Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/99
Sana15.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#119937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

 
MA`RUZALAR MATNI
MA`RUZA № -1 (2 soat) 
MAVZU: KIRISH. TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH STRUKTURASI
Reja: 
1. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish strukturasi. 
2. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlari va ularning vazifalari 
Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘lib tikuv korxonalarida 
amalga oshiriladi. 
Korxona - bu o‘ziga qarashli ishlab chiqarish vositalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish 
jarayonlarini bajaruvchi jamoadir. Bir necha korxonalar birlashmani tashkil etadi. Birlashmani tashkil 
etishdan maqsad, ishlab chiqarishni bir erga to‘plash, ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish. 
Keyingi paytlarda tikuv korxonalarini «firma» terminida qo‘llash ham uchrab turadi. Firma
tushunchasi, bunda mahsulot iste`molchisi oldiga aniq bir qo‘shimcha majburiyatni qo‘yishni 
bildiradi. Umuman olganda korxona va firma bir xil vazifani bajaradi. Korxona mahsulotni ishlab 
chiqarishda xuquqiy, texnikaviy, iqtisodiy xamda tashkiliy ishlarni bajaradi. 
Har qanday korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish jarayoni tashkil etadi. Bu esa o‘z 
navbatida, o‘zaro bog‘lanib umumlashgan mexnat jarayonlaridan iborat.
Tikuv sanoati korxonalaridagi ishlab chiqarish asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlariga 
bo‘linadi 
Asosiy ishlab chiqarish tsexlariga: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash tsexlari 
kiradi.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexlariga bug‘, issiq suv, elektr energiya, extiyoj qism, 
asbob-uskuna va moslamalar bilan ta`minlashni, mashinalarni uzluksiz ishlash uchun ta`mirlash 
ishlarini yordamchi ishlab chiqarish tsexlari amalga oshiradi. 
Asosiy ishlab chiqarish tsexlari chiqindilaridan qo‘shimcha maxsulot ishlab chiqarish bilan
shug‘ullanuvchi tsexlar ikkinchi darajali ishlab chiqarish tsexlari deb ataladi. Unga keng iste`mol 
tsexlari misol bo‘ladi. 
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexlarini furnituralar, tayyor maxsulolarni o‘rab-joylash 
materiallari va boshqalar bilan ta`minlash vazifasini amalga oshiradigan qismi yordamchi xo‘jalik 
tsexlari deb yuritiladi. 
Korxonada xomashyo, asosiy va yordamchi, xamda boshqa shunga o‘xshash materiallarni 
tashish va saqlash vazifalarini bajaradigan transport va ombor xo‘jaliklari xizmat ko‘rsatuvchi 
xo‘jalik deb yuritiladi.
Tikuvchilik ishlab chiqarish jarayonining xar bir bosqichi ma`lum bir vazifani bajaradi. 
Tajriba tsexining asosiy vazifasi ishlab chiqarish uchun zamonaviy va sifatli modellarni tayyorlab
berish, ya`ni modellarni konstruktiv va texnologik tayyorlash: andazalar tayyorlash va joylashmalar 
bajarish, gazlama sarf normasini aniqlash, buyum tikish texnologik tartibini tuzish, model namunasini 
tikish, yangi modelga texnik xujjatlarini tuzish va ishlab chiqarishga tushirish.



Tikuv korxonasining tayyorlov tsexida gazlamalar sifati va miqdori bo‘yicha qabul qilinadi, ishni 
beto‘xtov borishini ta`minlash uchun ularning zaxirasi tashkil etiladi, gazlamalar bichishga 
tayyorlanadi, xujjatlar rasmiylashtiriladi. 
Bichish tsexida buyum detallari bichiladi, ularni tikishga tayyorlanadi, komplektlanadi va bichiqlarni 
tikuv tsexiga uzatiladi.
Tikuv tsexlarida detallarga ishlov beriladi, buyum bulaklari tayyorlanadi va tayyor maxsulotlar 
yig‘iladi.
Tayyor maxsulotning sifatiga ta`sir etuvchi pardozlash ishlari tikuv ishlab chiqarishining oxirgi 
bosqichi xisoblanadi. Bu ishlarni pardozlash tsexida yoki tikuv tsexining pardozlash bo‘limida 
amalga oshiriladi. 
Tikuv korxonasining asosiy tarkibiy bo‘limi bu tsexdir. TSex-bu ishlab chiqarish jarayonining 
ma`lum bir vazifasini bajarish uchun korxonaga ajratilgan joyning bir qismidir.
Mexnat quroliga texnologik ta`sir etib jarayonning ma`lum bir vazifasini bajarish uchun tsexlarda
ishlab chiqarish oqimlari tashkil etiladi. Ishlab chiqarish oqimlari esa sektsiyalarga ajratiladi. 



Tikuv ishlab chiqarish 
Asosiy ishlab 
chiqarish 
Yordamchi ishlab 
chiqarish 
Ikkinchi darajali ishlab 
chiqarish 
Yordamchi xo’jalik
ishlab chiqarish 
Xizmat korsatuvchi ishlab 
chiqarish 
Ta
jri
ba
sеxi
Ta
yy
orl
ov

xi 
Par
do
zlash

xi 
Bi
chis


xi
Ti
ku


xi 
Elе
kt
ro
enе
rg
iy

ishla

chi
qar
ish
Bu
g’
is
hl
ab
ch
iq
ar
ish
M
еxa
ni
ka
ta
'mi
rlo

ish
la

ch
iq
ar
ish

ng
is

'mo
l mo
lla
rin
i i
sh
la

ch
iq
ar
ish
Fu
rn
itu
ra
is
hl
ab
ch
iq
ar
ish
Ўra
-jo
yla
sh 
m
at
еr
ia
lla
ri 
ishl
ab 
ch
iq
ar
ish
Ta
yy
or 
m
ah
sul
ot
o
mb
or

Xo
ja
llik
m
olla
ri o
m
bo
ri 
Fu
rn
itu
ra
o
m
bo
ri 
1- rasm. Tikuv korxona strukturasi 


10 
Sektsiya-texnologik jarayonning qaysidir qismini bajarish uchun mo‘ljallangan uzluksiz ishlab 
chiqarish oqimining bo‘lagidir. (Masalan, detallarni tayyorlash sektsiyasi, yig‘uv sektsiyasi va 
x.k.). Ishlab chiqarish oqimi va sektsiyalar ish o‘rinlaridan iborat.
Ish o‘rinlari - ma`lum bir ishni bajarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish satxining bir qismidir.
Operatsiya - jarayonning ma`lum bir ishini texnologik jixatdan bajarishga mo‘ljallangan yaxlit bir 
elementidir.
Ish o‘rni va operatsiya birgalikda ishlab chiqarish jarayonining elementini tashkil etadi.

Download 2,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari" kafedrasi "texnologik jarayonlarni loyihalash"

Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish