32
-
assortiment o‘zgarganda ish o‘rinlarini o‘zgartirish kerak bo‘lmagani
uchun oqimni qayta
qurish osonligi;
-
texnologik sxemani tuzishda texnologik tartibga ka`tiy rioya qilinmagani uchun oqimni
xisoblash osonligi;
-
tashkiliy operatsiyalarni tuzishda ma`romga nisbatan farq kattaligi;
-
ishchilarni va ish o‘rinlarini yuqori darajada ixtisolashtirilishi;
-
asbob- uskunalardan to‘liq foydalanish;
-
oqimga xizmat qilish osonligi.
KSOni kamchiliklari:
-
oqimning tashkiliy ma`romi yo‘qligi;
-
tugatilmagan ish xajmi ko‘paishi;
-
buyumni ishlab chiqarish tsikli kattalashishi.
Odatda ishni bunday tashkil qilish kichik va o‘rta quvvatli kichik xajmli va modellar tez o‘zgarib
turadigan oqimlarda qo‘llaniladi.
Moslanuvchan tashkiliy – texnologik tizimlar
Tikuv sanoati ishlab chikarayotgan kiyimlarni muntazam yangilanishi uni ishlab chikarishning
moslanuvchanligini oshirishni talab kiladi. Moslanuvchan texnologik jarayon yoki ishlab chikarish
jarayon tushunchasi xozirgi zamon adabiyotida tez yulga kuyilgan mobil ishlab chikarishning
sinonimi sifatida kullaniladi. Moslanuvchanlik kup omillarga ega bulgan murakkab
tushunchalardan biridir.
Muayyan vazifalarga kura moslanuvchanlikning shakllari tashkiliy, texnik, texnologik, strukturaviy
xajmiga kura birinchi uringa kuyiladi.
Tikuvchilik sanoatida moslanuvchan ishlab chikarish tizimlarini yaratish
muammolarini echish
uchun kiyimni tayyorlash jarayoni spetsifikasini xisobga olish kerak buladi. Bu - maxsulotning kup
detalligi, maxsulotni tayyorlashda kup uskunalarning kullanilishi, ishchi kuchining ishtirok etishi va
x.k. demakdir. Shuning uchun sanoatda buyumlarga ishlov berishning texnologik jarayonlariga
etibor karatish kerak. Ularning ichida asosiysi mexnat predmeti va detallarni ishlov berish
jaraenlarini birxilligidir.
Maxsulot bulaklarini bir xil choklar bilan uxshash uskunalarda ishlov berish ishlab chikarishni
modul tamoyillari asosida tashkil etish imkonini beradi. Texnologik jixatdan
turli modellar uchun
modullar uzgarmas bulishi kerak. Modullar yigindisi muayyan buyumni tayyorlash uchun
texnologik jarayonni tashkil etadi.
Okim modullarida mexnat vositalari mexnat predmetining tashkiliy texnologik echimining doimiy
uxshashligini taminlaydi. Bir maxsulotni tayyorlash va boshkasiga utishda modullararo va modul
orasidagi alokalar (yarimfabrikatlarning yunalishi) yunalishi uzgaradi, texnologik jarayon esa uz
strukturasi, uskunalarning joylanishi va tarkibi jixatdan doimiy buladi.
Taklif etilgan yondashuv kamoperatsion texnologiyani va rakamli dastur bilan boshkariladigan kup
maksadli asbob-uskunalarni kullamay turib tikuvchilik ishlab chikarishda
moslanuvchan ishlab
chikarish tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Okimning moslanuvchan tashkiliy texnologik moduli deganda mexnat vositalarining mexnat
predmetlariga tasirining mustaxkam saklanadigan yigindisi tushuniladi. Bunda moslanuvchan
tashkiliy texnologik modul maxsulot kismining turli konstruktiv echimlariga ishlov berishni
taminlashi kerak.
