|
Elektron tijorat samaradorligida muammolar tavsifi
|
bet | 5/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 96,51 Kb. | | #245426 |
Bog'liq ULUG\'BEK3.2 Elektron tijorat samaradorligida muammolar tavsifi
Elektron tijorat rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida onlayn rejimiga chiqish‖ 46 korxonaning o’z veb-saytini ishga tushurishini bildirgan. Lekin ko’p o’tmay korxonalar saytini shunchaki ishga tushirish internet tarmog’ida korxonaning marketing strategiyasisiz va tashkiliy omillarni xisobga olmasdan samarali bo’lmasligini tez orada tushundilar. Bunday omillardan an‘anaviy va elektron ko’rinishlari o’zaro munosabatlari muhimlaridan biri hisoblanadi. An‘anaviy va elektron biznes ko’rinishlarining o’zaro munosabatlari odamlarga, tizimlarga, resurslarga va mijozlarga nisbatan har xpl talablarni nazarda tutadi. Biznesning etakchi xolatiga odamlar, resurslar, tizimlar va mijozlar moslashuvi natijalarini o’lchovchi mos vositalar yo’q bo’lgan holda strategik maqsadlarga erishish mumkin emas. Elektron biznes an‘anaviy biznesdan mustaqil ravishda mavjud bo’lgan alohida biznes ko’rinishiga aylanganda o’zgacha yondashuv talab qiladi. Masalan, tovarlarni an‘anaviy zanjir ishtirokchilari (distribyutor va ommaviy sotuvchilar) orqali sotadigan ishlab chiqaruvchi birdan ularni tarmoq orqali to’g’ridan-to’g’ri taklif qilishga qaror qiladi. Tashkilot an‘anaviy zanjir ishtirokchilarining salbiy (negativ) reaksiyasini chetda qoldirib, taqsimlashning odatiy jarayonini saqlab qolgan holda tashkilot mijozlarga yangi usulda xizmat ko’rsata olmaydi. Elektron biznes strategiyasining samarali ishlashiga imkon beradigan tizimlarni ko’rib chiqish, yaratish va ularni an‘anaviy operatorlar bilan bog’lash zarur. Agar bu tizimlarni birlashtirilmasa, ishni olib borishning ikkala usuli (an‘anaviy va elektron) katta zarar ko’rishi mumkin.
Ko’pchilik an‘anaviy korxonalar Internet inqilobini qabul qilishga qodir emas bo’lib chiqdilar. Ular elektron tijoratni yuritish uchun barcha kerakli resurslarga ega bo’lsalar ham o’zlari uchun yangi tijorat sohasini o’zlashtirishda hal qiluvchi qadamni 47 amalga oshirmayaptilar. Ba‘zilar tijorat va sanoat inqilobiga ega jamiyatga ta‘sir qilish ko’lami bo’yicha internet inqilobini taqqoslaydilar. Bu inqilobdan korxonalar, tashkilotlar va iste‘molchilar ham foydaga ega bo’ladilar. Korxona uchun elektron tijorat foydasini quyidagicha ko’rsatish mumkin: - Elektron tijorat bozor chegaralarini kengaytiradi. Korxona xatto katta bo’lmagan sarmoya bilan mijozlarga global ko’lamda xizmat ko’rsatishi mumkin. 1997-yildayoq aviaqurilish giganti Boeing kompaniyasi o’z ta‘minotchisi sifatida kichik Venger firmani tanladi. U nafaqat buyurtmani sifatli bajardi, balki uskunalarni vaqtida va ancha arzon narxda etkazib bera oldi. Bu aloqa elektron tender orqali amalga oshirilgan. - Elektron tijorat axborotni olish, qayta ishlash va saqlash kechikishlarini kamaytiradi. SHu bilan administrativ xarajatlarni kamaytiradi. - Elektron biznes korxonalarga tor doira mutaxassisligida faoliyat yuritishga imkonberadi. - Elektron tijorat zaxiraning kamayishi xisobiga qo’shimcha xarajatlarni sezilarli pasaytirishga imkon beradi. Mijozning aniq so’rovidan so’ng ishlab chiqarish boshlanadi. - Elektron tijorat umumiylashtirilishi buyutmaga asosan ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Bu bilan korxonaning raqobat qilish imkoniyatlarini oshiradi. - Biznes jarayonlarning tezlashishi korxonaning barcha ishchilari unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. - Vaqtning real ko’lamida interaktivlik muvofiqlikning mumkinligi. Internetda aloqa ikki tomonlama bo’lib, real vaqtda yuz beradi va axborot tizimlari muvofiqligi bilan ta‘minlanadi. Bu marketing qarorlarini qabul qilishda prinsipial jihatdan muhim hisoblanadi. Bu xususiyatlar marketologga real vaqtdako’pgina muammolarni (masalan, narx belgilash) hal qilishga imkon beradi. - Elektron tijorat texnologiyalari mijozlar bilan o’zaro aloqalarni operativligini oshirishga, mijozlarning katta soni bilan bir vaqtning o’zida ishlash imkoniyati, mijozlar bilan paralell muloqot qilish imkoniyatigayo’l ochib beradi. - Bundan tashqari hamkorliklar imkoniyatlarini kengaytirish, ta‘minotchilar va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o’rnatish, axborotdan erkin foydalanishni kengaytirish v.h.larni foydaga kiritish mumkin.
XULOSA
Internet biznesi entsiklopediyasining ta’rifiga ko’ra esa u foyda olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznesga oid faoliyatidir. Bu tushuntirish va aniqlovlar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi nuqtai-nazaridangina moliya-iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi, albatta. Ammo shak-shubhasizki, milliy, shaxsiy va korporativ axborotkommunikatsion tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron tijorat rivojlanishi va uning yanada mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Biroq ma’lum doiradagi iqtisodiy-texnik muammolarni hal qilish uchun Internet tarmog’i tomonidan taklif qilinadigan usullar majmuasi sifatida elektron tijorat muammolarini umumiy yoki elektron marketing bilan bog’liq muammolarning qisman ko’rib chiqilishini maqsadga muvofiq deb bo’lmaydi. Chunki axborotkommunikativ tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. Jahon global tarmog’i iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot, korxonalarning elektron tijorat sohasidagi tajribasini o’rganish bilan yangi kategoriyalar va tushunchalarning o’zaro ta’siri hamda ularning o’zaro bo’ysunish darajasini aks ettiruvchi modellarni tuzish va bugungi kun talablariga mos keladigan ta’riflarni shakllantirish mumkin.
Model asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijoriy jarayonlar qatorida biznes, 9 tijorat, savdo, marketing turadi. Bunda elektron biznesni amaliyotda qo’llanishining to’rt asosiy bosqichi -marketing, ishlab chiqarish, savdo, to’lovlar jarayonlari nazarda tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini qo’llash darajasi chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron deb hisoblasa bo’ladi. Ammo bugungi kunda electron tijorat jarayonlarning anchagina qismi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan turib amalga oshirilmoqda. Bu xolat esa "tijorat" va "elektron tijorat" tushunchalarini mustaqil kategoriyalar sifatida ajratishga imkon beradi, ammo ular orasidagi prinsipial farq asta-sekin yo’qolib bormoqda.
|
| |