30
- buyumlar bog’lam holda tushirilishi va «zanjirsimon», ya'ni ipni uzmay tikish
mumkinligi natijasida mehnat unumi 4% dan 15% gacha ortadi;
- ilg’or unumli uskunalardan maksimal darajada foydalaniladi;
- ishchilar shahsiy ish qobiliyatlaridan to’laroq foydalaniladi;
- ixtisoslashgan guruhlarda bitta buyum detallari va buyum qismlarini parallel
tikish mumkin bo’lishi natijasida tikish sikli qisharadi;
- biror guruhda ishchilar tarkibi to’la bo’lmasa ham ishdagi marom buzilmaydi,
chunki guruh ichida ishni qayta taqsimlash mumkin bo’ladi.
Guruhli agregat ishlab chiqarish oqimining o’ziga
xos kamchiliklari ham
mavjud:
- bitmagan ish hajmi ko’payadi;
- bitta ishchiga to’g’ri keladigan sathi ko’payadi;
- sexda uskunalarni joylashtirish va buyumlarni tashish, suv-bug’ yo’llarining,
elektr simlarining ish o’rinlariga yetkazib keltirilishi murakkablashadi.