Texnologiyalardan foydalanish




Download 425,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.05.2024
Hajmi425,69 Kb.
#250366
1   2   3   4
Bog'liq
maktabgacha-ta-lim-tizimida-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish

ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 318
Bolani 6-7 yoshga yetganda, u kelajakda o'zini namoyon qilish uchun hozirgi 
paytda amalga oshirish uchun o'zini o'tmishda eslab qoladi. Shu jihatdan ham ushbu 
bosqich bola hayotining deyarli 70 foizini tashkil qiladi. Ya’ni shu yoshlar oralig’ida 
bola atrofidagi olamdan hayoti davomidagi yarimdan ko’p informatsiyani oladi. Yapon 
iqtiboslarida aytilganidek, bu yoshda bolaga podshohdek munosabatda bo’lish kerak. 
Chunki ushbu bosqich bola psixologiyasi uchun muhim voqealarga boy bo’ladi.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U 
bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan 
ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan 
maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va 
oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi 
o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish
qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish 
maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek 
maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot 
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib 
kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni 
tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini 
tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim 
muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi 
to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari – 
O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi 
maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha 
ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, 
nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. Maktabgacha ta`lim 
muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning 
maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim 
muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan 
belgilanadi. 
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul 
mablag’lari, 
maxsus 
maktabgacha 
ta`lim 
muassasasida 
o’quv-ta`lim 
va 
sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus 
maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “Maxsus 
davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama 
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Download 425,69 Kb.
1   2   3   4




Download 425,69 Kb.
Pdf ko'rish