Хudayberdiyev Shuhrat Komilovich




Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#42896
1   2   3
Bog'liq
524-Текст статьи-1517-1-10-20220120
Atlassian DevOps Trends Survey 2020 (1), Atlassian DevOps Trends Survey 2020, ПҚ-283 Тез ёрдам хизмати, Abduvaliyeva Dilfuza, Grafik axborotlarni kiritish, taxrirlash va chiqarish, Adobe Photoshop grafik dasturida ishlash, Andijon davlat universiteti, Новый документ, excel-dasturining-iqtisodiyotga-doir-funksiyalari-va-ular-ustida-iqtisodiy-masalalarni-yechish, Excel dasturida matematik masalalar yechish, Yig’uv sehi va uni lоyihalash, Bozor iqtisodiyoti modellari, 112, Oksidlar asoslar kislotalar olinishi xossalari ishlatilishi (ABDURAHIMOV AFZALBEK)
Хudayberdiyev Shuhrat Komilovich,
Karshi branch of Tashkent university of information technologies 
named after Muhammad al-Khwarizmi, senior lecturer
Abstract: The article classifies the factors of distance learning, resource 
management in Moodle and LMS, improving the quality of education using 
mobile technologies and improving the use of mobile technologies.
Key words: Mobile technologies, mobile education, electronic resources, 


Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
335
http://interscience.uz
distance learning, quality of education, virtual environment, mobile 
applications.
КIRISH. Ta’lim sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining turli vositalaridan foydalanish mumkin. Jumladan, 
elektron kurslar, elektron ta’lim tizimlari, video ma’ruzalar, veb-seminarlar, 
elektron testlar va boshqalar. Bu vositalardan tashqari, hozirgi vaqtda 
zamonaviy va ixcham mobil texnologiyalar ham mavjud. O‘quvchilarning 
mastaqil ta’limini mobil texnologiyalar asosida tashkil etishda birinchi 
navbatda muayyan vaqt va joyga bog‘lik bo‘lmagan holda ta’lim materiallari 
o‘rganiladi. Bu sizni o‘rganishingiz kerak bulgan ma’lumotlarni olishga 
imkon beradi. [1]
Bugungi kunda ko‘plab kompyuter, aloqa va hisoblash texnikasi 
ishlab chiqarayotgan firma va kompaniyalar yangi platformadagi ixcham 
sensorli zamonaviy kompyuterlarni ishlab chiqarmokdalar. Bularga 
planshet, smartfon va mobil qurilmalarni keltirish mumkin. Rivojlangan 
mamlakatlarning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mobil qurilmalar aksariyat 
hollarda intellektual tizim tashkil etuvchisi smartfon yoki planshetlar 
hisoblanadi. Planshetni boshqarish uchun sensorli ekrandan foydalaniladi. U 
bilan ishlash fizik klaviatura va sichqoncha qurilmasidan foydalanmasdan, 
barmoqlar yordamida amalga oshiriladi. Sensorli ekranda matnni kiritish 
umuman olganda, klaviaturada terish tezligidan qolishmaydi.
XX asrning 70yillarida hisoblash tizimlari nazariyasi sohasidagi 
Amerikalik olim Alan Key «Kitob o‘lchamidagi kompyuter» Foyasini taklif 
qilgan. [2] 90-yillarda cho‘ntak kompyuterlarining paydo bo‘lishi bilan 
mobil vositalarni o‘rganish loyihalari va o‘quvchilar uchun mobil ta’limdan 
foydalanish kuzatilgan. Tarmokdan mobil texnologiya asosida bilim olish 
V.A.Kuklevning ilmiy tadqiqot ishlarida atroflicha o’rganilgan. [3] Tadqiqot 
ishida mobil jihozlari asosida WiMAX simsiz tarmog‘ida masofali ta’limdan 
foydalanish va bolalar uchun Intel Classmate turidagi kompyuterlarda ishlash 
bo‘yicha ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Shuningdek, M.A.Grigoryevaning 
ilmiy tadkikot ishlarida mobil kompyuter tizimlarida informatika fanini 
ukitish, Savill-Smit, G.Stead va G.Solley loyihalarida mobil tizimlar 
asosida matematika va lingvistika fanlarini ukitishni tashkil etish masalalari 
o’rganilgan. [4] Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Kipr, 
Meksika, Yangi Zelandiya, Polsha, AQSH, Turkiya, Chili, Shvetsiya va JAR 
davlatlarida ichki axborot va telekommunikatsion vositalar (mobil kompyuter 
tizimlari: telefon, planshet va smartfon) asosida ta’lim olish texnologiyalari 
keng qo‘llanilmoqda. [5]
II. METODLAR VA USULLAR
Xozirgi kunda mobil qurilmalaridan soxalarda samarali foydalanish 
tobora kengaymoqda. Shu bilan bir qatorda mobil qurilmalarning imkoniyati 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
336
Education and innovative research 2021 y. №6
ham taraqqiy etib borayotganligi sababli ular ta’lim vositasi sifatida keng 
qo‘llanilishi an’anaviy va noan’anaviy ta’limda asosiy o‘rinni egallab 
bormoqda. Yaratilayotgan masofaviy ta’lim platformalaridan mobil qurilmalar 
orqali foydalanish mumkin. Ta’lim olishning zamonaviy usullaridan biri, 
bu mobil texnologiya asosida ta’lim olish bo‘lib, u kun sayin rivojlanib 
bormokda. Bunga misol qilib aytishimiz mumkinki Respublikamizda 
(kovid-2019) 2020 yil joriy etilgan karantin jarayonida barcha oliygoxlar 
onlayn ya’ni masofaviy ta’limga o‘tdi. Bu davrda aksariyat talabalar mobil 
telefonlari orqali masofaviy ta’limdan samarali foydalanganlarini aytishimiz 
mumkin. 
Mobil qurilmalarning imkoniyati nafaqat qo‘nqiroq qilish yoki xabar 
almashish uchun, balki undan kengroq vazifalarni bajarishga mo’ljallangan. 
Bugungi kunda bu qurilmalar ko‘pgina foydalanuvchilar uchun axborot olish, 
bilimlarni shakllantirish, fikr almashish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. 
Darhaqiqat, bugungi kunda mobil ta’lim yoki m-learning hakida ta’riflar 
ko‘p keltirilgan. Bu vositalar o‘quvchilarning ma’lumotlar olishida asosiy 
vositalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilar smartfon yoki planshetlarlarda 
ta’lim resurslariga doimo ega bulishni xohlashadi.
Masofaviy ta’limdan kompyuterlashtirilgan elektron ta’limga, onlayn 
ta’limga, internetda o‘qishga va boshqalarga qadar internet orqali tarqatilgan 
ta’limni tushuntirish uchun juda ko‘p atamalar mavjud. Biz e-learningni 
Internet orqali maxsus o‘qitiladigan kurslar sifatida belgilaymiz, bu erda 
professor o‘qituvchi sinfdan tashqari. DVD yoki CD-ROM, videoyozuv 
yoki televizor orqali tarqatilgan dars emas. Interaktivdir, chunki siz o‘z 
sinfingizdagi o‘qituvchilaringiz, professorlaringiz yoki boshqa talabalar bilan 
muloqot qilishingiz mumkin. Ba’zan siz «elektron tarzda» sizning qo‘lingizni 
ko‘tarib, real vaqtda muloqot qilishingiz mumkin bo‘lgan jonli efir orqali 
taslim bo‘ladi va ba’zida bu oldindan ro‘yxatga olingan ma’ruzadir. Har doim 
o‘qituvchi yoki professor siz bilan aloqada bo‘lib, siz bilan aloqada bo‘ladi, 
sizning topshiriqlaringizni va sinovlaringizni baholaydi. elearning ta’limning 
muvaffaqiyatli usuli ekanligi isbotlangan va ko‘plab odamlar uchun hayot 
tarzi hayotga aylanmoqda.
Xozirgi kunda shaxsiy kompyuter orqali internetga ulanishdan ko‘ra 
mobil telefonlar orqali internet tarmoqiga ulanish ancha onsonroq. Mobil 
aloqa kompaniyalari mijozlarga so‘zlashuv vaqtlari bilan birgalikda 
internetdan (MB,GB) foydalanish imkoniyatlarini xam bermoqdalar. Shunisi 
qulayli mobil telefon orqali xoxlagan joydan turib internet xizmatlaridan 
foydalanishingiz mumkin. Shundan kelib chiqqan xolda internetdan 
foydalanishga talab kundan - kun ortib bormoqda. 
III. MUHOKAMALAR
O‘quvchilar masofaviy ta’limda yoki darsdan tashqari vaqtlarida 



Download 0.7 Mb.
1   2   3




Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish