• Ishlab chiqarish oqim turini tanlash va hisoblash. 98 6 Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasini tuzish.
  • Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish. Sex planini tuzish. 107 10 Qo‘shimcha assortiment hisoblash
  • Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/99
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,84 Mb.
    #119937
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Majmua

     
    AMALIY MASHG’ULOTLARI 

    Model tanlash va asoslash.
    95 

    Material tanlash va asoslash.
    96 

    Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash hamda asoslash.
    96 

    Buyum tikish texnologik tartibini tuzish 
    97 

    Ishlab chiqarish oqim turini tanlash va hisoblash.  
    98 

    Ishlab chiqarish oqimini texnologik sxemasini tuzish.
    99 

    Texnologik sxemasining tahlili.
    102 

    Texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash 
    104 

    Ishlab chiqarish oqimida ish o’rinlarini joylashtirish. Sex planini tuzish. 
    107 
    10 
    Qo‘shimcha assortiment hisoblash 
    109 
    MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLARI 
    110 
    GLOSSARIY
    122 
    ILOVA
    125 
     
     
     
     
     
     
     
     



     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    KIRISH 
    Mustaqil Respublikamiz mexnatkashlarini o‘sib borayotgan moddiy ehtiyojini har tomonlama 
    qondirish masalasini xal qilishda yengil sanoat va uning eng yirik tarmog‘i - tikuvchilik ishlab 
    chiqarish zimmasiga muxim vazifa yuklatilgan. Tikuvchilik sanoatini vazifasi O‘zbekiston xalqini 
    yuqori sifatli keng assortimentdagi zamonaviy kiyimlar bilan ta`minlash. Bu vazifani bajarish uchun 
    modellarni avtomatik ravishda tayorlash, yangi kam operatsiyali texnologiyalarni joriy qilish, tikuv 
    buyumlarning asosiy xillariga unifikatsiyalashgan texnologiyani joriy qilish, ishlab chiqarishda eng
    yangi jixozlar, avtomat va yarim avtomatlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishni davom 
    ettirish, mehnatni ilmiy asosdan tashkil qilish yo‘lidan borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
     
    Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida yengil sanoat korxonalarining ishlash 
    imkoniyatini oshirishning asosiy omillaridan biri bu ularning rivojlanishi uchun sifatli va 
    raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Bu shartlarni bajarish uchun mahsulot ishlab 
    chiqarishni doimo takomillashtirish, yangi buyum loyihalash jarayonini tezlashtirish zarur. 
    Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish korxonalarini va firmalarni tashkil qilishni kengaytirish 
    tikuv korxonalarni ixtisoslashtirishni amalga oshirish, yangi texnika va texnologiyaga ega tayyorlov-
    bichish va pardozlash tsexlarini tashkil qilish, tikuv buyumlarini tayyorlash bo‘yicha yukori unumli 
    kompleks mexanizatsiyalashgan oqimlarni sanoatga tadbiq etish, texnologik konstruktsiya bo‘yicha 
    buyum ishlab chiqarishni tashkil etishni talab etadi. Texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy 
    shakllari esa texnologik jarayonlarni yarimavtomat va avtomat mashinalarini keng qo‘llab kompleks 
    mexanizatsiyalashtirish uchun sharoit yaratadigan ko‘p fasonli oqimlar hisoblanadi. 
    Insonlarning zamonaviy va sifatli kiyimga bo‘lgan ehtiyojining doimiy o‘sib borishi 
    korxonalar tomonidan ularning assortimentini ko‘paytirish va yaxshilash, sifatini oshirishni talab 
    etadi. Bu vazifani bajarish tikuv korxonalari samaradorligini oshirish va birinchi navbatda ilmiy-
    texnik taraqqiyot yutuqlarini qo‘llash asosida kiyim tayyorlash jarayonini modellashtirish va 
    loyihalashni takomillashtirish bilan uzviy bog‘liq. 
    Bozor sharoitida modelning sifati va ishlab chiqarishga tayyorlash muddatlari alohida 
    ahamiyatga ega. Shuning uchun hozirda tikuvchilik sanoatining asosiy vazifalaridan biri 
    moslanuvchan ishlab chiqarishni ta`minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish va tadbiq etish, 
    maxsulot raqobatbardoshligini oshirish, buyum assortimentini tezda almashtirish imkoniyati, ularni 
    tannarxini pasaytirish hisoblanadi. Fan va texnikaning rivojlanishi texnologik jarayonlarni EXM ni 
    qo‘llab loyihalashni takomillashtirish vazifalarini yechish bo‘yicha ushbu muammolarni xal qilish 
    imkoniyatini beradi. 
    Ko‘p tikuv korxonalarida texnologik jarayonlarni loyixalashning avtomatlashtirilgan 
    tizimlari (SAPR) qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yaxshilash, 
    qo‘l mehnatini qisqartirish, bir qator ishlarni avtomatlashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash, mexnat 
    unumdorligini oshirish va ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga imkoniyat aratadi. SAPR 
    kiyimni konstruktsiyalash, kiyimni konstruktiv modellashtirish, andazalar komplektini qurish, 
    buyumni gradatsiyalash, andazalarni joylashtirish, konstruktorlik xujjatini ishlab chiqish, shuningdek, 
    texnologik ma`lumotlarni tayyorlash, ya`ni tikuv buyumlarni tayyorlash bo‘yicha texnologik 



    operatsiyalar ma`lumotnomasini ishlab chiqish, elektron me`yoriy ma`lumotnomadan foydalanib sarf 
    vaqti normasi va furnitura sarfi bo‘yicha hisoblarni avtomatik bajarish, kiyim ishlab chiqarish 
    jarayonining tashkiliy-texnologik sxemasini avtomatik shakllantirish, alohida ishchilarni va 
    korxonani ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi ma`lumotlarni hisobga olish, tikuv buyumini va oqimni 
    to‘liq sikl davomida loyihalashni ma`lumotnoma va loyiha ma`lumotidan foydalanishning yagona 
    yondashuvini ishlab chiqish, chiqish hujjatlarini avtomatik shakllantirish vazifasini bajaradi. 
    Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishning turli jarayonlarida operatsiyalarni bajaruvchi va 
    xizmat qiluvchi robotlar va manipulyatorlar qo‘llanilmoqda. Ular yordamida tayyorlov sexida 
    ko‘tarish va tushirish operatsiyalari, bichish sexida gazlama to‘shamalaridan detallarni qirqib olish, 
    tikuv sexida mehnat predmetlarini ish o‘rinlariga tashish, berish va olish operatsiyalarini, belgilangan 
    chiziq bo‘yicha detallarni tikish va ularni taxlash operatsiyalari bajaradi. Bundan tashqari
    avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ham qo‘llanilmoqda.

    Download 2,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

    Download 2,84 Mb.
    Pdf ko'rish