34
Tikuv tsexini texnologik jarayonlarini tashkil etish va loyixalashda kuyidagi ishlar bajariladi:
-ilmiy –tadqiqot ishlar, ya`ni ishlab chiqarishga yangi modelni
texnologik va konstruktiv
tayyorlash;
- texnologik, ya`ni zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, buyum tikish tartibini ishlab chiqish;
-buyum tikish uchun asosiy va qushimcha materiallarni tanlash;
- tashkiliy ishlar, ya`ni zamonaviy eng samarali ishlab chiqarish oqimlarini qo‘llash;
- yangi texnika va texnologiyalarni o‘rganish va qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish.
- ish sharoiti xavfsiz va ozoda bo‘lishi, og‘ir xamda qul mexnati sarf bo‘ladigan
ishlarini
mexanizatsiyalashtirishni nazarda tutish.
Ishlab chiqarishga yangi modellarni tayyorlashda ularni bir vaqtda bitta oqimda tikilishi ko‘zda
tutiladi. Buning uchun yaratilgan modellar bitta konstruktiv asosda bo‘lib,
tikish texnologiyasi
o‘xshash bo‘lishi kerak. Modelllar assortimenti keng va mavsumga qarab o‘zgarib
turishi talab
etiladi.
Texnologik jarayonlarni loyixalashda
mexnat unumdoligini oshirishga,
maxsulot sifatini
yaxshilashga, ishlab chiqarish maydoni va texnikadan to‘la foydalinishga aloxida axamiyat berish
kerak. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashni engilashtirish
maqsadida ularni
unifikatsiyalashga intilish kerak. Zamonaviy uskunalar va texnologiyani qo‘llash,
texnologik
jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish qo‘l ishlarini
kamaytirishga imkon
beradi.