Okimni modul tushunchasi va ishlab chikarishni tuzishga kuyiladigan
talabalri asosida uni
loyixalashtirishning asosiy koidalarini shakllantirish mumkin:
- texnologik ishlov berishning funktsional tugallanganligi;
-okimning boshka modullarida sabab-natija alokalarning yukligi;
-mexnat va jonli mexnat vositalari nomenklaturasining doimiyligi;
- istalgan mexnat predmeti asosida istalgan modelning bir xillik funktsionalligi doirasida ishlov
berish imkoniyatini taminlash;
- okimda modullarni urtacha sarf vaktining tengligi va karraligi.
33
Okimning moslanuvchan tashkiliy shakli deganda shunday ishlab chikarish strukturasining okimli
chizigi tushuniladiki, yangi assortimentga utishda okimni kisman kayta kurish va asbob-uskunalarni
kisman uzgartirib utishni ta`minlash tushuniladi.
Tikuv ishlab chikarishning moslanuvchan tashkiliy shaklini oshirishda yangi buyumlarni kiska
muddatda yaratishni ta`minlashga asoslanadi va u uz ichiga kuyidagilarni oladi:
-adresli modellashtirishni konstruktiv tayyorlash va anik texnologik jarayon uchun berilgan
assortimentning yagona kollektsiyasini yaratish;
-ishlab chikarishni texnologik tayyorlash, buyum guruxi uchun
mexanizatsiyalashgan va
avtomatlashtirilgan texnologik jarayon bazasida unifikatsiyalashgan moslanuvchan texnologiyani
yaratish;
-texnologik bir xil guruxga kiruvchi xar xil buyumlarga ishlov berish buyicha yagona guruxli
texnologik jarayonni tashkiliy tayyorlashni kurish.
Okimning moslanuvchan tashkiliy shaklini ishlab chikish buyumlarni guruxlashni konstruktiv-
texnologik uxshashligi buyicha ishlov berish usullarini va kullaniladigan asbob-uskunani birxilligini
xisobga olib bajarishga asoslanishi kerak.
Bitta okimda tayyorlash uchun muljallangan buyumlarni guruxlashda kuyidagi shartlarni inobatga
olish kerak:
-buyumlarni konstruktiv-texnologik uxshashligi;
-kullaniladigan gazlamalarni xususiyati va uxshashlik strukturasi;
-asbob-uskunani birxilligi;
-buyum paketi uxshashligi.
Okimning moslanuvchan tashkiliy shaklini ishlab chikish buyumga
zamonaviy ishlov berishning
kuyidagi usullarini kullashga asoslanib amalga oshiriladi:
- yarimavtomat va maxsus uskunalarni kullab turli xil uzellarni yigish usullarini unifikatsiyalash
(masalan, chuntak kopkogiga, kirkma chuntakka, vitachkaga va x.k.larga ishlov berish);
-operatsiyalarni tuzilishi buyicha, shuningdek buyumning aloxida uzellarini yigish sxemasi buyicha
texnologik ketma-ketlikni uxshashligi.
Moslanuvchan ishlab chikarish okimida kullanadigan asbob-uskunalar buyum paketi xususiyatlari
buyicha aniklanadi va kuyidagilarga ega bulishi kerak:
-yukori darajada universalligi;
-bitta operatsiyadan boshkasiga utishda sarf vaktini deyarli uzgarmasligi (buyum
paketiga karab
baxya uzunligini uzgartirish, ip tarangligini uzgartirish, tepki bosimini uzgartirish,
ish organini
almashtirish, namlab-isitib ishlov berish parametrlarini boshkarish).
Okimning moslanuvchan tashkiliy shakli uning kuyidagi omillar ta`sir kiluvchi ishlab chikarish
strukturasi bilan aniklanadi:
-korxonaning ixtisoslik darajasi va uning bulimlari (tsexlar, okimlar, sektsiyalar);
-okim kuvvati;
-texnologiya, asbob-uskuna tarkibi va uning ixtisoslik darajasi;
-ishlov berilayotgan seriyaning ulchami va model almashtirilishi.
Bozor iktisodiyoti sharoitida ishlab chikarishda moslanuvchan okimlarni tashkil kilish zamon
talabiga javob beradi. Bunday okimlarda turli buyumlarni okimga kisman uzgartirish kiritib ishlab
chikarish mumkin. Bu iste`molchi talabini kondirishga imkon beradi