holda qaytarish masalasi muhimdir. Axborot-kommunikatsion tizimlardagi huquqiy tartibga solish muammolari bo’yicha esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin. Jahonda miqyosida internet tarmog‘iga kirishni tartibga soluvchi va uni boshqaruvchi maxsus tashqilot mavjud emas, ammo ba’zi mamlakatlarning hukumatlari vaqti-vaqti bilan global axborotlashgan makonni nazorat qilishga harakat qiladilar va bunga qandaydir ma’noda erishadilar ham. Ammo bunday urinishlarning natijalari absolyut nazoratning samarasizligini isbotlamoqda. Lekin Internet qoidalarini buzuvchilar mamlakat miqyosida to`la ravishda javobgarlikka tortilishlari ham mumkin. Ma`lumki, Internetdan tashqarida amalga oshirilgan qoida buzarliklar, Internetda ham qoida buzarliklar deb hisoblanadi.
Qandaydir mahsulot yoki xizmatni reklama qilish chog‘ida unga doir tasdiqlovchi dalil va isbotlarni ta`minlab qo`yish lozim deb hisoblanadi, aks holda, ba`zi mamlakatlarda u “asoslanmagan e’lon” deb nomlanadi va bu qonunbuzarlik hisoblanadi. Bir qancha mamlakatlarda bu turdagi qoida buzarliklar bilan pochta orqali buyurtma oluvchilarning shikoyatlari ko`rib chiqilganda duch kelingan, shuning uchun jazo choralari qo`llash uchun qonuniy asoslar ishlab chiqilgan. Bir qancha mamlakatlarning qonunchiligida esa axborotdan ruxsat etilmagan holda foydalanish, uni o`g‘irlash, hukumat, jamoat tashqilotlari, kompaniyalar kompterlardagi ma`lumotlarni o`chirish va o`zgartirish to`g‘risida bir qator qonunlar qabul qilingan. Bundan tashqari, ruxsat berilmagan sharoitda kompaniya, tashqilot va alohida shaxslarga zarar keltiriladigan bo`lsa, ularning axborot tizimiga kirish ham qonunga hilof hisoblanadi. Insonlarning shaxsiy hayotlariga aralashish va uni buzishga tegishi bo`lgan barcha harakatlar qonunga qarshi harakat deb qabul qilinadi. Audio, videomateriallar, dasturiy ta`minotlar, ma`lumotlar bazasi va bilimlar huquqini himoya qilish Internetda samarali biznes yuritishni ta`minlaydi. Mazkur huquqlar kerakli tarzda rasmiylashtirilishi uchun intellektual mulk obyektlari real, obyektiv bo`lishi va shunga mos ravishda ro`yxatga olinishi kerak. Elektron kelishuvlar va tranzaksiyalar standartlashtirilgan “Elektron ma`lumot almashinuvi” yoki EDI deb nomlanadi. Ko`pchilik xollarda, bu kabi standartlashtirilgan hujjatlar majburiy hisoblanmaydi va ko`pincha qonun tomonidan tan olinmaydi. Biroq agar tomonlar qarshilik bildirmasa, bu kabi shartnoma va kelishuvlar qo`llanilishi mumkin, shu bilan birga, shartnomada qaysi qonunchilikdagi 39 me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib, ish tartibi amalga oshirilishi ko`rsatilgan bo`lishi kerak. Rlektron biznes amaliyoti shuni taqozo qiladiki, elektron shaklda amalga oshirilgan shartnomalar, uning matnlari elektron (raqamli) imzo bilan tasdiqlangan bo`lsa, bunday elektron ko`rinishdagi hujjat yozma hujjat hisoblanadi. Chunki elektron (raqamli) imzo bo`lmasa, tomonlarning roziligisiz o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Elektron imzo hujjatning avvalgi holati saqlanishini ta`minlaydi. Hozirda qator mamlakatlarda to`lovlarni elektron tartibda (onlayn) o`tkazishning (tranzaksiyalar) tizimi, qoidalari va elektron imzo to`g‘risida qonunlar qabul qilingan. Ba`zi mamlakatlarda ma`lumotlarni elektron (onlayn) o`tkazishning turli shakllari va bitimlarni elektron shaklda rasmiylashtirishning usullari to`g‘risida qonuniy hujjatlar mavjud. Turli xildagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi chakana firmalar dasturiy ta`minot, audio va videomateriallar, kompyuter o`yinlari va boshqa mahsulotlarni elektron shaklda taklif etganda, unga o`sha materialdan foydalanish huquqini beruvchi lisenziyani qo`shib taqdim etadilar. Ko’pchilik xollarda, bu lisenziya kirish kodi yoki boshqa shaklda mahsulotning o`rami ichida joylashtiriladi. Ushbu foydalanish huquqini topshirish usuli kelishuvning shartnoma shakli hisoblanadi. Ba`zi mamlakatlarda, electron biznesni amalga oshiruvchi internet-kompaniyalar faoliyatini soliqqa tortish muammosi mavjud. Internetdagi elektron biznesni ma`lum bir mamlakatda soliqqa tortishga majbur etish Internet kompaniyalarning o`z joylarini o`zgartirishlariga, ya`ni ularni boshqa mamlakatga ko`chib, ro`yxatdan o`tishlariga olib keladi. Internet kompaniyalar uchun bazaviy mamlakatni o`zgartirishining asosiy sabablaridan yana biri boshqa mamlakatda internet resurslarga kirishni tashqillashtirishning nisbatan oson va arzon bo`lishi hisoblanadi, ammo bu o`z navbatida, Internet-kompaniya chiqib ketgan hudud hokimiyatining salbiy munosabatini keltirib chiqarishi mumkin. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va internet tizimiga asoslangan iqtisodiyotda reinjiniring muammosi quyidagicha talqin qilish mumkin. Ma`lumki, menejment faqatgina yaratilgan ishlab chiqarish tuzilmasini mahsulotlarni yetkazib berish, sotish, xodimlarni to`g‘ridan-to`g‘ri tezkor boshqarishdan iborat bo`lmay, balki biznes-jarayon to`plamining barchamexanizmlarini uzluksiz qayta tashqil etishni va ko`zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilib boshqarishni ham o`z ichiga oladi. Biror bri bozorda mustahkam o`rin egallashga intilgan tashqilot va kompaniyalar kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan biznesjarayonlarni rejalashtirishlari, o`rta va uzoq istiqbolga mo`ljallangan ko`plab loyihalarni rivojlantirishlari kerak bo`ladi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari, bir tomondan, boshqarish jarayonini, rejalashtirish va bashoratni osonlashtiradi, ammo shu bilan birga, yuqori malakali kadrlar bo`lishini talab etadi. Shuning uchun ham internet kompaniyada yuqori texnologik darajaga ega bo`lgan malakali kadrlarni 40 tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi. Kompaniyada xodimlarni o`qitib, ularda ma`lum bir malaka, ko`nikmalar hosil qilish murakkab jarayon, chunki yangi ishga olingan ishchilar tajriba to`plagunga qadar ancha mablag’‘ va vaqt sarflanadi, ular biznesni yangi muhitda o`rganishlari va unga ko`nikishlari kerak bo`ladi. Bozordagi kichik biznes ishtirokchilarini o’zaro bog‘laydigan, ularni yagona strategiya va o`zaro yordamini ta`minlovchi loyihalar kelajakda istiqbolga ega deb hisoblanadi va bunday holatda, moliyaviy jihatdan tez o`zgarib turadigan bozorda minimal risklar bilan raqobatga kirishish imkoniyatlari paydo bo`ladi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari va tarmoq infratuzilmasi bu kabi bog‘lanishni dasturiy-texnik jihatdan ta`minlab beradi. Masalan, yagona to`lov tizimini, xuquqiy yordam va bir brokerlik vazifalarini bajaruvchi mayda ijrochi firmalar, registratorlar va servis markazlarining yaratilishi orqali bunga erishish mumkin bo`ladi. Kishilar vaqt o`tishi bilan electron biznesga o`rganib boqmoqdalar. Oldingi davrlarda katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan elektron biznes tizimlari endilikda aql-idrokka asoslanib, hisob-kitobli bo`lib qolmoqda va unda paydo bo`lgan muammolarni Internet-bozor ishtirokchilari o’zlari mustaqil hal etishlari kerak bo`ladi. Internet-savdoga o`rgangan foydalanuvchilar Internetdo`kon saytlariga kirib pastroq narxdagi tovarlarni izlaydilar. Undagi sotuvchilar ko’proq xaridorlarni jalb qilish maqsadida narxlarni kamaytirishga intiladilar. Ammo sotuvchilarning xozirgi narxlari xaridorlarni qoniqtirmasa, ular raqobatchilarga murojaat qiladilar. Xaridorlarning bu kabi xatti-harakatini hisobga olgan maxsus shopping-robotlar saytlari paydo bo`la boshlagan va ular narx va chegirmalar haqida muttasil ma`lumotlar yetkazib turadilar. Ushbu bo’limga xulosa qilib aytganda, yangi kompaniyalar, yangi Internet-inkubatorlari uchun muhit yarata oladigan investorlarning paydo bo`lishi kadrlar va resurslarning bir yerga to`planishi hisobiga electron biznes internet-loyihalarning to`loqonli tijorat yo’nalishidagi virtual internetkompaniyalarga aylanishiga imkon beradi deb aytishimiz mumkin.
Iqtisodchi-olimlar elektron tijoratni turli guruhlar bo‘yicha bir nechta turlarga ajratib chiqishgan, ulardan eng ommabopi iste’molchilar guruhiga qarab turlarga ajratishdir.
B2B-sxemasi yoki biznesdan-biznesga. B2B-sxemasida biror korxona, ya’ni yuridik shaxs ikkinchi bir korxona bilan elektron savdo-sotiqni amalga oshiradi. U bugungi kunda elektron tijoratning eng yirik hajmli, eng tez rivojlanayotgan hamda isiqbolli yo‘nalishi sanaladi. Maxsus ishlab chiqilgan internet-platformalar kompaniyalarga bir-birlari bilan turli tijorat operatsiyalarini amalga oshirishlarida barcha bosqichlarda qo‘l kelmoqda. Bunday platformalar ikki kompaniya o‘rtasidagi biznes-tranzaksiyalarining operativ ravishda amalga oshirilishiga yordam beribgina qolmay, savdo-sotiqning nisbatan ochiq, ya’ni shaffof bo‘lishiga ham yordam bermoqda. B2G-sxemasi yoki biznesdan-hukumatga. Bugungi kunda elektron tijorat nafaqat korxonalar va mijozlar o‘rtasida mavjud bo‘libgina qolmay, balki tomonlarning biri sifatida davlatning ishtiroki ham sezilarli darajada oshib bormoqda. Bunda, gap tadbirkorlar hamda iste’molchilarning hukumat organlari bilan o‘zaro aloqalari haqida ketmoqda. Masalan, so‘nggi paytlarda hukumatning soliqqa tortish operatsiyalari, turli hujjatlarni to‘ldirish, turli mahsulotlar uchun buyurtmalarni yuborish, bojxona bilan ishlash kabi holatlarda ham internet-texnologiyalar faol qo‘llanilmoqda. Bu bir tomondan hukumat idoralarida ishlovchi xodimlarning ishini yengillashtirsa, ikkinchidan qog‘ozbozlik kabi illatlarning oldini olishda juda qo‘l kelmoqda. Misol uchun AQSh hukumati davlat xaridlari rejasiga kiritilgan tovar va xizmatlar ro‘yxatini Internet orqali e’lon qiladi, unga qiziqqan kompaniyalar esa o‘z takliflarini elektron ko‘rinishda yuboradi. Maxsus ishlab chiqilgan tizim kompaniyalar yuborgan takliflar ichidan eng ma’qulini tanlaydi va hukumat u bilan shartnoma tuzadi. B2C-sxemasi yoki biznesdan-iste’molchiga. B2C-sxemasida korxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijoz bilan, ya’ni jismoniy shaxs bilan muomala qiladi. 