• Korxona turlarining klassifikatsiyasi
  • Nazorat va muxokama savollari




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/99
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #119937
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Majmua

    Nazorat va muxokama savollari. 
    1. Tikuv korxonasining ishlab chiqarish strukturasi. 
    2. Tikuv korxonalarining turlari. 
     
    MA`RUZA № 2 (2 soat) 
    MAVZU: TIKUV KORXONA TURLARI VA ULARNI TASNIFI 
    Reja 
    1. Tikuv korxonalarining klassifikatsiyasi. 
    2. Tikuv korxonalarining quvvati, ixtisoslanishi, kooperatsiyalashtirish va ishlab chiqarish 
    jarayonini sxemasi bo`yicha xarakteristikasi. 
    Korxona turlarining klassifikatsiyasi 
    Ixtisoslashtirilganligiga, kooperatsiyalashtirilishiga, ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy 
    tuzilishi va quvvatlariga qarab tikuvchilik korxonalari turlicha bo‘ladi.
    Bir yoki bir nechta turdosh buyumlarni oqimga xech qanday o‘zgartirish kiritmay (mavsumiydan 
    tashqari) ishlab chiqaradigan korxona ixtisoslashtirilgan korxona deyiladi. Turdosh buyumlar deb 
    quyidagilarni aytish mumkin:
    - jun gazlamadan erkaklar paltosi va mavsumiy erkaklar, ayollar va o‘smirlar paltosi; 
    - jun gazlamadan o‘smirlar va erkaklar kostyumi; 
    -maktab yoshigacha va yasli yoshidagi o‘g‘il bolalar qishki, mavsumiy va engil paltosi va 
    boshqalar. 
    Detallarni tayerlash, yig‘ish va pardozlash ishlari alohida tsex yoki oqimlarga ajratilgan bo‘lsa, 
    bunday korxonalarda detallarga ishlov berish guruhlari ixtisoslashtirilgan bo‘lishi mumkin.Bunda 
    ishlab chiqarish jarayoni bitta yaxlit oqimdek tuziladi.
    Ayrim hollarda mamlakatning u yoki bu viloyati, tumani asosiy sanoat markazlaridan ancha yiroqda 
    joylashgan bo‘lsa, ko‘p assortimentli korxonalarni loyixalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Bunday hollarda mamlakat tashqarisidan tikuvchilik mahsulotlarini keltirmay turib, ushbu viloyat 
    va tumanlar axolisi talabini qondirish mumkin bo‘ladi. 
    Korxona ishlarini kooperativlashtirish bo‘yicha mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan 
    birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish birlashmasi qoida bo‘yicha 3-5 ta, ayrim hollarda 
    ko‘p korxonalardan iborat bo‘lishi mumkin. Ularni quyidagilarga asosan tashkil etiladi: 
    - birlashma korxonalari tomonidan texnologik jixatdan turdosh bo‘lgan mahsulotlar assortimentini 
    ishlab chiqarishi bo‘yicha;
    - birlashmaga kirgan korxonalarni joylashishi bo‘yicha, ya`ni ular bir-biriga yaqin joylashgan 
    bo‘lishi kerak (bir shaharda yoki aholi yashash joyiga yaqin joylashgan, xududi yaqin bo‘lgan 
    korxonalar); 
    - detallarni tayyorlash va buyumga ishlov berish bosqichlarini ixtisoslashtirish darajasi bo‘yicha
    tajriba, bichish tsexlarini, omborxonalarni, uskunalarni kapital ta`mirlashni markazlashtirish. 
    Korxonalar nafaqat ishlab chiqariladigan maxsulotlarni turdoshligi bo‘yicha birlashtiriladi, balki
    savdo-tikuv sanoati birlashmasi (STSB) yoki ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (IIChB) ham 
    tashkil etilmoqda.
    Tikuvchilik korxonalari ishlab chiqarish sxemasi bo‘yicha farqlanadilar. Birlashmalar maxsulotlarni 
    tayyorlashda tugallangan yoki tugallanmagan tsikl asosida tuzilgan bo‘lishi mumkin. (2,3,4,5-
    rasm).
     


    11 
    Istеmolchi 
    Tikuv korxonasi 
    Tikuv ishlab chiqarish 
    Tikuv korxonasi 
    Tikuv ishlab chiqarish 
    Mol bilan 
    ta'minlovchi 
    Istеmolchi 
    Mol bilan 
    ta'minlovchi 
    а 

    2-rasm. Tugallangan tsiklli kichik (a), o‘rta va katta (b) quvvatli korxonalarning strukturaviy sxemasi 
    Xom 
    ashyo 
    Mahsulot
    ni 
    chiqarish 
    bo'limi 
    Т
    1
    Ц 
    БЦ 
    Т
    2
    Ц 
    ШЦ 
    ТМО 
    Xomashy 
    bilan 
    ta'minlash 
    Bozor 
    Xom 
    ashyo 
    Maxsulot
    ni 
    chiqarish 
    Т
    1
    Ц 
    БЦ 
    Т
    2
    Ц 
    Т
    3
    Ц 
    ПЦ 
    ТМ
    О 
    Xomashyo 
    bilan 
    ta'minlash 
    Bozor 


    12 

    Download 2,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish