• 2 - m i s o l.
  • 3 - m i s o l.
  • O`quvchilar
  • Texnologiyalardan foydalanish




    Download 116,71 Kb.
    bet9/11
    Sana12.01.2024
    Hajmi116,71 Kb.
    #135409
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    DARSLARDA O’YIN VA MUAMMOLI TA’LIM

    1-misol. Masalan, boshlang`ich sinf o`quvchilariga quyidagi misollarni berish mumkin:
    6 + 2 x 3 = 24
    6 + 2 x 3 = 12
    Mazmuniga ko`ra bu masala muammoli bo`ladi, chunki bir xil toifadagi ikkita misol hap xil natijaga ega bo`lyapti. Bas, shunday ekan, misollarni yechish usullari ham har xil bo`lishi kerak. O`quvchilarga esa faqatgina bitta ketma-ket hisoblash usuli ma’lum, xolos. Ikkinchi usuli esa ular uchun noma’lumdir. Mana shu yerda muammoli vaziyat hosil bo`ladi. Yuqoridagi qo`yilgan misollarning ikkinchi sinfdagi yuqori o`zlashtiruvchi o`quvchilar tomonidan yechilishi mumkin. Agar o`qituvchi dastlab o`quvchilarga bir xil miqdorlardan tuzilgan misollarni turlicha usullar bilan yechish namunalarini ko`rsatgan bo`lsa edi, ular bu misollarni namunadan foydalanib yecha oladilar, natijada bu misollarni yechish jarayoni hech qanday muammoli vaziyatni hosil qilmaydi.
    2 - m i s o l. Agar o`qituvchi ax2+bx+c=0 to`la kvadrat tenglamaning umumiy  yechimini topib, unga doir 5x2+7x+2=0 misolni ko`rsatgandan so`ng, o`quvchilarga 6x2+5x+1=0 tenglamani yechinglar desa, bu holat o`quvchilar uchun muammoli vaziyatni hosil qilmaydi, chunki ular uchun bu misolni yechishga andaza bor. O`quvchilar bu misolni yechish jarayonida hech qanday yangi matematik qonun yoki qoidani ishlatmasdan avvalgi misoldagi koeffitsientlar o`rniga yangilarini qo`yadilar, xolos, bunda o`quvchilarning fikrlash qobiliyatlari shakllanmaydi.
    3 - m i s o l. O`qituvchi kvadrat tenglama mavzusini o`tib bo`lganidan keyin bikvadrat tenglamani o`tish jarayonida quyidagicha muammoli vaziyatlarni hosil qilishi mumkin.
    O`qituvchi: 6x4+5x2+1=0 tenglamani qanday tenglama deb aytamiz?
    O`quvchilar: 4 - darajali tenglama deyiladi.
    O`qituvchi: to`g`ri, shunday deyish ham mumkin, ammo matematikada shu ko`rinishdagi tenglamalarni bikvadrat tenglama deyiladi va uning umumiy kurinishi ax4+bx2+c=0 kabi bo`ladi. Ho`sh, bu ko`rinishdagi tenglamani qanday yechish mumkin?
    O`quvchilar: Biz bunday tenglamalarni yechmaganmiz.
    Mana shu yerda o`rganilayotgan mavzu materiali bilan o`quvchilar orasida bilishga doir muammoli vaziyat hosil bo`ladi.

    Download 116,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 116,71 Kb.