31
MA`RUZA № 7 (2 soat)
MAVZU:
Kichik seriyali oqimlar
Reja:
1.
Moslanuvchan tashkiliy –
texnologik tizimlar
2.
Erkin va qatiy ma’romli oqimlar
Kichik seriyali oqimlar
Tikuv buyumlarni assortimentini kengaytirish zaruriyati shunday oqimlarni
tashkil qilishni talab
qildiki ularda ish vaqtidan va asbob-uskunalardan ratsional foydalangan xolda buyumlarni turli
modelini oqimda xech qanday o‘zgartirish kiritmay ishlab chiqarish mumkin bo‘lsin. Bunday
oqimlar kichik seriyali oqimlar ( KSO)nomini olgan. KSO da buyum sermexnatligi xar xil bo‘lgan
turli modellar kichik seriyalarda tayyorlanadi.
Modellarni KSOga ketma-ket, tsiklli va aralash
usullarda tushirish mumkin. Kam seriyali oqimlarni bir chiziqli bir fasonli konveyer oqimlar va
bir chiziqli ko‘p fasonli sektsion oqimlar kabi xisoblanadi. Tashkiliyoperatsiyalarni tuzishda
operatsiyaning ixtisosi, razryadi va qo‘llaniladigan asbob-uskunalarga kat`iyan
etibor beriladi,
ammo texnologik ketma-ketlikni saqlash shart emas, bu esa yuqoriunumdorli asbob-uskunalardan
to‘liq foydalanishga imkon beradi. Buyumlarni ishlab chiqarish ma`romini ta`minlash maqsadida
KSOda etakchi ishchilar ko‘zda tutiladi. Ular yuqorimalakali ishchilar bo‘lib, oqimdagi barcha
operatsiyalarni bajara oladi.
Mexnat predmetlari ish joydan keyingi ish joyga transportyorlar va qo‘lda
jarayonaro transport
vositasi yoki aravachalar yordamida 5dan 15 donagacha bo‘lgan pachkalab uzatiladi. KSOda
qo‘llaniladigan transport vositalari bir biridan konsiruktsiyasi bo‘yicha farqlanadi. Ularni
o‘xshashlagi berg traektoriyasi bo‘yicha xarakat qilishi va mexnat predmetlari qutichalarda tasmali
transportyor orqali uzatilishidir. Kutichalarni konstruktsiyasi xar xal bo‘lishi mumkin.
KSOda qullaniladigan transportyorlar ikki xil bo‘ladi:
-
yarimfabrikatlar solingan qutichalarni ish o‘rinlariga avtomatik adreslanmagan – TMS-1 va
TMS-2;
-
yarimfabrikatlar solingan qutichalarni ish o‘rinlariga avtomatik adreslangan – TKT-1(
Yugoslaviya), “Durkopp” firmasining 755
sinfli transportyori, “Altin” birlashmasining (
Germaniya) 13950 sinf transpotyori, M-157 tipidagi AVS transportyori.
Avtomatik adreslangan ransportyorlarni qo‘llash nafaqat mexnat madaniyatini oshiradi, balki “
qutichalarni transporterdan olish ” kabi yordamchi operatsiyalarni
bajarish uchun sarflandigan
vaqtni qisqartirida.
Qutichalarga solingan buyumlar kartochkalar yordamida ish o‘rinlariga tarqatiladi. Xar bir tashkiliy
operatsiya uchun uning raqami yozilgan kartochka tayyorlanadi. Qutichalarni old qismida
kartochkalarni solish uchun maxsus cho‘ntak bor. Mexnat predmetlarini oqimga tushiruvchi ishchi
qutichaga buyumlarni, maxsus cho‘ntakka esa buyumga ishlov berish
tartibida kartochkalarni
soladi. Xar bir ishchi tasmadan uning operatsiyasini tartib raqami qurinib turgan qutichani oladi.
O‘z operatsiyasini bajargandan so‘ng ishchi uning operatsiyasining tartib raqami yozilga
kartochkani olib, transporterga qitichani qaytarib qo‘yadi. Bunda keyingi operatsiyani tarptib
raqami qurinab qoladi. Xar bir ish joyga odatda uchta quticha (bittasi transportyorda, ikkitasi esa -
ishchi o‘rnida) to‘g‘ri keladi. Ishni bunday tashkil qilish ishchilarni ishsiz o‘tirishina oldini oladi,
ish vaqtini rezervi bo‘lishiga va ishchilarni shaxsiy mexnat qobiliyatidan
foydalanish imkonini
beradi.
Agar ishchi o‘rnida ikkita quticha bo‘lsa va uning oldiga transportyor orqali yana bittasi kelsa,
ishchi uni olmaydi, quticha transportyorda aylanib keyin yana shu ish o‘ringa keladi. Bu ishchini
ish ma`romidan qolib ketayotganini ko‘rsatadi. KSOda transportyorlar faqat mexnat predmetlarini
solingan qutichalarni tashish uchungina xizmat qiladi. Qutichalarni xarakatlanish tezligi ishlab
chiqarish oqimining ma`romiga bog‘liq bo‘lmaydi va oqimning ish ma`romiga ta`sir etmaydi.
KSOlar konveyerli oqimlar kabi bir guruxli va ko‘p guruxli bo‘lishi mumkin.