42 Bunga misol sifatida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konlarni olishimiz mumkin. Tijoriy operatsiyalarning bunday usulda amalga oshirilishi mijozga mahsulot yoki xizmatni xarid qilish jarayonini soddalashtirish hamda tezlashtirish imkonini beradi. Chunki, Internet orqali xarid qilinganda kerakli mahsulotni sotib olish uchun ko‘chaga chiqish, do‘konga borish uchun vaqt sarflash shart emas. Shunchaki, sotuvchining saytiga kirib, kerakli mahsulotning xarakteristikasi bilan tanishib, kerakli konfiguratsiyani tanlab, uni uygacha yetkazib berish sharti bilan sotib olish mumkin. C2C-sxemasi yoki iste’molchidan-iste’molchiga. Bunda ularning hech biri yuridik ma’noda korxona maqomiga ega bo‘lmaydi. Ammo, C2C-sxemasida elektron tijoratni amalga oshirish uchun maxsus internet-maydoncha, ya’ni vositachi sayt bo‘lishi lozim. Odatda, C2C-sxemasidagi tijoriy operatsiyalar internet-auksion saytlarida amalga oshiriladi. Bunday turdagi saytlar ichida hozirda AQShning “eBay” internet-auksioni butun dunyo bo‘ylab mashhurdir.
Elektron tijorat modelining asosiy ko’rinishlari. Elektron bozorda marketingni yuritishning xususiyatlarini tavsiflashdan oldin shu paytgacha shakllangan elektron tijorat asosiy tushunchalarini aniqlashtirib olish zarur. Kompyuter tizimlari samaradorligini oshirish va tarmoq texnologiyalarining mukammallashtirilishi yangi iqtisodiy faoliyat turi - elektron tijoratning shakllanishiga olib keldi. Elektron tijorat - tijoratning o’ziga xos turi bo’lib, axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish, savdo va mahsulotlar va xizmatlarni taqsimlash jarayonlariga ma‘lum ma‘noda tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Elektron tijorat 43 asoslarini ko’rib chiqish o’rganilayotgan fan sohasi uchun kalit tushunchalar va ta‘riflarni shakllantirish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda ishlatilayotgan ta‘rif va iboralar ularning mualliflarining mutaxassis tayyorgarligi va orttirilgan tajribasiga mos kelib, iqtisod sohasidagi voqealarni faqat qisman qamrab oladi va bir qancha nuqtai nazarlarni o’zida aks ettiradi. Masalan, IBM kompaniyasi mutaxassislarining ta‘rifiga ko’ra "Elektron biznes - bu asosiy biznes jarayonlarni Internet texnologiyalar orqali amalga oshirish". Internet biznes ensiklopediyasining ta‘rifiga ko’ra esa u foyda olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznes faoliyat. Bu ta‘riflar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi nuqtai nazaridangina iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi. SHubhasiz, milliy, shaxsiy va korporativ kompyuter tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron tijorat rivojlanishi va mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta‘sir ko’rsatdi. Lekin ma‘lum doiradagi masalalarni echish uchun Internet tarmog’i tomonidan taklif qilinadigan usullar majmuasi sifatida elektron tijorat savollarini umumiy yoki elektron marketing savollarining qisman ko’rib chiqilishi perspektiv deb hisoblab bo’lmaydi. CHunki tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy jarayonlarning ob‘ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. Global tarmoq iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot, korxonalarning elektron tijorat sohasidagi tajribasini o’rganish bilan yangi kategoriyalar va tushunchalarning o’zaro ta‘siri hamda bo’ysunish darajasini aks ettiruvchi modelni tuzish va bugungi kun talablariga mos keladigan ta‘riflarni shakllantirish mumkin. Model asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijorat jarayonlar - biznes, tijorat, savdo, marketing turadi. Bunda YUNIDO ta‘rifiga ko’ra elektron biznes qo’llanishining to’rt bosqichi - marketing, ishlab chiqarish, savdo, to’lovlar e‘tiborda tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini qo’llash darajasi chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron deb hisoblasa bo’ladi. XXI asr boshida elektron tijoratni axborot, telekommunikatsion texnologiya va tizimlarni qo’llash orqali tijorat jarayonlarni amalga oshirish deb tushunish kerak. Ammo tijorat jarayonlarning bir qismi innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan amalga oshirilmoqda. Bu esa "tijorat" va "elektron tijorat" tushunchalarini mustaqil kategoriyalar sifatida ajratishga imkon beradi, lekin ular orasidagi farq asta-sekin yo’qolib bormoqda. Korxonaning masalalarida zamonaviy texnologiyalar elektron tijorat modelida elektron marketingni zamonaviy tijorat asosi sifatida qarashga imkon beradi. Bunda marketing masalalari shunchalik muhim va katta hajmga egaki, ko’p hollarda an‘anaviy marketing faoliyati - tijorat tahlil (BI - Business Intelligence), iste‘molchilar bilan aloqalarni boshqarish (CRM - Customer Relations Management), 44 ta‘minot zanjirlari boshqaruvi (SCM - Supply CHain Management), bilimlarni boshqarish (KM - Knowledge Management) axborot texnologiya vositalari orqali amalga oshiriladi. Elektron tijorat jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli quyidagicha: Biznes tijorat-tijoratga (B2B):  xarid boshqaruv tizimi;  mahsulot yetkazib berishning to‘liq sikl tizimi;  taqsimlash boshqaruv tizimi;  mijozni kuzatib yurish to‘liq tizimi;  sohaviy elektron savdo maydoni;  elektron bozor;  autsorsing elektron to‘lov tizimi;  virtual tashkilotlar;  elektron birjalar;  elektron auksionlar; internet treydinglar;  internet inkubatorlar; internet reklama;  harakatdagi tijorat tizimi;  sug‘urta va qayta sug‘urta qilish tizimi; e’lonlar taxtasi;  axborot tijorat tizimi. Tijorat - xaridorga (B2S):  savdo shaxobchalari;  elektron vitrina va kataloglar;  elektron magazinlar;  elektron auksionlar;  internet treydinglar;  elektron to‘lov tizimi;  internet-reklama;  xomiylik dasturlari;  sayohat va boshqa xizmatlar. Tijorat - davlatga (B2G):
 davlat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni elektron savdoda sotib olishda ishtirok etish;
 davlat buyurtmalarini bajarish;
 soliq, statik, bojxona va boshqa turdagi hisobotlarni taqdim etish. Xaridorlar - tijoratga (S2B): 45 hususiy xizmat; so‘rov va boshqa aksiya reklamalarida ishtirok etish; hamkorlar dasturi va xomiylar dasturida ishtirok etish. Xaridorlar - xaridorlarga (S2S): o e’lonlar taxtasi; o elektron auksioni; o R2R tizimi; o virus marketingi tizimi; o ko‘p darajadagi marketing tizimi. Xaridorlar - davlatga (C2G):  saylovlar;
 jamoat tarkibi fikrini bilishda ishtirok etish;
 soliq to‘lash, soliq yig‘ish va jarima to‘lash;
 buyurtma, shikoyat, fuqaro murojaatlarini taqdim etish. Davlat - tijoratga (G2B): davlat buyurtmalarini taqsimlash tizimi; elektron tenderlar; soliq, bojxona tashkilotlari, sertifikat va litsenziya berish davlat organlari va mamuriyati va hakozo; yuridik va axborot-ma’lumot xizmati; hududiy axborot tizimi. Davlat - xaridorga (G2S): ijtimoiy xizmat tizimi (nafaka, moddiy yordam, imtiyozlar va x.z.); kommunal xizmat tizimi; yuridik va axborot-ma’lumot xizmati; hududiy axborot tizimi. Davlat - davlatga (G2G): - saylovlar; - bojxona, soliq, huquqni muhofaza qilish sohasi va boshqarishni avtomatlashtirish; - hamkorlik tizimi; - hududiy axborot tizimi.



Download 96,51 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 96,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy texnologiyalarning tijorat bilan o’zaro aloqadorligi

Download 96,51 Kb.