Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi 
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnolgik jarayonlarini loyixalash tajribasida jarayon xaqidagi 
ma`lumot buyumlarni yig‘ish sxemasi, texnologik operatsiyalar ruyxati va jarayon grafi
ko‘rinishida beriladi. 


18 
Birinchi 2 ta usul nafakat to‘liq tavsiflash uchun balki kelgusidagi ishlar xaqida xam etarli 
ma`lumot bera olmaydi. Buni e`tiborga olib, ishlab chiqarish jarayonini loyihalashda TBTJ 
tuzilishidan foydalanish, texnologik jarayon elementlarining o‘zaro bog‘lanishini tasavvur qilish 
maqsadida ularni tartib grafi deb xisobga olish kerak. 
Buyumga ishlov berish jarayoni grafida (8- rasm) xar kanday texnologik operatsiya ma`lum 
operatsiya tartibida joylashgan. Operatsiyalar tartibi texnologik jarayoni operatsiyalarini navbatma 
– navbat bajarishni ta`minlaydi. TJ grafida tartib raqamini qayd qilinishi operatsiyani bajarish 
tartibini o‘zida ifodalab ko‘rsatadi va texnologik jarayon ma`lumotnomasida ushbu operatsiyani 
topish uchun xizmat qiladi. Tikuv buyumlariga ishlov berish va yigish bo‘yicha texnologik 
operatsiyalar ma`lumotnomasi tikuvchilik korxonalarida buyum turiga tuziladi. Ma`lumotnoma
shakli aniq buyum modeli uchun qo‘llaniladigan operatsiyalarning texnologik ketma – ketligi 
shakliga o‘xshaydi. 
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologik jarayonini yo‘naltirilgan «daraxt» ga o‘xshatish mumkin. 
Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologik jarayon grafini qurishda buyum birligini, ya`ni boshqa 
detallar bilan ko‘proq konstruktiv-texnologik bog‘lanishga ega bo‘lgan detalni shartli ajratishdan 
boshlash kerak. Buning uchun buyumda detallarni o‘zaro bog‘lanish matritsasi tuziladi (1-jadval), 
undagi detallarning tartib raqami ostida boshqa detallar bilan konstruktiv –texnologik bog‘lanishi 
«1» va bog‘lanish bo‘lmaganda «0» bilan belgilanadi. 
1-jadval 
Tikuv buyum detallarini o‘zaro konstruktiv – texnologik bog‘lanish matritsasi 
Detal 
kodi. 
01 
02 
03 
04 
05 
06 
07 
Bog`lanish 
yig`indisi 
01 








02 








03 








V.x. 
g 
0
0
0
0
0
0
0
0
0
1
1


19 
8-rasm. Texnologik jarayon grafi strukturasi 
Bog‘lanish bo‘yicha katta yig‘indiga ega bo‘lgan detal asosiy deb qabul qilinadi va jarayon graf 
qurishda u o‘rtaga joylashtiriladi.
Buyumga ishlov berish jarayonini grafini qurishda buyumga ishlov berish xususiyatlarini e`tiborga 
olish lozim Buyum detallariga parallel ishlov berish grafda parallel zanjir bilan belgilanadi 
Detallarni yoki buyum birligini yig‘ishda ularni yig‘ish boshlanishi bir darajada ko‘rsatiladi. Bu
jarayon grafda ularni yig‘ish bo‘yicha zanjirdan iborat o‘ziga xos rombikni xosil qiladi. 
Buyumga ishlov berishda rombiklar «yoki – yoki» xolatni tavsiflab beradi, ya`ni ishlov berishda u 
yoki boshqasi birinchi ishtiroq etadi. Natijada mexnat taksimoti sxemasi tuzilgandan keyin, ikkala 
zanjir ketma-ket bajariladi, chunki ikkala zanjirdagi operatsiyalar bitta detalga oid bo‘lganidan 
parallel amalga oshirish mumkin emas. 
Tikuv buyumlariga ishlov berishning texnologik xususiyatlaridan biri shundaki, shartli nom olgan - 
«suzuvchi» operatsiyalardir. «Suzuvchi» operatsiya buyumga ishlov berishning aniq istalgan davr 
oralig‘ida bajarilishi mumkin (9-rasm). Masalan, ko‘ylakning choklarini yorib dazmollash, 
erkaklar kuylagi chuntagini dazmollash ularni tayyorlagandan keyin emas, balki buyumga ishlov 
berish so‘ngida bajarish mumkin. Jarayon grafida bunday operatsiyalar shartli ravishda oraliq vaqt 
ko‘rsatilgan xolda asosiy jarayon sifatida beriladi. 
a b v g d 
9-rasm Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonida operatsiyalarni joylashtirish 
taribini o‘ziga xosligi 
a-ketma-ket ishlov berish; b-parallel ishlov berish; v,g-«yoki-yoki»; 
d-«suzuvchi» operatsiyalar. 
Buyum bo‘laklarini yig‘ish sxemasi qurilgandan keyin uning elementlari buyumga ishlov berish 
ketma-ketligiga mos xolda operatsiyalar guruxi bilan to‘ldiriladi. Operatsiyalar bilan to‘ldirilgan 
buyum detallari va bo‘laklarini yig‘ish sxemasi TBTJ grafini ifodalaydi.
Nazorat va muxokama savollari. 
1. “Texnalogik jarayon” va “Ishlab chiqarish jarayon”larining tushinchasi. 
2. Tikuv korxonalirining oqim turlari va ularning tavsifi. 
3. Texnologik jarayon goafini tuzish. 

Download 2,84 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik jarayon grafi

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish