• Erkin ma`romda
  • Kombinatsiyalashgan
  • Ma`romga qattiq rioya qiladigan




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/99
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #119937
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Majmua

    Ma`romga qattiq rioya qiladigan ishlab chiqarish oqimlarida detal va yarimfabrikatlar 
    belgilangan miqdorda ( donalab) ma`lum vaqt oralig‘ida bir bajaruvchidan ikkinchi bajaruvchiga
    uzatib turiladi. Utkazilishida cheklangan oraliq vaqtga rioya qilish shart. Mexnat predmetlarni 
    uzatishda mexanik trasportyorlardan foydalaniladi. 
    Erkin ma`romda ishlaydigan ishlab chiqarish oqimlarida mexnat predmetlari ishchi o‘rniga 
    bog‘lam xolda uzatiladi. Detal va yarimfabrikatlar bir bajaruvchidan ikkinchi bajaruvchiga bir 
    necha to‘xtalish bilan, ammo ma`lum bir vaqt oralig‘ida o‘tadi, bunda bajaruvchining ish joyida 
    yarim fabrikatni zaxira kilib olish xisobiga ishlab chiqarish oqimida to‘xtalish bo‘lmasligi va uni bir 
    ma`romda ketishi saqlanadi. Bunday ishlab chiqarish oqimida ish vaqti tejaladi, ya`ni yordamchi 
    ishlarga vaqt isrof bo‘lmaydi, xar bir ishchini mexnat unumdorligini oshirish imkoniyati yaratiladi, 
    jixozlardan to‘liq foydalaniladi. Erkin ma`romda ishlaydigan ishlab chiqarish oqimlarida mexnat 
    predmetlarini uzatish uchun xarakarlanmaydigan uzatish vositalari va mexanik transportyorlardan 
    foydalaniladi. Ishlab chiqarishga yangi modelni tushirishda xamma ish o‘rinlarida ishni qayta 
    tashkil qilish talab etilmaydi.
    Kombinatsiyalashgan ma`romdagiishlab chiqarish oqimlar, ma`romga qattiq rioya qiladigan va 
    erkin ma`romda ishlaydigan oqimlarni o‘z ichiga oladi. Bunda buyumlarni tayyorlashning ayrim 
    bosqichlarida tashkillashtirishning xar xil shaklda bo‘lishi, ya`ni buyum tikishning texnologik 
    jarayoni sektsiyalarga bo‘linadi va qa`tiy xamda erkin ma`romda ishlaydigan ishlab chiqarish 
    oqimlari birgalikda qo‘llaniladi. Mexanik transporterlar buyum tikishda ishning aniq bir ma`romda 
    ishlashini ta`minlaydi. 
    Mexnat predmetlari ishlab chiqarish oqimida ish joydan keyingi ish joyga qo‘lda uzatilayotganida, 
    ish bir ma`romda ketishi uchun ishchilar maxsulot yoki detallar aro operatsiyalar me`yorini oshirib 


    21 
    yubormasliklari zarur. Shu me`yorlarga muvofiq operatsiyalar aro maxsulot zaxirasi kuyidagicha 
    bo‘lishi kerak: ustki kiyimlar uchun – 3-5, ayollarning engil kuylaklari uchun – 5-10 dona. Bularni 
    konveyrsiz ishlaydigan ishlab chiqarish oqimlari deyiladi. 
    Ishlab chiqarish oqimida ish o‘rinlarining joylanishiga qarab, turli transport vositalarini qo‘llash 
    natijasida yarimfabrikatlarning xarakat traektoriyasi o‘zgaradi. Bu boshqaruvchining ish vaqti bilan 
    yarimfabrikatlarni joylashtirish vaktini aniqlab beradi. Shuning uchun yarimfabrikatlarning to‘g‘ri 
    chiziqli xarakat traektoriyasiga, egri chiziqli ochiq xarakat (boshi berk bo‘lmagan) traektoriyaga
    va aylanma traektoriyaga bo‘linadi. 

    Download 2,84 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish