• Yarimfabrikatlarni joylashtirishdagi to‘g‘ri chiziq traektoriyali oqimlar
  • Ish joylarini joylashishiga ko‘ra




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/99
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #119937
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Majmua

    Ish joylarini joylashishiga ko‘ra to‘g‘ri chizikli oqimlarda yarim fabrikatlarni bir chizikli, ko‘p 
    chizikli, bir qatorli va ko‘p katorli traektoriyada joylashtirish mumkin. (10-rasm). 
    a-bir chiziqli bir qatorli; b- ikki 
    chiziqli ikki qatorli; v-uch chiziqli 
    uch qatorli 
    a-bir chiziqli ikki qatorli;
    b-uch chiziqli to‘rt katorli
    a- ikki chiziqli ikki 
    qatorli ikki guruxli; b-bir 
    chizikli bir qatorli ikki 
    guruxli 
    10-rasm. Oqimlar sxemasi 


    25 
    Yuqorida qayd etilganlarini xisobga olib tikuvchilik ishlab chiqarish oqimlarini kuyidagicha 
    klassifikatsiyalashtirish mumkin ( 11- rasm). 
    Nazorat va muxokama savollari. 
    1. Moslanuvchan ishlab chiqarish oqimlarining tavsifi. 
    2. Kiyim tayyorlashda ishlab chiqarishni tashkil qilish. 
     
    MA`RUZA № (2 soat) 
    MAVZU: 
    Tikuv korxonalarida oqim turlarining tasnifi.
     
    Reja: 
    1. 
    Yarimfabrikatlarni joylashtirishdagi to‘g‘ri chiziq traektoriyali oqimlar 
    2. 
    Aylanma traektoriyali oqimlar 
    Yarimfabrikatlarni joylashtirishdagi to‘g‘ri chiziq traektoriyali oqimlar 
    Tikuv buyumlari texnologik jarayonida konveyerli yoki konveyersiz , xamda agregat-guruxli va 
    kam seriyali oqimlar qo‘llaniladi. Konveyerli oqimlarda tikilayotgan buyum bir ish o‘rnidan 
    ikkinchisiga mexanikaviy transportyorlar yordamida, texnologik jarayonning kat`iy ishlash 
    ma`romiga moslab o‘tkazib turiladi. Konveyerli oqimlar ishini ta`minlab turadigan transportyor 
    qurilmalarini konveyer qurilmalari yoki konveyerlar deb yuritish mumkin. Konveyerlar 
    (transportyor qurilmalari) tasmali, zanjirli, osma va adresli bo‘ladi.
    Qayd etilgan oqimlar turida ko‘p uchraydigan transport vositalari bilan tanishib chiqamiz. 
    Tasmali transportqurilmasi. Bularga tasmali transportyorlar, KZ va KM transportyorlari kiradi. 
    Tasmali transporterlar, sanoatda tasmali konveyerlar deyiladi. Ular ishchilarga mexnat 
    predmetlarini ma`lum bir ish ma`romini ta`minlab beradi. Ular metall asosdan, elektrdvigatelli 
    stantsiyadan, tortuvchi stantsiya, tayanch gildiraklardan va vertikal yo‘nalgan boshi berk tasmali 
    transportyordan iborat (12 - rasm, a). Konveyerning tashish qurilmasi yuk ko‘taradigan va yuk 
    tortadigan qisimlardan iborat. Uning eni yuklanayotgan maxsulotning katta-kichikligiga bog‘liq 
    (300 dan 1600 mm gacha). Transportyor tasmadagi maxsulot joylanadigan uyachalar yogochli 
    tusiklardan iborat bo‘lib, ular mexnat qurollar joylashgan joylarni to‘sib turadi. To‘siqlar to‘g‘ridan 
    to‘g‘ri tasmaga maxkamlanadi va maxsulot turiga qarab 0,4-0,7 metrni tashkil qiladi (12-rasm, b). 
    12 - rasm. Tasmali konveyerning xarakatlanuvchi stantsiya (a), tashish qurilmasi (b). 
    Sektsiyali oqimda (tasmalidan tashkari) KZ va KMtransportyorlar ishlatiladi (13 - rasm, a). KZ 
    tranportyori ikki zanjirli, vertikal berk, asosan tayyorlov sektsiyasidagi yarimfabrikatlarni tashish 
    uchun xizmat qiladi. Ushbu transportyorning ishchi qismi yirik detallar (old bo‘lak, ort bo‘lak, eng) 
    osiladigan kronshteyndan va mayda detallarni solinadigan kajavalardan iborat. 


    26 
    13- rasm. a – KZ konveyeri, b- KM konveyeri 
    Palto tayyorlashda ish o‘rinlarining qadami 304mm, kostyumlar uchun 228mm olinadi. 
    Transporterlarning o‘rtacha tezligi Vo‘r -0,112m\min. Elektrdvigatel quvvati - 0,27 kvt. Transportr 
    kengligi 400mm. 
    KM transporteri (19- rasm,b) bir zanjirli vertikal berk, yiguv sektsiyasiga mo‘ljallangan. Ushbu 
    transportyorlarning ishchi qismi detallarini yuklaydigan
    kajavadan iborat. Palto tayyorlashda 
    kajavaning qadami L-204 mm, kostyum uchun – 228 mm, shimlar uchun – 152 mm olinadi. 
    Elektodvigatel quvvati - 0,27 kvt, transportyor kengligi – 120 mm.
    K3va KM transportyorlari ish organlari qadamining kamayishi xisobiga operatsiyalararo buyum 
    zaxirasi ko‘paytiriladi va uzluksiz ishni tashkil qilish uchun sharoit yaratib beriladi.
    Xorijda yuqorida keltirilganlarga o‘xshash transportyorlardan tashqari plastinkali transportyorlar 
    xam qo‘llaniladi. Bunda xarakatlanuvchi ariqchalarga o‘rnatilgan va operatsiyalar bajarilayotganda 
    echiladigan elim quticha asosiy yuk tashuvchi element xisoblanadi. Qutichaga bir buyum 
    detalining bitta komplektini, shunigdek buyum bog‘lamini (3-5ta) joylash mumkin. Bu ayniqsa 
    sintetik gazlamalardan tayyorlanadigan ayollar engil kuylaklari, ichki kiyimlarini tashishga qulay.
    Transportyorlarning xarakatlanish xususyaitiga qarab konveyerlar uzluksiz ishlaydigan yoki vaqti-
    vaqti bilan ishlaydigan bo‘ladi. 
    Vaqti-vaqti bilan ishlash rejimida transportyor tasmasi (yoki zanjiri) uya qadami kattaligida 
    xarakatlanadi. (xarakat vaqti – const), keyin ma`lum vaqt oraligida xarakatsiz bo‘lib turadi.
    Osma transportyor kurilmalar. Bularga osma zanjirli va burama transportyorlar kiradi. (14 -rasm 
    a,b). Osma zanjirli transportyor-yuritgich bilan ishlaydigan tortuvchi zanjirlar yordamida 
    xarakatlanadigan transportyordir. Bu konveyerlarda zanjir yuk ko‘taradigan va yuk tortadigan 
    vazifasini o‘taydi. Uning uzunasi bo‘ylab, bir xil oraliqda ilgaklari bo‘lib, ularga tikiladigan 
    buyumlar osiladi. Ilgaklarning shakli buyum turiga qarab xar xil bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi 
    masofa esa tasmali transportyordagi ish zonalari qadamiga teng bo‘ladi. Bu konveyer 6 m/min 
    o‘zgarmas tezlik bilan xarakatlanadi. 
    14- rasm. a- osma, b- burama transportyorlar. 
    Osma zanjirli transportyorlarni ish joylariga xar qanday yo‘nalishda (bo‘ylamasiga yoki 
    ko‘ndalangiga) olib kirish mumkin, qayt etilgan transportyorlarni erdan 1,8 metr balandlikda 


    27 
    gorizantal yoki vertikal tekislikda joylashtirish mumkin. Osma zanjirli transportyorlarda 
    yarimfabrikatlarni to‘g‘ri chiziqli traektoriya bo‘ylab xarakati cheklanmagan. Shuni aytib o‘tish 
    kerakki, ularni buyumlar xarakati aylanma traektoriyasini yaratish uchun qo‘llash mumkin, lekin 
    bunda agregat uzunligi 30-35 m dan oshmasligi kerak, chunki operatsiyani bajarishda buyum 
    ishchiga vaktida etib kelishi kerak. Yarimfabrikatni xarakat tezligi ikkala variantda xam 8-
    10m\min dan oshmasligi kerak. Elektrodvigatel quvvati 0,27 kvt, transportyorlarni minimal kengligi 
    0,5-0,6m. 
    Burama osma 
    transportyorlar pardozlash sektsiyalarida ishlatiladi. Bunday konveyerlarda 
    yarimfabrikatlar odatdagi kiyim ilgichlarda tashiladi. Uning burama valiklari diametri 30 mm po‘lat 
    trubalardan yasaladi. Trubalarning tashqi tomoniga diametri 5 mm sim o‘raladi. O‘ralish qadami 26 
    mm. Ikki chiziqli burama konveyerda xarakatlanuvchi stantsiya valiklari ularni bir-biriga ulaydigan 
    zanjir yordamida aylantirib turiladi.
    Yarimfabrikatlarning to‘g‘ri chiziqli traektoriyani 
    yaratish uchun na faqat yuritgichli transport qurilmalari, balki statsionar qurilmalar xam mavjud 
    (qo‘l yordamida xarakatlanuvchi). Bularga xar xil turdagi aravachalar, oraliq stollar, nishab stollar 
    va x.k. lar kiradi.

    Download 2,84 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish