• Didaktik o’yinli mashg’ulot lar Mavzu mazmuni qanday bo’lganda mazkur mashg’ulotdan foydalaniladi.
  • Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi
  • Kasb metodlari»
  • DIDAKTIK O’YINLI DARSLARNING TURLARI VA ULARNING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI




    Download 116,71 Kb.
    bet2/11
    Sana12.01.2024
    Hajmi116,71 Kb.
    #135409
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    DARSLARDA O’YIN VA MUAMMOLI TA’LIM

    DIDAKTIK O’YINLI DARSLARNING TURLARI VA ULARNING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI

    DIDAKTIK O’YINLI DARSLAR YaKUNIDA BAJARILADIGAN


    PEDAGOGIK VAZIFALAR:




    O’YINLI DARSLARNING O’QITISH JARAYoNIDAGI DIDAKTIK FUNKSIYALARI

    2. Didaktik o’yinli mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyatlari

    Didaktik o’yinli mashg’ulot
    lar

    Mavzu mazmuni qanday bo’lganda mazkur mashg’ulotdan foydalaniladi.

    Mashg’ulotlarning didaktik funksiyalari

    Talabaning
    faoliyati

    Syujetli-rolli

    Fanning turli sohalarida qo’lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish, tabiatdagi va kundalik hayotdagi muammolarni hal etish imkoniyati bo’lganda

    Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat ob’ektlari va tabiiy hodisalar o’rtasidagi aloqalar va bog’lanishlarni adabiy-badiiy tarzda yoritish

    Muayyan rollarni bajarish orqali bilim, ko’nikmalarni egallash

    Ijodiy o’yin

    Avval o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyati bo’lganda

    Muammoli vaziyatlarni avval o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni ijodiy qo’llash orqali hal etish

    Ijodiy izlanish orqali yangi mavzuni o’zlashtirish

    Ishbilar-monlar o’yini;
    Auktsion

    Turli ob’ektlarga tavsif berish, ularni taqqoslash imkoniyati bo’lganda

    Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida o’quvchlarning dunyoqarashini kengay-tirish, kasbga yo’llash

    Auktsionda ishtirok etish orqali yangi mavzuni o’zlashtirish

    Konferen-tsiya

    Fanning turli sohalariga oid bilimlar mujassamlashgan va qo’lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish imkoniyati bo’lganda

    Qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, kasbga yo’llash

    «Olimlar» maqomini olib, muayyan mavzularda izlanishlar olib borish

    Matbuot konferen-tsiyasi

    Fanning turli sohalarini qamrab olgan, o’quvchlarning avval o’zlashtirgan bilimlaridan foydalanish lozim bo’lganda

    Qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash

    «Olimlar» va «Muxbirlar» maqomini olib mavzuni o’zlashtirish

    O’qituvchi-pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishga qizg’in tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:
    1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo’lishi;
    2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular o’yin davomida hal qilinishi;
    3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi;
    4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
    5. Mashg’ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
    Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konferentsiya mashg’ulotlari ham muhim o’rin tutadi.
    Konferentsiya mashg’ulotlari o’quvchlarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tkazishdan 1 hafta oldin mashg’ulot mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchlarning ixtiyorida bo’ladi.  Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
    I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan o’quvchlarni tanishtiradi.
    II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
    III. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va guruhdagi boshqa o’quvchlar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
    IV. Ilmiy konferentsiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, darsni yakunlaydi.
    V. O’quvchlarni baholash. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan o’quvchlar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
    VI. Uyga vazifa berish.
    VII. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
    «Kasb metodlari» mavzusida o’tkaziladigan ilmiy konferentsiya mashg’uloti quyidagi loyiha bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
    Mavzu: «Kasb metodlari».
    Mashg’ulotning borishi:
    I. Tashkiliy qism.
    II. O’quvchlarni mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
    Bu mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin o’quvchlarni 4ta guruhga ajratamiz va ularga pedagogika fani sohasida faoliyat ko’rsatayotgan «Olimlar» maqomini beramiz.
    III. Yangi mavzuni o’rganish: O’quvchlar guruhi o’z mutaxassisliklariga tegishli bo’lgan quyidagi mavzulardan biri bo’yicha ma’ruza tayyorlaydi.
    1. Kasb ta’limi metodlari va ularning tavsifnomasi.
    2. Reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.
    3. Ishlab chiqarish jarayonida interfaol metodlar.
    Har bir yo’nalish bo’yicha «Olimlar» maqomini olgan o’quvchlar o’zlariga tegishli mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurollar asosida qo’shimcha materiallardan foydalangan holatda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, o’quvchlar o’rtasida bahs va munozara o’tkaziladi. Quyida didaktik o’yin texnologiyasining konferentsiya metodidan foydalanilgan mashg’ulotning texnologik xaritasi keltirilgan.


    Download 116,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 116,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DIDAKTIK O’YINLI DARSLARNING TURLARI VA ULARNING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI

    Download 116,71 Kb.